Ibtido 26 bob

1 Is’hoq Garor shahrida istiqomat qiladi. 26 Is’hoq bilan Abumalek o‘rtasidagi ahdlashuv. 34 Esovning ajnabiy xotinlari.

1 Shu orada Ibrohim davrida yuz berganday, yurtda qattiq ocharchilik bo‘ldi. Is’hoq Garor shahriga ko‘chib ketdi. U yerda Filistlar shohi Abumalek yashardi.
2 Is’hoqqa Egamiz zohir bo‘lib, unga dedi: — Misrga borma. Men senga ko‘rsatadigan yurtda o‘rnashib,
3 o‘sha yerda yashab tur. Agar shunday qilsang, Men sen bilan birga bo‘laman, senga baraka beraman. Mana shu yurtning hammasini senga va sening naslingga beraman. Otang Ibrohimga bergan va’damda turaman.
4 Men sening naslingni osmondagi yulduzlar kabi son– sanoqsiz qilaman. Mana shu yerlarning hammasini sening naslingga beraman. Sening nasling orqali yer yuzidagi hamma xalqlar baraka topadi.
5 Ibrohim Mening talablarimga, amrlarimga, farmonlarimga, qonunlarimga itoat etgani uchun, senga baraka beraman.
6 Shunday qilib, Is’hoq Garor shahrida o‘rnashib qoldi.
7 Bu yerdagi odamlar Is’hoqdan Rivqo to‘g‘risida so‘raganlarida, “U mening singlim”, deb javob berdi. “U mening xotinim”, deb aytishdan qo‘rqar edi. Rivqo juda chiroyli bo‘lganidan: “Odamlar uni tortib olish uchun meni o‘ldiradilar”, deb o‘ylardi.
8 Oradan ancha vaqt o‘tdi. Bir kuni Is’hoq Rivqoni erkalatayotganda, Filistlar shohi Abumalek derazadan ko‘rib qoldi.
9 Abumalek Is’hoqni chaqirdi. — U sening xotining ekan–ku! Nimaga uni, singlim, deb aytding? — deb so‘radi. — Agar xotinim deb aytsam, birortasi uni tortib olish uchun meni o‘ldiradi, deb qo‘rqdim, — dedi Is’hoq.
10 — Bu nima qilganing–a?! Axir, odamlarimdan biri xotining bilan osonlikcha birga bo‘lishi mumkin edi–ku! Unday holda bizni gunohkor qilib qo‘ygan bo‘larding!
11 Shunday qilib, Abumalek: “Kimki bu odamga yoki uning xotiniga ozor yetkazsa, o‘sha odamning jazosi o‘limdir”, deb farmon berib, hammani ogohlantirdi.
12 Is’hoq u yerda dalasiga urug‘ sepdi. Egamiz unga marhamat ko‘rsatgani uchun ekkan urug‘iga nisbatan yuz barobar ko‘p hosil oldi.
13 Is’hoq boyib ketdi, boyligi tobora ko‘payib boraverdi.
14 Uning qo‘y–echkilari, mol podalari, xizmatkorlari ko‘p edi. Shu sababdan Filistlar Is’hoqqa hasad qilishardi.
15 Ular Is’hoqning hamma quduqlarini tuproqqa to‘ldirib tashlashdi. Ibrohim hayotligida bu quduqlarni o‘zining xizmatkorlariga qazdirgan edi.
16 Abumalek Is’hoqqa: “Bizning yerimizdan ket, sen bizdan ko‘ra, juda kuchayib ketding”, dedi.
17 Is’hoq bu yerdan ketib, Garor soyligida chodir tikib, o‘sha yerda o‘rnashib oldi.
18 Ibrohim bu yerda quduqlar qazdirgan, lekin uning vafotidan keyin Filistlar bu quduqlarni ko‘mib yuborgan edilar. Is’hoq o‘sha quduqlarni qaytadan qazdirdi. Is’hoq quduqlarga otasi qo‘ygan nomlarni berdi.
19 Uning xizmatkorlari suv topish uchun Garor soyligida yerni qaziyotganlarida, buloq otilib chiqdi.
20 Lekin Garorlik cho‘ponlar kelishib: “Bu buloq bizniki”, deb buloqni talab qildilar. Shunday qilib, ular Is’hoqning cho‘ponlari bilan quduq ustida janjallashib qoldilar. Shuning uchun Is’hoq quduqqa Janjal, deb nom berdi.
21 So‘ngra Is’hoqning odamlari boshqa quduq qazidilar. Lekin bu quduq ustida ham kelishmovchilik yuz berdi. Shuning uchun Is’hoq bu quduqqa Ziddiyat, deb nom berdi.
22 Is’hoq bu yerdan ham ko‘chib, boshqa quduq qazdirdi. Yerli aholi oxiri ularni o‘z holiga qo‘ydilar. Is’hoq: “Nihoyat, Egam bu yurtda yashashimiz uchun bizga keng joy berdi, endi biz bu yerda yayrab–yashnab ketamiz”, deya quduqqa Kenglik, deb nom berdi.
23 Is’hoq bu yerdan ham Bershevaga ko‘chib ketdi.
24 O‘sha kuni kechasi Egamiz Is’hoqqa zohir bo‘lib, dedi: — Men otang Ibrohimning Xudosiman. Qo‘rqma, Men sen bilan birgaman. O‘z qulim Ibrohimning haqi–hurmati uchun senga baraka beraman, senga son–sanoqsiz nasl ato qilaman.
25 Is’hoq u yerda qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi, o‘sha yerda chodirini tikdi. Is’hoqning xizmatkorlari u yerda quduq qazidilar.
26 Abumalek maslahatchisi Oxizat va lashkarboshisi Pixol bilan birga Garordan Is’hoqning oldiga bordi.
27 Is’hoq ularga dedi: — Nimaga mening oldimga keldingiz? Menga adovat bilan qarab, yeringizdan chiqarib yuborgan edingiz–ku!
28 — Bizga endi ayon bo‘ldi: Egang sen bilan birga ekan. Shuning uchun sen bilan biz ont ichib, ahd qilaylik, dedik.
29 Biz senga hech qanday yomonlik qilmagan edik, aksincha, olijanoblik qilib, eson–omon jo‘natib yuborgan edik. Sen ham: “Sizlarga yomonlik qilmayman”, deb qasam ich. Sen Egangning yorlaqagani ekansan.
30 Is’hoq ularga ziyofat tayyorladi. Ular yeb– ichdilar.
31 Ertasi kuni ular erta tongda turib, bir– birlariga qasamyod qildilar. So‘ngra Is’hoq ularni uylariga eson–omon jo‘natib yubordi.
32 O‘sha kuni Is’hoqning xizmatkorlari kelib: “Biz suv topdik”, deb unga o‘zlari qazigan quduq to‘g‘risida aytdilar.
33 Is’hoq bu quduqqa Qasamyod, deb nom qo‘ydi. Shuning uchun shaharning nomi bugungacha Bershevadir.
34 Esov qirq yoshida Xet xalqidan ikkita qizga — Beri degan kishining Yahudit ismli qiziga va Elo‘n degan kishining Bosimat ismli qiziga uylandi.
35 Esovning bu xotinlari Is’hoq bilan Rivqoning boshiga ko‘p qora kunlarni soldilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак