Shohlar (to‘rtinchi kitob) 8 bob

1 Shunamlik ayol qaytib keladi. 7 Elishay va Oram shohi Banhadad. 16 Yahudo shohi Yohuram. 25 Yahudo shohi Oxaziyo.

1 Elishay o‘zi tiriltirgan bolaning onasiga shunday degan edi: — Tur o‘rningdan, o‘zing va xonadoning ahli bilan birga jo‘na. Qayerda yashay olsang, o‘sha yerda yashayver, chunki Egamiz yurtga yetti yil qahatchilik yuborishga qaror qildi.
2 Ayol payg‘ambarning aytganlariga quloq soldi. Uning o‘zi va xonadoni ahli Filistlar yeriga borib, u yerda yetti yil istiqomat qildi.
3 Oradan yetti yil o‘tgach, o‘sha ayol Filistlar yeridan qaytib keldi. So‘ng uyimni va dalamni qaytarib olay, deb shoh huzuriga keldi.
4 Shu paytda shoh Elishayning xizmatkori Gaxazi bilan gaplashayotgan edi: — Elishay qilgan hamma ajoyibotlar haqida menga aytib ber–chi, — dedi shoh.
5 Payg‘ambar o‘likni qanday tiriltirganini Gaxazi shohga gapirayotgan edi, haligi ayol shohdan o‘z uyi va dalasini qaytarib olish uchun so‘rab kelib qoldi. — Shoh hazratlari! — dedi Gaxazi. — Bu o‘sha ayoldir. Ana, Elishay tiriltirgan o‘g‘li ham yonida turibdi.
6 Shoh ayoldan bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘radi. Ayol shohga hammasini aytib berdi. Shundan so‘ng shoh saroy amaldorlaridan birini chaqirib, ayol bilan birga jo‘natar ekan, amaldorga amr berdi: — Bu ayolning hamma narsasi, bu yurtdan chiqib ketgan kundan boshlab bugungacha olingan jamiki daromadi bilan birga dalasi qaytarilsin.
7 Elishay Damashqqa keldi. Oram shohi Banhadad xasta edi. “Payg‘ambar shu yerga kelibdi”, deb shohga xabar yetkazishdi.
8 Shoh shunda Xazayil degan odamga dedi: — Birorta hadya olgin–da, payg‘ambarga peshvoz chiq. U orqali Egamizdan so‘rab ko‘r–chi, men shu kasallikdan xalos bo‘larmikanman.
9 Xazayil Damashqdagi eng yaxshi hadyalardan qirqta tuyaga yuklab, Elishayni kutib olgani ketdi. Elishayning oldiga kelgach, unga shunday dedi: — Oram shohi Banhadad — qulingiz meni sizning huzuringizga yubordi. “Shu kasallikdan xalos bo‘larmikanman yoki yo‘qmikan, bilib kel”, dedi.
10 — Shohning huzuriga borib, albatta sog‘ayib ketarkansiz, deb ayt, — dedi Elishay Xazayilga, — lekin Egamiz menga ayon qildi: shoh o‘ladi.
11 Xazayil uyatdan qizarguncha, Elishay uning yuziga tik qarab turaverdi. Keyin payg‘ambar yig‘lay boshladi.
12 — Hazratim nechun yig‘layaptilar? — so‘radi Xazayil. — Isroil xalqiga qiladigan yovuzliklaringni bilganim uchun yig‘layapman, — dedi Elishay. — Sen Isroil xalqining qal’alariga o‘t qo‘yasan, yigitlarini qilichdan o‘tkazasan, go‘daklarini yerga urib o‘ldirasan, homilador ayollarning qornini yorib tashlaysan.
13 — Ko‘ppakdan farq qilmaydigan men, qulingiz, kim bo‘libmanki, shunaqa ishlarni qila olar ekanman?! — dedi Xazayil. — Egamiz menga ayon qildi: sen Oram shohi bo‘lasan, — deya javob berdi Elishay.
14 Xazayil Elishayning huzuridan chiqib, hukmdori Banhadadning yoniga qaytib keldi. — Elishay senga nima dedi? — so‘radi shoh Xazayildan. — U menga aytdiki, siz albatta sog‘ayib ketarkansiz, — deb javob berdi Xazayil.
15 Ertasi kuni Xazayil ko‘rpani olib, suvga botirdi–da, ho‘l ko‘rpani shohning yuziga yopib uni bo‘g‘di. Shunday qilib, Xazayil shohni o‘ldirib, uning o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi.
16 Yohushafat hali Yahudo shohi bo‘lib turganda, uning o‘g‘li Yohuram ham taxtga o‘tirdi. Bu voqea Isroil shohi Yoram hukmronligining beshinchi yilida yuz berdi.
17 Yohuram Yahudo shohi bo‘lganda, o‘ttiz ikki yoshda edi. U Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi.
18 Xotini Axabning qizi bo‘lgani uchun, Yohuram ham, Axab xonadoni singari, Isroil shohlari yo‘lidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qildi.
19 Egamiz O‘z quli Dovud haqi–hurmati uchun Yahudoni halokatga uchratishni istamadi, chunki Egamiz Dovudga: “Sening naslingga to abad so‘nmaydigan chiroq beraman”, deb va’da qilgan edi.
20 Yohuram davrida Edom Yahudo shohligiga qarshi isyon qildi. Edom xalqi o‘zlarining mustaqil shohligini qurdilar.
21 Shundan so‘ng Yohuram hamma jang aravalarini boshlab Zoirga bordi. Edom lashkari Yohuramni va uning jang aravalari sardorlarini o‘rab olgan edi, lekin Yohuram tunda hujum qilib, qamalni yorib chiqdi. Yahudo lashkari uylariga qochib ketdi.
22 Shunday qilib, Edom xalqi hozirgacha Yahudo hukmronligidan ozoddir. O‘sha paytda Libna shahri ham isyon ko‘targan edi.
23 Yohuramning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
24 Yohuram olamdan o‘tdi. U Dovud qal’asida ota– bobolari yoniga dafn qilindi. Yohuramning o‘rniga o‘g‘li Oxaziyo shoh bo‘ldi.
25 Isroil shohi Yoram o‘n ikkinchi yil shohlik qilayotganda, Oxaziyo Yahudo shohi bo‘ldi. U Yohuramning o‘g‘li edi.
26 Oxaziyo taxtga o‘tirganda, yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda bir yil shohlik qildi. Onasining ismi Otaliyo bo‘lib, Isroil shohi Omrining nevarasi edi.
27 Oxaziyo ham Axab xonadonining yo‘lidan ketdi. Axab nasliga o‘xshab, Egamiz oldida qabihliklar qildi. Chunki u Axab xonadoniga qarindosh edi.
28 Oxaziyo bilan Yoram birga Giladdagi Ramo‘tga borib, Oram shohi Xazayilga qarshi urush ochdi. Yoram shu urushda yarador bo‘ldi.
29 Shoh Yoram yarasini davolatish uchun Yizril shahriga qaytib kelgan edi. Yahudo shohi Oxaziyo esa yaralangan Yoramni ko‘rgani Yizrilga bordi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак