Qonunlar 9 bob

1 Xalqning itoatsizligi.

1 Quloq sol, ey Isroil! Bugun Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tasizlar. O‘zlaringizdan ko‘proq va kuchliroq bo‘lgan xalqlarning yerlarini mulk qilib olasizlar. Ularning ulkan shaharlari osmon o‘par devorlar bilan o‘ralgan.
2 O‘sha kuchli, bo‘yi baland xalq Inoq avlodidandir. Ularni o‘zlaringiz bilasizlar, “Inoq avlodiga kim ham bas kela olardi?!” degan gaplarni eshitgansizlar.
3 Bugun shuni bilib qo‘yinglarki, Egangiz Xudo yamlamay yutadigan olovday sizlarning oldingizda boradi. Xudo Inoq avlodini mag‘lub qilib, sizlarga itoat ettiradi. Shunda Egamiz bergan va’daga ko‘ra, ularni bir lahzada quvib, yo‘q qilasizlar.
4 Egangiz Xudo ularni sizlarning oldingizdan haydaganda, o‘zingizcha: “Egam solihligim uchun bu yerni menga berdi”, deb aytmanglar. Bu xalqlar fosiq bo‘lgani uchun Egamiz ularni sizlarning oldingizdan haydayapti.
5 Sizlar solihligingiz uchun, yuragingiz to‘g‘ri bo‘lgani uchun ularning yeriga borib egalik qilmayapsizlar. Yo‘q! Bu xalqlarning fosiqligi tufayli Egamiz ularni oldingizdan haydayapti. Shu yo‘l bilan otalaringiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga Egamiz ont ichib bergan va’dasini bajaradi.
6 Shuni bilib qo‘yinglarki, Egangiz Xudo bu hosildor yurtni sizlarga solih bo‘lganingiz uchun bermayapti. Sizlar solih emas, o‘jar xalqsiz.
7 Egangiz Xudoni sahroda qanchalar g‘azablantirganingizni yodingizda tutinglar, aslo unutmanglar. Misrdan chiqqan kundan boshlab, mana shu yerga yetib kelguningizcha Egamizga qarshilik qilib keldingizlar.
8 Sinay tog‘ida ham Egamizning g‘azabini keltirganingizda, U shunday g‘azablandiki, sizlarni yo‘q qilib yuboray, dedi.
9 Men tosh lavhalarni, ya’ni Egamiz sizlar bilan qilgan ahd lavhalarini olgani toqqa chiqdim. Qirq kechayu qirq kunduz tog‘da bo‘ldim, u yerda na non yedim, na suv ichdim.
10 Egamiz menga O‘z qo‘li bilan yozgan ikkita tosh lavhani berdi. Tog‘da yig‘ilgan kuningiz Egamiz sizlarga olov ichidan aytgan amrlarning hammasi tosh lavhalarga yozilgan edi.
11 Kirq kechayu qirq kunduzdan keyin Egamiz menga ahd so‘zlari yozilgan ikkita tosh lavhani berdi.
12 Keyin Egamiz menga: “Qani bo‘l, bu yerdan tez pastga tush! O‘zing Misrdan boshlab olib chiqqan xalq yo‘ldan ozdi. Men sizlarga amr qilgan yo‘ldan darrov toyib, o‘zlariga but yasadi”, — dedi.
13 Egamiz menga yana shunday dedi: “Bu xalq haqiqatan ham o‘jar ekanligini ko‘rib turibman.
14 Endi Meni to‘xtatma. Hammasini halok qilaman, ularning nomini yer yuzidan o‘chiraman. Ulardan ham ko‘proq, kuchliroq xalqni sendan yarataman.”
15 Men tog‘dan qaytib tushdim. Tog‘ olov bo‘lib yonar, ikkala ahd lavhasini qo‘llarimga ko‘tarib olgan edim.
16 Qarasam, sizlar Egangiz Xudoga qarshi gunoh qilibsizlar, o‘zlaringizga buzoq shaklidagi butni yasab olibsizlar. Birpasda Egamiz sizlarga amr qilgan yo‘ldan toyibsizlar.
17 Shunda qo‘llarimdagi ikkala tosh lavhani otib yubordim. Ularni ko‘z oldingizda sindirdim.
18 Egamiz oldida yuz tuban muk tushib, oldingiday qirq kechayu qirq kunduz non yemay, suv ichmay iltijo qildim, chunki sizlar gunoh qilgan edingizlar. Egamiz oldida qabih ish qilib, Uni g‘azablantirgan edingizlar.
19 Egamiz g‘azablanib, sizlarni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi. Men Uning g‘azabidan qo‘rqdim. Lekin Egamiz bu safar ham mening iltijolarimga quloq soldi.
20 Egamiz Horundan ham g‘azablanib, uni halok qilmoqchi bo‘ldi, lekin men o‘shanda Horun uchun ham Egamizga yolvordim.
21 Sizlar butni yasab gunoh qildingiz, shuning uchun men butni olovda yondirdim. Tuproqday maydalab ezib, kukunini tog‘dan oqib tushayotgan irmoqqa tashlab yubordim.
22 Sizlar Taverada ham, Massax va Xivrut–Xattavoda turganingizda ham Egamizni g‘azablantirgan edingiz.
23 Egamiz sizlarni Kadesh– Barnadan jo‘natganda ham, sizlarga: “Boringlar, Men sizlarga beradigan yerni mulk qilib olinglar”, deb amr qilganda, sizlar Egangiz Xudoning amriga qarshilik qildingizlar. Unga ishonmadingizlar, quloq solmadingizlar.
24 Men sizlarni taniganimdan buyon, sizlar Egamizga qarshi bosh ko‘tarasizlar.
25 Egamiz sizlarni halok qilmoqchi bo‘lgani uchun, Men Egamiz oldida o‘sha qirq kechayu qirq kunduz muk tushib ibodat qilganimda
26 shunday deb yolvorgan edim: “Ey Egamiz Rabbiy! Xalqingni halok qilma. Axir, ular Sening mulking– ku! Sen ularni buyuk kuching bilan qutqarib, qudrating bilan Misrdan olib chiqqansan.
27 Qullaring Ibrohim, Is’hoq va Yoqubni yodingda tut, bu xalqning o‘jarligi, fosiqligi va gunohiga e’tibor berma.
28 Aks holda Misrliklar shunday deydi: ‘Anavi xalqning Egasi va’da qilgan yeriga ularni olib kirolmabdi. U O‘zining xalqini yomon ko‘rar ekan, shuning uchun ularni sahroda nobud qilish maqsadida Misrdan olib chiqqan ekan!’
29 Axir, ularni buyuk kuching va ajoyibotlaring bilan Misrdan O‘zing olib chiqqansan, ular Sening xalqingdir.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак