Yeremiyo 17 bob

1 Yahudo xalqining gunohi va jazosi. 5 Hikmatli so‘zlar. 14 Yeremiyo Egamizdan madad tilaydi. 19 Shabbat kuniga rioya qilish.

1 Ey Yahudo xalqi, sizlarning gunohingiz temir qalam bilan o‘yib yozilgan. Sizlarning gunohingiz tosh yuraklaringiz ustiga va qurbongohlaringiz shoxlariga olmos uchi bilan o‘yib bitilgan.
2 Hatto farzandlaringiz ham baland qirlardagi va sersoya daraxtlar ostidagi qurbongohlarga borib, Asheraning ustunlariga sajda qilishadi.
3 Butun yurtda qilgan gunohlaringiz evaziga Men O‘z tog‘imni, sizning hamma boyliklaringizni, xazinalaringizni va barcha sajdagohlaringizni dushmanga o‘lja qilib beraman.
4 Sizlarga Men mulk qilib bergan yurtdan o‘z aybingiz tufayli ayrilasizlar. Men sizlarni o‘zingiz bilmagan bir yurtga jo‘nataman, dushmanlaringizga hammangizni qul qilib beraman. Sizlar Meni g‘azablantirdingiz, g‘azabim so‘nmas olov kabi yonmoqda.
5 Egamiz shunday demoqda: “Umidini insonga bog‘lagan, Foniy bandaning kuchiga ishongan, Yuragi Egamizdan uzoqlashgan odam la’natidir.
6 Bunday odam sahrodagi butaday bo‘ladi, Farovon hayot ko‘rmaydi. Cho‘lning qaqroq joylarida, Sho‘r bosgan bo‘m–bo‘sh yerlarda yashaydi.”
7 “Egamizdan umid qilgan kishi baxtlidir, Yolg‘iz Unga inongan saodatlidir!
8 Bunday kishi suv bo‘yiga o‘tqazilgan daraxtga o‘xshaydi, Oqar suvlar tomon ildiz otadi. Kunning jaziramasidan qo‘rqmaydi, Barglari doim yam–yashil bo‘ladi. Qurg‘oqchilik kelganda ham bezovta bo‘lmaydi, Meva berishdan to‘xtamaydi.”
9 “Odamning yuragi shunchalik ayyor–ki, Uning davosi yo‘q! Uning ichidagini kim biladi?!
10 Ammo Men, Egangiz, odamning yuragini bilaman, Uning o‘y–fikrlarini tekshiraman. Qilmishiga yarasha jazolayman, Qilgan ishiga yarasha taqdirlayman.”
11 Nohaqlik bilan boylik orttirgan kishi, O‘zi qo‘ymagan tuxumlarni bosib yotgan kaklikka o‘xshaydi. Bunday kishi umrining yarmida Boyliklaridan mahrum bo‘ladi, Hayoti oxirlab qolganda ahmoq bo‘lib chiqadi.
12 Muqaddas makonimiz Azaldan yuksaltirilgan ulug‘vor taxtdir!
13 Ey Egamiz, Sen Isroilning yolg‘iz umidisan! Seni tark etganlarning hammasi sharmanda bo‘lur, Sendan yuz o‘girganlarning ismlari tuproqqa yozilur. Ey Egamiz, ular Seni tark etdilar. Ha, hayotbaxsh suvlar bulog‘idan voz kechdilar.
14 Ey Egam, menga shifo ber, sog‘ayib ketay. Meni qutqargin, najot topay. Axir, yolg‘iz Seni olqishlayman.
15 Qara, bu odamlar ustimdan kulishyapti, “Egamizning tahdidli so‘zlari qani?! Aytganlari bajo bo‘lsin–chi endi!” deb aytishyapti.
16 Men esa xalqingga cho‘pon bo‘ldim, Xizmat qilishdan bosh tortmadim. Ofat kuni kelishini xohlamaganimni bilasan. Og‘zimdan chiqqan har bir so‘z Senga ayondir.
17 Meni vahimaga solmagin, Kulfat kunida panohim Sensan.
18 Meni quvg‘in qilganlar sharmanda bo‘lsin, Meni esa sharmanda qilma. Dushmanlarim sarosimaga tushsin, Meni esa dovdiratib qo‘yma. Ularning boshlariga kulfat keltir, Jazosini ikki barobar og‘irroq qilgin.
19 Egamiz menga shunday dedi: — Yahudo shohlari kirib chiqadigan Xalq Darvozasi oldiga borib tur, so‘ng Quddusning boshqa darvozalari oldiga ham bor.
20 Borganingda xalqqa shunday deb ayt: “Ey Yahudo shohlari, ey Yahudo xalqi, bu darvozadan o‘tib yurgan butun Quddus aholisi, Egamizning so‘zini eshitinglar!
21 Egamiz shunday deb aytmoqda: Shabbat kuni yuk tashimanglar, Quddus darvozalaridan yukni ko‘tarib kirmanglar. Hushyor bo‘linglar, tag‘in hayotingizga o‘zingiz zomin bo‘lib qolmanglar.
22 Shabbat kuni uyingizdan biron yukni ko‘tarib chiqmanglar, hech qanday ish qilmanglar. Men ota– bobolaringizga amr qilganimdek, Shabbat kunini muqaddas deb bilinglar.
23 Ota–bobolaringiz gaplarimga e’tibor bermagan, Menga quloq solmagan edilar. Ular qaysarlik qilib, so‘zlarimni tinglamagandilar, gapimga kirmagandilar.”
24 Endi Egamiz shunday demoqda: “Bordi–yu, sizlar gaplarimga quloq solsangizlar, Shabbat kuni shahar darvozalaridan yuk tashimasangizlar, o‘sha muborak kunni muqaddas deb bilib, hech qanday ish qilmasangizlar,
25 Quddus taxtida doim Dovud naslidan bo‘lgan shoh o‘tiradi. Jang aravalariyu otlarni minib olgan shohlar va a’yonlar shahar darvozalaridan kirishadi. Yahudo xalqi va Quddus aholisi ular bilan birga kiradilar. Quddusdan to abad odam arimaydi.
26 Shunda Yahudo shaharlaridan, Quddus atrofidagi qishloqlardan, Benyamin hududidan, qirlardan, g‘arbdagi qirlar etaklaridan, Nagav cho‘lidan odamlar keladi, ular Egamizning uyiga kuydiriladigan va boshqa qurbonliklarni, shukrona va don nazrlarini, xushbo‘y tutatqilarni olib keladilar.
27 Bordi–yu, sizlar gapimga quloq solmasangizlar, Shabbat kunini muqaddas deb bilmay, yuk tashib, darvozalardan kirib chiqsangizlar, Men shahar darvozalarini yondirib yuboraman. Olov Quddus saroylarini yo‘q qiladi, hech kim uni o‘chira olmaydi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак