Shohlar (to‘rtinchi kitob) 25 bob

8 Egamizning uyi qulaydi. 18 Yahudo xalqi Bobilga ko‘chiriladi. 22 Yahudo hokimi Gadaliyo. 27 Yohayixin ozodlikka chiqadi.

1 Zidqiyo shohligining to‘qqizinchi yili o‘ninchi oyining o‘ninchi kuni Bobil shohi Navuxadnazar hamma lashkari bilan Quddus atrofiga kelib, qarorgoh qurdi. Shahar devori atrofida baland qurilmalar yasatdi.
2 Shoh Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha shahar qamalda qoldi.
3 To‘rtinchi oyning to‘qqizinchi kuni shaharda ochlik shu qadar kuchaydiki, xalq bir luqma non topolmay qoldi.
4 Oxiri shahar devoridan bir teshik ochishdi. Bobilliklar shaharni gir atrofdan qurshab turgan edilar. Hamma sipohlar tunda shoh bilan birga shohning bog‘i yaqinidagi ikki devorning orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi tomonga qochib ketdilar.
5 Ammo Bobil sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida unga yetib oldilar. Hamma lashkar esa shohni tashlab qochib ketdi.
6 Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Rivlo shahriga Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Zidqiyoni hukm qildilar.
7 Zidqiyoning ko‘zi oldida o‘g‘illarini qatl qilib, o‘zining ko‘zlarini o‘yib oldilar. Keyin uni kishanlab, Bobilga olib ketdilar.
8 Beshinchi oyning yettinchi kunida, Bobil shohi Navuxadnazar shohligining o‘n to‘qqizinchi yilida Bobil shohining amaldori — qo‘riqchilari sardori Nabizaradon Quddusga kirdi.
9 U Egamizning uyiga, shoh saroyiga va Quddusdagi hamma nufuzli odamlarning hashamatli imoratlariga o‘t qo‘ydi.
10 Qo‘riqchilar sardori rahnamoligida Bobil lashkarlari Quddusni o‘rab turgan devorlarni yiqitdilar.
11 Nabizaradon qolgan hamma xalqni — shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlarni olib ketdi.
12 Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lsinlar, deya hech vaqosi yo‘q, qashshoq odamlardan ba’zilarinigina qoldirdi, xolos.
13 Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni parchalab, hamma bronzani Bobilga olib ketdilar.
14 Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan idishlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar.
15 Nabizaradon toza oltin va kumush olovkuraklarni, tog‘orachalarni, hamma oltin va kumush buyumlarni olib ketdi.
16 Egamizning uyi uchun Sulaymon qildirgan ikki ustun, hovuz va aravalarga behisob bronza sarf qilingan edi.
17 Har bir ustunning balandligi 18 tirsak bo‘lib, tepasida bronzadan yasalgan ustunqosh bor edi. Ikkala ustunqoshning balandligi 5 tirsakdan, atroflari bronzadan yasalgan to‘rsimon bezak va anor tasviri bilan bezatilgan edi.
18 Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi.
19 Shaharda qolgan sipohlarning bitta lashkarboshisini, shohning yaqinlaridan beshtasini, yana xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshi kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi.
20 Ularning hammasini Rivlo shahriga — Bobil shohi huzuriga olib keldi.
21 Bobil shohi ularni Xomat yurtida — Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi o‘zlarining yurtidan surgun qilindilar.
22 Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoda qolgan xalq ustidan Gadaliyoni hokim qilib tayinladi. Shofonning nabirasi Gadaliyo Oxixamning o‘g‘li edi.
23 Lashkarboshilar va sipohlar, Bobil shohi Gadaliyoni hokim qilib tayinlaganini eshitgach, Mispaxga — Gadaliyoning huzuriga keldilar. Kelganlar Nataniyo o‘g‘li Ismoil, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon, Natufolik Tanxumat o‘g‘li Sarayo, Maxolik Yazaniyo va ularning odamlari edi.
24 Gadaliyo kelganlarga va ularning odamlariga ont ichib, shunday dedi: “Bobilliklarga tobe bo‘lishdan qo‘rqmanglar. Bu yurtda o‘rnashib, Bobil shohiga xizmat qilaveringlar. Shunda sizlarga yaxshi bo‘ladi.”
25 O‘sha yilning yettinchi oyida shoh urug‘idan bo‘lgan Ismoil o‘nta odami bilan birga Mispaxga borib, Gadaliyoni o‘ldirdi. Ismoil Elishamaning nabirasi, Nataniyoning o‘g‘li edi. Mispaxda Gadaliyo bilan birga bo‘lgan Yahudo odamlarini va Bobilliklarni ham qilichdan o‘tkazdi.
26 Shundan keyin jamiki xalq — boyu kambag‘al Bobilliklardan qo‘rqib, lashkarboshilar bilan birga, Misrga qochib ketdi.
27 Yahudo shohi Yohayixin surgunda yurganiga o‘ttiz yetti yil bo‘lganda, Evilmardux Bobil shohi bo‘ldi. Evilmardux o‘sha yilning o‘n ikkinchi oyi yigirma yettinchi kuni Yahudo shohi Yohayixinni zindondan ozod qildi.
28 Unga yaxshi munosabatda bo‘ldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan ko‘ra, balandroq martaba berdi.
29 Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr bo‘yi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi.
30 Umrining oxirigacha shoh tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18