Solnomalar (ikkinchi kitob) 24 bob

1 Yahudo shohi Yo‘sh. 15 Ruhoniy Yohayidoning siyosati bekor qilinadi. 23 Shoh Yo‘sh hukmronligining so‘nggi davri.

1 Yo‘sh shoh bo‘lganda, yetti yoshda edi. U Quddusda qirq yil hukmronlik qildi. Onasi Bersheva shahridan bo‘lib, ismi Zibiyox edi.
2 Ruhoniy Yohayido hayotligida Yo‘sh Egamizning oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
3 Yohayido Yo‘shga ikkita xotin olib berdi. Yo‘sh bu xotinlaridan o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
4 Oradan bir oz vaqt o‘tgach, Yo‘sh Egamizning uyini tuzatishga qaror qildi.
5 U ruhoniylarni va levilarni to‘plab, ularga aytdi: “Yahudo shaharlariga borib, Xudoyimizning uyini tuzatish uchun jamiki Isroil xalqidan yiliga to‘lanadigan soliqni yig‘ib kelinglar. Bu ishni tezlik bilan bajaringlar.” Lekin levilar bu ishni orqaga surdilar.
6 Shunda shoh oliy ruhoniy Yohayidoni chaqirtirib, undan so‘radi: “Nimaga siz levilarni soliq yig‘ib kelishlari uchun jo‘natmadingiz? Egamizning quli Muso Muqaddas ahd chodirining harajatlarini qoplash uchun bu soliqni Isroil jamoasiga solgan– ku.”
7 Qabih ayol Otaliyoning izdoshlari Xudoning uyiga bostirib kirib, u yerdagi Egamizga bag‘ishlangan ashyolarni Baalning sajda marosimlari uchun ishlatgan edilar.
8 Shohning buyrug‘i bilan, bir quti yasalib, Egamiz uyi darvozasining tashqi tomoniga o‘rnatildi.
9 Xudoning quli Muso sahroda Isroil xalqiga solgan soliqni Egamizga olib kelishlari uchun Yahudo va Quddus bo‘ylab e’lon qilindi.
10 Jamiki yo‘lboshchilar va xalq bajonidil soliq pullarini olib kelib, qutini to‘ldiraverdilar.
11 Qutida ko‘p pul yig‘ilganidan keyin, levilar qutini shoh a’yonlariga olib borishar edi. Shohning mirzasi bilan oliy ruhoniyning yordamchisi qutini bo‘shatib, uni o‘z joyiga qaytib qo‘yishar edi. Ular har kuni shunday qilishardi. Shu tariqa ko‘p miqdorda kumush to‘plashdi.
12 Shoh va Yohayido bu kumushlarni Egamizning uyidagi ishlarning boshida turgan odamlarga berdi. Ular esa bu kumushga Egamizning uyini tuzatish uchun tosh teruvchilar, duradgorlar, temir va bronzaga ishlov beradigan ustalarni yolladilar.
13 Hammalari chin yurakdan mehnat qilishdi, Xudoning uyini oldingi holatida tiklab, mustahkamlashdi.
14 Ular hamma ishlarni tugatishgach, qolgan kumushlarni shoh bilan Yohayidoga berishdi. Bu kumushlardan Egamizning uyida ishlatiladigan buyumlar yasaldi: xizmatda va qurbonliklar kuydirishda ishlatiladigan buyumlaru idishlar, shuningdek, oltin va kumushdan yasalgan boshqa anjomlar. Ruhoniy Yohayido davrida Egamizning uyida doimo kuydiriladigan qurbonliklar keltirilardi.
15 Yohayido rosa keksayib, bir yuz o‘ttiz yoshida vafot etdi.
16 U Isroil xalqi, Xudo va Xudoning uyi uchun qilgan xizmatlari evaziga Dovud qal’asida shohlar yoniga dafn qilindi.
17 Yohayidoning vafotidan keyin Yahudo a’yonlari shoh huzuriga kelishib, unga ta’zim qildilar. Shoh ularning maslahatlariga quloq soldi.
18 Natijada xalq ota–bobolarining Xudosi — Egamizning uyini tark etib, Asheraning ustunlariga va butlarga sig‘ina boshladi. Ularning bu gunohlari tufayli, Yahudo va Quddus ustiga Egamiz g‘azabini sochdi.
19 U, xalqimni qaytaray deb, oldilariga payg‘ambarlarni yubordi. Biroq xalq payg‘ambarlarning ogohiga quloq solmadi.
20 Xudoning Ruhi ruhoniy Yohayidoning o‘g‘li Zakariyoni qamrab oldi. Zakariyo xalqning oldida turib, shunday deb aytdi: “Xudo shunday demoqda: Nimaga sizlar Mening amrlarimga itoat etmayapsizlar? Shuning uchun rohat–farog‘atga erisholmaysizlar. Sizlar Meni tark etganlaringiz uchun, Men ham sizlarni tark etaman.”
21 A’yonlar Zakariyoga fitna uyushtirdilar. Shohning farmoni bilan uni Egamizning uyi hovlisida toshbo‘ron qilib o‘ldirdilar.
22 Shoh Yo‘sh Zakariyoning otasi Yohayido ko‘rsatgan olijanobliklarini eslamadi, aksincha o‘g‘lini o‘ldirdi. Zakariyo jon berayotganda: “Egamiz bu qilmishingizni ko‘rib, jazongizni bersin”, dedi.
23 O‘sha yilning oxirida Oram lashkarlari Yo‘shga hujum qilishdi. Ular Yahudo va Quddusni bosib olib, hamma xalq yo‘lboshchilarini o‘ldirishdi, olgan hamma o‘ljalarini Damashq shohiga jo‘natishdi.
24 Garchi Oram lashkarlari ozchilik bo‘lsa ham, Egamiz ularning qo‘liga Yahudoning katta lashkarini topshirgandi. Chunki Yahudo xalqi ota–bobolarining Xudosi — Egamizni tark etgandi. Shunday qilib, shoh Yo‘sh jazosini oldi.
25 Yo‘sh jangda og‘ir yaralandi. Oram lashkari ketishlari bilanoq, Yo‘shning ikki a’yoni ruhoniy Yohayido o‘g‘lining o‘chini olish uchun, Yo‘shga fitna uyushtirib, uni to‘shagida o‘ldirdilar. Yo‘shni Dovud qal’asiga dafn qildilar, biroq shohlar qabriga uni qo‘ymadilar.
26 Yo‘shga fitna uyushtirganlar Ommonlik Shimat degan ayolning o‘g‘li Zobod va Mo‘ablik Shimrit degan ayolning o‘g‘li Yohuzabad edi.
27 Yo‘shning o‘g‘illari to‘g‘risidagi to‘liq axborot, Yo‘shga qarshi aytilgan ko‘p bashoratlar va Xudoning uyi tuzatilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Shohlar Kitobiga sharhlar”da bayon etilgan. Yo‘shning o‘rniga o‘g‘li Emoziyo shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18