Solnomalar (ikkinchi kitob) 21 bob

2 Yahudo shohi Yohuram. 8 Edomliklarning isyoni. 18 Shoh Yohuramning xastalanishi va vafoti.

1 Yohushafat olamdan o‘tdi. U ham Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi, uning o‘rniga o‘g‘li Yohuram shoh bo‘ldi.
2 Yohuramning Ozariyo, Yoxiyol, Zakariyo, Ozariyohu, Mikoyil, Shafatiyo degan ukalari bor edi. Bularning hammasi Yahudo shohi Yohushafatning o‘g‘illari edi.
3 Otasi ularga ko‘p miqdorda oltinu kumush va qimmatbaho ashyolar bilan birga Yahudo yurtidagi mustahkam shaharlarni hadya etgan edi. Yohuramni esa to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lgani uchun taxt vorisi qilgan edi.
4 Yohuram otasining taxtiga o‘tirib, o‘zini mustahkamlab olgandan keyin, ukalarining hammasini va Isroil a’yonlaridan ba’zilarini qilichdan o‘tkazdi.
5 Yohuram Yahudo shohi bo‘lganda, o‘ttiz ikki yoshda edi. U Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi.
6 Xotini Axabning qizi bo‘lgani uchun, Yohuram ham, Axab xonadoni singari, Isroil shohlari yo‘lidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qildi.
7 Shunday bo‘lsa–da, Dovudning xonadonini Egamiz halokatga uchratishni istamadi, chunki U Dovud bilan ahd qilib: “Sening naslingga to abad so‘nmaydigan chiroq beraman”, deb va’da qilgan edi.
8 Yohuram davrida Edom Yahudo shohligiga qarshi isyon qildi. Edom xalqi o‘zlarining mustaqil shohligini qurdilar.
9 Yohuram hamma lashkarboshilari va jang aravalarini Edomga boshlab bordi. Edom lashkari Yohuramni va uning jang aravalari sardorlarini o‘rab oldi, lekin Yohuram tunda hujum qilib, qamalni yorib chiqdi.
10 Shunday qilib, Edom xalqi hozirgacha Yahudo hukmronligidan ozoddir. Yohuram ota– bobolarining Xudosi — Egamizni tark etgani uchun, Libna shahri ham o‘sha paytda isyon ko‘targan edi.
11 Yohuram Yahudo qirlarida sajdagohlar barpo qildi, Yahudo va Quddus aholisini Xudoga bevafolik qilishga boshladi, ularni haq yo‘ldan ozdirdi.
12 Ilyos payg‘ambar unga quyidagicha maktub yubordi: “Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday demoqda: — Sen otang Yohushafatning yo‘lidan yurmading, Yahudo shohi Osoning izidan ham bormading,
13 balki Isroil shohlarining yo‘lidan yurding. Axab xonadoni Isroilni Xudoga bevafolik qilishga boshlaganday, sen ham Yahudo va Quddus aholisini Xudoga bevafolik qilishga boshlading. Sen hatto o‘z ukalaringni o‘ldirding, ular sendan yaxshiroq edi.
14 Shu sababdan Men, Egangiz, sening xalqing, bolalaring, xotinlaring boshiga va butun mol–mulkingga og‘ir kulfat keltiraman.
15 Sen o‘zing esa og‘ir ichak xastaligiga yo‘liqasan. Ichak–chovoqlaring tashqariga chiqqunga qadar, xastaliging kundan kunga kuchayib boraveradi.”
16 Egamiz Filistlarni va Habashistonning yonida yashayotgan Arablarni Yohuramga qarshi qo‘zg‘atdi.
17 Ular Yahudoga bostirib kelib, shoh saroyidagi hamma boyliklarni, shohning o‘g‘illarini va xotinlarini olib ketdilar. Shohning kenja o‘g‘li Oxaziyodan boshqa o‘g‘li qolmadi.
18 Shundan keyin Egamiz shoh Yohuramni tuzalmas ichak xastaligiga yo‘liqtirdi.
19 Oradan ikki yil o‘tgach, Yohuramning xastaligi zo‘rayib, ichak–chovoqlari tashqariga chiqdi. Yohuram qattiq azob–uqubat bilan vafot etdi. Odamlar Yohuramning ota–bobolari sharafiga gulxan yoqishgan bo‘lsa–da, Yohuramning sharafiga gulxan yoqishmadi.
20 Yohuram taxtga o‘tirgan paytda o‘ttiz ikki yoshda bo‘lib, Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi. Uning o‘limi uchun hech kim qayg‘urmadi. Garchi uni Dovud qal’asiga dafn etgan bo‘lsalar– da, shohlar qabriga dafn qilmadilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18