Ibtido 18 bob

1 Xudo Ibrohimga o‘g‘il va’da qiladi. 16 Ibrohim Sado‘m uchun yolvoradi.

1 Kunning jazirama issiq payti edi. Ibrohim Mamredagi muqaddas emanzorda chodiriga kiraverishda o‘tirgan edi, shu payt Egamiz unga zohir bo‘ldi.
2 Shu lahzada Ibrohim ro‘parasida uchta odam turganini bildi. Ibrohim uchalasini ko‘rgan zahoti chodirga kiraverishdan ularni kutib olgani yugurib bordi va muk tushib ta’zim qildi.
3 — Hazratim, — dedi Ibrohim, — marhamatingizni darig‘ tutmanglar, bu qulingizning eshigini bosib o‘tib ketmanglar.
4 Xizmatkorlarim suv keltirishsin, oyoqlaringizni yuvishsin, o‘zlaringiz daraxtning soyasida dam olinglar.
5 Modomiki, bu qulingizning xonadoniga tashrif buyuribsizlar, men non–pon olib kelay. Sayohatingizni davom ettirishdan oldin bardam bo‘lib olinglar. — Mayli, — deyishdi ular, — aytganingday qilaver.
6 Ibrohim shoshilganicha chodirga qaytdi–da, Soraga dedi: — Tez bo‘l! Unning yaxshisidan darrov uch tog‘ora olib, non yop.
7 So‘ngra podaga borib, semiz buzoqni tanladi va xizmatkoriga berdi. Xizmatkor darrov buzoqni so‘yib tayyorlashga kirishdi.
8 U suzma, sut va pishirib tayyorlangan buzoq go‘shtini olib, mehmonlarning oldiga qo‘ydi. Mehmonlar ovqatlanishayotganda, Ibrohim daraxt ostida ularga o‘zi xizmat qilib turdi.
9 — Xotining Sora qayerda? — deb so‘rashdi ular.— Shu yerda, chodirda, — deb javob berdi Ibrohim.
10 Ulardan biri: — Kelgusi yili shu paytda men qaytib kelganimda, xotining Sora o‘g‘illi bo‘ladi, — dedi. Sora uning orqasida, chodirga kiraverish yonida bu suhbatni eshitib turardi.
11 Bu paytda Ibrohim ham, Sora ham juda keksayib qolishgan, Sora bola tug‘ish davridan ancha o‘tgan edi.
12 U ichida kulib, o‘zicha o‘yladi: “Men munkillagan kampir bo‘lsam–u, qanday qilib lazzatlana olardim?! Buning ustiga, erim ham qarib qolgan bo‘lsa.”
13 Shunda Egamiz yana Ibrohimga aytdi: — Nima uchun Sora kuldi? Nimaga u: “Qarib qolgan bo‘lsam–u, bola tug‘armidim”, dedi?
14 Men, Egangiz, uchun imkonsiz narsa bor ekanmi?! Kelgusi yil shu paytda men qaytib kelaman. O‘shanda Soraning o‘g‘li bo‘ladi.
15 Lekin Sora qo‘rqib ketgan edi. — Kulmadim, — deb gapidan tondi u. — Yo‘q, kulding, — dedi Egamiz.
16 Shundan keyin uchalovi o‘rinlaridan turib, Sado‘m tomonga yo‘l oldilar. Ibrohim, ularni kuzatib qo‘yay, deb birga yurdi.
17 Egamiz: “Men qilmoqchi bo‘lgan ishlarimni Ibrohimdan sir tutmayman”, dedi O‘ziga.
18 “Ibrohimdan buyuk, qudratli xalq kelib chiqadi. Yer yuzidagi jamiki xalqlar u orqali baraka topadi.
19 Ibrohim o‘g‘illarini, o‘z naslini Mening yo‘limdan yurishga, to‘g‘rilik va adolat bilan ish qilishlariga yo‘l ko‘rsatsin, deb uni tanlaganman. Shunda Men Ibrohimga bergan va’damni bajaraman.”
20 So‘ngra Egamiz Ibrohimga dedi: — Sado‘m va G‘amo‘ra aholisi haddan tashqari razillik qilyaptilar, ularning gunohlari naqadar og‘irligini eshitdim!
21 Men pastga tushaman, Mening qulog‘imga yetib kelgan jinoyatlar haqiqatmi yoki yo‘qmi, ko‘zim bilan ko‘rayin. Shunda Men haqiqatni bilib olaman.
22 Boshqa ikkitasi Sado‘mga qarab ketishdi. Ibrohim esa Egamizning oldida qoldi.
23 Ibrohim Unga yaqinroq kelib, so‘radi: — Sen gunohkorni ham, begunohni ham birday qirib tashlayverasanmi?
24 Aytaylik, shaharda ellikta begunoh odam topsang, shaharni vayron qilaverasanmi? Begunoh odamlarning haqi– hurmati uchun shaharga rahm qilmaysanmi?
25 Gunohkor odam bilan birga gunohsizni yo‘q qilmagin. Agar shunday qilsang, begunoh gunohkor bilan birga jazolanadi–ku! Aslo bunday qilmagin. Butun olamning Hokimi adolatli ishlarni qilishi kerak emasmi?!
26 — Agar Men Sado‘mda ellikta begunoh odamni topsam, — dedi Egamiz, — ularning haqi– hurmati uchun butun shaharga rahm qilaman.
27 — Ey, Rabbiy! Men tuproq va kul bo‘lsam ham, Senga gapirayotganimda qo‘polligim uchun kechirgin, — dedi Ibrohim.
28 — Ellikta begunoh odamga beshta yetmasa–chi? Beshta kam bo‘lgani uchun butun shaharni qirib tashlaysanmi? — Agar u yerda qirq beshta solih odamni topsam, shaharni qirib tashlamayman.
29 Ibrohim Egamizga yana gapirdi: — Balki u yerda qirqta begunoh odam topilar. — O‘sha qirqta begunohning haqi–hurmati uchun bu ishni qilmayman, — dedi Egamiz.
30 — Yo, Rabbiy! — dedi Ibrohim. — Gapirsam, O‘zing kechirgaysan. Balki u yerda o‘ttizta begunoh topilar? — Agar u yerda o‘ttizta begunoh odamni topsam, shaharni qirib tashlamayman, — deb javob berdi U.
31 — Rabbiy! Gapirayotganimda qo‘polligim uchun kechirgin, — dedi Ibrohim. — Balki u yerda yigirmata begunoh odam topilar? — O‘sha yigirmata begunoh odamning haqi– hurmati uchun shaharni qirib tashlamayman, — dedi U.
32 — Rabbiy! Yana bir marta gapirsam, O‘zing kechirgaysan, — dedi Ibrohim. — Balki u yerda o‘nta begunoh odam topilar? — O‘sha o‘nta begunoh odamning haqi–hurmati uchun shaharni qirib tashlamayman, — deb javob berdi Egamiz.
33 Egamiz Ibrohim bilan gaplashib bo‘lgach, O‘z yo‘liga ketdi. Ibrohim ham chodiriga qaytdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак