Solnomalar (ikkinchi kitob) 35 bob

1 Shoh Yo‘shiyo Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayramini nishonlaydi. 20 Yo‘shiyo hukmronligining so‘nggi davri.

1 Shoh Yo‘shiyo Quddusda Egamizning sharafiga Fisih ziyofatini nishonladi. Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni Fisih qo‘zilari qurbonlik qilindi.
2 Yo‘shiyo ruhoniylarni xizmatga tayinlab, Egamizning uyidagi xizmatga ularni rag‘batlantirdi.
3 So‘ng Egamizga bag‘ishlangan va xalqqa ta’lim bergan levilarga dedi: “MuqaddassandiqniIsroil shohi Dovud o‘g‘li Sulaymon qurgan Egamizning uyiga olib kiringlar. Sandiqni bundan buyon yelkangizda ko‘tarib yurishingizning ehtiyoji yo‘q. Endi Egangiz Xudoga va Uning xalqi Isroilga xizmat qilinglar.
4 Shoh Dovudning va o‘g‘li Sulaymonning yozgan ko‘rsatmalariga muvofiq, xonadoningiz va guruhlaringiz bo‘yicha xizmatga tayyorlaninglar.
5 Muqaddas maskanga shunday tartibda joylashinglarki, toki Isroil xalqining birorta xonadoni e’tiboringizdan chetda qolib ketmasin.
6 Fisih qo‘zisini so‘yib, o‘zingizni poklanglar. So‘ng yurtdoshlaringiz uchun Fisih qo‘zilarini tayyorlab beringlar. Xullas, Egamizning Muso orqali bergan ko‘rsatmalariga rioya qilinglar.”
7 Shoh Yo‘shiyo bu yerda hozir bo‘lgan xalqqa Fisih qurbonliklari uchun 30.000 ta qo‘zi va uloqchani, 3.000 ta buqani berdi. Bularning hammasi shohning shaxsiy mulkidan edi.
8 Shohning a’yonlari ham xalqqa, ruhoniy va levilarga qurbonliklar uchun ko‘ngildan chiqarib hayvonlarni berdilar. Xudoning uyida xizmat qiluvchilarning boshliqlari Xilqiyo, Zakariyo va Yoxiyol ruhoniylarga Fisih qurbonliklari uchun 2.600 ta qo‘zi bilan uloqcha va 300 ta buqa berdilar.
9 Xonaniyo, uning ukalari Shamayo va Natanil, levilarning yo‘lboshchilari Xashaviyo, Yaviyol va Yo‘zabad Fisih qurbonliklari uchun levilarga 5.000 ta qo‘zi bilan uloqcha va 500 ta buqa berdilar.
10 Fisih marosimiga oid tayyorgarliklar tugagach, ruhoniylar bilan levilar shohning buyrug‘iga binoan o‘z joylarini egalladilar.
11 Levilar Fisih qo‘zilarini bo‘g‘izlab, qonini ruhoniylarga berdilar. Ruhoniylar qonni qurbongohga sepdilar. Levilar esa qo‘zilarning terisini shilishga kirishdilar.
12 Ular kuydiriladigan qurbonliklar uchun qo‘zi va buqalarni odamlarga xonadonlari bo‘yicha taqsimlab berdilar. Toki har bir xonadon o‘ziga tegishli qurbonligini Musoning Tavrotidagi ko‘rsatmalarga binoan keltirsin.
13 Levilar qonun– qoidaga muvofiq, Fisih qo‘zilarini olovda pishirdilar, muqaddas qurbonliklar go‘shtini esa tog‘oralarda, qozonlarda va tovalarda qaynatdilar. Go‘sht tayyor bo‘lgach, uni darrov xalqning oldiga dasturxonga tortdilar.
14 Shundan so‘nggina levilar o‘zlari uchun va ruhoniylar uchun Fisih taomini tayyorlashga kirishdilar. Negaki, Xorun naslidan bo‘lgan ruhoniylarning qo‘li kechgacha bo‘shamadi, ular kuydiriladigan qurbonliklarni va yog‘larni kuydirish bilan ovora edilar.
15 Osif naslidan bo‘lgan qo‘shiqchilar shoh Dovudning, Osif, Xaman va shohning valiysi Yodutunning ko‘rsatmasiga binoan o‘z joylarida turdilar. Ma’bad darvozabonlar ham o‘z joylaridan siljimadilar. Levi birodarlari ularga Fisih taomini tayyorlaganlari uchun xizmatlarini to‘xtatishga zarurat bo‘lmadi.
16 Shunday qilib, o‘sha kuni shoh Yo‘shiyoning farmoniga ko‘ra, Egamizga bag‘ishlangan hamma xizmatlar bajarildi. Fisih ziyofati nishonlanib, Egamizning qurbongohida kuydiriladigan qurbonliklar keltirildi.
17 Isroil xalqi Fisih ziyofatini va yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini nishonladi.
18 Payg‘ambar Shomuil davridan buyon Isroilda Fisih ziyofati bu singari nishonlanmagan edi. Isroil shohlaridan birortasi Yo‘shiyo singari Fisih ziyofatini ruhoniylar, levilar, jamiki Yahudo va Isroil xalqi hamda Quddus aholisi ishtirokida nishonlamagan edi.
19 Bu Fisih ziyofati shoh Yo‘shiyo hukmronligining o‘n sakkizinchi yilida nishonlandi.
20 Bu voqealardan so‘ng, Yo‘shiyo Ma’badni tartibga solib bo‘lgach, Misr shohi Nexo jang qilgani Furot daryosi bo‘yidagi Karxamish shahriga lashkarini boshlab keldi. Yo‘shiyo unga qarshi otlandi.
21 Lekin Nexo Yo‘shiyoga elchilar orqali shunday xabar yubordi: “Ey Yahudo shohi! Sen bu jangga aralashma! Men senga emas, o‘z dushmanlarimga qarshi urushga otlandim. Xudo menga, shoshil, deb amr berdi. Xudo men tomonda, Unga qarshilik qilishni bas qil, aks holda nobud bo‘lasan.”
22 Ammo Yo‘shiyo jang qilishdan qaytmadi. Xudoning Nexo orqali aytgan so‘zlariga quloq solmadi. Shohona kiyimlarini o‘zgartirib, Maxido‘ tekisligida jangga kirdi.
23 Jang paytida Misr kamonchilari shoh Yo‘shiyoga o‘q otdilar. Shunda shoh a’yonlariga: “Meni bu yerdan olib chiqinglar, og‘ir yaralandim”, dedi.
24 A’yonlar Yo‘shiyoni jang arvasidan olib, boshqa jang aravasiga soldilar–da, Quddusga olib keldilar. Yo‘shiyo shu yerda vafot etdi. U ota–bobolarining xilxonasiga dafn qilindi. Butun Yahudo va Quddus aholisi Yo‘shiyo uchun aza tutdi.
25 Yeremiyo payg‘ambar shoh Yo‘shiyoga atab marsiya aytdi. Shu kunga qadar erkak va ayol qo‘shiqchilar Yo‘shiyoni xotirlaganlarida shu marsiyani aytishadi, bu Isroilda odat bo‘lib qoldi. Bu marsiya qo‘shig‘i “Marsiyalar” kitobi tarkibiga kiritilgan.
26 Yo‘shiyoning boshqa ishlari, Egamizning qonuniga binoan olib borgan sodiq faoliyati,
27 hayotidagi barcha voqealar, boshdan oxirigacha “Isroil va Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18