Solnomalar (ikkinchi kitob) 18 bob

1 Mixay payg‘ambar Axabni ogohlantiradi. 28 Axabning halokati.

1 Yohushafat nihoyatda boy bo‘lib, obro‘si oshib ketdi. U o‘g‘liga Isroil shohi Axabning qizini olib berib, Axab bilan aloqasini mustahkamladi.
2 Oradan bir necha yil o‘tgach, Yohushafat Axabni ko‘rgani Samariya shahriga bordi. Axab Yohushafat va uning hamrohlari sharafiga ko‘plab mol–qo‘y so‘ydi. U Yohushafatni Giladdagi Ramo‘t shahriga hujum qilishga ko‘ndirmoqchi bo‘lib,
3 — Giladdagi Ramo‘t uchun jang qilmoqqa men bilan borasanmi? — deb so‘radi. — Meni go‘yo o‘zing deb bil, xalqimni o‘zingning xalqing deb bil. Biz sen bilan birga urushga boramiz, — dedi Yahudo shohi Yohushafat unga.
4 Yohushafat Isroil shohiga yana aytdi: — Avval Egamizning xohish–irodasini bil–chi, U nima der ekan.
5 Isroil shohi to‘rt yuz payg‘ambarni to‘plab ulardan so‘radi: — Giladdagi Ramo‘t uchun jang qilmoqqa boraymi yoki bormaymi? — Boraversinlar, Xudo u shaharni shoh hazratlarining qo‘liga beradi.
6 — Bu yerda ulardan boshqa Egamizning birorta payg‘ambari qolmadimi? Agar bo‘lsa, undan ham so‘rab ko‘raylik, — dedi Yohushafat.
7 — Yana bir kishi bor, — dedi Axab Yohushafatga, — Yimloning o‘g‘li Mixiyo. U orqali Egamizning xohish–irodasini bilsak bo‘ladi. Lekin men uni yomon ko‘raman, chunki u men haqimda bashorat qilsa, xayrli gap aytmaydi, har doim xunuk gap aytadi. — Ey shoh, bunday deb aytma, — dedi Yohushafat.
8 Isroil shohi mulozimini chaqirib: — Tez borib, Yimloning o‘g‘li Mixiyoni olib kel, — deb buyurdi.
9 Isroil shohi Axab va Yahudo shohi Yohushafat shohlik liboslarini kiyib, har qaysisi o‘z taxtida Samariya darvozasi yonida o‘tirar, hamma payg‘ambarlar esa ularning ro‘parasida turib bashorat qilayotgan edi.
10 Xanano o‘g‘li Zidqiyo temir shoxlar yasab, dedi: — Egamiz: “Oram lashkarini qirib bitirmaguningcha, shu shoxlar bilan suzaverasan”, deb aytmoqda.
11 Boshqa payg‘ambarlar ham shohga: — Ramo‘tga boraversinlar, albatta g‘alaba qiladilar, Egamiz o‘sha shaharni shohimizning qo‘llariga beradi, — deb bashorat qildilar.
12 Mulozim Mixiyoni chaqirish uchun ketdi. U Mixiyoning oldiga kelib, unga dedi: — Qara, hozir hamma payg‘ambarlar bir og‘izdan shohga yaxshilikdan bashorat qilyaptilar. Sening bashorating ham ularnikiday bo‘lsin. Sen ham yaxshilikdan karomat qil.
13 — Xudo haqi! Xudoyim menga nimani ayon qilsa, shuni aytaman, — dedi Mixiyo.
14 Mixiyo shoh huzuriga keldi. — Ey Mixiyo, men Ramo‘tni qaytarib olish uchun jang qilmoqchiman. Shuning uchun Giladga boraymi yoki bormaymi? — deya so‘radi shoh undan. — Boraversinlar, albatta g‘olib keladilar, — dedi Mixiyo. — O‘sha shahar shoh hazratlarining qo‘liga beriladi.
15 — Faqat haqiqatni aytishing uchun, Egamiz nomini o‘rtaga qo‘yib senga necha marta ont ichdirayin? — deb shoh undan yana so‘radi.
16 — Isroil xalqini ko‘rib turibman, ular tog‘lar ustida yoyilib yurgan cho‘ponsiz qo‘ylarga o‘xshaydi, — dedi Mixiyo. — Egamiz: “Ularning xo‘jayini yo‘q, har biri o‘z uyiga tinch–omon qaytib ketsin”, dedi.
17 — U men haqimda bashorat qilganda xayrli gap aytmaydi, balki xunuk xabar aytadi, deb senga aytmaganmidim?! — deb xafaligini izhor qildi Axab Yohushafatga.
18 — Unday bo‘lsa, Egamizning so‘zlarini eshitsinlar, — dedi Mixiyo Axabga. — Men Egamizni O‘zining taxtida o‘tirgan holatda ko‘rdim. Jamiki samoviy mavjudotlar Uning o‘ng va chap tomonidan joy olgan ekan.
19 Egamiz ulardan so‘radi: “Isroil shohi Axab Giladdagi Ramo‘t shahriga borib, o‘sha yerda halok bo‘lsin, deya kim uni o‘ziga og‘dira oladi?” Biri unday dedi, boshqasi bunday dedi.
20 Bir payt ruhlardan bittasi Egamizning ro‘parasida paydo bo‘ldi va: “Uni men ko‘ndiraman”, dedi. “Qanday qilib ko‘ndirasan?” so‘radi Egamiz.
21 “Men chiqib, hamma payg‘ambarlarning og‘zida yolg‘onchi ruhga aylanaman”, dedi u. “Sen uni ko‘ndir, bor, aytganingday qil, sen uddasidan chiqasan”, dedi Egamiz.
22 Mana ko‘rdingizmi, Egamiz payg‘ambarlaringizning og‘ziga yolg‘onchi ruh solib qo‘ygan. U boshingizga falokat keltirishga qaror qilgan.
23 Shu payt Xanano o‘g‘li Zidqiyo Mixiyoning oldiga kelib, uning yuziga bir shapaloq urdi: — Nahotki, Egamizning Ruhi meni tark etib, sen bilan gaplashgani ketgan bo‘lsa?! Ayt–chi, u qaysi yo‘ldan ketdi? — so‘radi Zidqiyo.
24 — Qarab tur, sichqonning ini ming tanga bo‘lib, yashiringani ichkari xonaga yugurganingda ko‘rasan, — dedi Mixiyo Zidqiyoga.
25 — Mixiyoni ushlanglar! — buyurdi Isroil shohi. — Uni shahar hokimi Omonning va shaxzoda Yo‘shning huzuriga olib boringlar.
26 Ularga mening amrimni yetkazinglar. Ular Mixiyoni zindonga tashlashsin. Men sog‘–salomat qaytib kelgunimcha, oz–moz non–suv berib tursin, xolos.
27 — Ey xaloyiq! Hammangiz eshitib qo‘ying! Agar shoh hazratlari sog‘–salomat qaytib kelsalar, Egamiz men orqali gapirmagan bo‘ladi, — dedi Mixiyo.
28 Isroil shohi Axab bilan Yahudo shohi Yohushafat Giladdagi Ramo‘t shahriga ketishdi.
29 — Men qiyofamni o‘zgartirib, jangga kiraman, sen esa shohlik liboslaringni kiyib ol, — dedi Axab Yohushafatga. Axab qiyofasini o‘zgartirib, jangga kirdi.
30 Oram shohi jang aravalari qo‘mondoniga: “Kattasi bilan ham, kichigi bilan ham jang qilib o‘tirmanglar, asosiy hujumni Isroil shohining o‘ziga qaratinglar”, deb amr bergan edi.
31 Jang aravalari qo‘mondonlari Yohushafatni ko‘rgach: “Isroil shohi ana shu!” deb o‘ylab unga hujum boshladilar. Yohushafat lashkarini jangga da’vat qilib baqirganda, Egamiz Xudo unga yordam berib, hujumni qaytardi.
32 Aravalarning qo‘mondonlari bildilarki, u Isroil shohi emas ekan. Qo‘mondonlar orqaga qaytdilar.
33 Bir odam bexosdan yoyini tortib qo‘yib yuborgan edi, o‘q to‘ppa–to‘g‘ri Isroil shohiga kelib tegdi. Shohning ustidagi sovuti ulangan joydan o‘q kirib ketgan ekan. Shoh og‘ir jarohatlandi. — Otni orqaga bur, men jarohatlandim, lashkarlar orasidan meni olib chiqib ket! — dedi shoh izvoshchisiga.
34 O‘sha kuni g‘oyatda shiddatli jang bo‘ldi. Shoh Axab esa aravasi ustida suyanib, Oram lashkarlarini kuzatib turdi. Kechga tomon borib shoh qazo qildi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18