Ibtido 25 bob

1 Ibrohimning boshqa o‘g‘illari. 7 Ibrohimning vafoti va dafn etilishi. 12 Ismoilning nasli. 19 Esov bilan Yoqub tug‘iladi. 27 Esov to‘ng‘ichlik huquqini sotadi.

1 Ibrohim boshqa ayolga uylandi. U ayolning ismi Xaturo edi.
2 U Ibrohimga bir necha o‘g‘il tug‘ib berdi. O‘g‘illarning ismi Zimron, Yoxshon, Midon, Midiyon, Yishboq va Shuvax edi.
3 Yoxshonning Shava va Dedon degan o‘g‘illari bor edi. Dedonning nasli Ashur, Latush va Lum xalqlari edi.
4 Midiyonning o‘g‘illari Efax, Ifar, Xano‘x, Avido va Eldax edilar. Xaturodan bino bo‘lgan o‘g‘illari mana shular edilar.
5 Ibrohim butun mol– mulkini o‘g‘li Is’hoqqa berdi.
6 Ibrohim hayot ekan, cho‘rilaridan ko‘rgan o‘g‘illariga hadyalar berdi va o‘sha o‘g‘illarini Is’hoqning oldidan nariga — sharq tomondagi yurtga jo‘natdi.
7 Ibrohim 175 yil yashab,
8 nuroniy yoshda, keksayib, olamdan o‘tdi.
9 O‘g‘illari Is’hoq bilan Ismoil uni Mamre sharqidagi Maxpala dalasining chetida joylashgan g‘orga dafn qildilar. Bu dala ilgari Xet xalqidan bo‘lgan Zo‘xar o‘g‘li Efro‘nniki edi.
10 Bu dalani Ibrohim Xet xalqidan sotib olgan edi. Ibrohim bu g‘orda xotini Soraning yoniga dafn qilindi.
11 Ibrohim vafot etgandan keyin, Xudo uning o‘g‘li Is’hoqqa baraka berdi. Is’hoq Ber–Laxay–Ruy qudug‘i yonida istiqomat qilardi.
12 Soraning Misrlik cho‘risi Hojar Ibrohimga tug‘ib bergan Ismoilning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
13 Tug‘ilish tartibiga ko‘ra, Ismoil o‘g‘illarining ismlari quyidagicha: to‘ng‘ich o‘g‘li — Navayot, keyingilari Kedar, Adbal, Mivsom,
14 Mishmo, Dumax, Masso,
15 Hadad, Temo, Yatur, Nofish va Kedemax.
16 Ismoilning bu o‘n ikki o‘g‘li o‘n ikki qabilaning yo‘lboshchisi bo‘ldilar. O‘sha qabilalar chodir qurib joylashgan yerlarga ularning ismlari berildi.
17 Ismoil 137 yoshida olamdan o‘tdi.
18 Ismoilning nasli Ossuriyaga ketaverishda — Misrning sharqidagi Xavila bilan Shur orasida o‘rnashdi. Qarindoshlariga dushman bo‘lib yashardilar.
19 Ibrohim o‘g‘li Is’hoqning xonadoni tarixi quyidagichadir. Ibrohim Is’hoqning otasi edi.
20 Is’hoq Rivqoga uylanganda qirq yoshda edi. Rivqo Batuvalning qizi bo‘lib, akasi Lobon edi. Batuval Oramlik bo‘lib, Paddon–Oramdan edi.
21 Rivqoning bolasi bo‘lmadi. Is’hoq xotini uchun Egamizga iltijo qildi. Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Rivqo homilador bo‘ldi.
22 Rivqoning qornidagi bolalari bir–biri bilan urishardilar. Rivqo: “Agar shunaqa bo‘lsa, homilador bo‘lishimning nima foydasi bor?!” deb bu haqda Egamizdan so‘radi.
23 Egamiz Rivqoga shunday dedi: “Sening qorningda ikkita xalq bor, Sendan tug‘ilganlar ikki xalqqa bo‘linar. Biri ikkinchisidan kuchli chiqajak, Kattasi kichigiga xizmat qilajak.”
24 Rivqoning oy–kuni yaqinlashib, egizak tug‘di.
25 To‘ng‘ichi tug‘ilganda, qip–qizil ekan. Uning tanasi jun matoga o‘xshardi. Shuning uchun uning ismini Esov qo‘ydilar.
26 Ukasi esa Esovning tovonini ushlab tug‘ildi, shuning uchun uning ismini Yoqub qo‘ydilar. Egizaklar tug‘ilganda, Is’hoq oltmish yoshda edi.
27 Bolalar ulg‘aydilar. Esov — dala–dashtni yaxshi ko‘radigan mohir ovchi, Yoqub esa uyda o‘tirishni yoqtiradigan, beozor odam bo‘ldi.
28 Esov ovlab kelgan hayvonlarning go‘shtini Is’hoq tanovul qilib, lazzat olar, shuning uchun u Esovni yaxshi ko‘rardi. Rivqo esa Yoqubni yaxshi ko‘rardi.
29 Bir kuni Yoqub yasmiq shovla pishirayotgan edi, Esov ochqaganidan sulayib daladan kelib qoldi.
30 Esov Yoqubga: — Menga ana shu qizil ovqatingdan bergin, o‘lguday qornim ochdi, — dedi. (Shuning uchun u Edom degan ism ham olgan.)
31 — Bo‘pti, — dedi Yoqub, — lekin buning evaziga menga to‘ng‘ichlik huquqingni sot.
32 — E, to‘ng‘ichlik huquqimdan menga nima foyda, qornim ochganidan o‘lay deb turibman, — dedi Esov.
33 — Oldin menga qasam ich, — dedi Yoqub. Esov Yoqubga qasam ichdi. Shunday qilib, u to‘ng‘ichlik huquqini Yoqubga sotdi.
34 Shundan keyin Yoqub Esovga non bilan yasmiq shavla berdi. Esov yeb–ichib, o‘rnidan turdi–da, o‘z ishlari bilan chiqib ketdi. Shunday qilib, Esov o‘zining to‘ng‘ichlik huquqini mensimadi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак