Shohlar (to‘rtinchi kitob) 14 bob

1 Yahudo shohi Emoziyo. 17 Yahudo shohi Emoziyoning o‘limi. 23 Isroil shohi Yorubom.

1 Isroil shohi Yoho‘sh ikkinchi yili shohlik qilayotganda, Emoziyo Yahudo shohi bo‘ldi. Emoziyo Yo‘shning o‘g‘li edi.
2 Emoziyo shoh bo‘lganda, yigirma besh yoshda edi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil hukmronlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yohuvaddon edi.
3 Emoziyo Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qilsa ham, bobosi Dovud kabi emasdi. U har qanday ishni otasi Yo‘sh kabi qildi.
4 Shu boisdan sajdagohlar hamon yo‘q qilinmagan, xalq u yerlarda hali ham qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
5 Emoziyo o‘z shohligini mustahkamlab olgandan keyin, shohni — otasini o‘ldirgan a’yonlarni yo‘q qildi.
6 Biroq Musoning Tavrotida yozilganiga ko‘ra, qotillarning bolalarini o‘ldirmadi, chunki Egamiz: “Otalar farzandlari gunohi uchun o‘ldirilmasin, farzandlar otalari gunohi uchun o‘ldirilmasin, har kim o‘zining gunohi uchungina jazolansin”, deb amr qilgan edi.
7 Emoziyo Tuz vodiysida o‘n mingta Edomsipohini o‘ldirdi. Sela shahrini jang qilib qo‘lga kiritib, u yerga Yoxtal deb nom berdi. O‘sha joy hozir ham shu nom bilan yuritiladi.
8 Shundan so‘ng Emoziyo Isroil shohi Yoho‘shga xabarchilar jo‘natib: “Qani, menga jang maydonida ro‘baro‘ kelib ko‘r–chi”, dedi.
9 Isroil shohi Yoho‘sh esa bunga javoban Yahudo shohi Emoziyoga shu xabarni jo‘natdi: “Lubnondagi g‘ovtikan shu yerdagi sadr daraxtiga, qizingni o‘g‘limga xotinlikka ber, deb xabar yo‘llabdi. O‘sha paytda Lubnondagi yirtqich hayvon o‘sha yerdan o‘tib ketayotib, g‘ovtikanni bosib yanchib ketibdi.
10 Shunga o‘xshab, sen ham Edom xalqini mag‘lub etganing uchun mag‘rurlanib ketding, Emoziyo. O‘sha shuhrating bilan kifoyalanib, uyingda o‘tiraver. Nima uchun qitmirlik qilyapsan? O‘z boshingni ham, Yahudo xalqining boshini ham baloga giriftor qilyapsan!”
11 Lekin Emoziyo quloq solmadi. Shuning uchun Isroil shohi Yoho‘sh Yahudo shohi Emoziyo ustiga yurish qildi. Ikkala tomonning lashkari Yahudoning Bayt–Shamash shahrida ro‘baro‘ keldi.
12 Isroil lashkari Yahudo lashkarini mag‘lub etdi. Yahudo lashkarining hammasi uylariga qochib ketdi.
13 Isroil shohi Yoho‘sh Yahudo shohi Emoziyoni Bayt–Shamashda asir qilib oldi. Emoziyo Oxaziyoning nevarasi, Yo‘shning o‘g‘li edi. So‘ng Yoho‘sh Quddusga kelib, Quddus devorining Efrayim darvozasidan Burchak darvozasigacha bo‘lgan to‘rt yuz tirsak qismini buzdirdi.
14 Egamizning uyida va saroyning xazinalarida topilgan oltinlarni, kumushlarni va hamma ashyolarni tortib oldi. Buning ustiga, asirlarni ham olib, Samariyaga qaytib ketdi.
15 Yoho‘shning boshqa ishlari, Yahudo shohi Emoziyo bilan jang qilganda ko‘rsatgan qahramonliklari haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
16 Yoho‘sh olamdan o‘tdi. U Samariyada ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Yorubom shoh bo‘ldi.
17 Yahudo shohi Emoziyo Isroil shohi Yoho‘shning o‘limidan keyin o‘n besh yil yashadi.
18 Emoziyoning boshqa ishlari haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
19 Quddusda Emoziyoga qarshi fitna uyushtirildi. Emoziyo bundan xabar topib Laxish shahriga qochdi. Ammo dushmanlari Emoziyoning ortidan odam yuborib, uni o‘sha yerda o‘ldirtirdilar.
20 Emoziyoning jasadini otda Quddusga olib keldilar. U Dovud qal’asida ota–bobolarining yoniga dafn qilindi.
21 So‘ngra Yahudo xalqi o‘n olti yoshli Uzziyoni otasi Emoziyoning o‘rniga shoh qilib ko‘tardilar.
22 Otasi Emoziyo olamdan o‘tgach, Uzziyo Elet shahrini qaytadan Yahudo yerlariga qo‘shib olib, boshqatdan qurdi.
23 Yahudo shohi Emoziyo shohligining o‘n beshinchi yilida Yorubom Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va qirq bir yil hukmronlik qildi. Yorubom Yoho‘shning o‘g‘li edi.
24 U Egamiz oldida qabih ishlar qildi va Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
25 Yorubom Levo–Xomatdan O‘lik dengizgacha bo‘lgan Isroil yerlarini qaytadan qo‘lga kiritdi. Zotan, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz O‘z quli Yunus payg‘ambar orqali bu to‘g‘rida aytgan edi. Yunus Amitay deganning o‘g‘li bo‘lib, u Gat–Xafer shahridan edi.
26 Egamiz Isroil xalqi tortayotgan nihoyatda og‘ir azoblarni ko‘rdi. Bu yerda Isroilga yordam berishga qodir na qul, na ozod qolgan edi.
27 Egamiz Isroil xalqi nomini yer yuzidan o‘chirishni istamagani uchun, Yorubom orqali ularni qutqargan edi.
28 Yorubomning boshqa ishlari, butun faoliyati, janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari, ilgaridan Yahudoga qarashli bo‘lgan Damashq va Xomatni qaytadan Isroil yerlariga qo‘shib olgani to‘g‘risida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
29 Yorubom olamdan o‘tib, ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Zakariyo shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак