Shohlar (to‘rtinchi kitob) 9 bob

1 Yohu Isroil ustidan shoh qilib tayinlanadi. 14 Yohu Yoramni o‘ldiradi. 27 Yahudo shohi Oxaziyo o‘ldiriladi. 30 Izabel o‘ldiriladi.

1 Payg‘ambar Elishay payg‘ambarlar guruhidan bittasini chaqirib, unga dedi: — Qani, bo‘l, qo‘lingga anavi moy solingan idishni ol, Giladdagi Ramo‘tga bor.
2 U yerga borganingdan keyin, Yohuni qidirib top. Nimshi deganning nabirasi Yohu Yahoshafat degan odamning o‘g‘lidir. Uni o‘rtoqlari orasidan chaqirib chiqib, boshqa xonaga olib kir.
3 So‘ngra moy solingan idishni ol. Yohuning boshiga moyni surtgin–da, shunday degin: “Egamiz shunday aytmoqda: senga moy surtib, Isroil ustidan shoh qilib tanladim.” Keyin eshikni ochgin–u, kutmasdan qoch.
4 Yosh payg‘ambar Giladdagi Ramo‘tga ketdi.
5 O‘sha joyga yetib kelganda, lashkarboshilar suhbatlashib o‘tirgan edi. — Senda gapim bor, lashkarboshi, — dedi u. — Qaysi birimizda gaping bor? — deb so‘radi Yohu. — Senda, lashkarboshi, — dedi u Yohuga.
6 Yohu o‘rnidan turib, boshqa xonaga kirdi. Yosh payg‘ambar uning boshiga moyni surtgach, dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Senga moy surtib, O‘zimning xalqim Isroil ustidan shoh qilib tanladim.
7 Sen hukmdoring Axabning xonadonini qirib tashlaysan, toki payg‘ambar qullarim va boshqa hamma qullarimning to‘kilgan qonlari uchun Men Izabeldan o‘ch olay.
8 Axabning butun xonadoni yo‘q bo‘ladi. Isroilda Axabning urug‘idan har bir erkak zotini, xoh qul bo‘lsin, xoh ozod bo‘lsin, qirib tashlayman.
9 Axab xonadonini Nabat o‘g‘li Yeribomning xonadoni va Oxiyo o‘g‘li Bashoning xonadoni ko‘yiga solaman.
10 Izabel esa Yizril yerlarida itlarga yem bo‘ladi, uni dafn qiladigan hech kimsa bo‘lmaydi.” U shunday deb eshikni ochdi–yu, qochdi.
11 Yohu lashkarboshi do‘stlari oldiga qaytdi. — Tinchlikmi? Anavi telba sening oldingga nima uchun kelibdi? — deb so‘rashdi do‘stlari undan. — E, bunaqa odamlarni bilasizlar–ku, valdirayveradilar–da ular, — dedi Yohu do‘stlariga.
12 — Ey, yolg‘onchi! Qani, bizga ham ayt–chi, — deyishdi ular. Yohu do‘stlariga: “Egamiz menga moy surtib Isroil ustidan shoh qilib tanlabdi”, deb payg‘ambarlarning gaplarini aytib berdi.
13 Hammalari shoshilib qolishdi. Har kim liboslarini yechib, Yohu turgan zinapoyaga to‘shadilar va burg‘u chalib: “Yohu shoh bo‘ldi!” deb jar soldilar.
14 Yohu Yoramga qarshi fitna uyushtirdi. Bu paytda butun Isroil lashkari shoh Yoram boshchiligida Giladdagi Ramo‘t shahrini Oram shohi Xazayildan himoya qilayotgan edi.
15 Yoram Xazayil bilan jang qilganda, Oram lashkari uni yaralagan, Yoram esa yaralarini davolatish uchun Yizrilga qaytgan edi. Yohu do‘stlariga: — Agar sizlar men tomonda bo‘lsalaringiz, shahardan biror kimsa chiqib ketishiga va Yizrilga xabar olib borishiga yo‘l qo‘ymanglar, — dedi.
16 Yohu otiga minib, Yizril shahriga yo‘l oldi, chunki Yoram kasal bo‘lib, u yerda yotgan edi. Yahudo shohi Oxaziyo ham Yoramni ko‘rgani kelgan edi.
17 Yizril minorasi ustida qorovul turardi. Yohuning odamlari yaqinlashib kelardi. Qorovul ularni ko‘rib qolib: “Bir talay odamni ko‘ryapman”, dedi. Yoram qorovulga aytdi: — Birorta otliqni yubor, odamlarni kutib olib: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb so‘rasin.
18 Suvori Yohuga peshvoz chiqib dedi: — Shoh: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb so‘rayapti. — Tinchlikdan senga nima?! Orqamdan yur, — dedi Yohu. Qorovul esa: “Otliq ularning oldiga yetib bordi–yu, lekin qaytib kelmayapti”, deb xabar berdi.
19 Endi boshqa bir otliqni yuborishdi, bunisi ham ularning oldiga kelib: — Shohimiz: “Tinchlik bilan kelyapsizlarmi?” deb so‘rayapti, — dedi. — Tinchlikdan senga nima?! Orqamdan yur, — dedi Yohu.
20 Qorovul: “Otliq ularning oldiga yetib bordi– yu, qaytib kelmadi, o‘pkasi og‘ziga tiqilganday hovliqib ot choptirib kelishidan Yohuga o‘xshaydi”, deb xabar yetkazdi.
21 — Aravani qo‘sh! — deb buyurdi Yoram. Shohning jang aravasini qo‘shdilar. Isroil shohi Yoram va Yahudo shohi Oxaziyo o‘z aravalariga minib, Yohuni kutib olgani chiqdilar. Ular Yohuni Yizrillik Navo‘tning dalasida kutib oldilar.
22 Yoram Yohuni ko‘rgach, unga: — Tinchlik bilan keldingmi, Yohu? — deb so‘radi. — Onang Izabel boshlagan zinoyu sehr–jodu bizda hanuzgacha davom etib kelar ekan, qanaqasiga tinchlik bo‘lsin?! — dedi Yohu.
23 Yoram Oxaziyoga: “Qochdik, Oxaziyo! Xoinlik bu!” dedi–yu, ot tizginini burib, qochib qoldi.
24 Yohu kamonni kuchi boricha tortib, Yoramning ikkala kuragi o‘rtasini mo‘ljallab otdi. O‘q Yoramning qoq yuragini teshib o‘tdi. Yoram aravasi ichiga yiqildi.
25 Yohu xizmatkori Bidkarga dedi: — Uning jasadini Yizrillik Navo‘tning dalasiga olib borib tashla, shuni yodingdan chiqarmaginki, biz, ikkovimiz, Yoramning otasi Axabning ortidan jang aravasida borganimizda, Axabga qarshi Egamiz shuni ayon qilgan edi:
26 “Kecha Navo‘t bilan uning o‘g‘illari qonini ko‘rdim. Sendan o‘sha dalada qasos olaman.” Endi Egamizning aytganiga ko‘ra, Yoramning jasadini olib, Navo‘tning dalasiga olib borib tashla.
27 Yahudo shohi Oxaziyo bu hodisani ko‘rib, Bayt–Xagon shahriga qarab qochdi. Yohu uning ortidan quvib ketayotganda: — Uni ham o‘ldiringlar! — deb baqirdi. Yiblayom shahri yonidagi Gur tepaligida aravasida turgan Oxaziyoni otdilar. Oxaziyo Maxido‘ shahriga qochib borib, o‘sha yerda jon berdi.
28 A’yonlari uning jasadini aravada Quddusga olib keldilar va Dovud qal’asida ota–bobolari xilxonasiga dafn qildilar.
29 Axab o‘g‘li Yoram shohligining o‘n birinchi yilida Oxaziyo Yahudo shohi bo‘lgan edi.
30 Yohu Yizrilga bordi. Izabel esa bu xabarni eshitib ko‘zlariga surma surtib, sochlarini tarab, derazadan qarab turgan edi.
31 Yohu shahar darvozasidan kirgach, Izabel: — Ha, senmisan, hukmdorini o‘ldirgan Zimridan qolishadigan joying yo‘q! Tinchlik bilan keldingmi? — dedi.
32 Yohu ko‘zlarini derazaga qadab: — Kim men tomonda? Kim? — deb baqirdi. Tepada haram og‘alaridan ikki–uchtasi paydo bo‘ldi.
33 — Uni pastga uloqtiringlar! — deb buyurdi Yohu. Ular Izabelni ushlab pastga uloqtirdilar. Uning qoni devorga, otlarga sachradi, Yohuning oti jasadni ezg‘ilab tashladi.
34 Shundan keyin Yohu kelib, yeb–ichdi. So‘ngra: — Anavi la’natini topib, ko‘minglar, — dedi, — nima bo‘lganda ham, shoh qizi–da.
35 Lekin Izabelning jasadini dafn qilishga borgan odamlar, uning bosh–suyagi, oyog‘i va qo‘l panjasidan boshqa biror a’zosini topa olmadilar.
36 Hammalari qaytib kelib, Yohuni ahvoldan xabardor qildilar. Yohu ularga shunday dedi: — Egamizning O‘z quli Ilyos orqali aytgan bu so‘zlari bajo bo‘ldi: “Izabelning jasadi Yizril yerlarida ko‘ppaklarga yem bo‘lar,
37 Uning jasadi Yizril dalalaridagi go‘ngga o‘xshab qolar, Shuning uchun hech kim, bu Izabeldir, deb aytmas.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак