Qonunlar 3 bob

1 Isroil xalqi shoh O‘gni mag‘lub qiladi. 12 Iordan daryosidan sharqqa o‘rnashgan qabilalar. 23 Xudo Musoga Kan’on yurtiga kirishga ijozat bermaydi.

1 Keyin biz Bashan o‘lkasiga yo‘l oldik. Bashan shohi O‘g o‘zining hamma lashkarini boshlab, Edrey shahri yaqinida biz bilan jang qilgani chiqdi.
2 Shunda Egamiz menga dedi: “O‘gdan qo‘rqma. Men uning o‘zini, lashkarini va butun yurtini sening qo‘lingga berganman. Amor xalqining Xashbonda yashagan shohi Sixo‘nni nima qilgan bo‘lsang, uni ham shunday qilasan.”
3 Egamiz Xudo Bashan shohi O‘gni ham hamma lashkari bilan birga bizning qo‘limizga berdi. Biz birorta tirik jon qoldirmay hammasini halok qildik.
4 Uning hamma shaharlarini — oltmishta shahrini oldik. Bashandagi O‘gning shohligiga kirgan butun Argob hududini qo‘lga kiritdik, biz olmagan birorta ham shahar qolmadi.
5 Bu mustahkam shaharlarning hammasi baland devorlar bilan o‘ralgan, darvozalari tambalangan edi. Bulardan tashqari, devor bilan o‘ralmagan ko‘p qishloqlar ham bor edi.
6 Biz Xashbon shohi Sixo‘nning shaharlarini qanday vayron qilgan bo‘lsak, O‘gning shaharlarini ham shunday vayron qildik. Bu shaharlarni erkagu ayollari va bolalari bilan birga yo‘q qildik.
7 Hamma chorva va shaharlardagi o‘ljani o‘zimizga oldik.
8 Shunday qilib, o‘shanda biz Iordan daryosining sharq tomonida hukmronlik qilgan ikkala Amor shohini mag‘lub qildik. Janubdagi Arnon soyligidan to shimoldagi Xermon tog‘igacha cho‘zilgan yerlarini qo‘lga kiritdik.
9 (Xermon tog‘ini Sidonliklar — “Siriyon”, Amor xalqi — “Sanir” deb atashadi.)
10 Biz Bashanda hukmronlik qilgan shoh O‘gning butun shohligini, yassi tepalikdagi hamma shaharlarini, sharqdagi Salko va Edreygacha bo‘lgan butun Gilad va Bashan o‘lkalarini qo‘lga kiritdik.
11 (Rafa xalqidan birgina Bashan shohi O‘g tirik qolgan edi. Uning yotadigan o‘rni temirdan yasalgan bo‘lib, odatdagi o‘lcham bo‘yicha uzunligi to‘qqiz tirsak, kengligi esa to‘rt tirsak edi. Uning o‘rni hozir ham Ommon yurtining Rabba shahridadir.)
12 Biz o‘sha yerlarni qo‘lga kiritdik. Shunda men Ruben va Gad qabilalariga Arnon soyligi bo‘yidagi Aror shahrining shimolidagi hududni, Gilad qirlarining yarmisini va atrofdagi qishloqlarni berdim.
13 Manashe qabilasining yarmiga esa Giladning qolgan qismini va O‘gning shohligi bo‘lgan butun Bashanni berdim. (Bashan o‘lkasidagi Argob hududi Rafa xalqining yurti hisoblanardi.
14 Manashe qabilasidan bo‘lgan Yovir butun Argob hududini qo‘lga kiritdi. Bu hudud Gashur va Maxo yurtlarigacha cho‘zilgan edi. Yovir bu joyga o‘zining nomini berdi. O‘sha joylar bugungacha Yovir qishloqlari deb ataladi.)
15 Manashe qabilasining Moxir urug‘iga Giladni berdim.
16 Ruben va Gad qabilalariga Giladdan to Arnon soyligigacha cho‘zilgan yerlarni berdim. Arnon soyligining o‘rtasi ikkovining chegarasi edi. Ularning yeri Ommon yurtining chegarasini tashkil qilgan Yavoq daryosigacha cho‘zilgan edi.
17 Ularning g‘arbdagi yerlari esa Iordan daryosi bo‘ylab, shimoldagi Jalila ko‘lidan to janubdagi O‘lik dengizgacha va sharqdagi Fisgax tog‘ tizmasining yon bag‘irlarigacha cho‘zilgan edi.
18 O‘shanda sizlarga shunday buyurdim: “Egangiz Xudo bu yerni sizlarga mulk qilib berdi. Hamma sipohlaringiz qurollanib, daryodan kechib o‘tsin. Ular birodarlaringiz bo‘lgan Isroil xalqini boshlab borsin.
19 Faqat xotinlaringiz va farzandlaringiz men sizlarga bergan shaharlarda qolsin. Bilaman, mollaringiz juda ko‘p, ular ham shaharlaringizda qolaversin.
20 Egamiz sizlarga tinchlik ato qilganday, birodarlaringizga ham tinchlik ato qilgandan keyin, ular Iordanning narigi tomonidagi, Egangiz Xudo berayotgan yerni egallab olgandan keyin, hammangiz men sizlarga bergan mana shu yerga qaytib kelsangiz bo‘ladi.”
21 O‘shanda Yoshuaga aytdim: “Egang Xudo o‘sha ikkala shohni nima qilganini o‘z ko‘zing bilan ko‘rding. Sen bosib o‘tadigan barcha shohliklarni ham Egamiz xuddi shunday ahvolga soladi.
22 Ulardan qo‘rqma. Sizlar uchun jang qiladigan Egang Xudodir.”
23 Shundan keyin men Egamga yolvordim:
24 “Yo Egam Rabbiy! Men, qulingga, O‘z buyukliging va qudratingni endigina ko‘rsata boshlading. Sening ajoyibotlaringni, buyuk ishlaringni osmonda ham, yerda ham qila oladigan boshqa xudo yo‘q!
25 Ijozat ber, men Iordan daryosidan o‘tay. Daryoning narigi tomonidagi hosildor yurtni, o‘sha chiroyli qirlarni va Lubnonni ko‘ray.”
26 Lekin Egamiz sizlar tufayli mendan g‘azablangani uchun iltijolarimga quloq solmadi. U menga shunday dedi: “Bo‘ldi qil! Menga bu haqda boshqa gapirma.
27 Fisgax tog‘ tizmasining cho‘qqisiga chiq, g‘arbga, shimolga, janubga va sharqqa qara. Yaxshilab qarab ol, chunki sen mana shu Iordan daryosidan kechib o‘tmaysan.
28 Yoshuani xizmatga tayinla. Unga dalda berib, ruhlantir. Bu xalqni daryoning narigi tomoniga Yoshua boshlab boradi. Uning boshchiligida bu xalq sen ko‘radigan o‘sha yerni egallaydi.”
29 Shunday qilib, biz Bayt–Piyor qarshisidagi vodiyda to‘xtadik.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак