Solnomalar (ikkinchi kitob) 30 bob

1 Shoh Hizqiyo Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayramini nishonlaydi. 23 Ikkinchi bayram.

1 Hizqiyo butun Isroil va Yahudo xalqiga xabar jo‘natdi, Efrayim hamda Manashe qabilalariga ham maktub yozib, ularni Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab Fisih ziyofatini nishonlash uchun Egamizning Quddusdagi uyiga taklif qildi.
2 Shoh, a’yonlar hamda Quddusdagi jamoa Fisih ziyofatini ikkinchi oyda nishonlashga qaror qilgan edilar.
3 Ular Fisih ziyofatini o‘z vaqtida — birinchi oyda nishonlay olmagan edilar. Bunga sabab poklangan ruhoniylarning soni yetarli bo‘lmagani va odamlarning ko‘pchiligi Quddusga yig‘ilmagani bo‘ldi.
4 Fisih ziyofati to‘g‘risidagi bu qaror shohga ham, jamoaga ham to‘g‘riday tuyuldi.
5 Ular janubdagi Bershevadan tortib to shimoldagi Dan shahrigacha bo‘lgan Isroil hududlarida istiqomat qilgan hammani Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab Fisih ziyofatini nishonlash uchun Quddusga taklif qildilar. Negaki bu ziyofat ancha vaqtdan beri, qonunda ko‘rsatilganday butun xalq tomonidan nishonlanmagan edi.
6 Choparlar shoh va uning a’yonlari nomidan yozilgan maktubni butun Isroil va Yahudo xalqlariga yetkazdilar. Maktubda quyidagilar bitilgan edi: “Ey Ossuriya bosqinchiligidan omon qolgan Isroil xalqi! Ibrohimning, Is’hoqning va Yoqubning Xudosi — Egamizga qaytinglar, shunda U ham sizga qaytadi.
7 Egasi Xudoga xiyonat qilgan ota– bobolaringizga va Isroillik qarindoshlaringizga o‘xshamanglar. O‘zingiz ko‘rib turganingizday Xudo ularni qattiq jazoladi.
8 Ota–bobolaringiz singari qaysar bo‘lmanglar, Egamizga bo‘ysuninglar, Uning Ma’badiga kelinglar. Egamiz Ma’badni abadiy muqaddas qilgan. Egangiz Xudoga sajda qilinglar, ana shunda u g‘azabidan tushadi.
9 Agar Egamizga qaytsangiz qarindoshu bola–chaqalaringizni asir qilgan bosqinchilar ularga rahm qiladilar, uylariga qaytib kelishlariga yo‘l qo‘yadilar. Zotan Egangiz Xudo inoyatli va rahmdildir, Unga qaytsangiz U sizdan yuzini o‘girmaydi.”
10 Shunday qilib, choparlar to shimoldagi Zabulun hududigacha bo‘lgan Efrayim va Manashe hududlaridagi hamma shaharlarga kirib chiqdilar. Lekin odamlar ularning ustidan zaharxandalik bilan kulib, masxara qildilar.
11 Faqat Osher, Manashe va Zabulun qabilasidan ba’zilari itoat etib, Quddusga keldilar.
12 Yahudo xalqini esa Xudo birlashtirib, ularga shoh va a’yonlarning ko‘rsatmasini bajarishga xohish bergan edi. Bu ko‘rsatma Xudoning amriga asoslangan edi.
13 Ikkinchi oyda Xamirturushsiz non bayramini nishonlash uchun juda ko‘p xalq Quddusga yig‘ildi.
14 Ular Quddusdagi hamma begona qurbongohlarni va hamma tutatqi qurbongohlarini qo‘porib, Qidron soyligiga uloqtirib tashladilar.
15 Ikkinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni esa Fisih qo‘zilarini so‘ydilar. O‘zlarini poklamagan ruhoniylar va levilar uyatli ahvolda qolganidan poklanish marosimini ado etib, kuydiriladigan qurbonliklariniEgamizning uyiga olib keldilar.
16 So‘ng ular Xudoning odami Musoning qonuniga muvofiq Ma’badda o‘z joylarini egalladilar. Ruhoniylar levilarning qo‘lidan qurbonlik qonini olib, qurbongohga sepdilar.
17 Xalqdan ko‘pchiligi o‘zlarini poklamagani uchun, Fisih qo‘zisini qurbon qila olmadilar. Bunday odamlarning Fisih qo‘zisini so‘yish va Egamizga atash vazifasini levilarning o‘zlari bajardilar.
18 Efrayim, Manashe, Issaxor va Zabulun qabilasidan kelganlarning aksariyati o‘zlarini poklamagan bo‘lsalarda, Xudoning qonuniga zid ravishda Fisih taomidan tanovul qildilar. Lekin Hizqiyo ular uchun quyidagicha ibodat qildi: “Ey Egam, muruvvating ila bu bandalaringni kechir.
19 Ular poklanish marosimini ado etmagan bo‘lsalarda, ota– bobolarining Xudosi — Egamizga chin yurakdan sajda qilishga qaror etganlar.”
20 Hizqiyoning ibodatini Egamiz eshitib, xalqni kechirdi, ularga zarar yetkazmadi.
21 Quddusda to‘plangan xalq katta xursandchilik bilan yetti kun Xamirturushsiz non bayramini nishonladi. Levilar va ruhoniylar har kuni sozlarning baland kuylari jo‘rligida Egamizni madh qildilar.
22 Hizqiyo Egamizga xizmat qilishda mohirlik ko‘rsatgan hamma levilarni ruhlantirdi. Xullas, xalq tinchlik nazrlarini qurbon qildi, ota– bobolarining Xudosi — Egamizga shukronalar aytib, yetti kun bayram taomini tanovul qildi.
23 Butun jamoa bayramni yana yetti kun nishonlashga qaror qildi. Shunday qilib, ular yana yetti kun xursandchilik bilan bayram qildilar.
24 Yahudo shohi Hizqiyo jamoaga qurbonlik qilish uchun 1.000 ta buqa va 7.000 ta qo‘y berdi. Shoh a’yonlari esa 1.000 ta buqa va 10.000 ta qo‘y berdilar. Juda ko‘p ruhoniylar o‘zlarini pokladilar.
25 Yahudo xalqi, ruhoniylar, levilar, Isroil xalqi, Isroil va Yahudoda istiqomat qilayotgan musofirlar o‘zlarida yo‘q xursand edilar.
26 Quddusda katta xursandchilik hukm surardi. Isroil shohi Dovud o‘g‘li Sulaymon zamonidan beri Quddusda bunday voqea yuz bermagan edi.
27 So‘ngra ruhoniylar va levilar turib, xalqni duo qildilar. Ularning ibodati Xudoning samodagi muqaddas makoniga yetib, ijobat bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18