Shohlar (to‘rtinchi kitob) 6 bob

1 Bolta suv yuziga chiqadi. 8 Oram lashkari va Elishay. 24 Samariyada ocharchilik.

1 Bir kuni payg‘ambarlar guruhi Elishayga: — Qarang, siz bilan biz yig‘iladigan mana shu joyimiz tor, — dedilar.
2 — Ijozat bering, Iordan daryosi bo‘yiga boraylik, har birimiz u yerda yog‘och kesib, o‘sha yerda o‘zimizga boshpana quraylik. — Mayli boringlar, — dedi Elishay.
3 — Ulardan bittasi: — Marhamat qilib, siz ham biz, qullaringiz, bilan birga boring, — dedi. — Xo‘p, boraman, — dedi Elishay.
4 Elishay ular bilan birga ketdi. Hammalari Iordan daryosi bo‘yiga yetib kelib, daraxt kesa boshladilar.
5 Bittasi daraxt kesayotib, boltasini suvga tushirib yubordi. U: “O, hazratim! Boltani omonatga olgan edim!” — deb baqirdi.
6 — Bolta qaysi joyga tushdi? — so‘radi payg‘ambar. O‘sha odam Elishayga bolta tushgan joyni ko‘rsatdi. Elishay daraxtdan bitta shox kesib olib, suvga tashlagan edi, bolta suv yuziga chiqdi.
7 — Ol uni, — dedi Elishay. O‘sha odam qo‘lini uzatib, boltani oldi.
8 Oram shohi Isroilga lashkar tortdi va “Falon joyga lashkarimni joylashtiraman”, deb lashkarboshilari bilan maslahatlashib oldi.
9 Payg‘ambar Isroil shohiga: “O‘sha joydan o‘tmang, chunki u yerga Oram lashkari pistirma qo‘ygan” degan xabar yubordi.
10 Isroil shohi payg‘ambar aytgan joyga xabarchi yubordi. O‘sha yerda yashaydigan odamlar bu xavfning chorasini ko‘rdilar. Bunday voqea bir–ikki marta emas, ko‘p marta yuz berdi.
11 Bu hodisadan Oram shohi qattiq bezovtalandi. U lashkarboshilarini chaqirib: — Menga aytinglar–chi, qaysi biringiz Isroil shohi bilan aloqadasiz? — dedi ularga.
12 — Hech qaysimiz, shoh janoblari! — dedi lashkarboshilardan biri. — Bu Isroildagi payg‘ambar Elishayning ishi, u hatto yotoqxonangizda aytgan gapingizni ham Isroil shohiga ayon qilib turadi.
13 — Boringlar, uning qayerdaligini bilib kelinglar! — deb buyurdi Oram shohi. — Men birortasini yuboraman–da, uni qo‘lga tushiraman. Shundan keyin: “Elishay Do‘tanda”, deb shohga xabar yetkazdilar.
14 Oram shohi o‘sha yerga otliqlar, jang aravalari va katta kuch jo‘natdi. Ular tunda kelib, shaharni o‘rab oldilar.
15 Tongda payg‘ambarning xizmatkori o‘rnidan turib, tashqari chiqdi. Qarasa, shahar atrofida otliq lashkarlar, jang aravalari turibdi. Shunda xizmatkor: — Evoh! Hazratim, endi nima qilamiz? — deb so‘radi.
16 — Qo‘rqma, — dedi Elishay, — chunki bizning himoyachilarimiz ularnikidan juda ko‘p.
17 Keyin Elishay iltijo qildi: — Ey, Egam! Xizmatkorimning ko‘zini och, u ko‘rsin! Egamiz xizmatkorning ko‘zini ochib yubordi. Elishayning atrofidagi qirlar olovli otlar va jang aravalariga to‘lib ketganini xizmatkor ko‘rdi.
18 Oram lashkari Elishayga hujum qilgan edi, Elishay Egamizga: “Ularni ko‘r qilib qo‘y!” deb iltijo qildi. Egamiz Elishayning iltijosini eshitdi– da, Oram lashkarini ko‘r qilib qo‘ydi.
19 Keyin, Elishay Oram lashkariga dedi: — Sizlar adashib qolibsizlar, sizlar izlayotgan shahar bu emas. Ortimdan yuringlar, men izlayotgan odamingiz oldiga sizlarni olib boraman. Shunday qilib, Elishay Oram lashkarini Samariyaga boshlab keldi.
20 Ular Samariyaga yetib kelganlaridan keyin Elishay: — Ey, Egamiz! Ularning ko‘zlarini och, toki ular ko‘rsin, — deb iltijo qilgan edi, Egamiz Oram lashkarining ko‘zini ochdi. Ular qarasalar, Samariyaning o‘rtasida turibdilar.
21 Isroil shohi Oram lashkarini ko‘rgach: — Ularni qirib tashlaymi, ota? — deb so‘radi.
22 — Yo‘q, o‘ldirma! — dedi Elishay. — Nega o‘ldirar ekansan?! Sen ularni jang qilib asir olganingda ham o‘ldirmasding. Ularga non, suv ber, yeb–ichib, o‘zlarining hukmdori yoniga qaytib ketishsin.
23 Shoh asirlarga katta ziyofat tayyorladi. Asirlar yeb–ichib bo‘lishgach, Isroil shohi ularni yo‘llariga qaytarib yubordi. Oram lashkarlari o‘zlarining hukmdori yoniga ketishdi. Bu bosqinchilar qaytib Isroil yerlariga qadam bosmadilar.
24 Oradan ancha vaqt o‘tgach, Oram shohi Banhadad hamma lashkarlarini yig‘ib Samariyani qamal qildi.
25 Oram lashkarlari Samariyani qamal qilib turar ekanlar, u yerda og‘ir qahatchilik yuz berdi. Natijada eshakning kallasi sakson kumush tangaga, ikki kosa kaptar axlati besh kumush tangaga sotildi.
26 Bir kuni Isroil shohi shahar devori ustida ketayotgan edi, bir ayol: “Shoh hazratlari! Yordam bering”, deb faryod qildi.
27 — Senga Egamiz yordam bermasa, men qanday yordam bera olaman?! — dedi shoh. — Men bug‘doy yoki sharob bera olarmidim?!
28 Darding nima? — Mana bu ayol: “O‘g‘lingni ber, uni bugun yeylik, mening o‘g‘limni ertaga yeymiz”, deb aytgan edi.
29 Mening o‘g‘limni pishirib yedik. Ertasiga men unga: “O‘g‘lingni ber, uni yeylik”, degan edim, u o‘g‘lini yashirib qo‘yibdi, — dedi u.
30 Shoh ayolning so‘zlarini eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtdi. Xalq devor ustida ketayotgan shohning libosi ichidagi qanorni ko‘rib qoldi.
31 So‘ngra shoh dedi: — Agar shu bugun Elishayning boshi olinmasa, Xudo meni ne ko‘yga solsa solsin, hatto bundan battarrog‘ini qilsin.
32 Shoh xabarchi jo‘natganda, Elishay o‘z uyida oqsoqollar bilan birga o‘tirgan edi. Shoh yuborgan xabarchi Elishaynikiga kelmasdan oldin, Elishay oqsoqollarga aytdi: — Ko‘ryapsizlarmi qotilni?! Mening boshimni olmoq uchun qotil odamini jo‘natdi! Qarab turinglar, xabarchi kelganda, eshikni yopinglar, uni ichkariga kiritmanglar. Ana, uning orqasidan xo‘jayinining oyoq tovushlari kelyapti!
33 Elishay oqsoqollar bilan suhbatlashib o‘tirganda, xabarchi uning oldiga kelib, shohning quyidagi so‘zlarini yetkazdi: “Shuncha kulfat Egamizdan keldi! Nima uchun men endi Unga umid bog‘lashim kerak?!”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак