Shohlar (to‘rtinchi kitob) 2 bob

1 Ilyos osmonga olinadi. 19 Elishayning mo‘jizalari.

1 Egamiz Ilyosni quyun ichida osmonga ko‘tarib ketadigan vaqt keldi. Ilyos bilan Elishay Gilgal shahridan chiqib ketishayotganda,
2 Ilyos Elishayga: — Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Baytil shahriga bor, deb amr qilgan, — dedi. — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — dedi Elishay. So‘ngra ular Baytilga jo‘nadilar.
3 Baytilda payg‘ambarlar guruhi Elishayga peshvoz chiqib: — Egamiz bugun hazratingni olib ketadi, buni bilasanmi? — deb so‘radilar. — Bilaman, — dedi Elishay, — lekin menga bu to‘g‘rida gapirmanglar.
4 Keyin Ilyos Elishayga: — Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Yerixo shahriga bor, deb amr bergan, — dedi. — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — deya javob qaytardi Elishay. So‘ngra ular Yerixoga kelishdi.
5 Yerixoda payg‘ambarlar guruhi Elishayning oldiga kelib, undan: — Egamiz bugun hazratingni olib ketadi, buni bilasanmi? — deb so‘rashdi. — Bilaman, — dedi Elishay, — lekin menga bu to‘g‘rida gapirmanglar.
6 Keyin Ilyos Elishayga: — Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Iordan daryosiga bor, deb amr bergan, — dedi. — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — dedi Elishay. Shunday qilib, ikkovlari jo‘nab ketishdi.
7 Payg‘ambarlardan elliktasi kelib, uzoqroqda ikkovining ro‘parasida to‘xtadilar. Ikkovi esa Iordan daryosi bo‘yida turardilar.
8 Bir payt Ilyos chakmonini oldi–da, burab eshib, suvga urgan edi, suv ikki tomonga surilib, yo‘l ochildi. Ikkovlari quruq joydan o‘tib ketdilar.
9 Ular narigi qirg‘oqqa o‘tib olishgach, Ilyos Elishayga aytdi: — Meni hademay Egamiz olib ketadi. Ayt, shu voqea yuz bermasdan oldin sen uchun nima qilay? Shunda Elishay: — Iltimos, sizning payg‘ambarlik ruhingizdan menga ikki hissa ko‘p meros qolsin, toki sizning izdoshingiz bo‘lay, — dedi.
10 — Qiyin narsani so‘rayapsan, — dedi Ilyos. — Mayli, agar men yoningdan ko‘tarilib ketayotganimni ko‘ra olsang, istaganing bajo bo‘ladi. Agar ko‘ra olmasang, bajo bo‘lmaydi.
11 Ular yo‘lda suhbatlashib ketishayotgan edi, birdan olov otlar qo‘shilgan olov arava paydo bo‘lib, ularning o‘rtasiga yeldek uchib keldi. Ilyos quyun ichida osmonga chiqib ketdi. Shunday qilib, ikkovlari bir–birlaridan ayrildilar.
12 Elishay buni ko‘rib Ilyosga xitob qildi: — Otam! Otam! Siz Isroilning qudratli himoyachisi edingiz! Isroilning jang aravasi va otliq lashkari kabi edingiz–a! Qayoqqa ketib qoldingiz–a! Elishay Ilyosni boshqa ko‘ra olmagani uchun, egnidagi kiyimini ikkiga bo‘lib tashladi.
13 Ilyosning egnidan chakmoni tushib qolgan edi. Elishay o‘sha chakmonni olib orqasiga qaytib, Iordan daryosi qirg‘og‘iga keldi.
14 Elishay Ilyosning chakmonini suvga urib: “Egam Ilyosga qilganiday, men uchun ham mo‘jiza ko‘rsatadimi?” — dedi. Elishay chakmonini yana suvga urgan edi, daryo suvi ikki tomonga surilib yo‘l ochildi. Elishay o‘sha joydan o‘tib ketdi.
15 Yerixolik payg‘ambarlar guruhi olisdan Elishayni ko‘rib: — Elishayda Ilyosning ruhi bor, — deb Elishayga peshvoz chiqdilar. Uni kutib oldilar, yer o‘pib unga ta’zim qildilar.
16 So‘ngra payg‘ambarlar Elishayga: — Biz, qullaringizning ellikta baquvvat odamlarimiz bor, — dedilar. — Ijozat bering, ular borib, hazratingizni izlashsin. Balki Egamizning Ruhi uni biror toqqa yoki vodiyga boshlab ketgandir. — Yo‘q, yubormanglar, — dedi Elishay ularga.
17 Lekin payg‘ambarlar guruhi iltimos qilaverib, oxiri uni ko‘ndirdilar. Elishay: “Mayli, yuboringlar”, dedi. Payg‘ambarlar guruhi ellikta odamni jo‘natdilar. Odamlar uch kun qidirib, Ilyosni topa olmaganlaridan keyin,
18 Elishayning yoniga qaytib keldilar. Elishay bu paytda Yerixoda edi. Elishay ularga: — Sizlarga, bormanglar, deb aytmaganmidim?! — dedi.
19 O‘sha shaharning aholisi Elishayga murojaat qildi: — Hazratimiz ko‘rib turganlariday, shahar yaxshi yerga joylashgan, lekin suvi yaxshi emas, yeri ham hosil bermaydi.
20 Shunda Elishay: — Menga yangi kosaga tuz solib beringlar, — dedi. Ular Elishayning aytganini berdilar.
21 Elishay buloq boshiga chiqib, tuzni suvga tashladi–da, shunday dedi: — Egamiz shunday aytmoqda: “Men bu suvni toza qildim, endi bu suv tufayli hecham o‘lim, hosilsizlik bo‘lmaydi.”
22 Elishay aytganidek, suv toza bo‘ldi va hozirgacha tozadir.
23 Shundan keyin Elishay u yerdan Baytilga yo‘l oldi. U yo‘lda ketayotgan edi, shahardan yosh bolalar chiqib: — Jo‘nab qol, yo‘qol, kal! Jo‘nab qol, kal! — deb uni masxara qilishdi.
24 Elishay orqasiga qayrilib, bolalarga qaradi va ularni Egamizning nomi bilan qarg‘adi. Shu payt o‘rmondan ikkita urg‘ochi ayiq chiqib, bolalardan qirq ikkitasini burda–burda qilib tashladi.
25 Elishay bu yerdan Karmil tog‘iga ketdi, u yerdan esa Samariyaga qaytdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18