Chiqish 12 bob

1 Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayrami to‘g‘risida ko‘rsatmalar. 21 Ilk Fisih ziyofati. 29 O‘ninchi falokat: jamiki to‘ng‘ich erkak zotining o‘limi. 37 Isroil xalqi Misrdan ketadi. 43 Fisih ziyofati to‘g‘risida qonun– qoidalar.

1 Muso bilan Horun Misrda yashar ekanlar, Egamiz ularga quyidagi ko‘rsatmalarni berdi:
2 “Bu oy sizlar uchun ilk oy, yilning birinchi oyi bo‘ladi.
3 Isroil xalqining butun jamoasiga yetkazinglar: shu oyning o‘ninchi kuni oila boshliqlari bitta qo‘zi yoki uloqcha tanlaydi. Buni xonadondagilar tanovul qiladi.
4 Bitta jonliq bir oilaga ko‘plik qiladigan bo‘lsa, oila a’zolarining soni va bir odam tanovul qiladigan go‘sht miqdori hisoblab chiqiladi. So‘ngra o‘sha oila jonliq go‘shtini yonidagi qo‘shnisi bilan bo‘lishadi.
5 Nuqsonsiz, bir yashar erkak jonliqni tanlab olinglar.
6 Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni kechqurungacha qo‘zilarni alohida saqlanglar. So‘ngra Isroil xalqi jamoasining har bir xonadoni o‘zining qo‘zisini so‘yishi lozim.
7 So‘ng ular qurbonlikning qonidan olib, qurbonlik go‘shti tanovul qilinadigan uy eshigi kesakisining yonlariga va tepasiga surtishsin.
8 O‘sha kuni kechqurun go‘shtni olovda pishirib tanovul qilishsin. Go‘shtni xamirturushsiz non va taxir o‘tlar qo‘shib tanovul qilishsin.
9 Qurbonlik go‘shtining suvda qaynatilganini yoki xomini tanovul qilishmasin. Kalla–tuyoqlariyu ichak– chovoqlarini olovda pishirib yeyishsin.
10 Go‘shtdan ertalabgacha qolmasin. Agar ortib qolsa, ertalabga qoldirmay olovda kuydiringlar.
11 Go‘shtni tanovul qilayotganingizda, shay turinglar. Chorig‘ingiz oyog‘ingizda, tayog‘ingiz qo‘lingizda bo‘lsin, tez–tez yenglar. Men, Egangizga, bag‘ishlangan Fisih qurbonligi shudir.
12 O‘sha tunda Men Misrning bu boshidan narigi chetigacha o‘tib, insonlarning har bir to‘ng‘ich o‘g‘illarini ham, chorvaning birinchi erkak bolasini ham o‘ldiraman. Men, Egangiz, Misrning hamma xudolariga qarshi hukmni ijro etaman.
13 Eshiklaringizning romiga surtilgan qon yashayotgan uylaringizni belgilaydi. Qonni ko‘rib, sizlarni chetlab o‘taman. Men Misrni jazolaganimda, o‘lat ofatidan sizlar omon qolasizlar.
14 Bu kunni sizlar to abad esda tutishlaringiz lozim. Har yili bu kunni Men, Egangizga, atalgan bayram qilib nishonlanglar. Bu bayram avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lib qolsin.
15 O‘sha yetti kun davomida xamirturushsiz non tanovul qilinglar. Birinchi kuniyoq uylaringizdagi xamirturushni yo‘qotinglar. Kimki yetti kun davomida xamirturush qo‘shilgan non tanovul qilsa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.
16 Bayramning birinchi kuni ham, yettinchi kuni ham butun xalq muqaddas yig‘inga kelishi lozim. Shu kunlari, ovqat tayyorlashdan tashqari, hech qanday ish qilmanglar.
17 Xamirturushsiz non bayramini har yili nishonlaysizlar, chunki aynan o‘sha kuni Men sizlarning oilalaringizni va qabilalaringizni Misrdan olib chiqqanman. Bu bayram avlodlaringiz osha nishonlanib, doimiy qonun– qoida bo‘lib qolsin.
18 Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni kechqurundan boshlab shu oyning yigirma birinchi kuni kechqurungacha xamirturushsiz non tanovul qilinglar.
19 Uylaringizda o‘sha yetti kun davomida aslo xamirturush bo‘lmasin. Kimki xamirturush qo‘shilgan non tanovul qilsa, u asli Isroil naslidanmi, musofirmi, baribir, Isroil xalqining jamoasidan yo‘q qilinadi.
20 Xamirturush qo‘shilgan nonni hech tanovul qilmanglar. Qayerda yashasangizlar ham, xamirturushsiz non tanovul qilinglar.”
21 Shundan keyin Muso Isroilning hamma oqsoqollarini chaqirtirib, ularga shunday dedi: — Har bir xonadonga shunday deb aytinglar: “Oilangiz uchun bittadan qo‘zi yoki uloqcha tanlab olib, Fisih ziyofatiga qurbonlik qilinglar.
22 Keyin issop o‘tidan bir tutam olib, qurbonlikdan yig‘ilgan qon idishiga botiringlar. Qonni uylaringiz eshigi kesakisining yonlariga va tepasiga surtinglar. Tonggacha birortangiz uyingizdan chiqmanglar.
23 Chunki Egamiz Misr yurti bo‘ylab o‘tib, Misrliklarning to‘ng‘ich o‘g‘illarini uradi. U eshiklaringizning kesakisidagi qonni ko‘rib, uylaringizni chetlab o‘tib ketadi. Azroil uylaringizga kirib, sizlarning to‘ng‘ich o‘g‘illaringizni nobud qilishiga Egamiz yo‘l qo‘ymaydi.
24 O‘zlaringiz ham, avlodlaringiz ham bu rasm–rusumlarga to abad rioya qilishlaringiz lozim.
25 Egamiz sizlarga beraman, deb va’da qilgan yurtga kirganlaringizdan keyin ham, bu udumni nishonlayveringlar.
26 Bolalaringiz sizlardan: — Bu udumning ma’nosi nima? — deb so‘raganlarida, shunday javob beringlar:
27 — Bu Egamizga bag‘ishlangan Fisih qurbonligidir. Egamiz Misrliklarning to‘ng‘ich o‘g‘illarini halok qilganda, Misrdagi Isroil xalqining uylarini chetlab o‘tib ketdi. Shunday qilib, bizning xonadonlarimizni omon saqlab qoldi.” Shunda Isroil oqsoqollari egilib, sajda qildi.
28 So‘ngra ular borib, Muso bilan Horunga Egamiz bergan amr bo‘yicha ish tutdilar.
29 Egamiz yarim kechasi Misrliklarning jamiki to‘ng‘ichlarini — taxtda o‘tirgan fir’avnning to‘ng‘ich o‘g‘lidan tortib zindonda yotgan asirning to‘ng‘ich o‘g‘ligacha o‘ldirdi. Hamma chorvaning birinchi erkak bolasini ham nobud qildi.
30 O‘sha kecha fir’avn, uning hamma a’yonlari va butun Misr xalqi uyg‘onib ketdi. Butun Misrni qattiq dod–faryod tutdi. Odam nobud bo‘lmagan birorta xonadon yo‘q edi.
31 O‘sha tundayoq fir’avn Muso bilan Horunni chaqirtirib aytdi: — O‘zlaringiz ham, Isroil xalqingiz ham yo‘qolinglar! Mening yurtimdan chiqib ketinglar! O‘zlaringiz aytganingizday, borib Egangizga sajda qilaveringlar.
32 Mol–qo‘ylaringizni ham olib ketinglar. Ammo ketayotganingizda, meni duo qilinglar.
33 “Isroil xalqi yurtimizdan tezroq chiqib ketsin, agar chiqib ketmasa, hammamiz o‘lib ketamiz”, deb Misrliklar ularni qistovga oldilar.
34 Shunday qilib, Isroil xalqi kiyim–kechaklariga o‘ralgan xamirturush qo‘shilmagan xamir to‘la tog‘oralarini olib, yelkalariga ortishdi.
35 Isroil xalqi Musoning aytganini qilib, Misrliklardan oltin va kumush taqinchoqlar, kiyim–kechaklar so‘rab olishdi.
36 Egamiz Misrliklarni shunday qildiki, ular Isroil xalqiga iltifot ko‘rsatdilar. Isroil xalqi nima so‘rasa, ular berdilar. Shu yo‘l bilan Isroil xalqi, g‘olib lashkarday, Misrliklarning boyliklarini olib ketdi.
37 Isroil xalqi Ramzesdan Suxo‘tga qarab yayov yo‘lga chiqdi. Ular 600.000 tacha erkak bo‘lib, ayollar va bolalar bu hisobga kirmasdi.
38 Son–sanoqsiz begona xalqlar, ko‘plab mol– qo‘ylar ham ular bilan birga ketdi.
39 Isroil xalqi Misrdan olib chiqqan xamirturushsiz xamirdan patir non yopdilar. Ular Misrdan shunchalik tez chiqib ketdilarki, yo‘lga yegulik tayyorlagani vaqt topolmagandilar.
40 Isroil xalqi Misrda 430 yil yashadi.
41 430 yilning oxirgi kuni Egamiz xalqining hamma oilalari va qabilalari Misrdan ketdi.
42 “Bu kun O‘z xalqimni Misrdan olib chiqaman”, deb Egamiz o‘sha tunni ajratib qo‘ygan edi. Isroil xalqi ham avlodlar osha o‘sha tunni ajratib, Egamizga atashlari lozim.
43 Keyin Egamiz Muso bilan Horunga aytdi: “Sizlar rioya qilishingiz lozim bo‘lgan Fisih ziyofatining qonun–qoidalari quyidagichadir: Isroil xalqiga qondosh bo‘lmagan odam Fisih taomidan tanovul qilmaydi.
44 Lekin sotib olgan qullaringiz sunnat qilingandan keyin Fisih taomidan tanovul qilsa bo‘ladi.
45 Musofirlar va mardikorlar ham bu taomdan tanovul qilishmaydi.
46 Taomlar qaysi uyda tayyorlangan bo‘lsa, hammasi o‘sha uyda tanovul qilinishi lozim. Tashqariga taom olib chiqilmaydi. Fisih ziyofatiga atab qurbonlik qilingan birorta ham hayvonning suyagi sindirilmaydi.
47 Isroil xalqining butun jamoasi Fisih ziyofatini nishonlaydi.
48 Yonlaringizdagi biror musofir Men, Egangizga, bag‘ishlangan Fisih ziyofatini nishonlamoqchi bo‘lsa, oldin uning xonadonidagi hamma erkaklar sunnat qilinishi lozim. Shundan keyingina Isroil xalqiga qondosh bo‘lgan odamlardan biriday, Isroil jamoasiga qo‘shilib, Fisih ziyofatini nishonlaydi. Sunnat qilinmaganlarning hech qaysisi Fisih taomidan tanovul qilishi mumkin emas.
49 Shu yerning tub aholisi uchun ham, oralaringizda yashayotgan musofir uchun ham qonun o‘shadir.”
50 Egamizning Muso va Horun orqali bergan qonun–qoidalarini Isroil xalqi bajardilar.
51 Shunday qilib, o‘sha kuniyoq Egamiz Isroil oilalarini va qabilalarini Misrdan olib chiqdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак