Shohlar (to‘rtinchi kitob) 4 bob

1 Elishayning beva ayolga yordami. 8 Elishay va Shunamlik boy ayol. 38 Yana ikki mo‘jiza. 42 Elishay yuzta odamni to‘ydiradi.

1 Ilgari payg‘ambarlar guruhida bir payg‘ambar bo‘lar edi. O‘sha payg‘ambarning bevasi Elishayning oldiga kelib faryod qildi: — Sizga xizmat qilib yurgan mening erim vafot qildi. O‘zingiz bilasiz, u Egamizdan qo‘rqardi. Bir odam oldin qarz bergan edi. Endi u ikkala o‘g‘limni o‘ziga qul qilib olib ketgani keldi.
2 Shunda Elishay: — Ayt–chi, sen uchun men nima qilay? Uyingda nima bor? — dedi. — Bu cho‘ringizning uyida zaytun moyi solingan xumchadan boshqa hech vaqo yo‘q, — dedi ayol.
3 — Bor, hamma qo‘shnilaringdan bo‘sh idishlarini so‘rab ol, — dedi Elishay. — Iloji boricha ko‘proq so‘rab ol.
4 Borganingdan keyin o‘g‘illaring bilan birga uyga kirib, eshikni yopib qo‘y. So‘ng hamma idishga zaytunmoyi quy, to‘lgan idishlarni nari surib qo‘yaver.
5 Ayol Elishayning oldidan ketgach, o‘g‘illari bilan birga uyga kirib, eshikni berkitdi. O‘g‘illari idishlarni uzatib turishdi, ayol esa quyaverdi.
6 Hamma idishlar to‘lgandan keyin, ayol o‘g‘liga: — Yana idish uzat, — dedi. — Boshqa idish yo‘q, — dedi o‘g‘li. Shundan so‘ng zaytun moy ham oqmay qoldi.
7 Ayol payg‘ambar huzuriga kelib, bo‘lgan voqeani aytib berdi. — Bor, moyni sotib qarzingni to‘la, — dedi Elishay. — Ortib qolgan moyni ishlatib, o‘g‘illaring bilan kun kechir.
8 Bir kuni Elishay Shunamga keldi. U yerda bir boy ayol: “Menikiga kirib, choy–poy ichib keting”, deb iltimos qilib, ko‘ndirdi. Elishay qachon kelmasin, har doim tamaddi qilgani o‘sha ayolnikiga kirardi.
9 Bir kuni ayol eriga: — Shu yo‘ldan doimo o‘tib yuradigan odam Xudoning muqaddas odami ekanini bilib oldim, — dedi.
10 — Keling, tom ustiga chog‘roqqina boloxona qurib, u yerga ko‘rpa–to‘shak, xontaxta, kursi, moychiroq qo‘yaylik. U biznikiga kelganda, boloxonada tursin.
11 Kunlarning birida Elishay Shunamga kelganda, boloxonaga kirib, yonboshladi.
12 Keyin xizmatkori Gaxaziga: “Shunamlik ayolni chaqir”, deb buyurdi. Xizmatkor ayolni chaqirib keldi. Ayol kelgach,
13 Elishay xizmatkoriga gapirdi: — Bu ayolga shunday deb ayt: “Sen bizga g‘amxo‘rlik qilyapsan. Buning evaziga sen uchun nima qilaylik? Sening biror ishing yuzasidan shoh bilan yoki lashkarboshi bilan gaplashish kerak emasmi?” — Yo‘q, — dedi ayol, — men xalqim orasida yashasam, bas.
14 Elishay Gaxazidan: — Unday bo‘lsa, bu ayol uchun nima qilishim kerak? — deb so‘radi. — Uning o‘g‘li yo‘q ekan, eri esa keksayib qolibdi, — dedi Gaxazi.
15 — Chaqir uni! — buyurdi Elishay. Xizmatkor ayolni chaqirib keldi, ayol eshik oldida hozir bo‘ldi.
16 — Kelgusi yili xuddi shu paytda qo‘lingda o‘g‘lingni ko‘tarib yurgan bo‘lasan, — deb aytdi Elishay ayolga. — Yo‘q, hazratim, ey, Xudoning odami, bu cho‘ringizni behudaga umidvor qilmang, — dedi ayol.
17 Lekin Elishay aytganiday, ayol homilador bo‘lib, kelgusi yil o‘sha vaqtda o‘g‘il tug‘di.
18 Bola ulg‘ayaverdi. Bir kuni bola o‘roqchilar orasida ishlayotgan otasi yoniga borib:
19 “Voy boshim! Boshim og‘rib ketdi!” dedi otasiga. Otasi esa xizmatkoriga: “Onasiga olib bor”, deb buyurdi.
20 Xizmatkor bolani ko‘tarib, onasiga olib bordi. Bola tushgacha onasining tizzasida o‘tirdi–yu, so‘ngra vafot etdi.
21 Ona bolasini ko‘tarib borib, payg‘ambar yotadigan to‘shakka yotqizdi–da, eshikni berkitib, tashqariga chiqdi.
22 So‘ng erini chaqirib kelib, unga aytdi: — Mening yonimga xizmatkorlaringizdan bittasini eshagi bilan birga yuboring. Men payg‘ambar huzuriga borib, tezda qaytib kelaman.
23 — Nimaga uning oldiga bugun borishing kerak?! — dedi eri. — Bugun yangi oy shodiyonasi kuni emas, Shabbat kuni ham emas. — Hechqisi yo‘q, — dedi ayol.
24 Shundan keyin ayol eshakni egarlab, xizmatkorga: — Eshakni hayda, — dedi, — men senga gapirmagunimcha sekinlama.
25 Ayol jo‘nab ketdi. U payg‘ambar yoniga — Karmil tog‘iga yetib bordi. Payg‘ambar uni uzoqdan ko‘rib, xizmatkori Gaxaziga: — Bu o‘sha Shunamlik ayol–ku! — dedi.
26 — Yugur, uni kutib ol, “O‘zing yaxshimisan? Ering sog‘–salomatmi? Bolang yaxshimi?” deb undan so‘ra. — Hammasi yaxshi, — dedi ayol.
27 Ayol toqqa, payg‘ambar yoniga yetib kelgach, uning oyoqlariga yopishib oldi. Gaxazi, ayolni chetroqqa olib qo‘yay, deb yaqin kelgan edi, Elishay Gaxaziga aytdi: — Uni tinch qo‘y, uning dili ozor chekkan. Egamiz esa buni mendan yashirdi, menga ma’lum qilmadi.
28 — Men hazratimdan o‘g‘il so‘raganmidim?! — dedi ayol. — “Meni behudaga umidvor qilmang”, deb aytmaganmidim?!
29 Elishay Gaxaziga aytdi: — Qani bo‘l, mening tayog‘imni qo‘lingga olib yugur. Birortasini uchratib qolsang, u bilan salomlashma, kim senga salom bersa, salomiga alik olma. Borganingdan keyin tayog‘imni bolaning yuziga qo‘y.
30 — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizsiz ketmayman, — dedi bolaning onasi Elishayga. U o‘rnidan turib, ayolni ergashtirib ketdi.
31 Gaxazi oldin yetib borib, tayoqni bolaning yuziga qo‘ydi. Na bir sado, na bir javob bo‘lmagandan keyin Elishayga peshvoz chiqib: “Bola uyg‘onmayapti”, dedi.
32 Elishay ichkariga kirdi. Qarasa, o‘lgan bola Elishayning to‘shagida yotgan ekan.
33 Elishay xonaga kirgach, eshikni berkitdi–da, Egamizga yolvorib ibodat qildi.
34 So‘ng bolaning ustiga cho‘zilib yotdi. U og‘zini bolaning og‘ziga, ko‘zlarini ko‘zlariga, kaftini kaftiga qo‘ydi, bolaning ustida cho‘zilib yotganda, bolaning tanasi isidi.
35 So‘ngra u o‘rnidan turib boloxonaning u yog‘idan bu yog‘iga yurdi. Keyin yana qaytib kelib, bolaning ustiga cho‘zildi. Bola yetti marta aksirib, ko‘zlarini ochdi.
36 Elishay Gaxaziga: “Ayolni chaqir!” — dedi. Gaxazi ayolni chaqirib keldi. Ayol Elishayning oldiga yaqinlashdi. Elishay unga: “Ol o‘g‘lingni!” — dedi.
37 Ayol ichkari kirib, Elishayning oyoqlariga yiqildi, boshi yerga tekkuday bo‘lib ta’zim qildi. O‘g‘lini olib, chiqib ketdi.
38 Elishay Gilgalga qaytib keldi. Bu yerda ocharchilik hukm surayotgan edi. Payg‘ambarlar guruhi Elishayning oldiga yig‘ilishgan edi. Shunda Elishay xizmatkoriga: — Katta qozon o‘rnatib, payg‘ambarlar guruhi uchun biror taom pishir! — dedi.
39 Bittasi dalaga ko‘kat tergani chiqdi. U yerda chirmashib o‘sadigan yovvoyi qovoqlarni topib, etagini to‘ldirib qovoqlardan terdi. U qovoqlarni olib kelib to‘g‘radi va taom qaynayotgan qozonga tashladi. O‘sha odam qovoqning qanaqaligini bilmas edi.
40 Hammalariga taomdan quyib berildi. Ular taomni tatib ko‘rishlari bilanoq: “Ey, payg‘ambar hazratlari! Qozondagi taom zahar bo‘lib ketibdi– ku!” deb shovqin ko‘tardilar. Taomdan hech kim tanovul qila olmadi.
41 Shunda Elishay: — Menga un beringlar! — dedi. Unni qozonga solgach, xizmatkorga: — Endi odamlarga quyib beraver, yeyaverishsin, — dedi. Qozondagi taom bezarar bo‘lib qolgan edi.
42 Baal–Sholisho shahridan bir kishi arpasining birinchi hosilidan qilingan yigirmata kulcha va bir qop yangi uzilgan boshoqni payg‘ambarga olib keldi. Elishay xizmatkoriga: — Odamlarga ber, tanovul qilishsin, — deb buyurdi.
43 Qanday qilib shuginani yuzta odamga beraman?! — dedi xizmatkor. — Odamlarga bo‘lib ber, tanovul qilishsin, — dedi Elishay, — chunki Egamiz shunday demoqda: “Hamma to‘yadi, hatto ortib ham qoladi.”
44 Xizmatkor odamlarga kulchalarni va boshoqni bo‘lib berdi. Egamiz aytganiday, odamlar yeb to‘ydi, yana ortib ham qoldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак