Qonunlar 15 bob

1 Yettinchi yil. 12 Qullarga bo‘lgan munosabat. 19 Hayvonlarning birinchi tug‘ilgan bolalari.

1 Har yettinchi yilning oxirida qarzlaringizdan kechinglar.
2 Qarzdan kechish shundan iboratki, yaqiniga qarz bergan odam qarzidan kechsin. Isroil xalqidan bo‘lgan birodaridan o‘sha qarzini so‘ramasin, chunki Egamiz qarzdan kechishni e’lon qildi.
3 Begonadan qarzingizni so‘rasangiz bo‘ladi. Isroil xalqidan bo‘lgan birodaringizdan esa qarzingizni so‘ramang.
4 Sizlarning orangizda kambag‘al bo‘lmaydi. Egangiz Xudo mulk qilib berayotgan yurtda sizlarga baraka beradi.
5 Faqat Egangiz Xudoga itoat etib, Men bugun sizlarga berayotgan mana shu amrlarni bitta qoldirmay bajarishingiz kerak.
6 Egangiz Xudo O‘zi va’da qilganday, sizlarga baraka berganda, ko‘p xalqlarga qarz berasiz, o‘zingiz esa ulardan qarz olmaysiz. Ko‘p xalqlar ustidan hukmronlik qilasiz, ular esa sizlarning ustingizdan hukmronlik qilmaydi.
7 Egangiz Xudo sizga beradigan yurtdagi shaharlaringizning birida Isroillik birodaringizdan birortasi kambag‘al bo‘lsa, kambag‘al birodaringizga bag‘ritoshlik qilmang, ziqna bo‘lmang.
8 Ochiq qo‘l bo‘ling, unga kerakli narsani yetarlicha qarzga bering.
9 Ehtiyot bo‘ling, ko‘nglingizda yomon niyat qilmang, yettinchi yil, qarzdan kechish yili kelyapti, deb kambag‘al birodaringizga nafrat bilan qaramang, unga yo‘q demang. Aks holda birodaringiz Egamizga sizdan noliydi, natijada siz gunoh orttirib olasiz.
10 Unga saxiylik bilan qarz bering, buning uchun achinmang. Shunda Egangiz Xudo har bir ishingizga baraka beradi.
11 Yer yuzida har doim kambag‘allar bo‘ladi. Shuning uchun sizlarga amrim shuki, yurtingizdagi kambag‘al, muhtoj birodaringizga ochiq qo‘l bo‘ling.
12 Birodaringizdan ibroniy erkagi yoki ayoli sizga o‘zini sotsa, olti yil xizmat qilsin, yettinchi yili uni ozod qilishingiz kerak.
13 Uni ozod qilganingizda, quruq jo‘natmang.
14 Unga saxiylik bilan mol–qo‘yingizdan, don, sharobingizdan bering, Egangiz Xudo sizlarga ato etgan barakadan bering.
15 Yodingizda tuting: sizlar ham Misr yurtida qul bo‘lgansiz, Egangiz Xudo sizlarni ozod qilgan. Shuning uchun men bugun sizlarga o‘sha amrni berdim.
16 Agar qulingiz, sizni, oilangizni yaxshi ko‘raman, sizning xonadoningizda o‘zimga to‘qman, siznikidan ketmayman, deb aytsa,
17 uni uyingiz eshigi yoniga olib boring. Qulog‘ini eshikka qo‘yib, bigiz bilan teshing. Shunda u bir umr sizning qulingiz bo‘ladi, cho‘ringizni ham shunday qiling.
18 Qulingizni ozod qilayotganingizda afsuslanmang, chunki u olti yil ichida mardikorning haqiga arziydigan mehnatni qildi. Uni ozod qilsangiz Egangiz Xudo qilgan har bir ishingizga baraka beradi.
19 Mol–qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan erkagini Egangiz Xudoga bag‘ishlang. Birinchi tug‘ilgan buqangizni ishlatmang, birinchi tug‘ilgan qo‘yingizning yungini olmang.
20 Bularning go‘shtini Egamiz tanlaydigan joyda, o‘zingiz oilalaringiz bilan birga har yili Uning huzurida yenglar.
21 Agar o‘sha hayvon cho‘loq yoki ko‘r bo‘lsa yo uning boshqa bir nuqsoni bo‘lsa, uni Egangiz Xudoga qurbonlik qilmang.
22 Uni shaharlaringizda yeyaveringlar. Pok odam ham, harom odam ham, ohu va kiyikni yeganday, uning go‘shtini yesa bo‘ladi.
23 Faqat qonini iste’mol qilmang. Qonni suv singari yerga to‘kib tashlang.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18