Solnomalar (ikkinchi kitob) 34 bob

1 Yahudo shohi Yo‘shiyo. 8 Qonun kitobi topiladi. 29 Shoh Yo‘shiyoning ahdi.

1 Yo‘shiyo sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘ttiz bir yil hukmdorlik qildi.
2 U Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. O‘ngga ham, chapga ham og‘masdan, bobosi Dovudning yo‘lidan yurdi.
3 Hukmronligining sakkizinchi yilida, yoshligidan bobosi Dovudning Xudosiga intila boshladi. Hukmronligining o‘n ikkinchi yilida esa Yahudo va Quddusni sajdagohlardan, Asheraning ustunlaridan, o‘yma va quyma butlardan tozalay boshladi.
4 Uning ko‘rsatmasi bilan Baalning qurbongohlari buzdirildi, bu qurbongohlarning yonidagi tutatqi qurbongohlari ham sindirib tashlandi. Asheraning ustunlari, shuningdek, o‘yma va quyma butlar parchalanib, bo‘laklari o‘sha butlarga qurbonlik qilganlarning qabrlari ustiga sochib tashlandi.
5 Yo‘shiyo butparast ruhoniylarning suyaklarini o‘zlari sajda qilgan qurbongohlar ustida yoqdi. Shunday qilib, u Yahudo va Quddusni pokladi.
6 Shimoldagi Naftali hududigacha bo‘lgan Manashe, Efrayim va Shimo‘n shaharlaridagi va bularning atrofidagi vayronalardagi
7 qurbongohlarni sindirdi, Asheraga atalgan ustunlarni kesdi, butlarni parchalab tashladi. Isroil yurti bo‘ylab hamma tutatqi qurbongohlarini buzdi. Shundan keyin Quddusga qaytib ketdi.
8 Yo‘shiyo yurtni va Egamizning uyini poklagandan keyin, hukmronligining o‘n sakkizinchi yilida Ozaliyo o‘g‘li Shofonni, Quddus hokimi Masiyoni va mushovir Yo‘xoz o‘g‘li Yo‘xni Egasi Xudoning uyini tuzatishga yubordi.
9 Ular oliy ruhoniy Xilqiyoning oldiga kelib, Xudoning uyiga keltirilgan kumushni unga topshirdilar. Levi darvozabonlari bu kumushni Manashe, Efrayim va Isroil xalqining omon qolganlaridan, shuningdek, Yahudo, Benyamin qabilalaridan va Quddus aholisidan to‘plab olgan edilar.
10 Ular kumushni Egamizning uyida mehnat qilayotgan ishboshilarga topshirdilar. Ishboshilar esa kumushni olib, Egamizning uyidagi buzilgan joylarni tuzatib ta’mir etayotganlarga to‘ladilar.
11 Qolganini esa duradgor va binokorlarga berdilar. Ular bu kumushga Yahudo shohlari qarovsiz qoldirgan xarob binolarni tuzatish uchun tosh va yog‘ochlarni sotib oldilar.
12 Ishchilar sidqidildan mehnat qildilar. Ularga nazoratchi qilib Marori naslidan levilar Yaxat va Obodiyo tayinlandi, Qohot urug‘idan esa levilar Zakariyo va Mashullom tayinlandi. Musiqa asboblarini chaladigan hamma levilar
13 yuk tashuvchilarga hamda turli xizmatdagi ishchilarga mas’ul edilar. Levilarning ba’zilari esa kotib, ma’mur va darvozabon edilar.
14 Egamizning uyidagi kumush olib chiqilayotganda, ruhoniy Xilqiyo Egamizning Muso orqali bergan Tavrot kitobini topib oldi.
15 U kotib Shofonga: — Egamizning uyidan Tavrot kitobi topib oldim, — deb kitobni Shofonga berdi.
16 -
17 Shofon esa kitobni shohga olib borib: “Qullaringiz topshirilgan hamma ishlarni bajaryaptilar. Egamizning uyidagi kumushlar o‘sha yerdagi ishboshilarga va ishchilarga berildi, — deya hisobot bergach,
18 — Ruhoniy Xilqiyo mana bu kitobni menga berdi”, deb qo‘shimcha qildi, so‘ng Tavrot kitobini shohga ovoz chiqarib o‘qib berdi.
19 Shoh Tavrot so‘zlarini eshitgach, vahimaga tushganidan kiyimlarini yirtdi.
20 Keyin ruhoniy Xilqiyoga, Shofon o‘g‘li Oxixamga, Mixo o‘g‘li Abdo‘nga, kotib Shofonga va o‘zining mulozimi Osoyohga shunday farmon berdi:
21 — Boringlar, topilgan bu kitobdagi so‘zlarga muvofiq, men to‘g‘rimda ham, Isroil va Yahudo xalqlarining omon qolganlari to‘g‘risida ham Egamizning xohish–irodasini so‘ranglar. Otalarimiz bu kitobdagi so‘zlarga quloq solmaganlari uchun, yozilganlarga rioya qilmaganlari uchun, Egamizning dahshatli g‘azabi bizning ustimizga yog‘ildi.
22 Ruhoniy Xilqiyo va shoh jo‘natgan odamlar payg‘ambar Xulda huzuriga borib, unga maslahat soldilar. Xulda Egamizning uyidagi muqaddas liboslar posboni Shallunning xotini edi. Shallun Toqqatning o‘g‘li, Xasraning nabirasi edi. Xulda Quddusning yangi dahasida yashardi.
23 Xulda ularga shunday dedi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz demoqda: — Sizlarni Mening huzurimga yuborgan odamga shu gaplarimni aytinglar:
24 “Men bu yurtga ham, bu yurtda yashayotgan xalqqa ham falokat keltiraman. Yahudo shohi huzurida o‘qilgan kitobdagi hamma la’natlarni yog‘diraman.
25 Ular Mendan yuz o‘girganlari uchun, boshqa xudolarga qurbonliklar keltirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan butlar tufayli qahrimni keltirganlari uchun, bu yurtga g‘azabim yog‘iladi va aslo bosilmaydi.”
26 Egamizning xohish–irodasini bilish uchun sizlarni yuborgan Yahudo shohiga shu xabarni beringlar: Isroil xalqining Xudosi — Egamiz eshitgan so‘zlaring to‘g‘risida shuni aytmoqda:
27 — Sen bu yurtga va yurtning xalqiga qarshi aytgan so‘zlarimni eshitganingdan keyin, yuraging yumshadi, Menga bo‘yin egding. Sen Menga bo‘yin egganing uchun, liboslaringni yirtib, huzurimda yig‘laganing uchun Men iltijolaringni eshitdim.
28 Shunga ko‘ra, sen ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan, o‘z qabringga dafn etilasan. Bu yurtga va uning ahliga Men keltiradigan jamiki falokatlarni sen ko‘rmaysan.” Xilqiyo va uning hamrohlari bu xabarni shohga yetkazdilar.
29 Shoh Yo‘shiyo xabar berib, Yahudo va Quddusning hamma oqsoqollarini o‘z huzuriga to‘pladi.
30 Jamiki Yahudo xalqi va Quddus aholisi, ruhoniylar, levilar, zodagonlaru avom xalq shoh boshchiligida Egamizning uyiga bordi. Shoh Egamizning uyidan topilgan Ahd kitobini boshidan oxirigacha ularning oldida o‘qidi.
31 U Egamizning uyi eshigi oldidagi o‘z joyida turib: “Egamiz ko‘rsatgan yo‘ldan yuraman, amrlariga itoat etaman. Shartlariga, farmonlariga butun qalbim bilan, jonu dilim bilan quloq solaman. Bu kitobda yozilgan ahd so‘zlarini ado etaman”, deb Egamiz bilan qayta ahd qildi.
32 So‘ngra u Benyamin qabilasiga va Quddusdagi hamma odamlarga bu ahdga rioya qilish to‘g‘risida farmon berdi. O‘sha kundan boshlab Quddus aholisi ota–bobolarining Xudosi bilan qilgan ahd talablarini bajara boshladilar.
33 Yo‘shiyo Isroil xalqiga qarashli hamma hududlardan makruh butlarni yo‘qotdi. Isroil xalqining hammasini Egasi Xudoga sajda qildirdi. Uning davrida xalq ota–bobolarining Xudosi — Egamizdan yuz o‘girmay, Unga xizmat qildi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18