Shohlar (to‘rtinchi kitob) 13 bob

1 Isroil shohi Yohuxoz. 10 Isroil shohi Yoho‘sh. 14 Elishayning o‘limi. 22 Isroil bilan Oram o‘rtasidagi urush.

1 Yahudo shohi Yo‘sh shohligining yigirma uchinchi yilida Yohuxoz SamariyadaIsroil taxtiga o‘tirdi va o‘n yetti yil hukmronlik qildi. Yohuxoz Yohuning o‘g‘li edi.
2 Yohuxoz Egamiz oldida qabih ishlar qildi va Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribomning qilgan gunohlariga ergashdi. U qabih yo‘lidan aslo qaytmadi.
3 Shuning uchun Egamiz Isroildan g‘azablandi va Isroil xalqini uzoq vaqt Oram shohi Xazayil bilan Xazayilning o‘g‘li Banhadadning qo‘liga berib qo‘ydi.
4 Shu sababdan Yohuxoz Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Isroil xalqi chekkan azob–uqubatlarni, Oram shohi ularni siquvga olganini Egamiz ko‘rib turardi.
5 Egamiz Isroilga bir qutqaruvchi yuborgandan keyin, ular Oram xalqining zulmidan xalos bo‘ldi va oldingiday tinchgina yashayverdi.
6 Ammo xalq Yeribom xonadoni Isroilga olib kirgan gunohlarga ergashaverdi, bu gunohlardan qaytmadi. Asheraga atalgan ustun hali ham Samariyada turgan edi.
7 Oram shohi Yohuxozning lashkarlarini qirib, kulini ko‘kka sovurgan edi. Yohuxozning ellikta otliq sipohi, o‘nta jang aravasi, o‘n mingta piyoda sipohidan boshqa kuchi qolmagan edi.
8 Yohuxozning boshqa ishlari, butun faoliyati va uning qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
9 Yohuxoz olamdan o‘tdi. U Samariyada ota–bobolari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Yoho‘sh shoh bo‘ldi.
10 Yahudo shohi Yo‘sh shohligining o‘ttiz yettinchi yilida Yoho‘sh Samariyada Isroil taxtiga o‘tirdi va o‘n olti yil hukmronlik qildi. Yoho‘sh Yohuxozning o‘g‘li edi.
11 U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan jamiki gunohlarga ergashdi, bu gunohlardan qaytmadi.
12 Yoho‘shning boshqa ishlari, butun faoliyati, Yahudo shohi Emoziyo bilan jang qilganda ko‘rsatgan qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
13 Yoho‘sh olamdan o‘tib, Samariyada ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Yorubom shoh bo‘ldi.
14 Elishay tuzalmas xastalikka yo‘liqqanda, Isroil shohi Yoho‘sh uni ziyorat qilgani borib: “Otam! Otam! Siz Isroilning qudratli himoyachisi edingiz! Isroilning jang aravasi va otliq lashkari kabi edingiz–a! Qayoqqa ketib qoldingiz–a?” deb yig‘lagan edi.
15 O‘shanda Elishay shohga: “Yoying bilan o‘qlaringni ol!” dedi. Shoh yoyi bilan o‘qlarini oldi.
16 Elishay: “Yoyni hozirla!” deb shohga buyurdi. Shoh yoyni hozirlagach, Elishay qo‘llarini shohning qo‘llari ustiga qo‘ydi.
17 So‘ngra unga: “Sharq tomondagi derazani och!” deb buyurdi. Shoh derazani ochgandan keyin, Elishay: “O‘qni ot!” dedi. Shoh o‘qni otdi. — Bu o‘q Egamiz beradigan najot alomatidir, u seni Oram lashkari ustidan zafarga erishtiradi, — dedi Elishay. — Sen Oram lashkarini Ofoqda yo‘q qilasan.
18 Keyin Elishay shohga: “Qolgan o‘qlarni ol!” deb buyurdi. Isroil shohi o‘qlarni olgach, Elishay unga: “O‘qlarni yerga ur!” dedi. Shoh o‘qlarni uch marta yerga urib, to‘xtab qoldi.
19 Shunda payg‘ambar shohdan achchiqlandi: — Besh–olti marta urishing lozim edi, o‘shanda Oram lashkarini tamomila mag‘lub qilgan bo‘larding. Endi esa ularni uch martagina mag‘lub etasan, xolos.
20 Shundan keyin Elishay vafot etdi, uni dafn qildilar. Har yili bahorda Mo‘abdan bosqinchilar Isroil yerlariga bostirib kelardi.
21 Bir safar Isroil odamlari bir marhumni dafn qilayotgan edilar, Mo‘ablik bosqinchilarni ko‘rdilar–u, jasadni Elishayning xilxonasiga tashlab qochdilar. Jasad Elishayning suyaklariga tekkanda tirilib ketdi va oyoqqa turdi.
22 Oram shohi Xazayil Yohuxozning butun shohligi davrida Isroil xalqiga zulm o‘tkazib kelgan edi.
23 Ammo Egamiz Isroil xalqiga rahm– shafqat ko‘rsatib, Ibrohim, Is’hoq va Yoqub bilan qilgan ahdiga ko‘ra, Isroil xalqiga yuz burgan edi. Egamiz hozirgacha Isroil xalqini O‘z huzuridan quvib chiqarmadi va ularning qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
24 Oram shohi Xazayil vafot etgach, o‘rniga o‘g‘li Banhadad shoh bo‘ldi.
25 So‘ngra Yoho‘sh otasi Yohuxoz shohligi davrida boy bergan shaharlarni Xazayilning o‘g‘li Banhadaddan qaytarib oldi. Banhadadni uch marta mag‘lub qilib, Isroil shaharlariga boshqatdan egalik qildi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак