Solnomalar (ikkinchi kitob) 36 bob

1 Yahudo shohi Yohuxoz. 5 Yahudo shohi Yohayiqim. 9 Yahudo shohi Yohayixin. 11 Yahudo shohi Zidqiyo. 13 Quddus qulaydi. 22 Shoh Kurush Yahudo xalqiga ozodlik beradi.

1 Yahudo xalqi Yo‘shiyoning o‘g‘li Yohuxozni otasining o‘rniga shoh qilib ko‘tardi.
2 Yohuxoz yigirma uch yoshida taxtga o‘tirib, Quddusda uch oy shohlik qildi.
3 So‘ngra Misr shohi Nexo uni Quddus taxtidan tushirib, yurt xalqidan 200 pud kumush va 2 pud oltin o‘lpon talab qildi.
4 Misr shohi Yohuxozning ukasi Eliyaqimni Yahudo va Quddusga shoh qilib tayinladi. Uning ismini o‘zgartirib Yohayiqim qo‘ydi. Akasi Yohuxozni esa Misrga olib ketdi.
5 Yohayiqim yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n bir yil hukmdorlik qildi. U Egasi Xudoning oldida qabih ishlar qildi.
6 Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoga hujum qildi. U Yohayiqimni zanjirband qilib Bobilga olib ketdi.
7 Egamizning uyidagi bir qancha idishlarni ham Bobilga olib ketib, ularni Bobildagi saroyiga qo‘ydi.
8 Yohayiqimning boshqa ishlari, uning qilgan jirkanch qilmishlari, hamma kamchiliklari “Isroil va Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. Uning o‘rniga o‘g‘li Yohayixin shoh bo‘ldi.
9 Yohayixin sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda uch oyu o‘n kun hukmdorlik qildi. U Egamizning oldida qabih ishlar qildi.
10 O‘sha yili bahorda shoh Navuxadnazar Yohayixinni hibsga olib, Bobilga olib ketdi. U bilan birga Egamizning uyidagi qimmatbaho idishlarni ham olib ketdi. Yohayixinning o‘rniga ukasi Zidqiyoni Yahudo va Quddus ustidan shoh qilib tayinladi.
11 Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n bir yil hukmdorlik qildi.
12 U Egasi Xudoning oldida qabih ishlar qildi. Egamizning so‘zlarini ayon qilgan payg‘ambar Yeremiyoga bo‘yin egmadi.
13 Shoh Navuxadnazar Zidqiyoga Xudoning nomi bilan sadoqat ontini ichdirgan bo‘lsa ham, Zidqiyo Navuxadnazarga qarshi isyon ko‘tardi. U qaysarlik qilib, Isroil xalqining Xudosi — Egamizga tavba qilishdan bosh tortdi.
14 Bosh ruhoniylarning hammasi omma qatorida o‘zga xalqlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, Xudoga o‘ta bevafo bo‘ldilar. Shu yo‘sin, ular Egamizning O‘zi muqaddas qilgan Quddusdagi uyni bulg‘adilar.
15 Ota–bobolarining Xudosi — Egamiz O‘z xalqi va maskaniga rahm qilib, ularning oldiga qayta– qayta payg‘ambarlarini jo‘natdi.
16 Lekin ular Xudoning elchilarini haqorat qilib, Xudoning so‘zlaridan nafratlandilar, payg‘ambarlarni masxara qildilar. Oxiri Egamiz O‘z xalqidan shu qadar g‘azablandiki, ular najotsiz qoldilar.
17 Egamiz ularga qarshi Bobil shohini tortib keldi. Bobil shohi Ma’badda ularning yoshlarini qilichdan o‘tkazdi, na yosh erkakka, na ayolga, na keksaga, na xastaga shafqat qildi. Xudo Yahudo xalqining hammasini Bobil shohining qo‘liga bergan edi.
18 Bobil shohi Xudoning uyidagi kattayu kichik buyumlarni, jamiki xazinani, shoh va uning a’yonlari xazinalarini, xullas, hamma narsani Bobilga olib ketdi.
19 Xudoning uyiga esa o‘t quydi, Quddus devorini buzib tashladi, hamma hashamatli binolarni yondirdi, Quddusdagi hamma qimmatbaho ashyolarni yo‘q qilib tashladi.
20 Qilichdan omon qolganlarini esa Bobilga surgun qildi. Fors shohligi qaror topgunga qadar Yahudo xalqi Bobil shohiga va uning avlodlariga qul bo‘lib qoldi.
21 Yurt bo‘m–bo‘sh cho‘lga aylandi. Yerga dam berilmagan yillarning soni to‘lgunicha, yetmish yil davomida tashlandiq bo‘lib yotdi. Shunday qilib, Egamizning Yeremiyo payg‘ambar orqali aytgan so‘zlari amalga oshdi.
22 Fors shohi Kurush hukmronligining birinchi yilida Egamizning Yeremiyo orqali bildirgan so‘zlari bajo bo‘lishi uchun, Egamiz shoh Kurushning ruhini qo‘zg‘atdi. Shunday qilib, Kurush o‘z shohligining hamma tomoniga xabarchilar jo‘natdi va yozma farmonda quyidagilarni e’lon qildi:
23 “Fors shohi Kurush shunday demoqda: — Samoviy Xudo — Egamiz yer yuzidagi jamiki shohliklarni menga bergan. U Yahudo yurtidagi Quddusda O‘ziga bir uy qurishni menga topshirdi. Xudoning xalqidan bo‘lgan har bir kimsa Quddusga borsin, Egasi Xudo unga yor bo‘lsin.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18