Shohlar (to‘rtinchi kitob) 11 bob

1 Yahudo malikasi Otaliyo. 17 Yohayido qilgan islohotlar.

1 Otaliyo o‘z o‘g‘li shoh Oxaziyoning o‘ldirilganini eshitgach, Yahudoda Oxaziyoning jamiki urug‘ini qirib tashlashga kirishdi.
2 Shohning hamma o‘g‘illarini o‘ldirish rejalashtirilgan edi. Shoh Yohuramning Yohusheva degan qizi bor edi. Yohusheva Oxaziyoga o‘gay singil edi. Yohusheva Oxaziyoning o‘g‘li Yo‘shni shohning o‘g‘illari orasidan bildirmasdan olib qochdi. Uni, enagasi bilan birga, Egamizning uyidagi yotoqxonaga yashirdi. Bola Otaliyodan yashirinib, tirik qoldi.
3 Otaliyo yurtni boshqargan paytda, bola olti yil davomida Egamizning uyida enagasi bilan birga yashirinib yurdi.
4 Yettinchi yili ruhoniy Yohayido Xaryollik qo‘riqchilarning lashkarboshilariga va saroy qo‘riqchilarining lashkarboshilariga xabar berib, ularni chaqirtirdi. Hammalarini Egamizning uyiga yig‘ib, ular bilan ahd tuzdi. Hammalariga Egamizning uyida ont ichirgandan keyin, shohning o‘g‘li Yo‘shni ularga ko‘rsatdi.
5 Yohayido ularga shunday buyurdi: “Endi sizlar bunday qilasizlar: Shabbat kuni xizmatdagilarning uchdan biri shoh saroyini qo‘riqlashadi.
6 Uchdan biri Sur darvozasini, uchdan biri esa saroy darvozasini qo‘riqlashadi va saroy qo‘riqchilari o‘rniga turishadi.
7 Shabbat kuni xizmatlari bitgan boshqa ikki qism sipohlaringiz Egamizning uyi atrofida turib shohni qo‘riqlasin.
8 Hamma qo‘lida quroli bilan shohni har tomondan o‘rab olsin, kim safga yaqinlashsa, o‘ldirilsin. Shoh kirganda ham, chiqqanda ham, unga hamroh bo‘linglar.”
9 Yuzboshilar ruhoniy Yohayidoning amrlarini so‘zsiz bajardilar. Har bir yuzboshi Shabbat kuni xizmatini boshlagan va xizmatini tugatgan qo‘riqchilarini olib, Yohayidoning yoniga bordi.
10 Ruhoniy Egamizning uyida turgan shoh Dovudning nayzalariyu qalqonlarini yuzboshilarga tarqatdi.
11 Shohni qo‘riqlash uchun uyning janub tomonidan shimol tomonigacha, qurbongohning va uyning atrofiga soqchilar jangga shay qilib qo‘yildi.
12 Yohayido shohning o‘g‘li Yo‘shni tashqariga olib chiqib, boshiga toj kiygizdi. Unga shohlik qonunlarini berdi. Yo‘sh shoh deb e’lon qilindi. Uning boshiga moy surtishdi, so‘ngra: “Shohimizning umrlari uzoq bo‘lsin!” deya olqishlab, qarsak chaldilar.
13 Otaliyo qo‘riqchilar bilan xalqning shovqin– suronini eshitgach, Egamizning uyiga yig‘ilganlar yoniga bordi.
14 Qarasaki, odatga ko‘ra, Egamizning uyi eshigi yonidagi ustun oldida shoh turibdi, shohning atrofini lashkarboshilar, karnaychilar o‘rab olgan. Yurtning butun xalqi shod–xurram, karnay chalyapti. Shunda Otaliyo g‘azabdan liboslarini yirtib: “Xoinlik! Xoinlik!” deb baqirdi.
15 Ruhoniy Yohayido yuzboshilarga: “U xotinni bu yerdan olib chiqib ketinglar, kimki unga ergashsa, qilichdan o‘tkazinglar”, deya buyruq berdi. Ruhoniy o‘sha ayolning Egamiz uyida o‘ldirilishini istamadi.
16 Otaliyo ushlandi va saroyning Ot darvozasiga keltirilib, o‘sha yerda o‘ldirildi.
17 Ruhoniy Yohayido, Yahudo xalqi Egamizning xalqi bo‘lsin, deya shoh, xalq va Egamiz orasida ahd tuzdi. Undan keyin xalq bilan shoh orasida ham ahd tuzdi.
18 So‘ng butun xalq Baalning uyiga borib, uni buzib tashladi, u yerdagi qurbongohlarni va Baalning tasvirlarini sindirdi, Baalning ruhoniysi Mattonni esa qurbongohlarning ro‘parasida o‘ldirdi.
19 So‘ngra yuzboshilarni, Xaryollik qo‘riqchilarni, saroy qo‘riqchilarini va jamiki xalqni yoniga olib, shohni Egamizning uyidan olib chiqdi. Ular qo‘riqchilar darvozasidan o‘tib, shohni saroyga olib keldilar va taxtga o‘tqazdilar.
20 Otaliyo shoh saroyida o‘ldirilgani uchun, yurt xalqi sevindi. Quddus osoyishta bo‘lib qoldi.
21 Yo‘sh taxtga o‘tirgan paytda yetti yoshda edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18