Shohlar (to‘rtinchi kitob) 10 bob

1 Axab xonadoni o‘ldiriladi. 12 Shoh Oxaziyoning qarindoshlari o‘ldiriladi. 15 Axabning boshqa qarindoshlari o‘ldiriladi. 18 Baalga sig‘inganlar o‘ldiriladi. 32 Yohuning o‘limi.

1 Axabning Samariyada yetmishta o‘g‘li bor edi. Yohu Samariya hududidagi Yizril beklariga, oqsoqollariga va Axab o‘g‘illarining murabbiylariga shu mazmunda maktub yozib yubordi:
2 “Shohingizning o‘g‘illari sizlar bilan birga turibdilar, jang aravalaringiz, otlaringiz va qurol– yarog‘laringiz ham bor, o‘zlaringiz mustahkam shaharda yashaysizlar. Ushbu maktub sizlarga yetib borishi bilanoq,
3 hukmdoringiz o‘g‘illaridan eng munosibini tanlab olib, otasining o‘rniga taxtga o‘tqazinglar va hukmdoringizning xonadonini himoya qilish uchun men bilan jang qilishga tayyorlaninglar.”
4 Ammo Samariyadagilar juda qo‘rqib ketdilar: — Yohuga ikkita shoh bardosh berolmadi–yu, biz qanday qilib bardosh berardik?! — deyishdi ular.
5 Shundan keyin bosh vazir, shahar hokimi, oqsoqollar, Axab o‘g‘illarining murabbiylari Yohuga shunday xabar berishdi: “Biz hech kimni shoh qilmaymiz. Biz sizning qullaringizmiz, nima buyursangiz, shuni ijro qilurmiz, sizga nima ma’qul bo‘lsa, shuni qiling.”
6 Yohu esa ularga ikkinchi marta shu mazmunda maktub yozdi: “Agar sizlar men tarafda bo‘lib, menga itoat etishga tayyor bo‘lsangizlar, hukmdoringiz o‘g‘illarining boshlarini olib, ertaga shu paytda Yizrilga mening huzurimga keltiringlar.” Shohning yetmishta o‘g‘li bo‘lib, ularni shaharning eng aslzodalari tarbiya qilayotgan edilar.
7 Maktub aslzodalarning qo‘liga tekkach, ular shoh o‘g‘illarini ushlab, hammalarini — yetmish kishini bo‘g‘izladilar, ularning boshlarini savatga solib, Yizrilga — Yohuning huzuriga jo‘natdilar.
8 Xabarchi Yohuga: “Ular shoh o‘g‘illarining boshlarini olib keldilar”, dedi. Yohu: “Kallalarni darvoza oldiga ikki to‘p qilib taxlanglar, ertalabgacha o‘sha yerda qolsin”, dedi.
9 Ertasiga ertalab Yohu xalqning oldiga chiqib gapirdi: — O‘z hukmdorimga qarshi men isyon ko‘tarib, uni o‘ldirdim. Sizlar aybdor emassizlar. Lekin mana bu odamlarni kim o‘ldirdi?
10 Shuni bilib qo‘yinglarki, Egamizning Axab xonadoni to‘g‘risida aytgan bironta so‘zi ijrosiz qolmaydi. Egamiz O‘z quli Ilyos orqali aytgan so‘zini bajo qildi.
11 So‘ngra Yohu Yizrilda Axab xonadonining qolgan–qutganini, uning hamma a’yonlarini, yaqinlarini, ruhoniylarini o‘ldirdi. Shunday qilib, Axabning bironta ham odami tirik qolmadi.
12 Shundan keyin Yohu Yizrildan Samariya tomon yo‘lga chiqdi. U yo‘lda cho‘ponlarga qarashli Bayt–Akad degan joyda
13 Yahudo shohi Oxaziyoning qarindoshlari bilan uchrashib qoldi va ulardan: “Sizlar kimsizlar?” deb so‘radi. — Biz Oxaziyoning qarindoshlarimiz, — deyishdi ular. — Shohning oilasidan va malika Izabelning o‘g‘illaridan xabar olgani ketyapmiz.
14 — Bularni tiriklayin ushlanglar! — deb buyurdi Yohu odamlariga. Ularni tiriklayin ushlab hammalarini — qirq ikkita odamni Bayt–Akad sardobasi yonida bo‘g‘izladilar. Ulardan birortasini ham tirik qoldirmadilar.
15 Yohu u yerdan jo‘nab ketdi. Yo‘lda o‘ziga tomon to‘g‘ri kelayotgan Yohunadov degan odam bilan uchrashib qoldi. U Raxav degan odamning o‘g‘li edi. Yohu u bilan salomlashib: — Senga mening niyatim xolis, sening niyating ham xolismi? — deb so‘radi. — Shunday, — deb javob berdi Yohunadov. — Unday bo‘lsa, qo‘lingni ber, — dedi Yohu. Yohunadov qo‘lini uzatdi. Yohu uni yoniga — aravasiga oldi.
16 — Men bilan yur, men Egamiz uchun qanchalik jon kuydirishimni ko‘rib qo‘y, — dedi Yohu unga. So‘ngra uni aravasida Samariyaga olib ketdi.
17 Yohu Samariyaga yetib kelgach, Egamiz Ilyos orqali aytganiday, Axabning u yerdagi qolgan– qutgan qarindoshlarini bitta qo‘ymay o‘ldirdi.
18 Yohu jamiki xalqni to‘plab, ularga aytdi: — Axab Baalga unchalik sig‘inmas edi, men esa Baalga chin dildan sig‘inaman.
19 Endi mening oldimga Baalning hamma payg‘ambarlarini chaqirib kelinglar, hech kim kelmay qolmasin, chunki men Baalga juda katta qurbonlik qilaman, kelmaganlar o‘ldiriladi. Aslida Yohu Baalga sig‘inganlarni o‘ldirish maqsadida bir hiyla o‘ylayotgan edi.
20 — Baalga bag‘ishlangan bayram yig‘ini bo‘lishini tayinlanglar, — dedi Yohu. Bu to‘g‘rida e’lon qildilar.
21 Yohu butun Isroil bo‘ylab xabar jo‘natgan edi, Baalga sajda qiluvchilarning hammasi keldi, birontasi ham kelmay qolmadi. Hamma Baalning uyiga kirdi. Baalning uyi liq to‘ldi.
22 Yohu muqaddas liboslarni saqlovchi xizmatkorga: — Baalga sig‘inadiganlarning hammasiga liboslar keltir, — deb amr berdi. Xizmatkor har biriga libos keltirdi.
23 Shu payt Yohu Yohunadov bilan birga Baalning uyiga kirdi– da, sajda qiluvchilarga: — Atrofingizga yaxshilab qarang, — dedi. — Orangizda Egamizga xizmat qiladiganlardan hech kim bo‘lmasin, bu yerda faqat Baalga sajda qiluvchilar bo‘lsin.
24 Shundan keyin Yohu bilan Yohunadov kuydiriladigan va boshqa qurbonliklar qilgani ichkariga kirdilar. Yohu Baalning uyi atrofiga sakson kishini qo‘yib, ularga shunday amr bergan edi: “Qo‘lingizga mana bu odamlarni topshiryapman. Bulardan birortasi qochib jonini qutqarib ketishiga kimki yo‘l qo‘ysa, boshi bilan javob beradi.”
25 Qurbonlik kuydirib bo‘linishi bilanoq, Yohu qo‘riqchilarga va lashkarboshilarga: “Ichkariga kirib, hammani o‘ldiringlar, birortasi ham qochib ketmasin!” — deb buyruq berdi. Qo‘riqchilar va lashkarboshilar hammasini qilich damidan o‘tkazib, jasadlarini tashqariga otdilar. So‘ngra Baalning uyidagi ichkari xonaga kirib,
26 u yerdagi butsimon ustunlarni tashqariga olib chiqib yoqib yubordilar.
27 Baalga atalgan toshni sindirdilar, uyini vayron qildilar. Xalq bu joyni hojatxonaga aylantirdi. O‘sha joy bugungacha hojatxona bo‘lib qoldi.
28 Shunday qilib, Yohu Isroil yerida Baalga sajda qilishga barham berdi.
29 Biroq Yohu Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi, ya’ni Baytil va Dandagi oltin buzoqlarga sajda qilishdan Yohu qaytmadi.
30 Egamiz Yohuga: — Mening oldimda to‘g‘ri ish qilib muvaffaqiyat qozonding, — dedi. — Axab xonadoniga qarshi Men nima istagan bo‘lsam, hammasini qilding. Buning uchun sening nasling to‘rtinchi avlodigacha Isroil taxtida o‘tiradi.
31 Ammo Yohu Isroil xalqining Xudosi — Egamizning qonunlariga butun qalbi bilan itoat qilmadi, Isroil xalqini gunohga botirgan Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
32 O‘sha paytda Egamiz Isroil yerlarini parchalab, kichraytira boshladi.
33 Oram shohi Xazayil Iordan daryosining sharqida Gad, Ruben, Manashe qabilalari yashaydigan butun Gilad yerlarini, Arnon soyligidagi Aror shahridan Gilad va Bashan o‘lkalariga qadar bo‘lgan jamiki Isroil yerlarini bosib oldi.
34 Yohuning boshqa ishlari, butun faoliyati va qahramonliklari haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
35 Yohu olamdan o‘tdi. U Samariyada ota–bobolari yoniga dafn etildi. Yohuning o‘rniga o‘g‘li Yohuxoz shoh bo‘ldi.
36 Yohu Samariyada yigirma sakkiz yil Isroilga hukmdorlik qildi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак