Solnomalar (ikkinchi kitob) 6 bob

1 Sulaymonning nutqi. 12 Sulaymonning ibodati.

1 Shunda Sulaymon ibodat qildi: — Ey Egamiz! Sen, zim–ziyo zulmatda maskan qilarman, degan eding.
2 Mana endi Senga ajoyib bir uy, abadiy istiqomat qilishing uchun bir maskan barpo qildim.
3 Keyin shoh orqasiga qayrilib, tik turgan jamiki Isroil jamoasini duo qildi.
4 Shoh dedi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin. U otam Dovudga bergan va’dasini bajardi.
5 Egamiz otamga shunday degan edi: — Xalqim Isroilni Misrdan olib chiqqan kunimdan beri Men ulug‘lanadigan uy barpo qilish uchun Isroil qabilalarining birorta shahrini tanlamagan edim, birorta odamni xalqimga hukmron qilib saylamagan edim.
6 Mana, endi esa ulug‘lanishim uchun Quddusni tanladim, xalqim ustidan hukmron bo‘lsin deb, Dovudni sayladim.
7 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab bir uy barpo qilmoq otam Dovudning niyati edi.
8 Lekin Egamiz otam Dovudga shunday deb aytdi: — Modomiki, Menga atab bir uy barpo qilmoqni ko‘nglingga tuygan ekansan, yaxshi qilibsan.
9 Biroq Menga atab o‘sha uyni sen emas, balki sening pushti kamaringdan bino bo‘ladigan o‘g‘ling barpo qiladi.
10 Egamiz va’da bergan edi, bajo ayladi: otam Dovudning o‘rniga taxtga men chiqdim, Egamiz va’da etganiday, Isroil taxtiga o‘tirdim, Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab bir uy bino qildim.
11 O‘sha uyga Ahd sandig‘ini o‘rnashtirdim. Egamizning Isroil xalqi bilan qilgan ahd lavhalari shu sandiqning ichida turibdi.”
12 Sulaymon Egamizning qurbongohi oldida Isroil jamoasi ro‘parasida qo‘llarini ko‘kka cho‘zdi.
13 U supaning ustida turar edi. Bu supani Sulaymon bronzadan yasab, uni hovlining o‘rtasiga o‘rnatgan edi. Supaning uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, balandligi uch tirsak edi. Sulaymon butun Isroil jamoasi oldida tiz cho‘kib, qo‘llarini ko‘kka cho‘zgancha,
14 ibodat qila boshladi: “Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Na ko‘kda, na yerda Senga o‘xshashi yo‘q. Senga butun qalbi bilan bog‘lanib, Sen ko‘rsatgan yo‘ldan yuradigan qullaringga Sen ahdingni sodiq saqlaysan.
15 Quling — otam Dovudga Sen O‘z og‘zing bilan bergan va’dalaringni bugun qo‘ling bilan bajo aylading.
16 Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! O‘zingning qulingga — otam Dovudga: — Bolalaring ham senga o‘xshab qonunlarimga rioya qilib, o‘ylab qadamini bossalar, sening naslingdan bo‘lgan erkak zoti to abad Isroil taxtida o‘tiradi, — deb va’da bergan eding. Endi bergan va’dangni ado et!
17 Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Quling Dovudga aytganlaring to‘g‘ri chiqsin, deb iltijo etaman.
18 Xudo yer yuzida inson zoti bilan yasharmidi?! Sen osmonga, hatto osmoni falakka ham sig‘massan. Falak oldida men qurgan uy nima bo‘libdi?!
19 Ey Egam Xudo, iltijo bilan qilgan ibodatimni qabul et! Senga yolvorib qilayotgan iltijolarimga javob ber.
20 Sen: “Men o‘sha yerda ulug‘lanay”, deb aytgan eding. Ko‘zlaring kechayu kunduz o‘sha joyga — o‘sha uyga qadalib tursin. Men, quling o‘sha tomonga qarab ibodat qilaman, ibodatlarimni tingla.
21 Isroil xalqi bilan birga o‘sha tomonga qarab qilgan iltijolarimizga quloq tut. Samolardan — O‘z makoningdan turib quloq sol, eshitginu gunohimizdan o‘t.
22 Kimdir gunohkorlikda ayblansa, o‘sha odam kelib, shu uyingdagi qurbongohing oldida aybsizman, deb ont ichsa,
23 ey Egam, samodan turib quloq sol, qullaringni O‘zing hukm et. Gunohkorning qilmishini bo‘yniga qo‘y, jazosini ber. Gunohsizning esa haqligini ko‘rsat, haq bo‘lgani uchun uni ozod qil.
24 Xalqing Isroil Sening oldingda gunoh qilgani uchun yovga mag‘lub bo‘lsa, yana qaytib Seni tan olsa–da, o‘sha uyda Senga yolvorib iltijo qilsa,
25 Sen samodan turib, ularning iltijolariga quloq sol, gunohlaridan o‘t. Ularga va otalariga O‘zing bergan yurtga ularni qaytar.
26 Ular Senga qarshi gunoh etganlari uchun osmon berkilib, yomg‘ir yog‘maganda, ular o‘sha uyga qarab, Seni yana tan olib iltijo qilsalar, Sen ularni gunohlari uchun jazolaganingda, tavba qilsalar,
27 qullaring Isroil xalqiga samodan turib quloq sol, ularning gunohidan o‘t. Ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat, toki o‘sha yo‘ldan ketsinlar, keyin xalqingga mulk qilib bergan yerga yomg‘ir yog‘dir.
28 Yurtda ocharchilik yo o‘lat paydo bo‘lsa, garmsel, zang kasali, chigirtka, qurt–qumursqa bossa yoki o‘z yurtida xalqingni yovlar qamal qilsa, yoxud kulfat, xastalik ularning boshiga kelsa,
29 har qanday inson yoki xalqing Isroil Senga yolvorib ibodat qilsa, har kim o‘z dard–hasratini aytib, bu uy tomon qo‘llarini cho‘zsa,
30 Sen osmondan — maskaningdan turib quloq sol va ularning gunohidan o‘t. Har birining tutgan yo‘liga qara, xizmatiga yarasha ber,
31 toki Sen O‘zing ota– bobolarimizga bergan yurtda ular umrlarining oxirigacha Sendan qo‘rqib, Sening yo‘llaringdan yursinlar. Zotan, jamiki inson bolasining ko‘nglidagini yolg‘iz Sen bilasan, xolos.
32 Xalqing Isroildan bo‘lmagan begona odam Seni deb uzoq yurtdan kelsa, Sening shuhrating, qudrating va ajoyibotlaring haqida eshitib, o‘sha uyga qarab ibodat qilsa,
33 Sen makoningdan turib quloq sol. O‘sha odamning so‘raganini bajo ayla, toki yer yuzidagi hamma xalqlar Seni bilishsin, xalqing Isroil kabi Sendan hayiqadigan bo‘lsin. Men barpo qilgan shu uy Senga atab qilinganini bilsin.
34 Sen xalqingni g‘animlariga qarshi jang qilishga yuborganingda, ular O‘zing tanlab olgan bu shaharga, Senga atab men qurgan uyga yuz burib, ibodat qilsalar,
35 osmondan turib ularning iltijolarini eshit, bajo ayla.
36 Sening oldingda ular gunoh qilganlarida, chunki gunoh qilmaydigan odamning o‘zi yo‘q, Sen g‘azablanib, ularni yaqin yoki uzoq yurtlarga asir qilib olib ketadigan dushmanlarning qo‘liga bersang,
37 ular g‘animlari yurtida asirlikda yurib, esini yig‘ib olgach: “Gunoh qildik, shakkoklik qildik, aybdormiz”, deb tavba qilib, Senga yolvorsalar,
38 asir bo‘lgan yurtda butun qalbi bilan, jonu dili bilan Senga qaytsalar, O‘zing ota– bobolariga bergan yurtga, O‘zing tanlab olgan shaharga, Senga atab men qurgan uyga yuz burib, ibodat qilsalar,
39 samodan — makoningdan turib ularning qilgan iltijolarini eshit, bajo ayla. Xalqing Senga qarshi qancha gunoh qilgan bo‘lmasin, ularni kechir.
40 Endi, ey Xudoyim, bizga nazar sol, shu joyda qilgan ibodatlarimizga quloq tut.
41 Qani, ey Parvardigor Egam, kel oromgohingga Qudrating ramzi bo‘lgan sandiq bilan birga. Ey Parvardigor Egam! Ruhoniylaring najot kiyimlarini kiyishsin. Taqvodorlaring ezguligingdan shod bo‘lishsin.
42 Ey Parvardigor Egam! Tanlagan shohingni rad qilmagin! Quling Dovudga ko‘rsatgan sevgingni yodingda tutgin.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак