Shohlar (to‘rtinchi kitob) 19 bob

1 Shoh Hizqiyo Ishayodan maslahat so‘raydi. 8 Ossuriyaliklarning maktubi. 20 Ishayo bashorat qiladi.

1 Shoh Hizqiyo yuz bergan voqealarni eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtib, qanorga o‘ranib, Egamizning uyiga bordi.
2 Bosh vazir Eliyaqimni, kotib Shavnani va oqsoqol ruhoniylarni Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambar huzuriga yubordi. Hammalari qanorga o‘ranib olgan edilar.
3 Ular Ishayoning huzuriga borib, shunday dedilar: — Hizqiyo aytyaptiki: “Bugun jafo chekyapmiz, jazo olyapmiz, sharmanda bo‘lyapmiz. Biz ko‘zi yoriyotgan, lekin tug‘ish uchun madori qolmagan ayolga o‘xshaymiz.
4 Barhayot Xudoni tahqirlash uchun Ossuriya shohi o‘zining mulozimini yuboribdi. Mulozimning so‘zlarini koshkiydi Egangiz Xudo eshitsa–yu, o‘sha so‘zlari uchun ularni jazolasa. Endi qolganlar uchun iltijo qil.”
5 Shoh Hizqiyoning a’yonlari Ishayo huzuriga kelgach,
6 Ishayo ularga shunday dedi: — Shohingizga shu gaplarni yetkazinglar: “Egamiz shunday aytmoqda: ‘Ossuriya shohining qullari Meni haqoratlab aytgan so‘zlardan qo‘rqma.
7 Uning ichiga bir ruh yuborganimdan keyin, u bir mish–mishni eshitib, o‘z yurtiga qaytib ketadi. Unga o‘z yurtida ajal keltiraman.’”
8 Ossuriya shohi Sanxarivning Laxish shahridan qaytib ketganini eshitib, shohning mulozimi ham orqasiga qaytdi. Shohni Libna shahriga qarshi urishayotgan yerida topdi.
9 Sanxariv: “Habashiston shohi Tirxoqo sen bilan urush qilgani otlandi” degan xabarni eshitdi. U Habashistonga qarshi jang boshlashdan oldin Yahudo shohi Hizqiyoga yana odamlari orqali shu gapni yetkazdi:
10 “Umid qilgan xudoying: ‘Quddus Ossuriya shohiga taslim bo‘lmaydi’, deb seni aldamasin.
11 Ossuriya shohlari butun yurtlarni yer bilan yakson qilib, ularni qanday ahvolga solganini eshitgansan. Endi sen qutulib qolmoqchi bo‘lyapsanmi?!
12 Otalarim qancha xalqlarni xonavayron qilgan edi, lekin ularni xudolari saqlab qolmadi–ku! Gozan, Xoron, Razaf aholisini, Talassarda yashagan Eden xalqlarini o‘zlarining xudolari saqlab qola oldimi?!
13 Qani, ayt–chi, Xomat shahrining shohi qani endi?! Arpad, Sefarvayim, Xana, Ivvax shaharlarining shohlari qayerda?!”
14 Hizqiyo xabarchilarning qo‘lidan maktubni olib o‘qigach, Egamizning uyiga kirdi. Maktubni Egamizning oldida ochib, yerga yoydi va
15 yolvorib ibodat qildi: “Ey, ikki karub orasida taxt qurgan Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Butun yer yuzidagi shohliklarning tanho Xudosi Sensan. Osmonni va yerni Sen yaratgansan.
16 Ey, Egam! Quloq solib, eshit, ko‘zlaringni ochib, qara. Sanxariv nimalar aytganini, u barhayot Xudoni qanday haqoratlaganini bilib qo‘y.
17 Ey, Egamiz! Biz bilamizki, Ossuriya shohlari bir qancha xalqlarni va ularning yurtlarini vayron qilganlar.
18 O‘sha xalqlarning xudolarini olovda yoqib, yo‘q qilganlar. Chunki o‘sha narsalar xudolar emas, balki inson qo‘li bilan yog‘ochdan, toshdan yasalgan narsalar edi.
19 Ey, Egamiz Xudo! Endi Sen bizni Sanxarivning qo‘lidan qutqargin, toki butun yer yuzidagi shohliklar Sening tanho Xudo ekaningni bilishsin, ey, Egamiz!”
20 Hizqiyoga Ishayo payg‘ambar shunday xabar yubordi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: ‘Ossuriya shohi Sanxariv haqida qilgan iltijolaringni eshitdim.’
21 Egamiz unga qarshi shu so‘zlarni menga ayon qildi: ‘Bokira qiz Quddus sendan nafratlanar, Ustingdan kular. Qiz Quddus orqangdan masxara qilar, Boshini chayqar.
22 Kimni haqorat qilding o‘zi? Kimni tahqirlading? Kimga qo‘rs gapirding? Kiborlarcha boqding, hey? Isroilning haqiqiy Xudosiga!
23 Xabarchilaring orqali Men, Rabbiyni haqorat qilding. O‘zing haqingda aytdingki: «Jang aravalari bilan Zabt etdim tog‘ cho‘qqilarini. Yetib bordim Lubnondagi inson qadami yetmagan joylarga. Qo‘pordim eng baland sadr daraxtlarini, Ham eng sara sarv daraxtlarini. Yetib bordim Lubnonning eng kimsasiz maskanlariga, Hatto o‘rmondagi eng qalin daraxtzorlariga.
24 Begona yurtlarda quduqlar qazidim, Suvlaridan shimirdim, chanqog‘im qondi. Quritdim Misrning hamma daryolarin Oyog‘im kafti bilan.»
25 Eshitmaganmisan, ey, Sanxariv, Ancha oldin mo‘ljallab qo‘ygan edim buni. Azaldan reja qilgan edim buni. Endi amalga oshirdim buni. Vayronaga aylantirgizdim Mustahkam shaharlarini.
26 Qo‘l, qanoti qirqildi shahar ahlining. Vahimaga tushib, bo‘ldilar sharmanda. Dalada o‘sgan o‘tga, Yangi maysalarga, Tomlarda o‘sgan maysalarga o‘xshab, O‘smasdan oldin qurib qoldilar.
27 Lekin seni bilaman: qanday o‘tirasan, Qachon kelib, qachon ketasan. Bilaman: Mendan g‘azabdasan.
28 Mendan g‘azablangan eding, Manmanliging yetib keldi qulog‘imga, shu bois O‘tkazaman burningdan halqamni, Og‘zingdan suvlig‘imni. Qaytarib olib keturman seni Kelgan yo‘lingdan.’
29 Sen uchun alomat shu bo‘ladi, ey, Hizqiyo: bu yil o‘zicha o‘sib chiqib pishgan narsani tanovul qilasizlar, ikkinchi yil — o‘rnidan o‘sib chiqqanini. Uchinchi yil urug‘ ekib hosil o‘rasiz, uzumzorlar barpo qilib, mevasin tanovul qilasiz.
30 Yahudo xalqining qutulib qolganlari yana quyiga ildiz otajak va yuqorida meva berajak.
31 Xalqning qolgani Quddusdan kelar, qutulganlari — Sion tog‘idan. Sarvari Olam buning yuz berishini qat’iy qilib qo‘ygan.
32 Ossuriya shohi to‘g‘risida Egamiz shunday aytmoqda: ‘Sanxariv bu shaharga kirolmas, o‘qlar otolmas, shaharga yaqinlashmas qalqoni bilan, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydirmas.
33 Kelgan yo‘lidan qaytib ketar, shaharga kirmas, — deb aytmoqda Egamiz.
34 — O‘zim uchun, qulim Dovudning haqi–hurmati uchun bu shaharni saqlayman, qo‘riqlayman.’”
35 O‘sha kechasi Egamizning farishtasi Ossuriyaliklarning qarorgohiga borib, 185.000 kishini o‘ldirdi. Ertasiga uyg‘onib qarasalar, qarorgoh jasadga to‘lib ketibdi.
36 Ossuriya shohi Sanxariv qarorgohni tashlab, orqaga qaytdi. Naynavoga kelib, o‘sha yerda to‘xtadi.
37 Sanxariv o‘z xudosi Nisroxning uyida sajda qilayotganda, o‘g‘illaridan Odrammalek bilan Sarizar unga bir qilich urgan edilar, u o‘ldi. Ikkovi ham Ararat yurtiga qochib ketdi. Sanxarivning o‘rniga o‘g‘li Isarxaddo‘n shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18