Solnomalar (ikkinchi kitob) 20 bob

1 Edomga qarshi urush. 5 Shoh Yohushafatning ibodati va g‘alabasi. 31 Yohushafat hukmronligining so‘nggi davri.

1 Oradan bir oz vaqt o‘tgach, Mo‘abliklar bilan Ommonliklar hamda Mavun xalqining bir qismi Yohushafatga qarshi urushgani otlandilar.
2 Xabarchilar kelib, Yohushafatga: “Son–sanoqsiz lashkar Edomdan, O‘lik dengizning narigi qirg‘og‘idan sizga qarshi kelmoqda. Ular Xazazon–Tamarni qo‘lga kiritib bo‘lishgan”, deb aytdilar. (Xazazon–Tamarning boshqa nomi Engedi edi.)
3 Yohushafat qo‘rqib ketdi. U Egamizning xohish–irodasini bilmoqchi bo‘lib, butun Yahudo bo‘ylab ro‘za e’lon qildi.
4 Yahudoning hamma shaharlaridan xalq Quddusga yig‘ilib, Egamizdan madad tiladi.
5 Yohushafat Yahudo va Quddus jamoasi qarshisida — Egamizning uyi oldidagi yangi hovlida turib,
6 iltijo qildi: “Ey ota–bobolarimizning Xudosi — Egamiz! Samodagi yagona Xudo Sensan. Sen yer yuzidagi barcha xalqlarga hukmronlik qilasan. Kuch–qudrat egasi O‘zingsan. Kim Senga bas kela olar?!
7 Ey Xudoyimiz! Xalqing Isroil bu yurtga kelganda, Sen ularning oldidan mahalliy xalqni haydab yubording, bu yurtni do‘sting Ibrohimning nasliga to abad berding.
8 Ota–bobolarimiz bu yerda yashab, Senga atab bir Ma’bad barpo qildilar. Ular shunday degan edilar:
9 — Boshimizga urush, o‘lat va ocharchilik kabi kulfatlar tushganda biz shu uying oldiga, Sening huzuringga kelamiz. Zero, Sen shu yerdasan. Kulfat ichra Senga yolvoramiz, shunda Sen iltijolarimizni eshitib, bizga najot berasan.
10 Mana qara, Ommon, Mo‘ab va Edom yurtining xalqlari bizga hujum qilyaptilar. Bizning ota– bobolarimiz Misrdan chiqqanlarida, Sen ularga bu yurtlarga kirishga ijozat bermagan eding. Ular o‘sha yurtlarni aylanib o‘tib, u xalqlarni qirib yubormagan edilar.
11 Endi esa bu xalqlarning bizga qaytargan mukofotini ko‘rib qo‘y! Sen bizga mulk qilib bergan yurtdan ular bizni haydab yubormoqchilar.
12 Ey Xudoyimiz! Sen O‘zing ularni jazola, chunki bizga hujum qilgan bu ulkan lashkarga biz qarshilik qilishga ojizmiz. Nima qilishni biz bilmaymiz, Sendan keladigan yordamga ko‘z tutib o‘tiribmiz.”
13 Shu paytda jamiki Yahudo erkaklari xotin, bola–chaqalari bilan Egamizning oldida — Ma’badda turgan edilar.
14 Shu on Egamizning Ruhi jamoa orasida turgan levi Zakariyo o‘g‘li Yaxaziyolni qamrab oldi. Yaxaziyol Osif urug‘idan bo‘lib, Binayoning nevarasi, Yaviyolning evarasi va Mattaniyoning chevarasi edi.
15 Yaxaziyol dedi: “Eshitinglar, ey Yohushafat hazratlari, butun Yahudo va Quddus ahli! Egamiz sizlarga shunday deb aytmoqda: bu son–sanoqsiz lashkardan qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar! Bu jang sizniki emas, Xudonikidir.
16 Ertaga ularga hujum qilinglar. Ular Ziz dovonidan oshib tushadilar. Sizlar ularni Yarubol adirlarining etagidagi soylik boshida topasizlar.
17 Bu urushda sizlar jang qilmaysizlar. Sizlar joyingizni egallab, kutinglar. Egamiz sizlarni g‘alabaga erishtirganini ko‘rasizlar. Ey Yahudo va Quddus ahli! Qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar. Ertaga ularga hujum qilinglar, Egamiz sizlar bilan birga bo‘ladi.”
18 Shundan keyin Yohushafat yer o‘pib ta’zim qildi. Butun Yahudo va Quddus ahli ham ta’zim qilib, Egamizga sajda qildi.
19 Qohot va Ko‘rax nasllaridan bo‘lgan levilar tik turib, Isroil xalqining Xudosi — Egamizga baland ovoz bilan hamdu sano o‘qidilar.
20 Yahudo lashkarlari tong saharda turib, Taxuva adirlariga yo‘l oldilar. Ular yo‘lga chiqqanlarida, Yohushafat turib dedi: “Eshiting, ey Yahudo va Quddus ahli! Egangiz Xudoga ishoning, shunda bexatar bo‘lasiz! Egamizning payg‘ambarlari aytgan gaplariga ishoning, shunda muvaffaqiyatga erishasiz!”
21 Yohushafat xalq bilan maslahatlashib bo‘lgandan keyin, Egamiz sha’niga qo‘shiq aytadigan, muqaddasligining go‘zalligiga hamdu sano o‘qiydigan qo‘shiqchilarni tayinladi. Ular lashkar oldida: “Egamizga shukronalar ayting, Uning sodiq sevgisi abadiydir”, deb qo‘shiq aytishlari kerak edi.
22 Ular ko‘shiq va hamdu sano aytishni boshlashlari bilanoq, Yahudoga qarshi kelgan Ommon, Mo‘ab va Edom xalqlariga Egamiz g‘oyibdan hujum qildi, ularni tor–mor etdi.
23 Ommon va Mo‘ab xalqlari Edom xalqiga hujum qilib, ularni bitta qoldirmay qirib tashlashdi. Ularni yo‘q qilganlaridan keyin esa bir–birlarini qirishdi.
24 Yahudo xalqi adirlarning butun manzarasini ko‘rsa bo‘ladigan balandlikka yetib kelganlarida, g‘animlar tomonga qarab, faqat yerda cho‘zilib yotgan murdalarni ko‘rdilar. Birontasi ham qochib qutulmagan edi.
25 Yohushafat o‘lja olish uchun lashkarini boshlab borganda, ular ko‘p miqdorda uy hayvonlarini, mol–holni, kiyim–kechaklarni va qimmatbaho buyumlarni topdilar. Ko‘tara olgunlaricha narsa olib ketdilar. O‘ljaning ko‘pligidan, ular uch kun narsa tashidilar.
26 To‘rtinchi kuni ular Baraka soyligida yig‘ilishib, Egamizga hamdu sano aytdilar. Shu sababdan bu soylikning nomi bugungi kunda ham Baraka soyligi deb yuritiladi.
27 Keyin butun Yahudo va Quddus xalqi Yohushafat boshchiligida xursandchilik bilan Quddusga qaytdilar, chunki Egamiz ularga dushmanlari ustidan tantana qilishga imkon bergan edi.
28 Ular arfa, lira va karnay chalib, Quddusga — Egamizning uyiga keldilar.
29 Egamiz xalqi Isroilning dushmanlarini mag‘lub qilganini eshitgan barcha xalqlar Xudodan qo‘rqib qolishdi.
30 Yohushafatning shohligi tinchlikdan bahra topdi, Xudo ularga har tarafdan osoyishtalik ato qildi.
31 Shunday qilib, Yohushafat Yahudoda hukmronlik qildi. U taxtga o‘tirgan paytda o‘ttiz besh yoshda bo‘lib, Quddusda yigirma besh yil shohlik qildi. Onasi Ozibax Shilxining qizi edi.
32 Yohushafat otasi Osoning yo‘lidan yurdi, yo‘ldan ozmay, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
33 Ammo sajdagohlarni yo‘q qilib tashlamadi. Xalq hanuz ota–bobolarining Xudosiga chin yurakdan bog‘lanmadi.
34 Yohushafatning boshqa ishlari boshdan oxirigacha Xonin o‘g‘li Yohuning qo‘lyozmalarida bayon etilgan bo‘lib, “Isroil shohlari tarixi” tarkibiga kiritilgan.
35 Keyinchalik Yahudo shohi Yohushafat Isroil shohi Oxaziyo bilan ittifoq tuzdi. Oxaziyo ko‘p qabih ishlar qilgan edi.
36 Ular birgalikda Eyzun– Geberda dengiz savdo kemalarini yasadilar.
37 Shunda Morisholik Do‘davahu o‘g‘li Eliazar Yohushafatga qarshi bashorat qilib: “Sen Oxaziyo bilan ittifoq qilganing uchun, Egamiz bu kemalaringni buzib tashlaydi”, deb ogohlantirdi. Kemalar parchalanib, dengizga chiqishga muvaffaq bo‘lmadilar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак