Shohlar (to‘rtinchi kitob) 23 bob

1 Yo‘shiyo butparastlikni yo‘q qiladi. 21 Yo‘shiyo Fisih ziyofatini nishonlaydi. 24 Yo‘shiyo joriy qilgan islohotlar. 28 Yo‘shiyoning o‘limi. 31 Yahudo shohi Yohuxoz. 35 Yahudo shohi Yohayiqim.

1 Shoh Yo‘shiyo xabar berib, Yahudo va Quddusning hamma oqsoqollarini huzuriga to‘pladi.
2 Jamiki Yahudo xalqi va Quddus aholisi, ruhoniylar, payg‘ambarlar, zodagonlaru avom xalq shoh boshchiligida Egamizning uyiga bordi. Shoh Egamizning uyidan topilgan Ahd kitobini boshidan oxirigacha ularning oldida o‘qidi.
3 Shoh Egamizning uyi eshigi oldidagi ustun yonida turib: “Egamiz ko‘rsatgan yo‘ldan yuraman, amrlariga itoat etaman, shartlariga, farmonlariga butun qalbim bilan, jonu dilim bilan quloq solaman, bu kitobda yozilgan ahd so‘zlarini ado etaman”, deb Egamiz bilan qayta ahd qildi. Butun xalq bu ahdga qo‘shildi.
4 Shoh Yo‘shiyo: “Baalga, Asheraga va barcha samoviy jismlarga atab qilingan narsalar Egamizning uyidan olib chiqib tashlansin”, deb oliy ruhoniy Xilqiyoga, undan keyingi ruhoniylarga, Egamizning uyi darvozabonlariga farmon berdi. O‘sha buyumlarni Quddus tashqarisidagi Qidron soyligiga chiqartirib yoqdi, kulini Baytilga olib keltirdi.
5 Yahudo shohlari Yahudo shaharlaridagi va Quddus atrofidagi sajdagohlarda butparast ruhoniylarni tayinlagan edilar. O‘sha ruhoniylar sajdagohlarda qurbonliklar keltirardi. Yo‘shiyo Baalga, quyoshga, oyga, sayyoralarga va jamiki samoviy jismlarga qurbonlik qilgan o‘sha ruhoniylarni yo‘q qildi.
6 U Egamizning uyidan Asheraning ustunini Quddus tashqarisiga — Qidron soyligiga chiqarib yoqdi. Maydalab kul qilib, kulni avom xalqning qabrlari ustiga sepdi.
7 Fahshbozlarning Egamiz uyidagi hujralarini buzdi. U yerda ayollar Asheraga atab to‘quv ishlarini bajarishardi.
8 Yo‘shiyo Yahudo shaharlaridan hamma ruhoniylarni chiqarib yubordi. G‘ibodan Bershevagacha ruhoniylar qurbonliklar keltiradigan sajdagohlarni yaramaydigan qildi. U Quddus hokimi Yoshua Darvozasining kirishidagi sajdagohlarni yo‘qotdi. Bu darvoza shaharga kirishda chap tomonda edi.
9 Sajdagohlarning ruhoniylari Egamizning Quddusdagi qurbongohiga qurbonlik qilishmas, lekin ruhoniy birodarlarning ulushidan xamirturushsiz non tanovul qila olardilar.
10 Yo‘shiyo, birortasi o‘g‘lini yoki qizini Mo‘laxga olovda kuydirib qurbonlik qilmasin, deb Xinnum soyligidagi Tofat degan joydagi sajdagohni yaramaydigan qildi.
11 Yahudo shohlari quyoshga atagan otlarning haykalini Egamizning uyi eshigi oldidan yo‘qotdi. Otlar Egamiz uyining hovlisida — a’yon Natanmalekning xonasi yonida edi. Yo‘shiyo quyoshga atalgan jang aravalarini ham olovda yoqdi.
12 Oxozning boloxonasi tomidagi Yahudo shohlari qildirgan qurbongohlarni ham, Egamiz uyining ikkala hovlisida Manashe qildirgan qurbongohlarni ham buzdi va maydalab tuyib, Qidron soyligiga sochib yubordi.
13 Quddusning sharqida — Makruh tog‘ining janubida Isroil shohi Sulaymon Sidonning makruh xudosi Ashtaret uchun, Mo‘abning makruh xudosi Xamo‘sh uchun va Ommonning makruh xudosi Mo‘lax uchun qildirgan sajdagohlarni yaramaydigan qildi.
14 U butsimon toshlarni sindirib, Asheraga atalgan ustunlarni qo‘porib tashladi, ularning o‘rnini inson suyaklari bilan to‘ldirdi.
15 Bundan tashqari, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom Baytilda o‘rnatgan sajdagohni ham, qurbongohni ham yo‘qotdi. Sajdagohga o‘t qo‘yib, kulini ko‘kka sovurdi. U Asheraning ustuniga o‘t qo‘yib yubordi.
16 So‘ngra Yo‘shiyo qayrilib qarab, adirdagi qabrlarni ko‘rdi. U yerdagi qabrlarni ko‘rgach, odamlarini yuborib, mozorlardagi suyaklarni chiqartirdi, Egamizning so‘ziga binoan, suyaklarni qurbongohda yoqdi va shu tariqa qurbongohni yaramaydigan qildi. Zotan, bu haqda payg‘ambar qurbongohga nido qilgan edi.
17 — Anavi yodgorlik toshi kimniki? — deb so‘radi Yo‘shiyo. — Yahudodan kelib, Baytildagi qurbongohda siz qilgan ishlar to‘g‘risida nido qilgan payg‘ambarning qabridir, — deya javob berishdi shahar aholisi.
18 — Unga tegmanglar, — dedi shoh. — Hech kim uning suyaklarini bezovta qilmasin. Shunday qilib, payg‘ambarning suyaklariga ham, Samariyadan kelgan payg‘ambarning suyaklariga ham tegmadilar.
19 Isroil shohlari butun yurt bo‘ylab begona xudolarning sajdagohlarini qurib Egamizni g‘azablantirgan edilar. Yo‘shiyo, xuddi Baytilda qilganiday, bu sajdagohlarni vayron qilish uchun sipohlar jo‘natdi.
20 O‘sha shaharlardagi sajdagohlarning hamma ruhoniylarini qurbongohlarda bo‘g‘izladi. Inson suyaklarini qurbongohlarda yoqdi. Shundan keyin Quddusga qaytib ketdi.
21 Shoh: “Egangiz Xudoning Fisih ziyofatini bu Ahd kitobida yozilganiday nishonlang”, deb xalqqa farmon berdi.
22 Isroilga rahnamolik qilgan hakamlar davridan buyon na Isroil shohlari, na Yahudo shohlari hukmronligi paytida Fisih ziyofati shunchalik nishonlanmagan edi.
23 Egamizga atalgan bu Fisih ziyofati esa shoh Yo‘shiyo hukmronligining o‘n sakkizinchi yilida Quddusda nishonlandi.
24 Yo‘shiyo yana ruhoniy Xilqiyo Egamizning uyidan topgan kitobda yozilgan qonunni ijro etmoq maqsadida arvoh chaqiruvchilarni, folbinlarni, xonaki sanamlarni va boshqa butlarni, Yahudo va Quddusda paydo bo‘lgan hamma makruh narsalarni yo‘q qilib tashladi.
25 Yo‘shiyodan oldin ham, keyin ham unga o‘xshab Musoning hamma qonunlariga muvofiq, butun qalbi bilan, jonu dili bilan, butun vujudi bilan Egamizga itoat etgan biron shoh chiqmadi.
26 Lekin Manashe qilgan gunohlari bilan Egamizning qattiq qahrini keltirgani uchun, Egamiz Yahudoga qarshi alangalangan g‘azabini hali qaytarmagan edi.
27 Shuning uchun Egamiz: “Isroil xalqini huzurimdan qanday haydagan bo‘lsam, Yahudo xalqini ham shunday qilaman, O‘zim tanlagan shahar Quddusdan va Men o‘sha yerda ulug‘lanaman, deb aytgan uyimdan yuz o‘giraman”, degan edi.
28 Yo‘shiyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
29 Yo‘shiyo hukmronligi paytida Misr fir’avni Nexo Ossuriya shohiga yordam berish uchun Furot daryosi tomon yo‘lga chiqdi. Shoh Yo‘shiyo esa Nexoning ustiga yurish qildi. Maxido‘da to‘qnashganlarida, Nexo Yo‘shiyoni o‘ldirdi.
30 A’yonlari Yo‘shiyoning jasadini jang aravasida Maxido‘dan Quddusga olib kelib, ota–bobolari xilxonasiga dafn qildilar. Yahudo xalqi Yo‘shiyoning o‘g‘li Yohuxozga moy surtib, uni otasining o‘rniga shoh qilib ko‘tardilar.
31 Yohuxoz yigirma uch yoshida taxtga o‘tirib, Quddusda uch oy shohlik qildi. Onasining ismi Xamutal bo‘lib, Libnalik Yeremiyoning qizi edi.
32 Yohuxoz ota–bobolariga o‘xshab Egamiz oldida qabih ishlar qildi.
33 Fir’avn Nexo, Yohuxoz Quddusda hukmdor bo‘lmasin deya Xomat yurtidagi Rivlo shahrida uni zanjirband qildi. Yurt xalqidan 200 pud kumush va 2 pud oltin o‘lpon talab qildi.
34 Fir’avn Nexo Yo‘shiyoning o‘g‘li Eliyaqimni otasining o‘rniga shoh qildi va ismini o‘zgartirib Yohayiqim qo‘ydi. So‘ngra Yohuxozni olib Misrga qaytdi. Yohuxoz o‘sha yerda vafot etdi.
35 Yohayiqim fir’avn istagan oltin va kumushni berdi. Nexoga o‘lpon to‘lash uchun esa yurt xalqiga soliq soldi va har biridan boyligiga qarab oltin va kumush yig‘di.
36 Yohayiqim yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n bir yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Zabudo bo‘lib, Rumaxlik Podiyoning qizi edi.
37 Yohayiqim ota– bobolari singari, Egamiz oldida qabih ishlar qildi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак