Yeremiyo 46 bob

1 Misr lashkari Karxamishda mag‘lub bo‘ladi. 13 Navuxadnazar Misrga hujum qiladi. 27 Egamiz O‘z xalqini qutqaradi.

1 Egamiz xalqlar haqida Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qildi.
2 Bu Misr haqida bashorat edi. Aniqrog‘i, Misr fir’avini Nexoning lashkarlari to‘g‘risida edi. Ular Furot daryosi bo‘yidagi Karxamish shahrida qarorgoh qurgan edilar. (Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yilida Bobil shohi Navuxadnazar bu lashkarlarni mag‘lub qildi).
3 “Kattayu kichik qalqonlarni tayyor tuting! Qani, endi jangga kiring!
4 Otlarga egar uring, Chopqir otlarni mining! Dubulg‘alarni kiyib oling, Jangovar holatga turing. Nayzalarni o‘tkirlang, Sovutlarni kiyib oling!
5 Nimalarni ko‘ryapman?! Misr lashkari vahimaga tushdi, Ular orqaga chekindi, Jangchilari tor–mor bo‘ldi. Ular orqaga qaramay shoshilib qochdilar. Atrofni dahshat qamradi.” Egamizning kalomi shudir.
6 Chaqqonlar qocha olmaydilar, Sipohlar qochib qutulolmaydilar. Ular shimolda, Furot daryosi bo‘yida Qoqilib yiqilib tushadilar.
7 Kim u Nil daryosiday qirg‘og‘idan chiqib ketgan?! Kim u suvlari toshqin daryo kabi bo‘lib qolgan?!
8 Misr Nilday haddidan oshgan, Suvlari toshqin daryoga o‘xshab qolgan. U aytadi: “Men ko‘tarilib, yer yuzini qoplayman, Shaharlarni vayron qilaman, Aholisini qirib tashlayman.”
9 Ey otliqlar, hujum qiling! Jang aravalarini uchirtiring! Ey qalqon tutgan Habashistonliklaru Liviyaliklar, Ey kamon ushlagan Lidiyaliklar, Qani, jangga kiring!
10 Axir, bu Sarvari Olam — Rabbiyning kunidir. Bu kun qasos kuni bo‘ladi, Xudo dushmanlaridan o‘ch oladi. Uning qilichi to‘yguncha et yeydi, Chanqog‘i bosilguncha qondan ichadi. O‘sha kuni Furot bo‘yidagi shimoliy yurtda, Sarvari Olam — Rabbiy yovlarini qurbon qiladi.
11 Ey, bokira qiz Misr, Giladga bor, malham olgin. Ammo sen bekorga dori–darmon yig‘asan, Baribir dardingga shifo topmaysan.
12 Xalqlar sharmanda bo‘lganingni eshitdi, Faryodlaring bilan yer yuzini to‘ldirding. Jangchilaring bir–biriga urildi, Hammasi mag‘lub bo‘lib yiqildi.
13 Bobil shohi Navuxadnazar Misrga hujum qilishi haqida Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
14 Misrda shunday deb e’lon qilgin, Migdol shahrida shunday deb xabar bergin, Nuf va Taxpanxas shaharlarida jar solib aytgin: “Joylaringizni egallang! Jangga shay turing! Zero, qilich atrofdagi hammani qiradi.”
15 Jangchilaringiz mag‘lub bo‘ladi! Ular bardosh bera olmaydi. Zero, Egamizning O‘zi ularni uradi.
16 Ular qayta–qayta qoqiladilar, Bir–birining ustiga yiqiladilar. Shunda o‘zlariga o‘zlari aytadilar: “Qani, bo‘linglar, Xalqimizning oldiga qochib qolaylik! Kindik qonimiz to‘kilgan yurtga boraylik. Bu qirg‘indan qochib qutulaylik.”
17 Ular shunday deb baqiradilar: “Fir’avn katta gapirdi, Ammo fursatni qo‘ldan boy berdi.”
18 Xudo Shohdir, Sarvari Olamdir Uning nomi. U shunday demoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi aytamanki, Sizlarga qarshi bir g‘anim kelayotir. U tog‘lar orasidagi Tovur tog‘iday zabardast, Dengiz bo‘yidagi Karmil tog‘iday ulkan.
19 Ey qiz Misr, Tuguningni yiqqin, Surgunga ketishga hozirlangin! Ana, Nuf shahri vayron bo‘ladi, Kimsasiz, huvullab qoladi.
20 Misr chiroyli bir g‘unajinga o‘xshaydi, Ammo shimol so‘nasi unga yopiriladi.
21 Misrning yollanma askarlari Boqilgan buzoqlarga o‘xshaydi. Ammo kulfat kuni kelganda, Jazo oladigan vaqti yetganda, Ularning hammasi orqaga qochadi, Dushman qarshisida chekinadi.
22 “Bostirib kelayotgan dushman dastidan Misr qochayotgan ilonday vishillaydi. Dushmanlar daraxt kesuvchilar kabi Bolta ko‘tarib, Misrga hujum qilishadi.”
23 Egamiz shunday demoqda: “Misrning o‘rmoni qalin bo‘lsa–da, Dushmanlar uni kesib tashlaydi. Axir, dushmanlar chigirtkadan ham ko‘p, Sanog‘iga yetib bo‘lmaydi.
24 Qiz Misr sharmanda bo‘ladi, Shimoldagi xalqning qo‘liga tushadi.”
25 Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Men No‘ shahrining xudosi Omonni jazolayman. Fir’avnning, Misrning, u yerdagi shohlar va xudolarning, fir’avnga umid bog‘lagan hammaning adabini beraman.
26 Ularning jonlariga qasd qilayotgan Bobil shohi Navuxadnazarning va a’yonlarining qo‘liga beraman. Ammo vaqt o‘tib, Misrda ilgarigidek odamlar yashaydigan bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
27 “Ey qulim Yoqub, qo‘rqma! Ey Isroil xalqi, sarosimaga tushma! Men seni olis yurtdan ozod qilaman, Naslingni surgun bo‘lgan mamlakatdan qutqaraman. Ey Yoqub nasli, sen yurtingga qaytasan, Osoyishta va bexatar yashaysan. Endi hech kim seni qo‘rqitmaydi.”
28 Egamiz shunday demoqda: “Sen, ey qulim Yoqub, qo‘rqma, Men sen bilan birga bo‘laman. Seni xalqlar orasiga tarqatib yuborgan edim, Endi o‘sha xalqlarning hammasini qirib tashlayman. Seni esa qirib yubormayman, Ammo jazosiz ham qoldirmayman. Adolat ila jazoingni beraman.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак