Shohlar (to‘rtinchi kitob) 20 bob

1 Hizqiyo kasal bo‘ladi. 12 Bobildan kelgan elchilar. 20 Hizqiyo hukmronligining oxiri.

1 O‘sha kunlari Hizqiyo qattiq kasal bo‘lib qoldi. Ishayo payg‘ambar uning huzuriga kelib, shunday dedi: “Egamiz shunday aytmoqda: ‘Tayyorgarligingni ko‘rib qo‘yaver, tuzalmaysan endi, o‘lasan.’”
2 Hizqiyo yuzini devorga burib, Egamizga yolvordi:
3 “Ey, Egam! Chin qalbimdan Senga sodiq bo‘lib, yo‘llaringdan yurganimni va oldingda to‘g‘ri ishlar qilganimni esla.” Shunday deb achchiq–achchiq yig‘ladi.
4 Ishayo saroyning ichkari hovlisidan chiqib ulgurmagan ham ediki, Egamiz unga quyidagi so‘zlarini ayon qildi:
5 “Orqangga qaytib borib, xalqimning hukmdori Hizqiyoga shu xabarni yetkaz: ‘Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: «Iltijolaringni eshitdim, ko‘z yoshlaringni ko‘rdim. Senga sog‘ligingni qaytaraman. Uchinchi kuni Mening uyimga chiqasan.
6 Umringni yana o‘n besh yilga uzaytiraman. O‘zingni va bu shaharni Ossuriya shohining qo‘lidan xalos qilaman. O‘zim uchun va qulim Dovudning haqi–hurmati uchun bu shaharni muhofaza qilaman».’”
7 Shundan keyin Ishayo: “Anjir shirasi keltiringlar, shirani olib kelgach, yaraning ustiga qo‘yinglar, shunda Hizqiyo sog‘ayadi”, dedi.
8 Hizqiyo Ishayodan: — Egamiz meni sog‘aytirgandan keyin, uchinchi kuni Egamizning uyiga chiqar ekanman, buning alomatini nima isbotlaydi? — deb so‘radi.
9 Ishayo shunday javob berdi: — Egamiz bergan va’dasini bajarishini isbotlab, senga alomat ko‘rsatadi. Soya Oxozning zinapoyasidan o‘n qadam oldinga ketsinmi yoki o‘n qadam orqaga surilsinmi?
10 — Soya zinapoyadan o‘n qadam ilgari ketmog‘i odatdagi holdir, shuning uchun o‘n qadam orqaga surilsin, — dedi Hizqiyo.
11 Payg‘ambar Ishayo Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz soyani Oxozning zinapoyasidan o‘n qadam orqaga surdi.
12 O‘sha paytda Hizqiyoning xastaligini eshitgan Bobil shohi Marduxbaladon, unga maktub bilan birga hadyalar ham jo‘natdi. Marduxbaladon Baladon deganning o‘g‘li edi.
13 Hizqiyo elchilarni qabul qildi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushbo‘y hidli ziravorlarni va moylarni, qurol–yarog‘ omborini, omborlaridagi hamma narsalarni ularga ko‘rsatdi. Hizqiyo saroyidagi va o‘z hukmronligi ostidagi yerlarda bor bo‘lgan hamma narsani elchilarga ko‘rsatdi.
14 Ishayo payg‘ambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib: — Bu odamlar qayerdan kelibdilar? Senga nima dedilar? — deb so‘radi. — Uzoq bir yurtdan, Bobildan kelibdilar — deb javob berdi Hizqiyo.
15 Ular saroyingda nimani ko‘rdilar? — deb so‘radi Ishayo. — Saroyimdagi hamma narsani ko‘rdilar, — deya javob berdi Hizqiyo. — Xazinalarimda men ularga ko‘rsatmagan hech narsa qolmadi.
16 Shunda Ishayo aytdi: — Endi Egamizning so‘ziga quloq sol.
17 Egamiz aytmoqdaki: “Bir kun kelib, saroyingdagi hamma narsa, ota–bobolaringning bugungacha to‘plab qoldirganlari Bobilga tashib ketiladi. Hech narsa qolmaydi.
18 Sening pushti–kamaringdan bo‘lgan o‘g‘illaringdan ba’zilari ham olib ketiladi, ular Bobil shohining saroyida bichilgan qul bo‘ladi.”
19 Hizqiyo Ishayoga: — Egamiz sen orqali aytgan so‘zlar xosiyatlidir, — dedi–da, ichida: “Nima bo‘lgandayam, umrim oxirigacha tinch, xotirjam yashar ekanman–ku”, deb o‘yladi.
20 Hizqiyoning boshqa ishlari, qahramonliklari, hovuz va quvur qazib, qanday qilib shaharga suv keltirgani to‘g‘risida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
21 Hizqiyo olamdan o‘tgach, o‘rniga o‘g‘li Manashe shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18