Solnomalar (ikkinchi kitob) 29 bob

1 Yahudo shohi Hizqiyo. 3 Ma’bad poklanadi. 20 Ma’baddagi xizmat tiklanadi.

1 Hizqiyo yigirma besh yoshida shoh bo‘ldi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil shohlik qildi. Onasining ismi Abiyo bo‘lib, Zakariyoning qizi edi.
2 Hizqiyo, bobosi Dovud kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
3 Hukmronligining birinchi yilida Hizqiyo Egamiz uyining eshiklarini qayta ochdi, ularni tuzattirdi.
4 So‘ng ruhoniylarni va levilarni chaqirtirib, ularni Ma’badning sharqiy hovlisiga to‘pladi.
5 Hizqiyo ularga dedi: “Gapimni eshitinglar, ey levilar! O‘zlaringizni poklanglar, ota–bobolaringiz Xudosi — Egamizning uyini ham poklanglar! Bu muqaddas joydan harom narsalarni chiqarib tashlanglar!
6 Bizning ota–bobolarimiz bevafo edilar. Ular Egamiz Xudo oldida yomon ishlar qilib, Uni tark etdilar. Egamizning makonidan yuzlarini o‘girib, Unga orqalarini burdilar.
7 Ma’bad eshiklarini yopib tashladilar, chiroqlarni o‘chirib qo‘ydilar. Isroil xalqining Xudosiga atab, muqaddas maskanda tutatqi tutatilmaydigan, qurbonliklar kuydirilmaydigan bo‘ldi.
8 Shuning uchun Yahudo va Quddusga Egamiz O‘z qahrini sochdi. Ularning ahvoli hammaning yoqasini ushlatib, dahshatu vahimaga soldi. Siz o‘zingiz ham bundan xabardorsiz.
9 Shuning uchun otalarimiz jangda halok bo‘ldi, xotinu o‘g‘il–qizlarimiz asirlikka olib ketildi.
10 Egamiz bizdan O‘z qahrini qaytarsin deb, men Isroil xalqining Xudosi — Egamiz bilan ahd qilishga qaror etdim.
11 O‘g‘illarim! Endi e’tiborsiz bo‘lmanglar, chunki Egamiz sizlarni Uning huzurida xizmat qilishingiz uchun va qurbonliklar kuydirishingiz uchun tanlab olgan.”
12 Levilardan quyidagilar shu yerda edilar: Qohot naslidan — Emosay o‘g‘li Maxat, Ozariyo o‘g‘li Yo‘el, Marori naslidan — Abdi o‘g‘li Kish va Yoxalil o‘g‘li Ozariyo, Gershon naslidan — Zimmo o‘g‘li Yo‘x, Yo‘x o‘g‘li Eden,
13 Elizofon naslidan — Shimri, Yoval, Osif naslidan — Zakariyo, Mattaniyo,
14 Xaman naslidan — Yoxiyol, Shimax, Yodutun naslidan — Shamayo va Uziyol.
15 Bu levilar qolgan levi birodarlarini to‘plab, hammasi poklandilar. So‘ng shohning farmoni bo‘yicha, Egamizning qonun–qoidalariga rioya qilgan holda Egamizning uyini poklay boshladilar.
16 Ruhoniylar Egamiz uyining ichki xonasini poklash uchun u yerga kirib, Ma’baddagi hamma harom–xarish narsalarni Egamiz uyining hovlisiga olib chiqdilar. Levilar esa bu narsalarni shahar tashqarisiga, Qidron soyligiga olib borib tashladilar.
17 Ruhoniylar bilan levilar ishini birinchi oyning birinchi kuni boshlagan edilar. Sakkiz kun davomida ular Egamiz uyining hovlilarini pokladilar. Keyingi sakkiz kun davomida uyning o‘zini pokladilar. Birinchi oyning o‘n oltinchi kuniga kelib hamma ishlarini tugatdilar.
18 So‘ngra shoh Hizqiyo huzuriga borib, shunday dedilar: “Biz Egamizning butun uyini, qurbonlik kuydiriladigan qurbongohni va qurbongohning hamma ashyolarini, muqaddas nonlar qo‘yiladigan xontaxtani va xontaxtaning hamma ashyolarini pokladik.
19 Shoh Oxoz bevafoligi dastidan chiqarib tashlagan hamma ashyolarni biz tayyorlab, pokladik. Mana, ularning hammasi Egamizning qurbongohi oldida turibdi.”
20 Shoh Hizqiyo ertasi kuni saharda shahar a’yonlarini to‘plab, hammalarini Egamizning uyiga boshlab bordi.
21 Ular shoh xonadonining va Yahudo xalqining gunohini yuvish uchun hamda Ma’badni poklash uchun gunoh qurbonligi qilib yettita buqa, yettita qo‘chqor, yettita qo‘zi va yettita takani olib keldilar. Horun naslidan bo‘lgan ruhoniylarga shoh: “Bularni Egamizning qurbongohida nazr qilinglar!” deb buyurdi.
22 Ruhoniylar buqalarni so‘yib, qonni qurbongohga sepdilar. Keyin qo‘chqorlarni so‘yib, qonini qurbongohga sepdilar. Qo‘zilarni ham so‘yib, qonini qurbongohga sepdilar.
23 So‘ngra gunoh qurbonligi qilinadigan takalarni shoh va jamoa oldiga olib keldilar. Ular qo‘llarini takalar ustiga qo‘ydilar.
24 Ruhoniylar takalarni so‘ydilar, butun xalqni gunohlaridan poklash uchun qonni qurbongohga sepdilar. Negaki, shoh “Kuydiriladigan qurbonliklar va gunoh qurbonliklari jamiki Isroil uchun qilinsin”, deb farmon bergan edi.
25 Hizqiyo shoh Dovudning ko‘rsatmalariga rioya qilib, levilarni Egamizning uyiga joylashtirdi, ularga zang, arfa va liralarni berdi. Bu ko‘rsatmalarni Dovudga Egamiz o‘z payg‘ambarlari Gad va Natan orqali bergan edi. Gad shoh Dovudning xizmatidagi valiy edi.
26 Levilar Dovudning cholg‘u asboblari bilan, ruhoniylar karnaylari bilan o‘z joylarini egalladilar.
27 Shundan keyin Hizqiyo: “Qurbongohda qurbonliklar kuydirilsin!” deb buyurdi. Qurbonliklar kuydirila boshlangan zahoti qo‘shiqchilar Dovudning cholg‘u asboblari va karnaylar jo‘rligida Egamizga hamdu sanolar aytishni boshladilar.
28 Qurbonliklar kuydirilib bo‘lguncha, butun jamoa sajda qilib, qo‘shiqchilar qo‘shiq aytib, karnaychilar karnay chalib turdilar.
29 Qurbonlik tugagach, shoh Hizqiyo va butun xalq tiz cho‘kib, Xudoga sajda qildi.
30 Shoh Hizqiyo bilan a’yonlar levilarga: “Dovud va valiy Osif yozgan sanolarni aytib, Egamizni madh qilinglar!” deb buyurdilar. Levilar sevinch ila sano kuylab, tiz cho‘kib sajda qildilar.
31 Keyin Hizqiyo xalqqa dedi: “Mana, sizlar o‘zingizni Egamizga bag‘ishladingizlar. Endi atagan qurbonligu shukrona nazrlaringizni Egamizning uyiga olib kelinglar.” Jamoa qurbonliklar va shukrona nazrlarini keltirdilar. Ba’zilari esa ko‘ngildan chiqarib kuydiriladigan qurbonlik uchun hayvonlarni ham olib keldilar.
32 Kuydiriladigan qurbonlik uchun 70 buqa, 100 qo‘chqor va 200 qo‘zi keltirildi.
33 Bulardan tashqari, jamoa 600 buqa va 3.000 qo‘yni qurbonlik qilish uchun olib keldi.
34 Ammo ruhoniylar ozchilik bo‘lganlari uchun kuydiriladigan hayvonlarning terisini shilishga ulgura olmayotgan edilar. Shu sababdan qarindoshlari levilar to ish tugaguncha va boshqa ruhoniylar o‘zlarini poklaguncha ularga qarashib turdilar. Levilar ruhoniylarga qaraganda o‘zlarini poklash masalasiga jiddiyroq yondashgan edilar.
35 Kuydiriladigan qurbonliklarning miqdori nihoyatda ko‘p edi, bulardan tashqari, tinchlik qurbonliklarining yog‘lari va kuydiriladigan qurbonliklar bilan birga keltiriladigan sharob nazri ham g‘oyatda mo‘l edi. Shu yo‘sin, Egamiz uyidagi xizmat qayta tiklandi.
36 Egamizning O‘z xalqiga qilgan bu ishidan Hizqiyo va butun jamoa sevindi. Bularning hammasi qisqa vaqtda sodir bo‘lgan edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак