Qonunlar 21 bob

1 Qotil topilmaganda ko‘riladigan choralar. 10 Asiralar haqida. 15 To‘ng‘ich o‘g‘ilning merosi. 18 Itoatsiz o‘g‘il. 22 Jinoyatchining jasadi.

1 Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtning biror dalasida odam jasadi topilsa va uni kim o‘ldirgani noma’lum bo‘lsa,
2 oqsoqollar va hakamlar murda bilan atrofdagi shaharlar oralig‘idagi masofani o‘lchashsin.
3 Murdaga eng yaqin shaharning oqsoqollari hali qo‘shga qo‘shilmagan, bo‘yinturuq solinmagan g‘unajinni olishsin.
4 Shahar oqsoqollari yerga ishlov berilmagan, urug‘ ekilmagan, suv oqib turadigan soylikka bu g‘unajinni olib borishsin. O‘sha soylikda g‘unajinning bo‘ynini sindirishsin.
5 Leviruhoniylari bu yerga kelishsin. Egangiz Xudo “Levi nasli Menga xizmat qilsin, Mening nomim bilan xalqni duo qilsin”, deb ularni tanlagan. Barcha janjalli ishlar va zo‘ravonlik masalalari ularning so‘zi bilan hal qilinadi.
6 Murdaga eng yaqin bo‘lgan shaharning oqsoqollari soylikda bo‘yni sindirilgan g‘unajinning tepasida qo‘llarini yuvishsin.
7 Keyin ular shunday desin: “Bu odamning qonini bizning qo‘llarimiz to‘kkani yo‘q. Kim qilganini ko‘zlarimiz ko‘rgani yo‘q.
8 Ey Egamiz! O‘zing Misrdan ozod qilgan xalqing Isroilni kechirgin, xalqing Isroilni to‘kilgan aybsiz qonga javobgar qilmagin.” Shundan so‘ng ular to‘kilgan qonga javobgarlikdan holi bo‘ladilar.
9 Shunday qilsangizlar, Egamizning oldida to‘g‘ri ish qilgan bo‘lasizlar, aybsizning qonidan o‘zingizni tozalaysizlar.
10 Egangiz Xudo jangda dushmanlaringizni sizlarga mag‘lub etganda, ularni asirga olganingizda,
11 asirlar orasida chiroyli bir ayolni ko‘rib, uni sevib qolganingizdan unga uylanmoqchi bo‘lsangiz,
12 uni uyingizga olib keling. O‘sha ayol sochini qirib tashlasin, tirnoqlarini olsin.
13 Asirlikda kiygan kiyimlarini almashtirsin. Bir oy davomida ota–onasi uchun aza tutib, uyingizda yashasin. Shundan keyin siz u ayolning oldiga kira olasiz, siz uning eri, u esa sizning xotiningiz bo‘ladi.
14 Agar o‘sha ayol sizga yoqmay qolsa, uni ozod qiling. Uni sotmang, unga qulday munosabatda bo‘lmang, chunki uni xotiningiz bo‘lishga majbur qilgansiz.
15 Agar birortasining ikkita xotini bo‘lsa–yu, birini yaxshi ko‘rib, ikkinchisini yaxshi ko‘rmasa, ikkalasi ham unga o‘g‘il tug‘ib bersa, to‘ng‘ichi yaxshi ko‘rmagan xotinining o‘g‘li bo‘lsa,
16 o‘g‘illariga meros bo‘lib berayotganda, yaxshi ko‘rgan xotinning o‘g‘lini ustun qo‘ymasin, unga to‘ng‘ich o‘g‘il huquqini bermasin.
17 Yaxshi ko‘rmagan xotinning o‘g‘lini to‘ng‘ich, deb tan olsin, unga mol–dunyosidan ikki hissa meros bersin. Chunki o‘sha o‘g‘il otasi qudratining ilk hosilidir. To‘ng‘ichlik huquqi o‘sha o‘g‘ilga tegishlidir.
18 Agar birortasining o‘g‘li ota–onasining gapiga quloq solmaydigan, o‘jar va itoatsiz bo‘lsa, uni jazolaganlarida ham gaplariga kirmasa,
19 ota– onasi u o‘g‘ilni shahar darvozasida xizmat qiladigan shahar oqsoqollari oldiga olib kelsin.
20 Ota–onasi oqsoqollarga: “Bu o‘g‘limiz o‘jar va itoatsizdir. U bizning gapimizga quloq solmaydi. U ochko‘z va mayxo‘rdir”, desin.
21 Shundan keyin shahar erkaklari o‘sha yigitni toshbo‘ron qilib o‘ldirsin. Shunday qilib, orangizdan yomonlikni yo‘q qilinglar. Butun Isroil xalqi bu voqeani eshitib, qo‘rqadi.
22 Agar birortasi o‘lim hukmiga loyiq gunoh qilsa, sizlar uni o‘ldirib, jasadini tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqsangiz,
23 o‘sha jasad kechasi bilan xodada osig‘liq qolmasin. Uni o‘sha kuniyoq dafn qilinglar, chunki xodaga qoqilgan odam Xudo tomonidan la’natlangandir. Egangiz Xudo sizga mulk qilib berayotgan yurtni harom qilmanglar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18