Solnomalar (ikkinchi kitob) 9 bob

1 Shava malikasi tashrif buyuradi. 13 Shoh Sulaymonning boyligi. 29 Sulaymonning o‘limi.

1 Shava malikasi Sulaymonning dong‘ini eshitgach, Quddusga keldi. U Sulaymonga topishmoqlar aytib sinab ko‘rmoqchi edi. Malika o‘zi bilan juda ko‘p miqdorda oltin va qimmatbaho toshlar, xushbo‘y ziravorlar yuklangan katta karvonni boshlab kelgan edi. Malika Sulaymonning huzuriga kirgach, ko‘nglida nima bo‘lsa, hammasini unga aytdi.
2 Sulaymon malikaning hamma savollariga javob berdi, malikaning birorta savoliga javob berishda qiynalmadi.
3 Shava malikasi Sulaymonning donoligini, u qurgan saroyni,
4 dasturxonidagi noz–ne’matlarni, a’yonlarning tartib–qoidaga ko‘ra joylashuvlarini, shoh soqiylari va bakovullarining xizmat liboslarini, Egamizning uyida shoh Sulaymon kuydirib, nazr qilgan qurbonliklarni ko‘rdi. Malika g‘oyat hayratlanib,
5 shohga dedi: — Sizning ishlaringiz, donoligingiz haqida yurtimda eshitganlarim to‘g‘ri ekan.
6 Kelib o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rmaguncha, gap–so‘zlarga ishonmagan edim. Menga donoligingizning hatto yarmini ham aytishmagan ekan. Men eshitgandan ham ortiq bo‘lib chiqdingiz!
7 Naqadar baxtiyordir odamlaringiz! Omadlidir xizmatkorlaringiz! Ular doimo huzuringizda bo‘lib, donoligingizdan bahra olishar.
8 Sizdan mamnun bo‘lib, Isroil taxti uzra o‘tqazgan Egangiz Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin. U Isroilni to abad sevgani uchun adolat va to‘g‘rilik bilan hukm etsin, deb sizni shoh qilgan ekan.
9 Malika Sulaymonga 250 pud oltin, behisob xushbo‘y ziravorlar va qimmatbaho toshlar hadya qildi. Shava malikasi hadya qilgan xushbo‘y ziravorlarning sifati shu qadar yuqori ediki, ularga teng keladigani yo‘q edi.
10 Xiram bilan Sulaymonning Ofirdan oltin olib kelgan xizmatkorlari sandal daraxti yog‘ochlari va qimmatbaho toshlarni ham keltirgandi.
11 Shoh u yog‘ochlardan Egamizning uyi uchun ham, shoh saroyi uchun ham zinalar, musiqachilar uchun lira va arfalar yasattirdi. Bularga o‘xshaganini Yahudo yurtida hech kim hech qachon ko‘rmagan.
12 Shoh Sulaymon Shava malikasiga istagan va so‘raganining hammasini muhayyo qildi. Malika olib kelganidan ham ziyodroq narsa berdi. Shundan keyin malika hamma odamlarini ergashtirib o‘z yurtiga jo‘nab ketdi.
13 Har yili Sulaymonga kelib turadigan oltinning og‘irligi 1425 pud edi.
14 Odamlar va savdogarlarning oldi–sottisidan olinadigan soliq bunga kirmasdi. Arab shohlari va Isroil hokimlari ham Sulaymonga oltin, kumush olib kelishardi.
15 Shoh Sulaymon oltindan ikki yuzta katta qalqon yasatdi. Har bir qalqonni yasashga yarim pud oltin sarf bo‘ldi.
16 Yana oltindan uch yuzta kichik qalqon ham yasatdi. Har bir qalqon uchun 750 misqol oltin sarflandi. Shoh bu qalqonlarni “Lubnon o‘rmoni” degan uyiga qo‘ydi.
17 U yana fil tishidan katta taxt yasatib, uni toza oltin bilan qoplatdi.
18 Taxtning oltita pog‘onasi va o‘rindiqqa ulangan oltin oyoq kursisi bor edi. O‘rindiqning ikki tomonida tirsagi bor edi. Tirsaklarning yonida ikkita sher tasviri turardi.
19 Har bir pog‘onaning ikki chekkasida ham bittadan sher tasviri bo‘lib, taxtning olti pog‘onasida jami o‘n ikkita sher tasviri bor edi. Bunday taxt boshqa birorta shohlikda bo‘lmagan edi.
20 Shoh Sulaymonning ichimlik ichadigan hamma idishlari oltindan, “Lubnon o‘rmoni” degan uyidagi hamma idishlar ham toza oltindan edi. Sulaymon davrida kumush arzimas narsa bo‘lib qolgan edi.
21 Xiramning kemalari qatorida, Sulaymonning ham dengizda savdo kemalari bo‘lib, bu kemalar har uch yilda oltin, kumush, fil tishlari, turli–tuman maymunlar olib qaytardi.
22 Shunday qilib, Sulaymon boylikda ham, donolikda ham yer yuzidagi hamma shohlardan o‘tib ketdi.
23 Xudo Sulaymonga bergan donolikni eshitmoq uchun yer yuzidagi hamma shohlar uning oldiga kelgani oshiqardi.
24 Kelganlarning har biri kumush va oltin idishlar, kiyim, qurol–aslaha, xushbo‘y ziravorlar, ot va xachirlar hadya qilib olib kelar edi. Bunday hol yillab davom etardi.
25 Sulaymonning otlari va jang aravalari uchun 4.000 ta otxonasi bor edi. Bulardan tashqari, u 12.000 uchqur otga ega edi. Sulaymon otlarning bir qismini aravalar saqlanadigan shaharlarga, ikkinchi qismini o‘z yoniga — Quddusga joylashtirgan edi.
26 U Furot daryosidan to Filistlar yeriga qadar va Misr chegaralariga qadar bo‘lgan hamma shohlar ustidan hukmronlik qilardi.
27 Shoh Quddusda kumushni oddiy tosh bilan baravar qilib qo‘ydi. Sadr yog‘ochlari esa ko‘pligidan Yahudo qir etaklarida o‘sadigan oddiy shikamora–anjir daraxtiga tenglashib qoldi.
28 Shohning savdogarlari Sulaymon uchun Misrdan va boshqa barcha yurtlardan otlar olib kelishardi.
29 Sulaymonning boshqa ishlari boshdan oxirigacha Natan payg‘ambarning tarix kitobida, Shilo‘lik Oxiyoning bashoratlarida va valiy Yiddoning vahiylarida bayon etilgan. Valiy Yiddoning vahiylarida Nabat o‘g‘li Yeribom hukmronligi to‘g‘risida ham yozilgan.
30 Sulaymon Quddusda butun Isroil ustidan hukmdor edi. Uning hukmronligi qirq yil davom etdi.
31 Sulaymon olamdan o‘tdi. U otasi Dovud qal’asida ota– bobolari yoniga dafn qilindi. O‘rniga esa o‘g‘li Raxabom shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18