Shohlar (to‘rtinchi kitob) 17 bob

1 Isroilning oxirgi shohi Xo‘sheya. 5 Samariyaning mag‘lubiyati. 24 Samariyaga o‘rnashganlar.

1 Yahudo shohi Oxoz hukmronlik qilayotganiga o‘n ikki yil bo‘lganda, Xo‘sheya SamariyadaIsroil shohi bo‘ldi va to‘qqiz yil hukmdorlik qildi. Xo‘sheya Eloxning o‘g‘li edi.
2 U Egamiz oldida qabih ishlar qilgan bo‘lsa ham, o‘zidan oldin o‘tgan Isroil shohlari qadar emasdi.
3 Ossuriya shohi Shalmanasar Xo‘sheyaga qarshi urush ochdi. Xo‘sheya taslim bo‘lib, Shalmanasarga o‘lpon to‘lay boshladi.
4 Lekin keyinroq Xo‘sheya Misr fir’avni So‘vaxdan yordam so‘rab xabarchilar jo‘natdi va Ossuriya shohiga har yili to‘lashi kerak bo‘lgan o‘lponni to‘lamay qo‘ydi. Xo‘sheyaning xoinlik qilganini Ossuriya shohi bilib qoldi, shuning uchun uni tutib, zindonga tashladi.
5 Shalmanasar Isroil yerlariga hujum qilib, Samariyani uch yil qamal qilib turdi.
6 Xo‘sheya to‘qqizinchi yili shohlik qilayotganda, Ossuriya shohi Samariyani qo‘lga kiritib, Isroil xalqini Ossuriyaga ko‘chirdi. Ularni Xalax shahriga, Xavor daryosi bo‘yidagi Gozan hududiga va Midiya shaharlariga joylashtirdi.
7 Isroil xalqi o‘zlarini Misr fir’avni hukmronligidan xalos qilib, Misrdan olib chiqqan Egasi Xudoga qarshi gunoh qilgan edilar. Ularning boshiga kelgan jamiki g‘am–kulfatlarning sababi shu edi. O‘sha paytlarda Isroil xalqi begona xudolarga sajda qilishar,
8 Kan’on yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning odatlariga va Isroil shohlari o‘zlaricha joriy qilgan odatlarga binoan yashardilar.
9 O‘zlarining Egasi Xudoga ma’qul kelmaydigan ishlarni xuddi Xudodan yashirganday xufyona qilardilar. Hamma yerda — qishloqlardan tortib mustahkam shahargacha bo‘lgan joylarda sajdagohlar qurgan edilar.
10 Har bir tepalikning ustiga, har bir yashil daraxtning ostiga butsimon toshlarni, Asheraga atab ustunlar o‘rnatgan edilar.
11 Kan’on yurtidan Egamiz quvib yuborgan xalqlar singari, Isroil xalqi hamma sajdagohlarda qurbonliklar qilishardi. Ular qabih ishlari bilan Egamizni g‘azablantirardilar.
12 Egamiz: “Bunday ishlarni qilmanglar”, deb aytganiga qaramasdan, butlarga xizmat qilaverardilar.
13 Egamiz Isroil va Yahudo xalqini hamma payg‘ambarlar, valiylar orqali ogohlantirib, ularga shunday amr bergan edi: “Qabih yo‘llaringizdan qaytinglar. Mening amrlarimga, farmonlarimga itoat etinglar! Men hamma qonunlarimni ota– bobolaringizga berganman, qullarim — payg‘ambarlar orqali sizlarga yuborganman.”
14 Ammo Isroil xalqi quloq solmasdi. Otalari kabi o‘zlarining Egasi Xudoga qarshi isyon qilib, o‘jarlik qilaverardilar.
15 Egamizning farmonlaridan, ogohlantirishlaridan va otalari bilan qilgan ahdidan yuz o‘girib, betayin xudolarga sajda qilgani uchun o‘zlari ham betayin bo‘lib qolgandilar. Egamiz: “Atrofingizdagi xalqlarga o‘xshab yashamanglar”, deb ularga amr bersa ham, o‘sha xalqlarning odatlariga ko‘ra yashayverardilar.
16 Isroil xalqi o‘zlarining Egasi Xudoning hamma amrlaridan yuz o‘girgandilar. Ular topingani ikkita buzoq tasvirini va Asheraning ustunini yasadilar. Barcha samoviy jismlarga sajda qilib, Baalga xizmat etardilar.
17 O‘g‘illarini, qizlarini olovda kuydirib qurbonlik qilardilar, fol ochtirib, ta’birchilarga e’tiqod qilardilar. Egamiz oldida qabih ishlarga mukkasidan ketib, Egamizni g‘azablantiraverdilar.
18 Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablanib, ularni O‘zining huzuridan chiqarib tashlagandi. Yahudo xalqidan tashqari bironta qabila Egamizning huzurida qolmagan edi.
19 Hatto Yahudo xalqi ham o‘zlarining Egasi Xudoning amrlariga rioya qilmay qo‘ygandi. Ular Isroil xalqi joriy qilgan qabih yo‘ldan ketdilar.
20 Oqibatda Egamiz Isroilning hamma qavmidan yuz o‘girdi. Ularni talonchilarning qo‘liga berib, jazoladi. Oxiri, hammasini huzuridan uloqtirib tashladi.
21 Darvoqe, Egamiz Dovud xonadonidan Isroilni tortib olgandan keyin, Isroil xalqi Nabat o‘g‘li Yeribomni shoh qilgan edi. Yeribom Isroil xalqini Egamizning yo‘lidan ozdirib, og‘ir gunohga botirdi.
22 Isroil xalqi Yeribom qilgan hamma gunohlarga ergashdi, bu gunohlardan qaytmadi.
23 Natijada Egamiz payg‘ambar qullari orqali aytganiday, Isroil xalqini O‘z huzuridan quvgan va Isroil xalqi o‘z yurtlaridan Ossuriyaga surgun qilingan edilar. Ular hozirgacha o‘sha yerda yashaydilar.
24 Bobildan, Go‘sax, Ivvax va Sefarvayim shaharlaridan Ossuriya shohi odamlar olib kelib, Samariya shaharlarida Isroil xalqi o‘rniga joylashtirdi. Ular Samariyani egallab, Samariya shaharlarida istiqomat qila boshladilar.
25 Ular bu joylarga dastlab o‘rnashganlarida Egamizga sajda qilmadilar. Shuning uchun Egamiz Samariya shaharlariga arslonlar yubordi. Arslonlar o‘sha xalqlardan ba’zi odamlarni o‘ldirdi.
26 So‘ngra Ossuriya shohiga quyidagicha xabar jo‘natildi: “Siz Samariya shaharlariga ko‘chirib kelib o‘rnashtirgan xalqlar bu yurtning xudosi qonun–qoidalarini bilmayaptilar. Shuning uchun o‘sha xudo bu yerga arslonlar yuboryapti, odamlar esa arslonlarga yem bo‘lyapti.”
27 Shundan keyin Ossuriya shohi quyidagicha farmon berdi: “Samariyadan ko‘chirib yuborilgan ruhoniylardan birortasini o‘sha yerga qaytarib olib boringlar. Ruhoniy o‘sha yurtga borib yashasin va Samariyaning xudosi qonun–qoidalarini o‘sha yerdagi xalqlarga o‘rgatsin.”
28 Samariyadan ko‘chirib yuborilgan ruhoniylardan biri qaytib kelib, Baytilda istiqomat qila boshladi. U o‘sha yerda o‘rnashgan xalqlarga Egamizga qanday sajda qilishni o‘rgatishga kirishdi.
29 Lekin Samariya shaharlariga joylashgan har bir xalq o‘z xudolarining tasvirini yasayverdilar. Isroil xalqi Samariyada yashaganda barpo qilgan sajdagohlarga o‘sha xudolarning tasvirini qo‘ydilar.
30 Bobilliklar xudo Suxo‘tvano‘tning, Xutliklar xudo Nargalning, Xomatliklar xudo Oshimaning,
31 Ivvaxliklar esa xudo Nivxaz va Tartoqning tasvirlarini yasab, o‘sha xudolarga sajda qildilar. Sefarvayimliklar o‘zlarining xudolari Odrammalek va Anammalekka bolalarini kuydirib qurbonlik qildilar.
32 Ular ham Egamizga sajda qildilar, ayni paytda begona xudolarning sajdagohlarida xizmat qilish uchun oralaridan ruhoniylar ham saylab oldilar.
33 Ular Egamizga sajda qilish bilan birga, oralaridan ko‘chib kelgan xalqlarning odatlariga muvofiq o‘zlarining xudolariga ham xizmat qilaverdilar.
34 O‘sha xalqlar bugungacha eski odatlari bo‘yicha yashab keladilar: na Egamizdan qo‘rqadilar, na Egamiz Isroil otini bergan odam — Yoqubning o‘g‘illariga qilgan farmonlarga, qoidalarga, qonun va amrlarga itoat etadilar.
35 Zotan, Egamiz Yoqub o‘g‘illari bilan ahd tuzib, shunday amr etgan edi: “Begona xudolarga sajda qilmanglar, ta’zim qilmanglar, u xudolarga xizmat qilmanglar, qurbonlik qilmanglar.
36 Faqat buyuk qudrati va ajoyibotlari bilan sizlarni Misrdan olib chiqqan Men, Egangizga sajda qilinglar. Menga ta’zim qilib, qurbonlik keltiringlar.
37 Sizlar uchun yozgan farmonlarimni, qoidalarimni, qonunlarimni va amrlarimni to abad ijro etinglar va begona xudolarga sajda qilmanglar.
38 Sizlar bilan tuzgan ahdimni unutmanglar, begona xudolarga sajda qilmanglar.
39 Faqat Men, Egangiz Xudoga sajda qilinglar. Shunda Men sizlarni hamma g‘animlaringiz qo‘lidan xalos qilaman.”
40 Samariyaga o‘rnashgan xalqlar esa Egamizning amrlariga quloq solmasdan ilgarigi odatlariga ko‘ra yashayverdilar.
41 Bu xalqlar bir paytning o‘zida ham Egamizga sajda qilar, ham o‘yib ishlangan tasvirlarga xizmat qilardilar. Ularning bolalari va nabiralari ham bugungacha otalari kabi yashaydilar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак