Qonunlar 2 bob

1 Sahroda o‘tkazilgan yillar. 24 Isroil xalqi shoh Sixo‘nni yengadi.

1 Egamiz menga aytganiday, biz Qizil dengiz tomondagi sahroga qaytdik. Seir tog‘lari atrofida ko‘p vaqt yurdik.
2 Egamiz menga shunday dedi:
3 “Bu qirlar atrofida shuncha aylanib yurganingiz yetadi. Endi shimol tomonga boringlar.
4 Bu xalqqa Mendan shunday buyruq bergin: ‘Seir yurtida yashaydigan birodarlaringiz — Esov avlodining yerlaridan o‘tasizlar. Ular sizdan qo‘rqishadi. Ammo ehtiyot bo‘linglar,
5 ular bilan jang qilmanglar. Men sizlarga u yerning bir qarichini ham bermayman, chunki Men Seir tog‘larini Esov avlodiga mulk qilib berganman.
6 Ulardan ovqatni kumushga sotib olib yenglar, suvni ham kumushga sotib olib ichinglar.
7 Men, Egangiz Xudo, har bir ishingizda sizlarga baraka berdim. Shu bepoyon sahroda yurganingizda sizlarni himoya qildim. Qirq yildan beri Men sizlar bilan birgaman, sizlar hech qanday kamchilik ko‘rmadingizlar.’”
8 Shunday qilib, biz Seirda yashovchi birodarlarimiz — Esov avlodining yeridan o‘tib ketdik. Elet va Ezyo‘n–Geberdan Iordan vodiysiga ketgan yo‘ldan yurdik. So‘ngra Mo‘ab cho‘li tomon burilib ketdik.
9 Shunda Egamiz menga dedi: “Mo‘abliklar bilan janjallashib, urush boshlamanglar. Men sizlarga ularning yeridan mulk bermayman, chunki Or hududini Men Lut avlodiga mulk qilib berganman.”
10 (Oldin u yerda Eyim xalqi yashagan edi. Ular ko‘pchilik bo‘lib, kuchli, Inoq avlodi singari baland bo‘yli xalq edi.
11 Eyim xalqi va Inoq avlodlari, odatda, Rafa xalqi deb atalardi. Ammo Mo‘abliklar ularni Eyim xalqi, deb atashardi.
12 Seirda ancha oldin Xorim xalqi yashagan. Ammo Esov avlodi o‘sha yerlarni ulardan tortib olgandi. Isroil xalqi Egamiz mulk qilib bergan yurtda xalqlarni yo‘q qilganday, Esov avlodi ham Xorim xalqini yo‘q qilib, ularning yerlariga joylashib olgan edi.)
13 Egamiz: “Qani, endi otlaninglar, Zarad soyligidan o‘tinglar”, — deb amr berdi. Biz Zarad soyligidan o‘tdik.
14 Kadesh–Barnadan chiqishimizga va Zarad soyligidan o‘tishimizga 38 yil ketdi. Egamiz ont ichib aytganiday, bu vaqt oralig‘ida o‘sha naslning urushga yaroqli bo‘lgan odamlari olamdan o‘tib ketdi.
15 Darhaqiqat, Egamiz ularga qarshi O‘z qo‘lini ko‘tarib, qarorgohdagi hamma urushga yaroqlilarni qirib tashladi.
16 Urushga yaroqli bo‘lganlarning hammasi o‘lib, xalq orasidan yo‘q bo‘lgandan keyin,
17 Egamiz menga shunday dedi:
18 “Bugun Or shahridan o‘tasizlar, Mo‘ab yurtining shimoliy chegarasini kesib,
19 Ommon xalqining yeriga yaqinlashasizlar. Lekin ular bilan janjalashib, urush boshlamanglar. Sizlarga ularning yeridan bir parcha ham bermayman. Bu yerni Men Lut avlodiga mulk qilib berganman.”
20 (Ilgarilari bu yer Rafa xalqining yurti edi. Bu yerda Rafa xalqi yashagan edi. Ommon xalqi esa ularni Zamzum xalqi, deb atashardi.
21 Bu xalq kuchli, ko‘p bo‘lib, Inoq avlodi singari baland bo‘yli edi. Ammo Egamiz ularni yo‘q qildi. Ommon xalqi ularning yerini qo‘lga kiritib, o‘sha yerga joylashib olgandi.
22 Seirda yashayotgan Esov avlodi uchun ham Egamiz xuddi shunday qilgan edi. Xorim xalqini Egamiz yo‘q qildi. Esov avlodi Xorim xalqining yerini qo‘lga kiritib, ularning o‘rniga o‘zlari joylashib olishdi. Ular hozirgacha o‘sha yerda yashaydi.
23 Avim xalqi esa janubdagi G‘azogacha bo‘lgan qishloqlarda yashardi. Ammo Xafto‘rdan kelgan Xafto‘r xalqi ularni yo‘q qilib, o‘rnilariga o‘zlari joylashib olishgandi.)
24 Biz Mo‘ab yurtidan o‘tganimizdan keyin, Egamiz shunday dedi: “Endi otlanib, yo‘lga tushinglar, Arnon soyligidan o‘tinglar. Men Amor xalqining Xashbonda yashaydigan shohi Sixo‘nni va uning yerini sizlarning qo‘lingizga beraman. Unga hujum qilib, jang boshlang, uning yurtini egallab oling.
25 Men shunday qilamanki, bugundan boshlab butun yer yuzidagi xalqlar sizlardan qo‘rqib, vahimaga tushadigan bo‘lishadi. Nomingizni eshitganlar sizlardan qo‘rqqanidan qaltiraydigan bo‘ladi.”
26 Shundan keyin men Kadamo‘t cho‘lidan Xashbon shohi Sixo‘nga elchilar orqali quyidagicha do‘stona gaplarni yetkazdim:
27 “Ijozat bering, sizning yeringizdan o‘tib ketaylik. O‘ngga ham, chapga ham qayrilmay, to‘g‘ri yo‘ldan ketamiz.
28 Ovqatni biz sizdan kumushga sotib olib, yeymiz, suvni ham sizdan sotib olib ichamiz, faqat piyoda yurib o‘tishimizga ruxsat bersangiz bo‘ldi.
29 Seirda yashayotgan Esov avlodi ham, Or shahrida yashayotgan Mo‘abliklar ham ijozat bergan edi. Ularning yerlaridan o‘tib keldik. Ular singari siz ham ijozat bering, yeringizdan o‘tib ketaylik. Iordandan o‘tib, Egamiz Xudo bizga beradigan yurtga yetib olaylik.”
30 Biroq Xashbon shohi Sixo‘n yeridan o‘tib ketishimizga ruxsat bermadi. Sizlar bugun yashab yurgan yerni qo‘lga kiritishingiz uchun Egangiz Xudo Sixo‘nning yuragini tosh qilib, o‘jar qilib qo‘ygandi.
31 Egamiz menga shunday dedi: “Men Sixo‘nni va uning yurtini sening qo‘lingga beryapman. Uning yurtini zabt eta boshla.”
32 Sixo‘n butun xalqini boshlab, biz bilan jang qilgani Yaxaz shahriga chiqdi.
33 Ammo Egamiz Xudo uni bizning qo‘limizga berdi. Sixo‘nni, uning jamiki xalqini, farzandlarini yo‘q qilib tashladik.
34 Sixo‘nning hamma shaharlarini olib, birontasini ham qoldirmay vayron qildik. Erkaklari, ayollari va bolalaridan birontasini ham tirik qoldirmadik.
35 Mag‘lub qilgan shaharlarimizdan faqat chorva va boyliklarni o‘zimizga o‘lja qilib oldik.
36 Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan hamda soylikning o‘rtasidagi shahardan tortib, to Giladgacha bo‘lgan birorta shahar bizning kuch– qudratimizga dosh berolmadi. Chunki Egamiz Xudo hammasini bizning qo‘limizga bergan edi.
37 Ammo biz Yavoq daryosi bo‘yidagi Ommon xalqining yerlariga va qirlardagi ularning shaharlariga hujum qilmadik. Chunki Egamiz Xudo bizga u yerlarni bosib olishni man qilgandi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак