Shohlar (to‘rtinchi kitob) 15 bob

1 Yahudo shohi Uzziyo. 8 Isroil shohi Zakariyo. 13 Isroil shohi Shallun. 17 Isroil shohi Manaxim. 23 Isroil shohi Pakaxiyo. 27 Isroil shohi Pekax. 32 Yahudo shohi Yo‘tom.

1 Yorubom Isroilda hukmronlik qilayotganiga yigirma yetti yil bo‘lganda, Uzziyo Yahudo shohi bo‘ldi. Uzziyo Emoziyoning o‘g‘li edi.
2 Uzziyo shoh bo‘lganda, o‘n olti yoshda edi. U Quddusda ellik ikki yil hukmdorlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yoxoliyo edi.
3 Uzziyo ham, otasi Emoziyo kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
4 Lekin sajdagohlar hamon yo‘q qilinmagan, xalq o‘sha joylarda hali ham qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
5 Egamiz Uzziyoni jazolab, teri kasalligiga yo‘liqtirdi. Umrining oxirigacha bir uyda yolg‘iz yashadi. Yurt xalqini ham, shoh saroyini ham o‘g‘li Yo‘tom boshqarardi.
6 Uzziyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
7 Uzziyo olamdan o‘tib, Dovud qal’asida ota– bobolari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Yo‘tom shoh bo‘ldi.
8 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘ttiz sakkiz yil bo‘lganda, Zakariyo Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va olti oy hukmronlik qildi. Zakariyo Yorubomning o‘g‘li edi.
9 U ham, otalari kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
10 Shallun degan odam Zakariyoga qarshi fitna uyushtirdi. Shallun Yobosh deganning o‘g‘li edi. Hammaning oldida Zakariyoni o‘ldirib, o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi.
11 Zakariyoning boshqa ishlari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
12 Shunday qilib, Egamizning Yohuga: “Sening nasling to‘rtinchi avlodigacha Isroil taxtida o‘tiradi”, deb aytgan va’dasi amalga oshdi.
13 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘ttiz to‘qqiz yil bo‘lganda, Shallun Isroil shohi bo‘ldi va Samariyada bir oy hukmronlik qildi.
14 Manaxim degan odam Tirzadan Samariyaga kelib, Shallunga suiqasd uyushtirdi. Manaxim Gadi deganning o‘g‘li edi. Manaxim Shallunni o‘ldirib, o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi.
15 Shallunning boshqa ishlari va u qilgan fitna haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
16 O‘shanda Tifsax aholisi taslim bo‘lmagani uchun, Manaxim Tirzadan tortib Tifsax shahri va uning atrofidagi qishloqlarni qirdi. Hatto homilador ayollarning qorinlarini yorib tashladi.
17 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘ttiz to‘qqiz yil bo‘lganda, Manaxim Isroil shohi bo‘lgan va Samariyada o‘n yil hukmdorlik qilgan edi.
18 U Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga umri bo‘yi ergashdi.
19 Shundan keyin Ossuriya shohi Tig‘latpilasar Isroil yerlariga hujum qildi. “Tig‘latpilasar meni qo‘llab–quvvatlasin, o‘zim shoh bo‘lib qolay”, degan maqsadda Manaxim unga 2140 pud kumush berdi.
20 Manaxim Isroildagi hamma boylarni odam boshiga ellik kumush tangadan to‘lashga majbur qilib, Ossuriya shohiga berilgan kumushning o‘rnini qopladi. Shundan so‘ng Ossuriya shohi Isroil yerlaridan chiqib, yurtiga qaytib ketdi.
21 Manaximning boshqa ishlari, uning butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
22 Manaxim olamdan o‘tgach, o‘rniga o‘g‘li Pakaxiyo shoh bo‘ldi.
23 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga ellik yil bo‘lganda, Pakaxiyo Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va ikki yil hukmronlik qildi. Pakaxiyo Manaximning o‘g‘li edi.
24 Pakaxiyo Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
25 Pekax degan lashkarboshi Pakaxiyoga qarshi fitna uyushtirdi. Pekax Ramaliyo degan odamning o‘g‘li edi. Pekax yoniga Giladlik ellikta odamni olib, Samariyadagi shoh saroyining qal’asida Pakaxiyoni, Argob va Oreyni o‘ldirdi. Uning o‘rniga Pekaxning o‘zi shoh bo‘ldi.
26 Pakaxiyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
27 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga ellik ikki yil bo‘lganda, Pekax Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va yigirma yil hukmronlik qildi.
28 U Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.
29 Isroil shohi Pekax davrida Ossuriya shohi Tig‘latpilasar bostirib kelib, Isroilning Iyxon, Ovil–Bayt–Maxo, Yonox, Kedesh, Xazor shaharlari bilan birga Gilad, Jalila va butun Naftali hududlarini qo‘lga kiritdi hamda bu yerlardagi xalqni Ossuriyaga asir qilib olib ketdi.
30 Yahudo shohi Yo‘tom hukmronligining yigirmanchi yilida Xo‘sheya Pekaxga fitna uyushtirib, uni o‘ldirdi va o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi. Xo‘sheya Elox deganning o‘g‘li edi.
31 Pekaxning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
32 Isroil shohi Pekax hukmronlik qilayotganiga ikki yil bo‘lganda, Yo‘tom Yahudo shohi bo‘ldi. Yo‘tom Uzziyoning o‘g‘li edi.
33 Yo‘tom yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Yerusha bo‘lib, u Zodo‘xning qizi edi.
34 Yo‘tom, otasi Uzziyo kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
35 Ammo sajdagohlar hamon yo‘q qilinmagan, xalq o‘sha sajdagohlarda qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi. Yo‘tom Egamiz uyining hovlisida Yuqori Darvozani qurdi.
36 Yo‘tomning boshqa ishlari, butun faoliyati haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
37 O‘sha kunlarda Oram shohi Ratan bilan Isroil shohi Pekax Yahudoga hujum qilishlariga Egamiz yo‘l qo‘yib berdi.
38 Yo‘tom olamdan o‘tib, bobosi Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Oxoz shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак