Solnomalar (ikkinchi kitob) 2 bob

1 Ma’bad qurilishi uchun tayyorgarlik. 17 Ma’bad qurilishi boshlandi.

1 Sulaymon Egamizga atab Ma’bad va o‘zi uchun shohona saroy bunyod etishga qaror qildi.
2 Sulaymon 70.000 yuk tashuvchini, qirlarda tosh kesadigan 80.000 sangtaroshni va bular ustidan nazoratchi qilib 3.600 kishini yolladi.
3 Sulaymon Tir shohi Xiramga shu xabarni jo‘natdi: “Bir vaqtlar siz otam Dovudga saroyini qurish uchun sadr yog‘ochlarini jo‘natganingiz kabi menga ham sadr yog‘ochlarini jo‘nating.
4 Men Egam Xudoga atab bir uy qurmoqchiman. U yerda xushbo‘y hidli tutatqilar tutatiladi, doimiy ravishda muqaddas nonlarnazr qilinib, xontaxta ustiga teriladi. Ertalab va kechqurunlari qurbonliklar kuydiriladi, shuningdek, Shabbat kunlarida, yangi oy bayramlarida va Egamiz Xudo belgilagan bayramlarda kuydiriladigan qurbonliklar keltiriladi. Isroil xalqi bularga doimo, avlodlar osha rioya qiladi.
5 Men qurmoqchi bo‘lgan uy hashamatli bo‘ladi, chunki Xudoyimiz boshqa xudolardan buyukdir.
6 Lekin kim Unga bir uy qura olar?! U osmonga, hatto osmoni falakka ham sig‘maydi–ku! Men kim bo‘libmanki, Unga uy qura olsam?! Faqat Unga qurbonliklar keltirish uchun bir joy tayyorlay olaman, xolos.
7 Shunday ekan, menga mohir bir ustani yuboring. U o‘ymakorlikdan bo‘lak, oltin, kumush, bronza va temirga ishlov bera oladigan, safsar, qizil va ko‘k matolar to‘qiy oladigan bo‘lsin. U Yahudo va Quddusda, otam Dovud saralagan mohir ustalarim bilan birga ishlaydi.
8 Menga Lubnondan sadr, sarv va sandal yog‘ochlarini jo‘nating. Sizning xizmatkorlaringiz Lubnon daraxtlarini kesishga usta ekanini bilaman. Mening odamlarim sizning odamlaringiz bilan birga ishlaydilar.
9 Ular men uchun katta miqdorda yog‘och tayyorlab berishsin. Men qurmoqchi bo‘lgan uy ulkan va hashamatli bo‘lishi kerak.
10 Men yog‘och kesadigan xizmatkorlaringizga ish haqi qilib 200.000 tog‘ora yanchilgan bug‘doy, 200.000 tog‘ora arpa, 40.000 ko‘za sharob va 40.000 ko‘za zaytun moyi yuboraman.”
11 Shundan keyin Tir shohi Xiram maktub orqali Sulaymonga shunday javob berdi: “Egamiz O‘z xalqini sevgani uchun, ular ustidan sizni shoh qildi.”
12 Xiram yana shu gaplarni aytdi: “Yeru ko‘kni yaratgan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin. U shoh Dovudga dono, aqlli, fahm–farosatli o‘g‘il ato qilibdi. Shu o‘g‘il Egamizga atab Ma’badni va o‘zi uchun saroyni bunyod qiladi.
13 Sizga Xurom ismli aqlli, mohir bir ustani yuboryapman.
14 Uning onasi — Dan qabilasidan, otasi esa — Tirlik. Uning o‘zi oltin, kumush, bronza, temir, tosh va yog‘ochga ishlov beradigan mohir ustadir. U safsar, ko‘k, qizil matolarni va mayin zig‘ir matoni ham to‘qishni biladi. Shuningdek, turli o‘ymakorlik ishlarni bajara oladi, unga berilgan har qanday naqshni sola oladi. Xurom sizning ustalaringiz va otangiz bo‘lmish xo‘jayinim Dovud yetishtirgan ustalar bilan birga ishlaydi.
15 Janobi oliylari! O‘zingiz aytgan bug‘doy, arpa, zaytunmoyi, sharobni qullaringizga yuboring.
16 Sizga kerak bo‘ladigan har qanday daraxtni biz Lubnondan kesib beramiz, yog‘ochlardan sol qilib, dengiz sohili bo‘ylab Yaffaga qadar keltirib beramiz. Siz o‘sha yerdan yog‘ochlarni Quddusga olib ketaverasiz.”
17 Shundan keyin Sulaymon otasi Dovud singari, Isroil yurtida istiqomat qilayotgan musofirlarning hammasini ro‘yxatga oldi. Musofirlarning soni 153.600 kishi ekan.
18 Sulaymon ularning 70.000 tasini og‘ir yuk tashuvchi, 80.000 tasini qirlarda tosh kesadigan sangtarosh, 3.600 tasini esa ishlayotganlar ustidan nazoratchi qilib tayinladi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18