Qonunlar 14 bob

1 Azadorlarga man etilgan odatlar. 3 Halol va harom hayvonlar. 22 Ushr berish haqida qonun.

1 Sizlar Egangiz Xudoning farzandlarisiz. Marhumga aza tutganingizda badaningizni tilmang, sochingizning oldini qirmang.
2 Sizlar Egangiz Xudoning muqaddas xalqisiz. Egamiz yer yuzidagi barcha xalqlar orasidan sizlarni O‘z xalqi, O‘z xazinasi qilib tanlab oldi.
3 Jirkanch hayvonlarning go‘shtini yemang.
4 Mana bu hayvonlarni yesangiz bo‘ladi: mol, qo‘y, echki,
5 ohu, kiyik, bug‘u, yovvoyi echki, zubr, jayron, arxar.
6 Ayri tuyoq va kavsh qaytaradigan har qanday hayvonni tanovul qilishingiz mumkin.
7 Lekin kavsh qaytaradigan yoki ayri tuyoq hayvonlardan tuya, quyon va sug‘urni yemanglar, ular kavsh qaytarsa ham, tuyog‘i ayrilmagan. Bu hayvonlar sizlar uchun haromdir.
8 Cho‘chqani ham yemanglar, uning tuyog‘i ayrilgan, lekin kavsh qaytarmaydi. Bu hayvonlarning go‘shtini yemanglar, murdasiga ham tegmanglar.
9 Suvda yashaydigan suzgichi va tangachalari bor har qanday jonivorni yesangiz bo‘ladi.
10 Suzgichi va tangasi bo‘lmaganlarini yemang, ular sizga haromdir.
11 Halol qushlardan xohlaganingizning go‘shtini yesangiz bo‘ladi.
12 Quyidagi qushlarning go‘shtini yeyish mumkin emas: qumoy, boltayutar, tasqara,
13 qirg‘iy, qizil kalxat va uning zoti,
14 qarg‘a zoti,
15 tuyaqush, lochin, quloqli ukki, qarchig‘ay va uning zoti
16 yapaloq qush, boyo‘g‘li, oq boyo‘g‘li,
17 birqozon, jo‘rchi, baliqchi ukki,
18 laylak, oq qarqara va uning zoti, sassiqpopishak, qo‘rshapalak.
19 Qanotli hasharotlar sizlarga haromdir, ularni yemanglar.
20 Ammo ba’zi turdagi qanotli hasharotlarni yeyishingiz mumkin.
21 O‘limtikni yemang, uni shahringizda yashagan musofirga bering, u yeyaversin, yoki o‘limtikni begonaga soting, sizlar Egangiz Xudoning muqaddas xalqisiz. Uloqchani o‘z onasining sutida qaynatmang.
22 Har yili dalangizda o‘sadigan hamma narsadan, ekiningizning hosilidan o‘ndan birini ajratinglar.
23 Bu ushrlaringizni Egangiz Xudo O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joyga olib boringlar. Doningiz, sharobingiz va zaytun moyingizning ushrlarini, mol va qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan bolalarini Uning huzurida yenglar. Shunday qilib, Egangiz Xudodan har doim qo‘rqishni o‘rganasizlar.
24 Agar Egangiz Xudo tanlaydigan bu joy sizdan uzoq bo‘lsa, shu sababdan Egangiz bergan barakaning ushrini u yerga olib bora olmasangiz,
25 o‘sha narsalaringizni kumushga almashtiring. Kumushni olib, Egangiz Xudo tanlaydigan joyga boring.
26 Mana shu kumushga ko‘nglingiz tusagan narsani: mol, qo‘y, sharob, o‘tkir ichimlik va ko‘nglingiz xohlagan hamma narsani sotib olib, u yerda Egangiz Xudo huzurida yeb, oilalaringiz bilan xursandchilik qilinglar.
27 Shahringizda yashagan levilarni unutib qo‘ymanglar, ularning siznikiga o‘xshagan ulushi ham, mulki ham yo‘qdir.
28 Har uchinchi yil oxirida o‘sha yili olgan hosilingizning o‘ndan bir qismini to‘liq olib, shahringizdagi omborlarda saqlab qo‘yinglar.
29 Ulushi ham, mulki ham bo‘lmagan shahringizdagi levilar, shuningdek, musofir, yetim va bevalar kelib, yeb to‘yadi. Shunda qilgan har bir ishingizga Egangiz Xudo baraka beradi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18