Qonunlar 4 bob

1 Muso Isroil xalqini Xudoga itoat qilishga undaydi. 15 Butparastlik haqida ogohlantirish. 41 Iordanning sharqidagi panoh shaharlar. 44 Muso Isroil xalqiga qonunlarni bayon qila boshlaydi.

1 Endi, ey Isroil, men sizlarga farmonlar va qonun–qoidalarni o‘rgataman. Ularga rioya qilinglar. Shunda yashaysizlar, ota– bobolaringizning Xudosi — Egamiz sizlarga berayotgan yerni mulk qilib olasizlar.
2 Men sizlarga aytayotgan amrlarga hech narsa qo‘shmanglar, hech narsa olib ham tashlamanglar. Men sizlarga berayotgan Egangiz Xudoning amrlariga rioya qilinglar.
3 Egamiz Piyor tog‘ida nimalar qilganini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rdingizlar. Piyordagi Baalga sajda qilgan hammani Egangiz Xudo yo‘q qilgan edi.
4 Egamiz Xudoga sodiq bo‘lganlar esa bugun ham tirikdir.
5 Egam Xudo amr qilganday, sizlarga farmonlarni va qonun–qoidalarni o‘rgatdim. Mulk qilib olayotgan o‘sha yurtda bularga rioya qilinglar.
6 Mana shu farmonlar va qonun–qoidalarni bitta qoldirmay bajaringlar, toki sizlarning aql– idrokingizni boshqa xalqlar ko‘rsin. Ular bu qonunlar haqida eshitib: “Ha, haqiqatan bu buyuk xalq dono, aql–idroklidir”, deb aytsin.
7 Egamiz Xudoga har safar iltijo qilganimizda U bizga yaqindir. Qaysi buyuk xalqning shunday xudosi bor?!
8 Bugun men sizlarga farmonlar va qonun–qoidalar beryapman. Qaysi buyuk xalqning shunday adolatli qonun–qoidalari bor?!
9 Faqat hushyor bo‘linglar. Ko‘zlaringiz bilan ko‘rganlaringizni unutmay, bir umr yuragingizda saqlanglar. Bularni o‘g‘illaringizga, nevara– chevaralaringizga ham aytib beringlar.
10 Sizlar Sinay tog‘ida, Egangiz Xudo oldida turgan kuningizni eslanglar. O‘sha kuni Egamiz menga aytgandi: “Mening huzurimga xalqni yig‘. Ular so‘zlarimni eshitib, yer yuzida butun umrlari davomida Mendan qo‘rqishni o‘rgansinlar, bolalariga ham o‘rgatsinlar.”
11 Sizlar yaqin kelib, tog‘ning etagida turdingizlar. Tog‘ esa osmongacha ko‘tarilgan olovga burkanib, qop–qora bulutlar bilan qoplangan edi.
12 Egamiz olov ichidan sizlarga gapirdi. Sizlar Uning so‘zlarini eshitdingizlar, qiyofasini esa ko‘rmadingizlar. Faqat Egamizning ovozi eshitilar edi, xolos.
13 U O‘z ahdini sizlarga ayon qilib, bu ahdni — o‘nta amrni bajaringlar, deb farmon berdi. Egamiz ularni ikki tosh lavhaga yozdi.
14 Iordanni kechib, mulk qilib oladigan yurtda bajarishingiz kerak bo‘lgan farmonlar va qonun–qoidalarni men sizlarga o‘rgatishimni buyurdi.
15 Sinay tog‘ida Egamiz olov ichidan sizlarga gapirganda, sizlar biron qiyofa ko‘rmadingizlar. Shuning uchun ehtiyot bo‘linglar.
16 Yana yo‘ldan ozib, o‘zingizga erkak yo ayol qiyofasidagi butni,
17 yerda yashaydigan jonivor yo osmonda uchib yuruvchi qush qiyofasidagi butni,
18 yerda sudralib yuruvchi jonivor yoki suvdagi baliq qiyofasidagi hech qanday butni yasamanglar.
19 Shuningdek, osmonga qarab, quyosh, oy va yulduzlarni, jamiki samoviy jismlarni ko‘rib vasvasaga tushmanglar, ularga sig‘inmanglar, xizmat qilmanglar. Egamiz Xudo bularni, boshqa hamma xalqlar sig‘insin, deb bergan.
20 Sizlarni esa Egamiz Misrdan — temir o‘choq ichidan olib chiqdi. Sizlar bugungiday Uning xalqi bo‘lishingiz uchun sizlarni xalos qildi.
21 Egamiz sizlarning dastingizdan mendan g‘azablandi: “Men Isroil xalqiga mulk qilib beradigan Iordanning narigi tomonidagi o‘sha hosildor yurtga sen kirmaysan”, — deb qasam ichdi.
22 Men Iordanning narigi tomoniga o‘tolmayman, mana shu yerda vafot etaman. Sizlar esa Iordandan o‘tib, o‘sha hosildor yurtni mulk qilib olasizlar.
23 Shunday ekan, ehtiyot bo‘linglar, Egangiz Xudo sizlar bilan qilgan ahdni esdan chiqarmanglar. U taqiqlagan qiyofadagi birorta butni o‘zlaringizga yasamanglar.
24 Axir, Egangiz Xudo yamlamay yutadigan olovdir, U rashkchi Xudodir.
25 O‘sha yurtda ko‘p yashaysizlar, bolalaringiz, nabiralaringiz tug‘iladi. Agar o‘shanda yo‘ldan ozsangiz, Egangiz Xudoning oldida qabihlik qilib, o‘zingizga turli qiyofadagi butlarni yasasangiz, U g‘azablanadi.
26 Bugun sizlarga qarshi yeru osmonni guvoh qilaman: agar menga itoatsizlik qilsangiz, yurtdan tez orada butunlay qirilib ketasizlar. Iordanni kechib, mulk qilib oladigan yurtda uzoq yashamaysizlar. Bittangiz qolmay halok bo‘lasizlar.
27 Egamiz sizlarni boshqa xalqlarning orasiga tarqatib yuboradi. O‘sha xalqlar orasida ayrimlaringiz omon qolasizlar.
28 U yerda inson qo‘li bilan yasalgan yog‘och va tosh xudolarga xizmat qilasizlar. U xudolar ko‘rolmaydi, eshitolmaydi, ovqat yeya olmaydi, hid bilmaydi.
29 Ammo u yerda Egangiz Xudoga yuz bursangiz, butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan Uni izlasangiz, topasizlar.
30 Kulfatda qolganingizda, boshingizga ko‘rgiliklar tushganda, oxiri Egangiz Xudoga qaytasizlar, Uning so‘ziga quloq solasizlar.
31 O‘shanda U sizlarni tark etmaydi, yo‘q qilmaydi, ota–bobolaringiz bilan qasam ichib qilgan ahdini unutmaydi. Egangiz Xudo rahmdil Xudodir.
32 Endi sizlar dunyoga kelmasdan oldingi uzoq o‘tmishni, Xudo yer yuzida odamni yaratgan davrdan shu kungacha bo‘lgan davrni surishtirib ko‘ringlar. Dunyoning bu chetidan u chetigacha so‘ranglar–chi, shu qadar muhim voqea bo‘lganmi yoki shunga o‘xshash narsa haqida birortasi eshitganmi?!
33 Sizlarga o‘xshab olov ichidan gapirgan Xudoning ovozini eshitib, tirik qolgan birorta xalq bormi?!
34 Egangiz Xudo sizlar uchun Misrda nimalar qilganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Qaysi xudo sinovlar, alomatu mo‘jizalar orqali, urush, qudratiyu ajoyibotlari va dahshatli voqealar orqali bir xalqni o‘zi uchun boshqa xalq orasidan olib chiqqan?!
35 “Egamiz Xudodir, Undan boshqa Xudo yo‘q”, deb anglashingiz uchun bu voqealar sizlarga ayon qilingan.
36 U sizlarga yo‘l–yo‘riq ko‘rsatish uchun osmondan ovoz berdi. Yer yuzida olov ustuni orqali sizlarga zohir bo‘ldi. Sizlar o‘sha buyuk olov ichidan Uning ovozini eshitdingizlar.
37 Egamiz Xudo ota–bobolaringizni sevar edi. Shuning uchun o‘zlaridan keyin ularning avlodlarini tanladi. Egamiz zohir bo‘lib, O‘zining buyuk qudrati bilan sizlarni Misrdan olib chiqdi.
38 Egamiz sizlardan kattaroq va kuchliroq xalqlarni oldingizdan haydab, ularning yurtiga sizlarni kiritmoqchi edi, xuddi bugungiday, mulk qilib oladigan yerlaringizni sizlarga bermoqchi edi.
39 Egamiz yeru osmondagi Xudodir, Undan boshqa Xudo yo‘qdir. Shuni bugun tan olib, doimo yuragingizda saqlang.
40 Bugun men sizlarga Egamizning farmonlari va amrlarini aytyapman, shularga rioya qilinglar. Shunda o‘zlaringiz ham, naslingiz ham farovon hayot kechirasizlar. Egangiz Xudo abadiy qilib berayotgan o‘sha yurtda uzoq yashaysizlar.
41 Shundan keyin Muso Iordan daryosining sharq tomonida uchta shaharni ajratdi.
42 Agar qotil odamni bilmasdan, adovatsiz o‘ldirgan bo‘lsa, o‘sha shaharlardan biriga qochib borib, jonini qutqarishi mumkin.
43 Bu shaharlar quyidagilar edi: Ruben qabilasi uchun yassi tepalikdagi Bazer shahri, Gad qabilasi uchun Giladdagi Ramo‘t shahri, Manashe qabilasi uchun Bashandagi Go‘lon shahri.
44 Muso Isroil xalqiga quyidagi qonunlarni berdi.
45 Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, Muso shu shartlar, farmonlar va qonun–qoidalarni aytdi.
46 Muso bularni Iordan daryosining sharqiy qirg‘og‘ida, Bayt–Piyor ro‘parasidagi vodiyda bayon qildi. Bu yer ilgari Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘nga qarashli edi. Muso bilan Isroil xalqi Misrdan chiqqanlarida, Sixo‘nni mag‘lub qilgan edilar.
47 Isroil xalqi Iordan daryosining sharqida yashagan ikkala Amor shohining yurtlarini, ya’ni shoh Sixo‘nning va Bashan shohi O‘gning yurtini bosib olgan edi.
48 Bu joylar Arnon soyligi etagidagi Aror shahridan Siriyon tog‘igacha, ya’ni Xermon tog‘igacha cho‘zilgan edi.
49 Shuningdek, Fisgax tog‘ tizmasining etagidagi O‘lik dengizgacha cho‘zilib, Iordan daryosining sharq tomonidagi butun Iordan vodiysini ham o‘z ichiga olgan edi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак