Solnomalar (ikkinchi kitob) 28 bob

1 Yahudo shohi Oxoz. 5 Oram va Isroil xalqlari Yahudoga hujum qiladi. 9 Payg‘ambar Odod. 16 Shoh Oxoz Ossuriyadan yordam so‘raydi. 22 Shoh Oxozning gunohlari.

1 Oxoz yigirma yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmdorlik qildi. U bobosi Dovuddan namuna olmadi, Egamizning oldida to‘g‘ri ishlar qilmay,
2 Isroil shohlarining yo‘lidan ketdi. U hatto Baalga sajda qilish uchun Baalning quyma tasvirlarini yasadi.
3 Xinnum soyligida butlarga atab qurbonliklar kuydirdi. Kan’on yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, hatto o‘z o‘g‘illarini olovda kuydirib qurbonlik qildi.
4 Sajdagohlarda, do‘ngliklarda va har qanday yashil daraxt ostida qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
5 Shoh Oxoz gunoh qilgani uchun Egasi Xudo uni Oram shohining qo‘liga berdi. Oram shohi Oxozni mag‘lub qilib, xalqidan juda ko‘pchiligini asir qilib Damashqqa olib ketdi. Bundan tashqari, Egamiz shoh Oxozni Isroil shohi qo‘liga berdi. Isroil shohi Oxoz boshiga katta qirg‘in solib, uni mag‘lub qildi.
6 Bir kunning o‘zida Isroil shohi — Ramaliyo o‘g‘li Pekax Yahudo lashkarining 120.000 bahodir jangchisini o‘ldirdi. Bunga sabab Yahudo xalqi ota– bobolarining Xudosi — Egamizni tark etgani bo‘ldi.
7 Isroil xalqidan bo‘lgan bahodir jangchi Zixri shohning o‘g‘li Masiyoni, saroy boshqaruvchisi Ozrikomni va shohning o‘ng qo‘l vaziri Elqanani o‘ldirdi.
8 Yahudo xalqi ularga qarindosh bo‘lishiga qaramay, Isroil lashkari ulardan 200.000 ayol va o‘g‘il–qizlarini asir qilib, katta o‘lja bilan birga Samariyaga olib ketishdi.
9 Egamizning Odod degan payg‘ambari Samariyada edi. U qaytib kelgan Isroil lashkarini qarshilab chiqib, ularga shunday dedi: “Ota– bobolaringizning Xudosi — Egamiz xalqi Yahudodan g‘azablangani uchun ularni sizning qo‘lingizga topshirdi. Sizlar esa ularni shunchalik qahr ustida qirdingizki, ularning sadosi samolarga yetdi.
10 Shunisi yetmaganday, sizlar Yahudo va Quddus xalqining erkagu ayolini o‘zingizga qul qilmoqchi bo‘ldingiz. O‘zingizga bir qarang, Egangiz Xudo oldida qilgan qilmishlaringizning hammasi turgan bitgani gunoh.
11 Endi gapimni eshiting! Asir qilgan bu qarindoshlaringizni orqaga qaytarib yuboring. Aks holda Egamiz o‘z g‘azabini sizning ustingizga sochadi.”
12 Isroil xalqining ba’zi yo‘lboshchilari ham, chunonchi Yo‘xanon o‘g‘li Ozariyo, Mashillamo‘t o‘g‘li Barxiyo, Shallum o‘g‘li Yoxizqiyo va Hadlay o‘g‘li Emosa, urushdan qaytib kelganlarga o‘z noroziligini bildirib,
13 dedilar: “Asirlarni bu yerga olib kelmanglar! Biz Egamizga qarshi gunoh qilib, Uning qahrini chiqarib bo‘ldik. Sizlar esa shusiz ham ortib yotgan gunohimiz ustiga yana gunoh orttirmoqchisizlar.”
14 Shunda sipohlar Isroil a’yonlari va butun jamoa oldida asirlarni ozod qilib, o‘ljalarni topshirdilar.
15 Yuqorida nomlari aytilgan to‘rtta yo‘lboshchi asirlarning orasidagi yalang‘och bo‘lganlarning hammasiga o‘lja olingan narsalardan ust–bosh, oyoq kiyim berdilar, yedirdilar, ichirdilar, yaralariga moy surtdilar. Keyin zaiflarini eshaklarga mindirib, asirlarning hammasini Yahudoga qarashli palma shahri — Erixoga olib bordilar. So‘ng Samariyaga qaytib keldilar.
16 O‘sha paytda shoh Oxoz Ossuriya shohidan yordam so‘rab, huzuriga odam jo‘natdi,
17 chunki Edomliklar yana Yahudo yurtiga hujum qilib, ko‘p asirlarni olib ketgan edilar.
18 Shu orada Filistlar ham Yahudo qir etaklaridagi hamda Nagav cho‘lidagi shaharlarga hujum qilib, Bayt–Shamash, Oyjavlon va Gadero‘t shaharlarini qo‘lga kiritdilar, shuningdek, So‘xo‘, Timnax va Gimzo shaharlarini va bu shaharlar atrofidagi qishloqlarni qo‘lga olib, o‘sha joylarga o‘rnashib oldilar.
19 Shoh Oxoz Yahudo xalqini gunoh qilishga undab, Egamizga haddan tashqari ko‘p xiyonat qilgani uchun, Yahudo xalqini Egamiz shu qadar tahqirlagan edi.
20 Ossuriya shohi Tilgatpilasar kelib, Oxozga yordam berish o‘rniga zulmni kuchaytirdi.
21 Oxoz Egamizning uyidan, shoh saroyidan va a’yonlarning uyidan qimmatbaho narsalarni olib, Ossuriya shohiga o‘lpon qilib berdi. Biroq bu ham yordam bermadi.
22 Hayotining eng qiyin damlarida ham o‘sha shoh Oxoz Egamizga battar xiyonat qildi.
23 Uni mag‘lub qilgan Oram xalqining xudolariga qurbonliklar keltirdi. U ichida shunday derdi: “Oram shohlarining xudolari ularga yordam berdi, agar men Oram xudolariga qurbonlik keltirsam, ular menga ham yordam berishadi.” Vaholanki, bu xudolar shoh Oxozning va uning qo‘li ostidagi butun xalqning halokatiga sabab bo‘ldi.
24 Oxoz Xudoning uyidagi hamma ashyolarni yig‘ishtirib olib, parchaladi. Xudoning uyi eshiklarini berkitib, Quddusning har burchagida qurbongohlar qurdirdi.
25 Yahudoning hamma shaharlarida begona xudolarga qurbonliklar kuydirish uchun sajdagohlar barpo qilib, ota–bobolarining Xudosi — Egamizni g‘azablantirdi.
26 Oxozning boshqa ishlari va tutgan yo‘llari boshidan oxirigacha “Yahudo va Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
27 Oxoz olamdan o‘tib, Quddusda dafn qilindi. Lekin uni Isroil shohlari xilxonasiga ko‘mmadilar. Uning o‘rniga o‘g‘li Hizqiyo shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18