Yeremiyo 9 bob

17 Quddus aholisi aza tutadi.

1 Koshkiydi, boshim bir buloq bo‘lsa, Ko‘zlarim yoshlar chashmasi bo‘lsa. Xalqim halokatga uchragani uchun, Kechayu kunduz yig‘lagan bo‘lar edim!
2 Qaniydi, sahroda bir qo‘nolg‘am bo‘lsaydi, Men xalqimni tark etgan bo‘lardim, Ularning orasidan chiqib ketardim! Axir, ularning hammasi zinokor, xoinlar to‘dasidir.
3 Egamiz shunday demoqda: “Xalqim tillarini kamon kabi qayirib, Yolg‘on so‘zlarni o‘qdek otishadi. Xalqim nohaqlik qilib, yurtda kuchayib bormoqda, Yomonlik ketidan yomonlik qilmoqda, Ular Meni tan olmaydilar.”
4 “Qo‘shningizdan ehtiyot bo‘ling, Qarindoshingizga ishonmang. Hamma qarindoshingiz yolg‘onchi, Hamma qo‘shningiz tuhmatchi.
5 Qo‘shni qo‘shnisini aldaydi, Birontasi to‘g‘ri gap gapirmaydi. Tili yolg‘on gapirishga o‘rganib qolgan. Holdan toyguncha gunoh qilishadi.
6 Ey Yeremiyo, sen yolg‘onchilar orasida yashayapsan, Ular yolg‘onlari dastidan Meni tan olishni xohlamayaptilar.” Egamizning kalomi shudir.
7 Shu sababdan Sarvari Olam demoqda: “Men xalqimni sinovdan o‘tkazib, poklayman. Ularni boshqa nima ham qilar edim?!
8 Ularning tili halokat keltiradigan o‘qqa o‘xshaydi, Og‘zidan faqat yolg‘on so‘zlar chiqadi. Qo‘shnilariga shirin gapirishadi, Ichlarida esa ularni tuzoqqa tushirmoqchi bo‘lishadi.
9 Shunday ekan, bular uchun ularni jazolamaymi?! — deb aytmoqda Egamiz, Shunday bir xalqdan o‘ch olmaymi?!”
10 Men tog‘lar uchun faryod qilib, yig‘layman, Dashtdagi yaylovlar uchun marsiya aytaman, Chunki yaylovlarning hammasi qurib qolgan. U yerdan hech kim o‘tmaydi, Sigirlarning ma’rashi eshitilmaydi. Qushlaru hayvonlar bu yerlarni tark etgan.
11 Egamiz shunday dedi: “Men Quddusni vayron qilaman, Bu yerni chiyabo‘rilarning makoniga aylantiraman. Yahudo shaharlari huvullab qoladi, U yerda bironta ham odam qolmaydi.”
12 Men Egamizdan so‘radim: “Ey Egam, nechun bu yurt shu qadar vayron bo‘lib ketdi? Nechun sahro kabi huvullab qoldi? U yerda bironta ham sayyoh ko‘rinmaydi. Qaysi farosatli odamning bunga aqli yetadi?! Sen bularni kim orqali xalqqa yetkazasan?”
13 Egamiz shunday javob berdi: “Men xalqimga qonunlar bergan edim, lekin ular rad etdilar, Menga itoat etmadilar, qonunlarimga rioya qilmadilar.
14 Aksincha, yuraklarining o‘jarliklarini qildilar, ota–bobolari o‘rgatgandek Baalga sig‘indilar.”
15 Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: “Men bu xalqqa achchiq o‘tdan yedirib, zaharli suvdan ichiraman.
16 O‘zlari va ota–bobolari bilmagan xalqlar orasiga Men ularni tarqatib yuboraman. Ularning ketidan qilich jo‘natib, qirdirib tashlayman.”
17 Sarvari Olam shunday demoqda: “Endi quloq soling! Yig‘ichilarni chaqirib keling, Ularning eng mohirlari kelsin.”
18 Xalq shunday dedi: “Ularga ayting, tezroq kelsin. Biz uchun marsiya aytishsin, Ko‘zimizdan yoshlar oqsin, Kipriklarimizdan suvlar to‘kilsin
19 Ana, Quddusdan faryod eshitilmoqda: “Xonavayron bo‘ldik! Qanday sharmandagarchilik! Yurtimizni tark etishga majburmiz, Uylarimiz vayron bo‘ldi.”
20 Ey ayollar, Egamizning so‘zini eshiting, Uning og‘zidan chiqqan har bir so‘ziga quloq soling. Qizlaringizga marsiya aytishni o‘rgating, Bir–biringizga yig‘i qo‘shig‘ini yodlating.
21 Ana, derazalardan o‘lim o‘rmaladi, Qal’alarimizga kirib oldi. Ko‘chalardagi bolalarni yo‘q qilib tashladi, Maydonlardagi yoshlarni qirib yubordi.
22 Ey ayollar, sizlar ayting: — Egamiz shunday demoqda: “Odamlarning jasadlari yotadi Daladagi go‘ng kabi, O‘roq solingan bug‘doy kabi. Ularni hech kim yig‘ishtirib olmaydi.”
23 Egamiz shunday deb aytmoqda: “Donolar donoligi bilan maqtanmasin. Kuchlilar kuchi bilan maqtanmasin. Boylar boyligi bilan maqtanmasin.
24 Kim maqtanmoqchi bo‘lsa, Xudoni bilaman, deb maqtansin, Xudoni tushunaman, deb maqtansin. Men Egangizman. Men mehr–shafqat ko‘rsataman, yer yuzida adolatu haqiqat ila ish tutaman. Bunday qilishdan Men zavqlanaman.” Egamizning kalomi shudir.
25 Egamiz shunday demoqda: “Shunday kunlar keladiki, badani sunnat qilingan, yuragi esa sunnat qilinmagan odamlarning hammasini Men jazolayman.
26 Ha, Men Misrliklarni, Edom naslini, Ommon xalqini, Mo‘abliklarni, sochini oldirib yuradigan cho‘l qabilalarining hammasini va ular bilan birga O‘z xalqim Yahudoni jazolayman. Chunki aslida, bu xalqlarning hammasi sunnatsiz, ularning yuragi sunnat qilinmagan.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак