Solnomalar (ikkinchi kitob) 25 bob

1 Yahudo shohi Emoziyo. 5 Edom yurtiga qarshi urush. 17 Isroil Yahudoni mag‘lub qiladi.

1 Emoziyo taxtga o‘tirgan paytda, yigirma besh yoshda edi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil hukmronlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yohuvaddon edi.
2 Emoziyo Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi, ammo chin yurakdan qilmagan edi.
3 Emoziyo o‘z shohligini mustahkamlab olgandan keyin, otasini o‘ldirgan a’yonlarni yo‘q qildi.
4 Biroq Musoning Tavrotida yozilganiga ko‘ra, qotillarning bolalarini o‘ldirmadi, chunki Egamiz: “Otalar farzandlari gunohi uchun o‘ldirilmasin, farzandlar otalari gunohi uchun o‘ldirilmasin, har kim o‘zining gunohi uchungina jazolansin”, deb amr qilgan edi.
5 Emoziyo Yahudo va Benyamin qabilalarini ularning urug‘lariga ko‘ra, harbiy qismlarga bo‘ldi. Ular ustidan mingboshi va yuzboshilarni tayinladi. Emoziyoning lashkari yigirma va undan yuqori yoshdagi 300.000 saralangan jangchidan tashkil topgan bo‘lib, ularning hammasi urushga yaroqli, qilich va qalqonni mohirlik bilan ishlata olar edi.
6 Bulardan tashqari, Emoziyo ikki yuz pud kumushga Isroildan 100.000 bahodir jangchini yolladi.
7 Lekin Xudoning bir odami Emoziyoning huzuriga kelib, shu gapni aytdi: — Ey shoh! Isroil lashkarlari sen bilan bormasin, chunki Egamiz ular bilan emas. Isroil xalqiga yordam berishdan U voz kechgan.
8 Sen jasorat bilan jang qilsang ham, baribir Xudo seni g‘animlaring oldida mag‘lub qiladi, chunki yordam beradigan va mag‘lub qiladigan Xudodir.
9 Emoziyo Xudoning odamidan so‘radi: — Isroil lashkari uchun to‘lagan ikki yuz pud kumush nima bo‘ladi? — Xudoning odami: — Egamiz bundan ham ko‘prog‘ini senga berishga qodir, — deya javob berdi.
10 Shundan keyin Emoziyo Isroildan kelgan lashkarga javob berib, ularni uylariga qaytarib yubordi. Ular Yahudo xalqidan qattiq g‘azablanib, jahl ustida uylariga qaytib ketdilar.
11 Emoziyo jasorat ko‘rsatib, lashkarini Tuz vodiysiga boshlab bordi. U yerda Seirliklardan 10.000 tasini o‘ldirdi.
12 Yahudo lashkari ularning yana 10.000 tasini tiriklayin asirga olib, Sela cho‘qqisidan pastga itarib yubordilar. Ularning hammasi toshlarga urilib halok bo‘ldilar.
13 Shu orada Emoziyo orqaga qaytarib yuborgan Isroil lashkari Samariya bilan Bayt–Xo‘ron oralig‘idagi Yahudo shaharlariga hujum qildi, ular 3000 kishini o‘ldirib, ko‘p o‘lja oldilar.
14 Emoziyo Edomliklarni mag‘lub qilgandan keyin o‘zi bilan Edomliklarning xudolarini olib keldi. Ularni o‘ziga xudo qilib o‘rnatdi, o‘sha xudolarga sajda qilib, qurbonliklar keltirdi.
15 Egamiz bundan qattiq g‘azablanib, Emoziyoning huzuriga payg‘ambarini yubordi. Payg‘ambar unga shu so‘zlarini aytdi: — Nimaga sen begona xudolarga sajda qilyapsan? Bu xudolar o‘z xalqini sening qo‘lingdan qutqara olmadi–ku!
16 — Qachondan beri sen shohning maslahatchisi bo‘lib qolding?! — deb payg‘ambarning gapini bo‘ldi shoh. — Ovozingni o‘chir! Bo‘lmasa joningni olaman. Payg‘ambarning gapi og‘zida qoldi, biroq u shohni shunday deb ogohlantirib qo‘ydi: — Sen shu ishni qilib, mening maslahatimga quloq solmaganing uchun Xudo seni nobud qilishga qaror qilganini bilaman.
17 Yahudo shohi Emoziyo o‘z a’yonlari bilan maslahatlashib, Isroil shohi Yoho‘shga shunday xabar jo‘natdi: — Qani, menga jang maydonida ro‘baro‘ kelib ko‘r–chi. — Yohush Yohuxozning o‘g‘li, Yohuning nabirasi edi.
18 Isroil shohi Yoho‘sh esa bunga javoban Yahudo shohi Emoziyoga shu xabarni jo‘natdi: — Lubnondagi g‘ovtikan shu yerdagi sadr daraxtiga, “qizingni o‘g‘limga xotinlikka ber”, deb xabar yo‘llabdi. O‘sha paytda Lubnondagi yirtqich hayvon o‘sha yerdan o‘tib ketayotib, g‘ovtikanni bosib yanchib ketibdi.
19 Shunga o‘xshab sen ham: “Ko‘rib qo‘y, Edomni mag‘lub qildim”, deb maqtanib, yuraging kiborlikka to‘libdi. Uyingda o‘tiraver. Nima uchun qitmirlik qilyapsan? O‘z boshingni ham, Yahudo xalqining boshini ham baloga giriftor qilyapsan!
20 Lekin Emoziyo quloq solmadi. Bu Xudoning ishi edi. Yahudo xalqi Edomning xudolariga sajda qilgani uchun, Xudo ularni dushmanning qo‘liga berishga qaror qilgan edi.
21 Shuning uchun Isroil shohi Yoho‘sh Yahudo shohi Emoziyo ustiga yurish qildi. Ikkala tomonning lashkari Yahudoning Bayt– Shamash shahrida ro‘baro‘ keldi.
22 Isroil lashkari Yahudo lashkarini mag‘lub etdi. Yahudo lashkarining hammasi uylariga qochib ketdi.
23 Isroil shohi Yoho‘sh Yahudo shohi Emoziyoni Bayt–Shamashda asir qilib oldi. Emoziyo Oxaziyoning nevarasi, Yo‘shning o‘g‘li edi. So‘ng Yoho‘sh Emoziyoni Quddusga olib bordi. U yerda Quddus devorining Efrayim darvozasidan Burchak darvozasigacha bo‘lgan to‘rt yuz tirsak qismini buzdirdi.
24 Xudoning uyida Obidadomning nasli qo‘riqlagan hamma oltin, kumush va ashyolarni tortib oldi. Buning ustiga, saroy xazinasini va asirlarni olib, Samariyaga qaytib ketdi.
25 Yahudo shohi Emoziyo Isroil shohi Yoho‘shning o‘limidan keyin o‘n besh yil yashadi.
26 Emoziyoning qolgan faoliyati boshdan oxirgacha “Yahudo va Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
27 Emoziyo Egamizdan yuz o‘girgan vaqtda Quddusda unga qarshi fitna uyushtirildi. Emoziyo bundan xabar topib Laxish shahriga qochdi. Ammo dushmanlari Emoziyoning ortidan odam yuborib, uni o‘sha yerda o‘ldirtirdilar.
28 Emoziyoning jasadini otda Quddusga olib keldilar. U Dovud qal’asida ota–bobolarining yoniga dafn qilindi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак