Solnomalar (ikkinchi kitob) 8 bob

1 Shoh Sulaymonning erishgan yutuqlari.

1 Sulaymon Egamizning uyini va o‘z saroyini yigirma yilda bitirgan edi.
2 So‘ngra shoh Xiram bergan shaharlarni qaytadan qurib, Isroil xalqini o‘sha shaharlarga joylashtirdi.
3 Sulaymon Xomat–Zo‘voga yurish qilib, u joyni qo‘lga kiritdi.
4 U sahrodagi Tadmo‘r shahrini va Xomatdagi ombor shaharlarni tuzatib mustahkamladi.
5 U yana tepadagi Bayt–Xo‘ronni va pastki Bayt–Xo‘ronni qaytadan qurdi, bu shaharlarni devor bilan o‘radi, tambalanadigan darvozalar o‘rnatdi.
6 Baalat shahrini, o‘zining hamma ombor shaharlarini, hamma jang aravalari saqlanadigan shaharlarni, otliqlari turadigan shaharlarini qaytadan tuzatib mustahkamladi. Bundan tashqari, Quddusda, Lubnonda, shohlikning hamma burchaklarida nima istasa, barpo qildi.
7 Shu o‘lkada qolib ketgan Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlari Isroil xalqidan emasdi.
8 Isroil xalqi ularning bu yurtda qolib ketgan avlodlarini qirib bitirmagan edi. Sulaymon o‘sha qolib ketganlarini qarol qilib oldi. Ular bugungacha bor.
9 Lekin Sulaymon Isroil xalqidan birortasini qarollik uchun qul qilmadi. Shohning sipohlari, a’yonlari, jang aravalarining qo‘mondonlari va suvorilarining qo‘mondonlari Isroil xalqidan edi.
10 Sulaymonning ishboshilari 250 kishi bo‘lib, ular odamlar ustidan nazoratchi edilar.
11 Sulaymon Fir’avnning qizini Dovud qal’asidan unga atab barpo qilgan yangi saroyga ko‘chirtirdi. U shunday degan edi: “Mening xotinim Dovud qal’asida ortiq yashay olmaydi, chunki Ahd sandig‘i saqlangan har qanday joy muqaddasdir.”
12 Sulaymon Ma’bad ayvonining qarshisida qurgan qurbongoh ustida Egamizgaqurbonliklar kuydira boshladi.
13 U bu qurbonliklarni Musoning talablariga rioya qilgan holda Shabbat kunlarida, yangi oy shodiyonalarida va yilda bir martadan nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramida, Hosil bayramida va Chayla bayramida keltirar edi.
14 Sulaymon, otasi Dovud joriy qilgan qoidaga ko‘ra, ruhoniylar va levilarning xizmatlarini taqsimlab berdi. LevilarEgamizni madh qilishda va kundalik ishlarda ruhoniylarga yordam berardilar. Sulaymon Ma’bad darvozabonlarini ham guruhlarga bo‘lib, har bir darvozada ularning har kuni qiladigan ishlarini taqsimlab berdi. U bularning hammasini Xudoning odami Dovudning farmoniga muvofiq qildi.
15 Shoh Dovudning ruhoniylarga, levilarga, xazinalarga va boshqa narsalarga oid birorta ko‘rsatmasi e’tibordan chetda qolmadi.
16 Shunday qilib, Sulaymon hamma ishni o‘z nihoyasiga yetkazdi. Egamiz uyining poydevori qo‘yilgandan boshlab, to uy tamomila qurilib bo‘lgunicha bajarilgan hamma ish muvaffaqiyatli bo‘ldi.
17 Shundan so‘ng Sulaymon Edom yurtidagi Qizil dengiz qirg‘og‘ida joylashgan Ezyo‘n–Geber va Elet shaharlariga ketdi.
18 Shoh Xiram Sulaymonga o‘z kemachilari va tajribali dengizchilari boshchiligida kemalarni jo‘natdi. Ular Sulaymonning odamlari bilan birga Ofir yurtiga suzib borib, u yerdan Sulaymonga 960 pud oltin keltirib berdilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18