Shohlar (to‘rtinchi kitob) 18 bob

1 Yahudo shohi Hizqiyo. 13 Ossuriya qo‘shini Quddusni o‘rab oladi.

1 Isroil shohi Xo‘sheya hukmronlik qilayotganiga uch yil bo‘lganda, Hizqiyo Yahudo hukmdori bo‘ldi. Hizqiyo Oxozning o‘g‘li edi.
2 Hizqiyo yigirma besh yoshda edi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil shohlik qildi. Onasining ismi Abiyo bo‘lib, Zakariyo degan odamning qizi edi.
3 Hizqiyo, bobosi Dovud kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
4 U sajdagohlarni yo‘qotdi, butsimon toshlarni parchalab tashladi, Asheraning ustunlarini kesdi. Muso bronzadan yasagan Naxushton nomli ilon tasvirini ham sindirdi. Chunki Isroil xalqi o‘sha kungacha bronza ilon tasviriga qurbonlik keltirardi.
5 Hizqiyo Isroil xalqining Xudosi — Egamizga ishonardi. Hizqiyogacha ham, undan keyin ham Yahudo shohlari orasida unga o‘xshagani bo‘lmadi.
6 Hizqiyo Egamizga nihoyatda sodiq bo‘lib, Uning yo‘llaridan ozmadi. Egamiz Musoga bergan amrlarni ijro etdi.
7 Egamiz Hizqiyo bilan bo‘ldi. Hizqiyo nima ish qilmasin, Egamiz uni barakali qildi. U Ossuriya shohiga itoat qilmay, unga qarshi bosh ko‘tardi.
8 Hamma joyda — G‘azo va uning atroflarigacha, qishloqlardan tortib mustahkam shahargacha bo‘lgan joylarda Filistlarni mag‘lub qildi.
9 Hizqiyo shohligining to‘rtinchi yilida Ossuriya shohi Shalmanasar Samariyaga hujum qilib, qamal qildi. Bu paytda Isroil shohi Xo‘sheya yettinchi yil shohlik qilayotgan edi.
10 Qamalning uchinchi yilida Samariya quladi. Hizqiyo hukmronligining oltinchi yilida va Isroil shohi Xo‘sheya hukmronligining to‘qqizinchi yilida Shalmanasar Samariyani oldi.
11 Ossuriya shohi Isroil xalqini Ossuriyaga ko‘chirib, ularni Xalax shahriga, Xavor daryosi bo‘yidagi Gozan hududiga va Midiya shaharlariga joylashtirdi.
12 Ular o‘zlarining Egasi Xudoning amriga quloq solmaganlari uchun, Uning ahdini buzganlari uchun, Egamizning quli Musoning hamma amrlariga quloq solmay, ijro etmaganlari uchun shu hodisalar yuz berdi.
13 Hizqiyo shohligining o‘n to‘rtinchi yilida, Ossuriya shohi Sanxariv Yahudoning hamma mustahkam shaharlariga hujum qilib, bosib oldi.
14 Yahudo shohi Hizqiyo Laxish shahrida turgan Ossuriya shohiga shunday xabar yubordi: “Men aybdorman, mening yurtimdan keting, nimani talab qilsangiz, rozi bo‘laman.” Ossuriya shohi Yahudo shohi Hizqiyoga 640 pud kumush va 64 pud oltinni o‘lpon qilib to‘lashga majbur qildi.
15 Hizqiyo hamma kumushni Egamizning uyidan va shoh saroyining xazinalaridan topib, unga berdi.
16 Hizqiyo yana Egamizning uyi eshiklari bilan eshik kesakilari ustiga ilgari o‘zi qoplatgan oltin qoplamalarni ham chiqarib olib, Ossuriya shohiga berdi.
17 Keyin Ossuriya shohi o‘zining bosh qo‘mondoni, bosh vaziri va mulozimi boshchiligida katta lashkarni Laxishdan Quddusga, shoh Hizqiyoning ustiga safarbar qildi. Lashkar Quddusga borayotib, Yuqori Hovuz arig‘i yonida to‘xtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yo‘l yonida edi.
18 Ular shoh Hizqiyoga xabarchi yuborgan edilar, Xilqiyo o‘g‘li — bosh vazir Eliyaqim, kotib Shavna va Osif o‘g‘li — mushovir Yo‘x Ossuriyaliklarning yoniga bordilar.
19 Mulozim ularga shunday dedi: “Ulug‘ Ossuriya shohining shu gaplarini Hizqiyoga yetkazing: ‘Nimangga ishonyapsan o‘zi?
20 Harbiy mahoratingdan va kuch–qudratingdan gapiryapsan, lekin bular quruq gaplar–ku. Kimingga ishonib menga itoat etmayapsan?
21 Ha, sen Misrga ishonyapsan. Lekin Misr yoriq qamishdan qilingan hassaga o‘xshaydi–ku. Unga suyansang, qo‘lingga sanchiladi. Misr fir’avni unga ishonganlar uchun o‘sha yoriq qamishdir.
22 Balki menga: «Biz Egamiz Xudoga ishonamiz», deb aytarsizlar. Ha, Hizqiyo Yahudo xalqi va Quddusliklarga: «Faqat Quddusda, shu qurbongohning oldida sajda qilinglar», deb aytgan. Lekin u yo‘q qilgan sajdagohlar va qurbongohlar Egangizniki emasmidi?!’
23 Kelinglar, janobi oliylari Ossuriya shohi nomidan sizlar bilan garov o‘ynaymiz. Sizlarga ikki mingta ot bersak, otlarni mina oladigan odamlar topa olasizlarmi?!
24 Misrning jang aravalari va otliqlari yordami bilan ham janobi oliylarining eng zaif lashkarboshisini yenga olarmidilaring?!
25 Qolaversa, bizni Egangizning xohishisiz bu yerni vayron qilishga kelgan, deb o‘ylayapsizlarmi? Egangizning O‘zi bizga: ‘Bu yurtga borib, u yerni vayron qil’, deb amr bergan– ku!”
26 Eliyaqim, Shavna va Yo‘x mulozimga aytdilar: — Bu qullaringga oramiycha gapiraver, oramiychani tushunamiz. Ibroniycha gapirma. Devor ustidagilar bizning gapimizni eshitib qoladi.
27 Shunda mulozim: — Janobi oliylari bu so‘zlarni faqat hukmdoringizga va sizlarga gapirsin, deb meni yuboribdimi?! — deb javob berdi. — Devor ustida to‘plangan odamlarga ham gapiryapman–da. Ular ham, sizlar kabi, tezaklarini yeb, siydiklarini ichishga giriftor qilingan.
28 So‘ngra u tik turib, baland ovoz bilan ibroniycha gapirdi: “Ulug‘ Ossuriya shohining gaplarini eshiting!
29 Shoh hazratlari shunday aytmoqda: ‘Hizqiyo sizlarni yo‘ldan urmasin. U sizlarni mening qo‘limdan qutqara olmaydi.
30 Hizqiyo: «Egamiz bizni albatta qutqaradi, bu shahar Ossuriya shohi qo‘liga berilmaydi», deb sizlarni Egangizdan umidvor qilmasin.’
31 Hizqiyoga itoat qilmanglar. Chunki Ossuriya shohi aytmoqda: ‘Men bilan sulh tuzib, mening oldimga chiqinglar. Shunda har kim o‘z uzumzori hosilidan va anjir daraxti mevasidan tanovul qilishiga, o‘z sardobasidan suv ichishiga ijozat beriladi.
32 So‘ngra men sizlarni o‘z o‘lkangizga o‘xshagan bir yurtga olib boraman. U joy bug‘doy, sharob, non, uzum, zaytun moyi va asal yurtidir. O‘limni emas, hayotni tanlanglar. «Egamiz bizni qutqaradi», deb sizlarni aldamoqchi bo‘lgan Hizqiyoga quloq solmanglar.
33 Qaysi xalqning xudosi o‘z yurtini Men, Ossuriya shohining qo‘lidan qutqaribdi?!
34 Xomat bilan Arpadning xudolari qani? Sefarvayim, Xana va Ivvaxning xudolari qani? Ular Samariyani mening qo‘limdan qutqara olmadilar–ku!
35 Jamiki xalqlarning xudolaridan qaysi biri o‘z yurtini mening qo‘limdan qutqaribdiki, Egangiz Quddusni qutqara olsa?!’”
36 Xalq jim qoldi, birontasi ham javob bermadi. Chunki shoh Hizqiyo: “Uning gapiga javob qaytarmanglar”, deb farmon bergan edi.
37 Shundan keyin bosh vazir Eliyaqim, kotib Shavna va mushovir Yo‘x qayg‘udan liboslarini yirtib, Hizqiyoning oldiga keldilar–da, Ossuriya shohi mulozimining gaplarini Hizqiyoga aytib berdilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18