Shohlar (to‘rtinchi kitob) 7 bob

3 Qamal tugaydi.

1 Elishay aytdi: — Egamizning so‘zini eshitinglar: U shunday demoqda: “Ertaga xuddi shu paytda Samariya darvozasi oldida yarim tog‘ora yaxshi un bir kumush tangadan, bir tog‘ora arpa ham bir kumush tangadan sotiladi.”
2 Shohning eng yaqin amaldori shu yerda edi. U Elishayga: — Hatto Egamiz osmonning qopqasini ochib, yomg‘ir yog‘dirganda ham shunday bo‘lmas–ov, — dedi. Shunda Elishay: — Sen ko‘zing bilan ko‘rasan, lekin senga nasib qilmaydi, — dedi.
3 Shu vaqtda shahar darvozasi tashqarisida teri kasalligiga chalingan to‘rtta odam o‘tirib: “O‘limimizni kutib, shu yerda o‘tiraveramizmi?!” deb bir–biriga gapirdi.
4 “Agar shaharga kiradigan bo‘lsak, u yerda ocharchilik bo‘lyapti, biz ham o‘sha yerda o‘lib ketamiz. Shu yerda o‘tiraversak ham o‘lamiz. Yaxshisi, Oram lashkarining qarorgohiga boraylik. Agar bizni tirik qoldirishsa, yashaymiz, o‘ldirishsa, o‘lamiz.”
5 Ular oqshom payti Oram lashkarining qarorgohiga bormoqchi bo‘lishib, otlanishdi. Oram lashkarining qarorgohi chekkasiga kelib qarasalar, u yerda birorta ham odam yo‘q ekan.
6 Rabbiy Oram lashkariga jang aravalarining taqir–tuqurini, otlarning kishnashini, ko‘p lashkarning shovqin–suronini eshittirgan edi. Ular bir–birlariga: “Isroil shohi bizga qarshi hujum qilgani Xet xalqini va Misrning shohlarini yollaganga o‘xshaydi”, dedilar.
7 Ular oqshom payti jonlarini qutqarish uchun chodirlarini, otlarini, eshaklarini, butun qarorgohni shundayicha tashlab qochib qolgan edilar.
8 O‘sha kasal odamlar qarorgohga kelib, bir chodirga kirdilar. Chodirda yeb–ichib, u yerdan kumush, oltin, kiyim–kechaklarni olib ketib, yashirib qo‘ydilar. Keyin qaytib kelib boshqa chodirga kirdilar, u yerdan ham topganlarini olib borib yashirdilar.
9 So‘ngra ular bir–birlariga aytdilar: — Biz to‘g‘ri ish qilmayapmiz. Bu kun — xushxabarlar yuz bergan kundir. Agar biz sustkashlik qilib, tong otishini kutsak, jazoga tortilishimiz aniq. Ketdik, shoh saroyiga borib xabar beraylik.
10 Kasal odamlar borib, shahar darvozabonlarini chaqirdilar–da, ularga shunday dedilar: — Biz Oram lashkarining qarorgohiga borgan edik. U yerda na biror tirik jon bor, na biror inson tovushi eshitiladi. Faqat bog‘lovliq otlar, eshaklar turgan ekan. Chodirlarni, qanday turgan bo‘lsa, shundayligicha tashlab ketibdilar.
11 Darvozabonlar jar solib bu xushxabarni shoh saroyiga yetkazdilar.
12 Shoh tunda o‘rnidan turib, lashkarboshilariga shunday dedi: — Oram lashkari qanday reja tuzayotganlarini sizlarga aytib qo‘yay. Biz qahatchilikni boshdan kechirayotganimizni ular biladilar. Shahardan chiqqanimizdan keyin, bizni tiriklayin qo‘lga olib, shaharga yorib kirishni rejalashtirganlar. Shuning uchun dalada pistirma qo‘yish uchun qarorgohdan chiqib ketganlar.
13 Shohning a’yonlaridan biri: — Bir nechta odam shaharda qolgan beshta otni olib ahvolni bilib kelsin, — deb aytdi. — Bu yerdagilardan kim borsa ham, biz, tirik qolganlar va shaharda halok bo‘lganlar kabi, o‘limga mahkum.
14 Ular ikkita otliq odamni tayyorladilar. Shoh o‘sha odamlarni Oram lashkari izidan jo‘natar ekan: “Borib nima bo‘lganini bilib kelinglar”, dedi.
15 Otliqlar Oram lashkarining izidan Iordan daryosigacha borishdi. Yo‘l bo‘yi kiyim–kechak, buyumlar sochilib ketgan edi. Bu narsalarni Oram lashkari shoshib–pishib qochayotganlarida tashlab ketgan edilar. Yuborilgan odamlar qaytib kelib, shohga xabar berdilar.
16 Xalq Oram lashkarining qarorgohiga borib, u yerni talon–taroj qildi. Egamiz aytganiday, yarim tog‘ora yaxshi un bir kumush tangadan, bir tog‘ora arpa ham bir kumush tangadan sotildi.
17 Shoh o‘sha yaqin amaldorini darvozaga tayinlagan edi. Xalq amaldorni darvoza oldida bosib, yanchib o‘tib ketdi, amaldor o‘ldi. Shoh payg‘ambar huzuriga borganda, payg‘ambar bo‘ladigan hodisalarni unga oldindan aytgan edi.
18 Hammasi payg‘ambar aytganiday bo‘ldi. U shohga: “Ertaga xuddi shu paytda Samariya darvozasi oldida yarim tog‘ora yaxshi un bir kumush tangadan, bir tog‘ora arpa bir kumush tangadan sotiladi”, degan edi.
19 Amaldor esa payg‘ambarga: “Hatto Egamiz osmonning qopqasini ochib, yomg‘ir yog‘dirganda ham, shunday bo‘lmas–ov”, deb javob bergan edi. Elishay esa unga: “Sen ko‘zing bilan ko‘rasan, lekin senga nasib qilmaydi”, degandi.
20 Shunday qilib, aytilgan voqea yuz berdi: xalq o‘sha amaldorni darvoza oldida bosib, yanchib o‘tib ketdi, amaldor o‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак