Muqaddas Kitob


CHIQISH

(TAVROTNING IKKINCHI KITOBI)

Kirish

Chiqish kitobi Tavrotning ikkinchi kitobidir. Mazkur kitobda Xudo O‘z xalqi Isroilni Misrdagi qullikdan ozod qilgani va u yerdan olib chiqqani to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shu bois, kitob “Chiqish” deb nomlangan. Ibtido kitobining oxirida bayon qilingan voqealardan mazkur kitobda bayon qilingan voqealargacha oradan 400 yil o‘tadi. Isroil xalqi taxminan miloddan avvalgi 1440 yilda Misrdan chiqadi (3 Shohlar 6:1 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang).

Chiqish kitobida Xudoning nomi (3:13-15 ga qarang) va Uning ilohiy tabiati namoyon qilingan bo‘lib: “Egamiz tanho, haqiqiy Xudodir, barcha yaratilganlarning Hukmdoridir”, deb ta’lim beriladi. Xudo biror ishni amalga oshirishga qaror qilganda, hech kim Uni to‘xtata olmaydi.

Chiqish kitobini uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismdagi aksariyat voqealar (1-13–boblar) Misr yurtida ro‘y beradi. Isroil xalqi bu yerda fir’avnga qul bo‘lib xizmat qilardi. Xudo O‘z xalqining ohu nolalarini eshitadi. Ularni qullikdan ozod qilish uchun Musoni tanlaydi.

Muso fir’avndan, Isroil xalqini qo‘yib yubor, deb talab qilganda, fir’avn rad javobini beradi. Shuning uchun Xudo Misrga o‘nta ofat yuborishi to‘g‘risida Musoga aytadi. Bu ofatlar ko‘pincha “o‘nta o‘lat” deb ham aytiladi. Oxiri, noiloj qolgan fir’avn Isroil xalqiga Misrdan chiqib ketishga ijozat beradi.

Kitobning ikkinchi qismida (14-18–boblar) Isroil xalqi Xudoning muqaddas tog‘i — Sinayga ketayotganlarida boshlaridan kechirgan voqealar hikoya qilinadi. Misr fir’avni Isroil xalqini ozod qilish fikridan darrov qaytib, lashkariga ularni tutib kelish haqida farmon beradi. Lekin Xudo Isroil xalqini himoya qilib, Misr lashkarini qirib tashlaydi.

So‘ngra Isroil xalqi sahro bo‘ylab yurganda, Xudo ularni oziq–ovqat va suv bilan

ta’minlaydi.

Kitobning so‘nggi qismidagi voqealar (19-40–boblar) Sinay tog‘ida yuz beradi. Xudo bu tog‘da Musoga zohir bo‘lib, unga o‘nta amrni, shuningdek, kundalik turmush, axloq

va sajda marosimlariga oid qonun–qoidalarni beradi. Xudo Isroil xalqi orasida istiqomat qila olishi uchun Musoga Muqaddas chodirni yasashni buyuradi. Chodir va uning jihozlariga oid batafsil ko‘rsatmalarni beradi. Muqaddas chodir Xudoning O‘z xalqi orasidagi maskani bo‘lib, xalq u yerda Xudoga turli nazrlaru qurbonliklarni keltirishi kerak bo‘ladi.

Mazkur kitobning zamirida axloq va Xudoga sajda qilish kabi muhim mavzular yotadi. Chiqish kitobida Xudo O‘z xalqiga to‘g‘ri sajda qilish yo‘llarini o‘rgatadi. Biroq shu bilan cheklanibgina qolmay, ularga najot haqida xabar berib, O‘z va’dalariga sodiqligini amalda ko‘rsatadi.


1–BOB

Misrliklar Isroil xalqiga zulm o‘tkazadi

1-4 Isroil* o‘g‘illarining ismlari quyidagichadir: Ruben, Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor, Zabulun, Benyamin, Dan, Naftali, Gad, Osher. Ular otasi Yoqub bilan birga o‘z oilalarini olib, Misrga ketgan edilar. 5 O‘shanda Yoqubning avlodi hammasi bo‘lib yetmish* kishidan iborat edi. Uning o‘g‘li Yusuf bu paytda Misrda yashardi.

6 Vaqti–soati yetib, Yusuf, uning aka–ukalari va o‘sha avlodning hammasi olamdan o‘tib ketdi. 7 Isroil nasli esa barakali bo‘lib, borgan sari ko‘payib boraverdi. Misr yurti ular bilan to‘lib–toshdi.

8 O‘sha paytda Misr taxtiga yangi fir’avn* o‘tirdi. U Yusuf to‘g‘risida hech narsa

bilmasdi. 9 U o‘z xalqiga shunday dedi:

19 — Ibroniy ayollar Misrlik ayollarga o‘xshamaydilar, — deb javob berishdi doyalar.

13 Ammo Egamiz Muso bilan Horunga amr qildi: “Misr fir’avni oldiga qaytib boringlar. Isroil xalqi Misrdan ketishiga ijozat bering, deb talab qilinglar.”

Muso va Horunning nasl–nasabi

14 Ba’zi Isroil qabilalarining urug‘boshilari quyidagilardir:


Yoqubning* to‘ng‘ich o‘g‘li Rubenning Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi degan o‘g‘illari bor edi. Ulardan Ruben qabilasining urug‘lari kelib chiqqan.


15 Shimo‘nning Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zo‘xar va Kan’onlik ayoldan tug‘ilgan Shovul degan o‘g‘illari bor edi. Ulardan Shimo‘n qabilasining urug‘lari kelib chiqqan.


16 Levi 137 yil yashadi. Uning Gershon, Qohot va Marori degan o‘g‘illari bor edi. 17 Gershonning Lubnax va Shimax degan o‘g‘illari bor edi. 18 Qohot 133 yil yashadi. Uning Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol degan o‘g‘illari bor edi.

19 Marorining Maxli va Mushi degan o‘g‘illari bor edi. Ularning hammasidan Levi qabilasining urug‘lari kelib chiqdi.

20 Imrom 137 yil yashadi. U o‘zining ammasi Yo‘xavadga uylandi. Yo‘xavad Imromga Horun va Musoni tug‘ib berdi. 21 Izxorning Ko‘rax, Nafax va Zixri degan o‘g‘illari bor edi. 22 Uziyolning Mishail, Elzafan va Sitri degan o‘g‘illari bor edi.

23 Horun Elishbaga uylandi. U Ominadavning qizi, Naxsho‘nning singlisidir.

Elishba Horunga to‘rtta o‘g‘il: Nadov, Abihu, Elazar va Itamarni tug‘ib berdi. 24 Ko‘raxning Aser, Elqana va Abuasaf degan o‘g‘illari bor edi. Ulardan Ko‘rax urug‘lari kelib chiqdi. 25 Horunning o‘g‘li Elazar Futiyolning qizlaridan biriga uylandi. Xotini Elazarga Finxazni tug‘ib berdi.

Urug‘lari bo‘yicha Levi qabilasining urug‘boshilari ana shulardir.


26 Yuqorida aytib o‘tilgan Horun va Musoga Egamiz: “Isroilning har bir oilasi va qabilasini Misrdan olib chiqinglar!” deb amr berdi. 27 Ular: “Isroil xalqini ozod qiling”, deb Misr fir’avniga buyruq berdilar.

Horun Musoning o‘rniga gapiradi

28 Shunday qilib, Egamiz Muso bilan Misrda gaplashganda, 29 unga: “Men Egangizman, senga aytganlarimning hammasini Misr fir’avniga yetkaz!” deb amr bergan edi. 30 Muso esa Egamizning oldida: “Men yaxshi gapira olmayman–ku! Fir’avn mening gapimga quloq solmaydi!” degan edi.



1 Egamiz Musoga aytdi:

7–BOB

— Qarab tur, akang Horunni sening o‘rningga gapiradigan qilaman. Seni fir’avn uchun Xudoday qilib qo‘yaman. Horun esa sening payg‘ambaring bo‘lib, gaplaringni fir’avnga yetkazadi. 2 Men senga aytgan hamma amrlarni akangga ayt. Isroil xalqi Misrdan chiqib ketishi uchun ijozat ber, deb Horun fir’avnga aytadi. 3 Lekin Men alomatu mo‘jizalarimni Misr yurtida ko‘rsatay deb, fir’avnning yuragini tosh qilib qo‘yaman.

4 Fir’avn sizlarning gapingizga quloq solmaydi. O‘shanda Men Misrga qarshi qo‘l ko‘tarib, unga ko‘p kulfatlar keltiraman. Keyin hukmning qudratli ishlari bilan Isroil oilalarini va qabilalarini olib chiqaman. 5 Misrga qarshi qo‘l ko‘tarib, Isroil xalqini Misrliklarning orasidan olib chiqqanimda, Egangiz Men ekanligimni Misr xalqi bilib

oladi.

6 Muso bilan Horun Egamizning amriga binoan ish tutdilar. 7 Ular fir’avn bilan

gaplashganlarida, Muso sakson yoshda, Horun sakson uch yoshda edi.

Horunning tayog‘i

8 Egamiz Muso bilan Horunga gapirdi:

9 — Fir’avn sizlarga: “Birorta ajoyibot ko‘rsatinglar–chi”, deb aytsa, Horunga buyur, tayoqni olib, fir’avnning oldiga tashlasin. Tayoq ilonga aylanib qoladi.

10 Shunday qilib, Muso bilan Horun fir’avn huzuriga bordilar. Egamiz amr etganday ish tutdilar: Horun tayog‘ini fir’avn va uning a’yonlari oldiga tashlagan edi, tayoq o‘sha zahoti ilonga aylanib qoldi. 11 Shunda fir’avn ham o‘zining sehrgarlarini — donishmandlarini va folbinlarini chaqirdi. Misr sehrgarlari sehr–jodularini ishlatib, o‘shanaqa mo‘jiza ko‘rsatdilar. 12 Har biri tayog‘ini yerga tashlagan edi, tayoq ilonga aylanib qoldi. Horunning iloni Misr sehrgarlarining ilonlarini yutib yubordi. 13 Egamiz aytganday, baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qoldi, Muso bilan Horunning gapiga u quloq solmadi.

Birinchi falokat: Nil daryosi qonga aylanadi

14 Shundan keyin Egamiz Musoga aytdi:

burgaga aylanib, butun Misrni qoplaydi.

17 Ular Egamizning aytganini qildilar: Horun qo‘lidagi tayog‘ini uzatib, yerning changiga urgan edi, insonlar bilan hayvonlarning ustiga burga yopirildi. Butun Misr yerining changi burgaga aylandi. 18 Odamlarni, hayvonlarni burga bosib ketdi.

Sehrgarlar ham sehr–jodulari bilan changni burgaga aylantirmoqchi bo‘ldilar, lekin uddasidan chiqolmadilar. 19 Ular fir’avnga: “Bu Xudoning ishi”, deyishdi. Lekin Egamiz aytganday, baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Muso bilan Horunning

aytganlariga quloq solmadi.


To‘rtinchi falokat: so‘na ofati

20 Egamiz Musoga yana gapirdi:

29 — Shahardan chiqishim bilanoq qo‘llarimni Egamizga cho‘zib iltijo qilaman, —

dedi Muso. — Momaqaldiroq to‘xtaydi, do‘l ham yog‘maydi. O‘shanda butun olam Egamizniki ekanini bilasan. 30 Lekin shunisi menga ma’lumki, o‘zing, a’yonlaring hali ham Parvardigor Egamizdan qo‘rqmaysizlar.

31 Bu paytda arpa boshoqlagan, zig‘irpoya gullab qolgandi. Zig‘irpoya va arpa payhon bo‘ldi. 32 Biroq bug‘doy kechki bo‘lgani uchun* zarar ko‘rmadi. 33 Muso fir’avn huzuridan chiqib, shahardan tashqariga bordi. U qo‘llarini Egamiz tomon uzatgan edi, momaqaldiroq va do‘l to‘xtadi, yomg‘ir ham tindi. 34 Yomg‘ir tinib, do‘l va momaqaldiroq to‘xtaganini fir’avn ko‘rdi–yu, yana gunohga qo‘l urdi. O‘zi ham, a’yonlari ham yuragini tosh qilib oldilar. 35 Egamiz Muso orqali aytganday, baribir, fir’avnning yuragi

toshligicha qolib, Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.


10–BOB

Sakkizinchi falokat: chigirtka ofati

1 Egamiz Musoga amr berdi:

Hatto chorvaning birinchi erkak bolasigacha nobud bo‘ladi. 6 Butun Misr bo‘ylab qattiq faryod ko‘tariladi. Bunaqa voqea ilgari bo‘lmagan, bundan keyin ham bo‘lmaydi. 7 Isroil xalqi yashagan yerlarda esa tinchlik hukm suradi. Ularga qarashli birorta odamga yoki birorta hayvonga hatto it ham hurib qo‘ymaydi. O‘shanda Men, Egangiz, Isroil xalqini Misr xalqidan ayirganimni bilib olasizlar.” 8 O‘shanda a’yonlaring hammasi kelib, menga ikki bukilib ta’zim qiladi. Menga: “Sen ham, senga ergashgan xalqing ham ketinglar”, deb yolvorasizlar. Men o‘shandan keyin ketaman.

Muso g‘azab bilan fir’avnning huzuridan chiqib ketdi.

9 Egamiz Musoga shunday degan edi: “Misrda Mening ajoyibotlarim ko‘payishi uchun fir’avn sizlarning gapingizga quloq solmaydi.” 10 Muso bilan Horun fir’avnning oldida hamma ajoyibotlarni ko‘rsatib bo‘ldilar. Lekin Egamiz fir’avnning yuragini tosh qilib qo‘ydi. Fir’avn o‘z yurtidan Isroil xalqining ketishiga ijozat bermadi.


12–BOB

Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayrami to‘g‘risida ko‘rsatmalar

1 Muso bilan Horun Misrda yashar ekanlar, Egamiz ularga quyidagi ko‘rsatmalarni

berdi:

Fisih ziyofati

2 “Bu oy sizlar uchun ilk oy — yilning birinchi oyi bo‘ladi*. 3 Isroil xalqining butun jamoasiga yetkazinglar: shu oyning o‘ninchi kunida oila boshliqlari bitta qo‘zi yoki uloqcha tanlaydi. Buni xonadondagilar tanovul qiladi. 4 Bitta jonliq bir oilaga ko‘plik qiladigan bo‘lsa, oila a’zolarining soni va bir odam tanovul qiladigan go‘sht miqdori hisoblab chiqiladi. So‘ngra o‘sha oila jonliq go‘shtini yonidagi qo‘shnisi bilan bo‘lishadi. 5 Nuqsonsiz, bir yashar erkak jonliqni tanlab olinglar. 6 Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni kechqurungacha qo‘zilarni alohida saqlanglar. So‘ngra Isroil xalqi jamoasining har bir xonadoni o‘zining qo‘zisini so‘yishi lozim. 7 So‘ng ular qurbonlikning qonidan olib, qurbonlik go‘shti tanovul qilinadigan uyning eshigi kesakisi* yonlariga va tepasiga surtishsin. 8 O‘sha kuni kechqurun go‘shtni olovda pishirishsin va o‘sha go‘shtni,

xamirturushsiz non hamda taxir o‘tlarni tanovul qilishsin. 9 Qurbonlik go‘shtining suvda qaynatilganini yoki xomini tanovul qilishmasin. Kalla–pocha va ichak–chovoqlarini olovda pishirib yeyishsin. 10 Go‘shtdan ertalabgacha qolmasin. Agar ortib qolsa,

ertalabga qoldirmay olovda kuydiringlar. 11 Go‘shtni tanovul qilayotganingizda, shay turinglar. Chorig‘ingiz oyog‘ingizda, tayog‘ingiz qo‘lingizda bo‘lsin, tez–tez yenglar. Men, Egangizga bag‘ishlangan Fisih qurbonligi shudir.

12 O‘sha tunda Men Misrning bu boshidan narigi boshigacha o‘tib, insonlarning har bir to‘ng‘ich o‘g‘illarini ham, chorvaning birinchi erkak bolasini ham o‘ldiraman. Men, Egangiz, Misrning hamma xudolariga qarshi hukmni ijro etaman. 13 Eshiklaringizning kesakisiga surtilgan qon yashayotgan uylaringizni belgilaydi. Qonni ko‘rib, sizlarni chetlab o‘taman. Men Misrni jazolaganimda, o‘lat ofatidan sizlar omon qolasizlar.

Xamirturushsiz non bayrami

14 Bu kunni* sizlar to abad esda tutishlaringiz lozim. Har yili bu kunni Men, Egangizga atalgan bayram qilib nishonlanglar. Bu bayram avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lib qolsin. 15 O‘sha yetti kun davomida xamirturushsiz non tanovul qilinglar. Birinchi kuniyoq uylaringizdagi xamirturushni yo‘qotinglar. Kimki yetti kun davomida xamirturush qo‘shilgan non tanovul qilsa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi. 16 Bayramning birinchi kuni ham, yettinchi kuni ham butun xalq muqaddas yig‘inga kelishi lozim. Shu kunlari, ovqat tayyorlashdan tashqari, hech qanday ish qilmanglar.

17 Xamirturushsiz non bayramini har yili nishonlaysizlar, chunki aynan o‘sha kuni Men sizlarning oilalaringizni va qabilalaringizni Misrdan olib chiqqanman. Bu bayram avlodlaringiz osha nishonlanib, doimiy qonun–qoida bo‘lib qolsin. 18 Birinchi oyning* o‘n to‘rtinchi kuni kechqurundan boshlab shu oyning yigirma birinchi kuni kechqurungacha xamirturushsiz non tanovul qilinglar. 19 Uylaringizda o‘sha yetti kun davomida aslo xamirturush bo‘lmasin. Kimki xamirturush qo‘shilgan non tanovul qilsa, u asli Isroil naslidanmi, musofirmi, baribir, Isroil xalqining jamoasidan yo‘q qilinadi.

20 Xamirturush qo‘shilgan nonni hech tanovul qilmanglar. Qayerda yashasangizlar ham, xamirturushsiz non tanovul qilinglar.”

Ilk Fisih ziyofati

21 Shundan keyin Muso Isroilning hamma oqsoqollarini chaqirtirib, ularga dedi:

27 — Bu Egamizga bag‘ishlangan Fisih qurbonligidir. Egamiz Misrliklarning to‘ng‘ich o‘g‘illarini halok qilganda, Misrdagi Isroil xalqining uylarini chetlab o‘tib ketdi. Shunday qilib, bizning xonadonlarimizni omon saqlab qoldi.”

Shunda Isroil oqsoqollari egilib, sajda qildi. 28 So‘ngra ular borib, Egamizning Musoga

va Horunga bergan amri bo‘yicha ish tutdilar.

O‘ninchi falokat: jamiki to‘ng‘ich erkak zoti nobud bo‘ladi

29 Egamiz yarim kechasi Misrliklarning jamiki to‘ng‘ichlarini — taxtda o‘tirgan fir’avnning to‘ng‘ich o‘g‘lidan tortib, zindonda yotgan asirning to‘ng‘ich o‘g‘ligacha o‘ldirdi. Hamma chorvaning birinchi erkak bolasini ham nobud qildi. 30 O‘sha kecha fir’avn, uning hamma a’yonlari va butun Misr xalqi uyg‘onib ketdi. Butun Misrni qattiq dod–faryod tutdi. Odam nobud bo‘lmagan birorta xonadon yo‘q edi. 31 O‘sha tundayoq fir’avn Muso bilan Horunni chaqirtirib aytdi:

— O‘zlaringiz ham, Isroil xalqingiz ham yo‘qolinglar! Mening yurtimdan chiqib ketinglar! O‘zlaringiz aytganingizday, borib Egangizga sajda qilaveringlar. 32 Mol– qo‘ylaringizni ham olib ketinglar. Ammo ketayotganingizda, meni duo qilinglar.

33 “Isroil xalqi yurtimizdan tezroq chiqib ketsin, agar chiqib ketmasa, hammamiz o‘lib ketamiz”, deb Misrliklar ularni qistovga oldilar. 34 Shunday qilib, Isroil xalqi kiyim– kechaklariga o‘ralgan xamirturush qo‘shilmagan xamir to‘la tog‘oralarini olib, yelkalariga ortishdi. 35 Isroil xalqi Musoning aytganini qilib, Misrliklardan oltin va kumush taqinchoqlar, kiyim–kechaklar so‘rab olishdi. 36 Egamiz Misrliklarni shunday qildiki, ular Isroil xalqiga iltifot ko‘rsatdilar. Isroil xalqi nima so‘rasa, ular berdilar. Shu yo‘l bilan Isroil xalqi, g‘olib lashkarday, Misrliklarning boyliklarini olib ketdi.

Isroil xalqi Misrdan chiqib ketadi

37 Isroil xalqi Ramzesdan Suxotga* qarab yayov yo‘lga chiqdi. Ular 600.000 tacha erkak bo‘lib, ayollar va bolalar bu hisobga kirmasdi. 38 Son–sanoqsiz begona xalqlar, ko‘plab mol–qo‘ylar ham ular bilan birga ketdi. 39 Isroil xalqi Misrdan olib chiqqan xamirturushsiz xamirdan patir non yopdilar. Ular Misrdan shunchalik tez chiqib ketdilarki, yo‘lga yegulik tayyorlagani vaqt topolmagandilar.

40 Isroil xalqi Misrda 430 yil yashadi. 41 430 yilning oxirgi kunida Egamizning xalqiga qarashli bo‘lgan hamma qabilalar Misrdan chiqib ketishdi. 42 O‘sha kuni kechasi Egamiz xalqiga posbonlik qilib, ularni Misrdan olib chiqqan edi. Shu sababdan Isroil xalqi ham avlodlar osha, har yili o‘sha tunni Egamizga bag‘ishlab, bayram qilishlari kerak.

Fisih ziyofati to‘g‘risida qonun–qoidalar

43 Keyin Egamiz Muso bilan Horunga aytdi: “Sizlar rioya qilishingiz lozim bo‘lgan

Fisih ziyofatining qonun–qoidalari quyidagichadir:


Isroil xalqiga qondosh bo‘lmagan odam Fisih taomidan tanovul qilmaydi. 44 Lekin sotib olgan qullaringiz sunnat qilingandan keyin Fisih taomidan tanovul qilsa bo‘ladi. 45 Musofirlar va mardikorlar ham bu taomdan tanovul qilishmaydi.

46 Taomlar qaysi uyda tayyorlangan bo‘lsa, hammasi o‘sha uyda tanovul qilinishi lozim. Tashqariga taom olib chiqilmaydi. Fisih ziyofatiga atab qurbonlik qilingan birorta ham hayvonning suyagi sindirilmaydi.

47 Isroil xalqining butun jamoasi Fisih ziyofatini nishonlaydi. 48 Yonlaringizdagi biror musofir Men, Egangizga bag‘ishlangan Fisih ziyofatini nishonlamoqchi bo‘lsa, oldin uning xonadonidagi hamma erkaklar sunnat qilinishi lozim. Shundan keyingina Isroil xalqiga mansub bo‘lgan odamday, Isroil jamoasiga qo‘shilib, Fisih ziyofatini nishonlaydi. Sunnat qilinmaganlarning hech qaysisi Fisih taomidan tanovul qilishi mumkin emas.

49 Shu yerning tub aholisi uchun ham, oralaringizda yashayotgan musofir uchun ham

qonun o‘shadir.”

50 Egamizning Muso va Horun orqali bergan qonun–qoidalarini Isroil xalqi bajardilar. 51 Shunday qilib, o‘sha kuniyoq Egamiz Isroil oilalarini va qabilalarini Misrdan olib chiqdi.


13–BOB

To‘ng‘ich erkaklarni bag‘ishlash to‘g‘risidagi amr

1 Egamiz Musoga yana gapirdi:

2 — Hamma to‘ng‘ichlarni Menga bag‘ishlanglar. Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illari va hayvonlarining birinchi erkak bolasi Menikidir.

Xamirturushsiz non bayrami to‘g‘risida ko‘rsatmalar

3-4 Shundan so‘ng Muso xalqqa dedi: “Bugun Abib oyida* sizlar Misr yurtidan chiqib ketyapsizlar. Xamirturush qo‘shilgan nonni yemanglar. Bu kunni aslo eslaringizdan chiqarmanglar. Zero, Egamiz O‘z qudrati bilan sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqdi. 5 U sizlarni Kan’on, Xet, Amor, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga olib boradi. Egamiz bu yerlarni ota–bobolaringizga, beraman, deb ont ichgan. U sizlarni sut va asal oqib yotgan o‘sha yurtga* olib borgandan keyin, Abib oyida quyidagicha udumni o‘tkazinglar: 6 yetti kun xamirturushsiz non yenglar. Yettinchi kuni Egamizga atab bayram qilinglar. 7 Shu paytlarda uyingizda yoki yurtingizning biron joyida xamirturushli non yoki xamirturush bo‘lmasin. 8 Har yili bayram kunlari davomida nima uchun bayramni nishonlayotganingizni bolalaringizga tushuntirishingiz lozim. Ularga:

16 Bu bayram qo‘lingizdagi yoki peshanangizdagi bir belgiday bo‘lib qoladi. Egamiz

bizni qudratli qo‘li bilan Misrdan olib chiqqanini shu bayram sizlarga eslatib turadi.”

Ustun shaklidagi bulut va alanga

17 Xalq urushga duch kelib qolsa, Misrga qaytib ketmasin, deb o‘yladi Xudo. Shuning uchun fir’avn Isroil xalqiga ijozat bergandan keyin, Filist xalqining yurti orqali o‘tadigan yo‘l* to‘g‘ri Kan’onga olib borsa ham, Xudo xalqni bu yo‘ldan boshlab ketmadi. 18 Xudo xalqni Qizil dengizga* sahro bo‘ylab aylanma yo‘l orqali olib ketdi.

Isroil xalqi Misrdan chiqqanda, guruhlarga bo‘lingan holda yo‘lga tushdi. 19 Muso Yusufning suyaklarini o‘zi bilan oldi. Yusuf Isroil urug‘lariga qasam ichdirib: “Xudo sizlarni qutqargani albatta keladi, o‘shanda mening suyaklarimni bu yerdan olib ketinglar”, degan edi*.

20 Isroil xalqi Suxotdan chiqqandan keyin, sahro etagidagi Etxamda qarorgoh qurdi. 21 Egamiz kunduzi ustun shaklidagi bulut ichida, kechasi ustun shaklidagi alanga ichida ularning oldida yurib, yo‘llarini yoritib yo‘l ko‘rsatib bordi. Shu tariqa Isroil xalqi hamma vaqt — kunduzi ham, kechasi ham yo‘l yura oldi. 22 Kunduzi bulut ustuni, kechasi alanga ustuni xalqning oldidan bir dam nari ketmadi.


14–BOB

Egamiz Qizil dengizda Isroil xalqini qutqaradi

1 Egamiz Etxamda Musoga shunday dedi:

2 — Isroil xalqiga: “Migdol bilan dengiz o‘rtasidagi Piy–Xaxiro‘t yaqiniga qaytib boringlar”, deb ayt. U yerda Baal–Zafo‘n qarshisidagi Qizil dengiz* sohili bo‘ylab chodir tikishsin. 3 O‘shanda fir’avn: “Isroil xalqi yurtda adashib qolibdi, sahro ularning ketishiga xalaqit beryapti”, deb o‘ylaydi. 4 Fir’avn sizlarni ta’qib qilsin deb, Men uning yuragini tosh qilib qo‘yaman. Fir’avn va uning lashkari ustidan g‘alaba qilaman. Shu orqali shuhratga erishaman. Ana o‘shanda Egangiz Men ekanligimni Misr xalqi bilib oladi.

Isroil xalqi Egamiz aytganday qildi. 5 Fir’avnga: “Isroil xalqi qochib ketibdi”, deb xabar yetkazishdi. Fir’avn va a’yonlarining Isroil xalqi to‘g‘risidagi niyatlari o‘zgardi: “Nima qilib qo‘ydik–a? Isroil xalqiga ketishga ijozat berib, qullarimizdan ayrilib qolibmiz–ku!” deyishdi. 6 Fir’avn jang aravalarini tayyorlatdi, lashkarini yoniga oldi. 7 U Misrdagi hamma jang aravasini, shu bilan birga, olti yuzta sara jang aravasini ham yo‘lga otlantirdi. Har bir jang aravasining lashkarboshisi bor edi. 8 Egamiz Misr fir’avnining yuragini tosh qilib qo‘ydi. Fir’avn Isroil xalqining ortidan quvdi. Isroil xalqi shaxdam qadam bilan Misrdan chiqib ketayotgan edi. 9 Misrliklar — fir’avnning jamiki lashkari, otlari, aravakashlar va jang aravalari bilan Isroil xalqining ortidan tushdi. Dengiz qirg‘og‘ida Baal–Zafo‘n qarshisida — Piy–Xaxiro‘t yaqinida Isroil xalqiga yetib oldilar.

Isroil xalqi bu yerda qarorgoh qurgan edi.

10 Fir’avn tobora yaqinlashib kelardi. Isroil xalqi orqalariga qarab Misrliklar quvib kelayotganini ko‘rdilar–u, sarosimaga tushib qoldilar. Ular Egamizga iltijo qilib, madad so‘radilar. 11 Keyin Musoga aytdilar:

27 Muso qo‘lini dengizga uzatdi. Tong payti dengiz suvi asl holiga qaytdi. Misrliklar suvdan qutulmoqchi bo‘lib qochayotgan edi, Egamiz ularni dengizning o‘rtasiga silkib otdi. 28 Suv asl holiga qaytdi. Fir’avnning aravakashlarini va jang aravalarini, Isroil xalqini ortidan quvib, dengiz o‘rtasiga tushgan hamma Misr lashkarini g‘arq qildi.

Ulardan birortasi ham tirik qolmadi. 29 Isroil xalqi esa dengiz o‘rtasida quruq yerdan yurib o‘tdi. Suv o‘ng tomonda ham, chap tomonda ham Isroil xalqiga devor bo‘lib turardi.

30 Shunday qilib, Egamiz o‘sha kuni Isroil xalqini Misrliklarning qo‘lidan qutqardi. Isroil xalqi dengiz qirg‘og‘ida Misrliklarning jasadlarini ko‘rdi. 31 Egamiz buyuk qudrati bilan Misrliklarni mag‘lub qilganini Isroil xalqi ko‘rgach, Undan qo‘rqadigan bo‘ldilar. Ular Egamizga va Uning quli Musoga ishondilar.

15–BOB

Muso va Maryamning g‘alaba qo‘shig‘i

1 Shundan keyin Muso va Isroil xalqi Egamizga quyidagi qo‘shiqni kuyladi:


“Egamizni madh etib kuylayman. U buyuk g‘alaba keltirdi.

Otlarni, aravakashlarni dengizga uloqtirdi.

2 Egamiz mening kuch–qudratimdir*. U mening qutqaruvchimdir.

U mening Xudoyimdir, men Uni olqishlayman,

Otamning Xudosidir, men Uni ulug‘layman.

3 Ha, U jangchidir, U Egamizdir*.

4 Fir’avnning lashkarini, jang aravalarini Egamiz dengizga uloqtirdi.

Uning sara lashkarboshilarini Qizil dengizga* cho‘ktirdi.

5 Dengiz qa’ri ularni ko‘mdi.

Ular tosh singari tubsizlikka tushib ketdilar.


6 Ey Egamiz, Sening qudrating azimdir.

Ey Egamiz, Sening o‘ng qo‘ling dushmanni rosa ezdi.

7 Sen buyuk g‘alaba qozonding.

Dushmanlaringni yiqitib,

Ularga g‘azabingni sochgan eding,

G‘azabing ularni xas–cho‘p singari yondirib tashladi.

8 Qahrli nafasingdan suv bir joyga yig‘ilib,

Devor kabi tik turib qoldi,

Dengizning qa’ri qattiq yer bo‘lib qoldi.

9 Shunda dushman gerdayib aytdi:

«Orqalaridan tushaman, quvib yetaman.

O‘ljani baham ko‘raman. Bulardan ko‘nglim qoniqadi. Qilichimni yalang‘ochlab, ularni yana qul qilaman.»

10 Qahrli nafasingdan dengiz ularni ko‘mib yubordi. Ular bahaybat suvda qo‘rg‘oshinday g‘arq bo‘ldilar.


11 Xudolar orasida Senga o‘xshagani bormi, ey Egamiz?! Kim Senga o‘xshar?!

Muqaddasliging bilan ulug‘vorsan Sen,

Qo‘rqinchli ishlaring bilan hamdu sanoga ilhomlantirasan,

Sen ajoyibotlar ko‘rsatasan.

12 Sen o‘ng qo‘lingni uzatgan eding, G‘animlarni yer yutdi.


13 O‘zing qutqargan o‘sha xalqni Sen sodiq sevging bilan olib borasan.

Muqaddas makoningga* qudrating bilan ularni yetaklab borasan.

14 Xalqlar eshitib buni, titrashadi: Filist xalqi vahimaga tushib qoladi.

15 Edom urug‘boshilari qo‘rquvga tushadi–ku,

Mo‘ab beklarini titroq bosadi–ku! Kan’ondagi xalqlar umidsizlikka tushadi–ku! 16 Ularni qo‘rquv va dahshat qamrab olar.

Ey Egamiz, Sening xalqing o‘tib ketguncha, O‘zing ega bo‘lgan bu xalq o‘tib ketguncha,

Ular bilaging kuchi oldida toshday qotib qoladi.

17 Xalqingni O‘z tog‘ingga olib kelasan,

Ularni joylashtirasan uying uchun tanlagan yerga, ey Egamiz!

Qo‘llaring o‘rnatgan muqaddas maskaningga* Olib kirib joylashtirasan, ey Rabbiy!

18 Egamiz abadulabad shoh bo‘lib hukmronlik qiladi.”


19 Fir’avnning otlari, aravakashlari va jang aravalari dengiz o‘rtasiga tushdi. Shunda Egamiz ularning ustiga dengiz suvlarini qaytarib olib keldi. Isroil xalqi esa dengiz o‘rtasidagi quruq yerdan o‘tib ketdi. Shu bois Muso va xalq qo‘shiq kuyladi.

20 Horunning singlisi Maryam payg‘ambar childirmani qo‘liga oldi. Hamma ayollar unga ergashib, childirmalarini qo‘llariga olib, o‘ynadilar. 21 Maryam quyidagi naqoratni kuylab, ularga boshchilik qildi:


“Egamizni madh etib kuylang. U buyuk g‘alaba keltirdi. Otlarni, aravakashlarni dengizga uloqtirdi.”

Taxir suv

22 Muso Isroil xalqini Qizil dengizdan boshlab chiqqandan keyin, ular Shur sahrosiga bordilar. Ular sahroda uch kun yursalar ham, suv topa olmadilar. 23 Undan keyin Maroga bordilar. Ammo Maroning suvi taxir bo‘lgani uchun icholmadilar. Shuning uchun ham u yerga Maro* deb nom berilgan edi. 24 Xalq esa: “Endi nima ichamiz?” deb Musoga ming‘irlab nolidi. 25 Muso esa Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz Musoga bir cho‘pni ko‘rsatdi. Muso cho‘pni olib suvga tashlagan edi, suv ichishga yaroqli bo‘lib qoldi.

Shunday qilib, o‘sha yerda Egamiz Isroil xalqini sinadi. Egamiz ularga yashash qonun– qoidasini berdi. 26 U Isroil xalqiga shunday dedi: “Agar Men, Egangiz Xudoga hushyor bo‘lib quloq solsangiz, Mening oldimda to‘g‘ri ishlar qilsangiz, amrlarimga itoat etsangiz, hamma qonunlarimga rioya qilsangiz, o‘shanda Men Misrliklarni duchor qilgan xastaliklarning birortasiga ham sizlarni duchor qilmayman. Sizlarga shifo beradigan Egangiz Menman.”

27 Shundan so‘ng Isroil xalqi Ilim degan joyga keldi. U yerda o‘n ikkita buloq,

yetmishta palma daraxti bor edi. Ular buloq bo‘yida qarorgoh qurdilar.


16–BOB

Manna va bedanalar

1 Isroil xalqining butun jamoasi Ilimdan chiqib jo‘nadi. Ular Misrdan chiqqanlaridan keyin bir oy o‘tgach*, Ilim bilan Sinay tog‘i oralig‘idagi Sin sahrosiga* yetib keldilar.

2 Ular sahroda turar ekanlar, hammalari ming‘irlab Muso bilan Horundan nolishdi:

3 “Qaniydi Egamiz bizni Misrda o‘ldirib qo‘ya qolganda edi! Biz Misrda go‘sht solingan qozon boshida o‘tirardik, to‘ygunimizcha non yerdik. Sizlar esa, butun jamoa ochlikdan

o‘lib ketsin deb, bizni sahroga olib keldingiz.”

4 Shunda Egamiz Musoga:

30 Shunday qilib, xalq yettinchi kuni ishlamadi.

Isroil xalqi mannadan xotira uchun saqlab qo‘yadi

31 Isroil xalqi bu yegulikka manna* deb nom qo‘ydilar. U kashnich urug‘iga o‘xshardi, rangi esa oqish, mazasi asal qo‘shilgan chalpakni eslatardi. Muso Isroil xalqiga aytdi:

32 — Egamiz shunday amr bergan: “Bir omir mannani kelgusi avlodlar uchun saqlab qo‘yinglar, toki Men sizlarni Misrdan olib chiqqanimdan keyin sahroda o‘zlaringizga yedirgan nonni ular ko‘rsinlar.”

Shundan keyin Muso Horunga aytdi:

33 — Bir idish olib, ichiga bir omir manna solgin–da, Egamizning huzuriga qo‘y*, toki kelgusi avlodlarga saqlanib qolsin.

34 Egamiz Musoga amr etganday, Horun, mannani saqlab qo‘yamiz deb, uni Ahd sandig‘ining* oldiga qo‘ydi.

35 Isroil xalqi keyingi qirq yil davomida, Kan’on yurtiga yetib borib o‘rnashgunlaricha, manna tanovul qildilar*.


36 (Mannani o‘lchash uchun foydalanilgan idish omir deb aytilgan. Bu idish taxminan

to‘rt kosaning* hajmiga to‘g‘ri kelgan.)


17–BOB

Qoyadan chiqqan suv

1 Isroil xalqining butun jamoasi har doim Egamizning amriga rioya qilib, bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurib*, Sin sahrosidan* ketdi. Isroil xalqi Rafidimda* qarorgoh qurgan edi, lekin u yerda ichgani suv yo‘q ekan. 2 Ular Musoga ta’na qila boshladilar. “Bizga ichgani suv ber”, deb undan talab qildilar. Shunda Muso:

— Nimaga menga ta’na qilyapsizlar?! — dedi. — Nima uchun Egamizni sinayapsizlar?!

3 Lekin xalq chanqagan edi. “Nimaga bizni Misrdan olib chiqding?! O‘zimizni, bolalarimizni, chorvamizni suvsizlikdan o‘ldirish uchun olib chiqqan ekansan–da?!” deb Musoni aybladilar.

4 — Bu xalqni nima qilay? — deb iltijo qildi Muso Egamizga. — Yana bir ozdan keyin

ular meni toshbo‘ron qilishadi–ku!

5 — Isroil oqsoqollaridan ba’zilarini yoningga olib, xalqning oldida bor! — deb amr

berdi Egamiz Musoga. — Nil daryosiga urgan tayog‘ingni ham o‘zing bilan ol. 6 Men sening oldingda — Sinay tog‘idagi* qoyaning tepasida turaman. Sen tayoqni qoyaga ur, qoyadan suv otilib chiqadi. Keyin xalq ichadi.

Muso Isroil oqsoqollarining ko‘zi oldida Egamiz aytganday qildi. 7 Shunday qilib, Muso o‘sha joyga Massax va Mariva* deb nom berdi. Isroil xalqi u yerda Muso bilan janjal qilgan, “Egamiz biz uchun g‘amxo‘rlik qiladimi, yo‘qmi?” deb Xudoni sinagan edi.

Isroil xalqi Omolek xalqini yengadi

8 Omolek xalqi Rafidimga kelib, Isroil xalqiga urush ochdilar. 9 Shunda Muso Yoshuaga:

15 Muso bir qurbongoh qurdirib, bu qurbongohga: “Egam bayrog‘imdir”* deb nom berdi. 16 “Omoleklar Egamizning taxtiga qarshi qo‘llarini ko‘tarishga jur’at qilganlari uchun, Egamiz doimo ularga qarshi urush qiladi”*, dedi.


18–BOB

Yatro Musoni ziyorat qiladi

1 Midiyon yurtining ruhoniysi Yatro Musoning qaynatasi edi. Xudo Musoga va O‘z xalqi Isroilga hamma qilganlarini, Egamiz Isroil xalqini Misrdan qanday qilib olib chiqqanini u eshitdi. 2 Muso xotinini otasi yoniga jo‘natib yuborganda*, Yatro Musoning xotini Zippura bilan 3 ikkala o‘g‘lini yoniga olgan edi. Muso: “Men begona yurtda musofir bo‘lib qoldim”, deb to‘ng‘ich o‘g‘liga Gershom* deb ism qo‘ygan edi. 4 So‘ngra: “Ota– bobolarimning Xudosi menga madad berdi, meni fir’avnning qilichidan qutqardi*”, deb ikkinchi o‘g‘liga Eliazar* deb ism qo‘ygandi.

5 Qaynatasi Musoning xotini va o‘g‘illarini Xudoning muqaddas tog‘i* etagiga — sahroda Muso tikkan chodirga boshlab keldi. 6 Yatro Musoga: “Men, qaynatang Yatro, xotining va ikkala o‘g‘ling bilan birga sening yoningga boryapmiz”, deb xabar berdi.

7 Muso qaynatasini kutib olgani chiqdi va unga ta’zim qilib, o‘pdi. Ikkovlari bir–biridan hol–ahvol so‘rab, chodirga kirishdi. 8 Egamiz Isroil xalqi uchun fir’avnni va Misr xalqini nimalar qilganini, Isroil xalqi yo‘lda chekkan azob–uqubatlarni, Egamiz ularni qanday qutqarganini Muso qaynatasiga aytib berdi. 9 Egamiz Isroil xalqiga qilgan yaxshiliklari uchun, ularni Misrliklarning qo‘lidan qutqargani uchun Yatro sevinib, shunday dedi:

10 — Sizlarni Misrliklarning va fir’avnning qo‘lidan qutqargan Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Isroil xalqini Misrliklarning zulmidan U qutqardi. 11 Egamiz boshqa hamma xudolardan ulug‘ ekanini endi bilaman. Egamiz O‘z xalqini takabbur Misrliklarning qo‘lidan xalos qildi.

12 So‘ngra Musoning qaynatasi Yatro Xudoga kuydiriladigan qurbonlik va boshqa qurbonliklar keltirdi. Horun va barcha Isroil oqsoqollari Musoning qaynatasi bilan Xudoning huzurida muqaddas taom yegani kelishdi.

Yatroning maslahati

13 Ertasi kuni Muso hukm kursisiga o‘tirib, xalqning janjallarini ajrim qila boshladi.

Xalq Musoning atrofida ertalabdan kechgacha tik turdi. 14 Qaynatasi Musoning xalq

uchun qilayotgan hamma ishlarini ko‘rgach, aytdi:

17 — Bu yo‘l yaxshi emas, — dedi qaynatasi Musoga. 18 — Ham o‘zingni, ham

yoningdagi xalqni qiynayapsan. Bu ish juda og‘ir yuk, bir o‘zing bajara olmaysan.

19 Gapimga quloq sol, senga bir maslahat berayin: Xudo senga yor bo‘lsin. Xudoning huzurida xalq uchun sen vositachi bo‘lishing kerak. Xalqning bahs–munozaralarini Xudoga sen yetkazishing lozim. 20 Xudoning qarorini xalqqa sen ayt, Xudoning qonun– qoidalarini o‘rgat, ular qanday qilib to‘g‘ri hayot kechirishlari kerakligini ko‘rsat.

21 Ammo bularga qo‘shimcha qilib, sen Xudodan qo‘rqqan, diyonatli, tamadan nafratlanadigan, layoqatli odamlarni tanlab ol. Ularni xalq tepasiga mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi qilib tayinla. 22 Bu odamlar hamma haq masalalar ustidan qaror qilib, xalqqa xizmat qilishsin. Juda muhim yoki juda qiyin masalalarni esa senga olib kelishlari mumkin. Kichikroq ishlarni o‘zlari ko‘rib chiqaversin. Ular sen uchun ishni osonroq qilib, og‘irlikni ko‘tarishda senga yordam beradilar. 23 Agar Xudo shu maslahatlarimni yuragingga solsa, sen tazyiqlarga bardosh bera olasan. Hamma tinchgina o‘z joyiga ketadi.

24 Muso qaynatasining gapiga quloq soldi. U nima aytgan bo‘lsa, hammasini qildi. 25 Isroil xalqi orasidan layoqatli odamlarni tanlab oldi. O‘sha odamlarni mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi qilib tayinladi. 26 Ular hamma masalalarni adolatli hal qilardilar. Qiyin masalalarni Musoga olib kelishar, kichikroq ishlarni esa o‘zlari qarab chiqishardi. 27 Shundan keyin Muso qaynatasiga ijozat berdi. Yatro o‘z yurtiga qaytib ketdi.


19–BOB

Isroil xalqi Sinay tog‘ida

1-2 Isroil xalqi Rafidimdan* ketdi. Misrdan chiqqandan keyin uchinchi oyning* birinchi kuni ular Sinay sahrosiga yetib keldilar. Ular Sinay tog‘i etagida qarorgoh qurdilar. 3 Muso toqqa — Xudoning huzuriga chiqdi. Egamiz tog‘dan uni chaqirib, shunday dedi:

Hayvon bo‘ladimi yoki inson bo‘ladimi, o‘limga hukm qilinsin.” Burg‘u ovozi qattiq

chalingandan keyin esa xalq toqqa chiqsa bo‘ladi.

14 Shunday qilib, Muso tog‘dan xalqning yoniga tushdi, xalq poklandi, kiyimlarini

yuvdi. 15 Keyin u xalqqa:

25 Shunday qilib, Muso xalqning yoniga tushdi. Egamizning aytganlarini ularga

gapirib berdi.


20–BOB


O‘nta amr

1 Keyin Xudo quyidagi so‘zlarni aytdi:


2 “Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman.


3 Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang.


4 O‘zlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud bo‘lgan biror narsaning shaklini yasamang. 5 O‘sha xudolar yoki butlarga* sajda qilmang, xizmat qilmang. Men, Egangiz Xudo, sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman. Mendan nafratlanadiganlarni jazolayman, ularning gunohlari oqibatidan farzandlari, nabiralari va chevaralari ham qochib qutulmaydi. 6 Lekin Meni sevib, amrlarimga rioya qiladiganlarning ming–ming avlodlariga* sodiq sevgimni ko‘rsataman.


7 Men, Egangiz Xudoning ismini suiiste’mol qilmang*. Kim Mening ismimni

suiiste’mol qilsa, o‘shani jazosiz qoldirmayman.


8 Shabbat kunini muqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring. 9 Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. 10 Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan Shabbat kunidir. O‘sha kuni hech qanday ish qilmanglar.

O‘g‘illaringiz, qizlaringiz, qullaringiz, cho‘rilaringiz, hayvonlaringiz, shahringizdagi musofirlar ham hech qanday ish qilishmasin. 11 Men, Egangiz, olti kun davomida osmon bilan yerni, dengizni va ulardagi hamma mavjudotni yaratdim. Yettinchi kuni esa dam oldim. Shuning uchun Men, Egangiz, Shabbat kunini muborak qilib, muqaddas deb boshqa kunlardan ajratdim.


12 Ota–onangizni hurmat qiling. O‘shanda Men, Egangiz Xudo, sizlarga berayotgan yurtda umringiz uzoq bo‘ladi.


13 Qotillik qilmang.


14 Zino qilmang.


15 O‘g‘rilik qilmang.


16 Qo‘shningizga qarshi yolg‘on guvohlik bermang.


17 Qo‘shningizning uyiga ko‘z olaytirmang. Qo‘shningizning xotini, quli yoki cho‘risi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga ko‘z olaytirmang.”

Isroil xalqi vahimaga tushadi

18 Butun xalq chaqmoqni va tog‘ning tutunini ko‘rdi, momaqaldiroq tovushini va

burg‘uning baland ovozini eshitdi. Xalq qo‘rqqanidan titrab, uzoqroqqa borib turdi.

19 Xalq Musoga aytdi:

— Bizga o‘zingiz gapiring, biz quloq solaylik. Xudo bizga gapirmasin, tag‘in o‘lib

ketmaylik.

20 — Qo‘rqmanglar! — dedi Muso xalqqa. — Xudo faqat sizlarni sinash uchun, Undan

qo‘rqib, gunoh qilmasligingiz uchun kelgan.

21 Ammo xalq uzoq masofada turaverdi. Muso Xudo turgan qalin bulutga yaqin bordi.

Qurbongohlar to‘g‘risida ko‘rsatmalar

22 So‘ngra Egamiz Musoga aytdi:

— Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Men sizlarga samodan gapirganimga o‘zlaringiz guvoh bo‘ldingiz. 23 O‘zlaringiz uchun kumush yoki oltindan xudolar yasamanglar. Mendan boshqa hech bir xudoga sajda qilmanglar. 24 Men O‘zimni sizlarga qayerda zohir qilsam, o‘sha joyda Menga atab tuproqdan qurbongoh quringlar. Shunda Men kelib, sizlarga marhamat qilaman. O‘sha qurbongoh ustida qo‘ylaringizdan, echkilaringizdan, mollaringizdan Menga kuydiriladigan va tinchlik qurbonliklari keltiringlar. 25 Agarda Menga atab toshdan qurbongoh yasasangiz, uni yo‘nilgan toshdan qilmanglar. Toshga teshani tekkizganlaringizda, tosh harom bo‘ladi. 26 Menga atalgan qurbongohga zinapoya orqali chiqmanglar, aks holda, zinapoyadan chiqayotganingizda, ochiq joylaringiz ko‘rinib qoladi*.”


21–BOB

Qullar to‘g‘risida qonun–qoidalar

1 Egamiz yana Musoga aytdi: “Sen ularga yetkazadigan qonun–qoidalar quyidagicha:


2 Agar ibroniy erkak sizlarga qul bo‘lib sotilsa*, u sizlarga olti yil xizmat qilsin.

Yettinchi yili esa u ozod bo‘lsin, qarzi yo‘q deb hisoblansin. 3 Uni sotib olganingizda, bo‘ydoq bo‘lsa, bo‘ydoqligicha chiqib ketsin. Agar u uylangan bo‘lsa, xotini ham u bilan birga ketsin. 4 Agar xo‘jayini o‘sha qulni uylantirib qo‘ygan va xotini farzand ko‘rgan bo‘lsa, xotini va bolalari xo‘jayinnikida qolib, bir o‘zi chiqib ketsin. 5 Lekin qul:

— Men xo‘jayinimni, xotinimni va bolalarimni yaxshi ko‘raman, ozod bo‘lib chiqib ketmayman, — deb aytsa, 6 xo‘jayini uni hakamlar huzuriga* olib kelsin. Xo‘jayin uning qulog‘ini eshikka yoki eshik kesakisiga* qo‘yib, bigiz bilan teshsin. O‘shanda bu odam umrining oxirigacha xo‘jayiniga qul bo‘lib qoladi.

7 Biror odam o‘z qizini cho‘rilikka sotsa, u qiz, erkaklar singari, olti yil tugamaguncha ozod bo‘lmaydi. 8 Agar qiz birortasiga sotilsa–yu, o‘sha odam unga uylanishni niyat qilgan bo‘lsa, ammo u qizni yoqtirmay qolsa, qiz otasiga qaytarib sotilsin. Xo‘jayin qizni begonalarga sotishi mumkin emas. Aks holda, kelishuvni bekor qilishga olib kelgan bo‘lardi. Xo‘jayin qizni sotib olganda, o‘rtada kelishuv bo‘lgan. 9 Bordi–yu, qizni o‘g‘liga cho‘ri qilib sotib olib bergan bo‘lsa, unga qiziday muomala qilsin. 10 Agar xo‘jayin cho‘riga uylanib, so‘ngra boshqa xotinga uylangan bo‘lsa, cho‘rini oziq–ovqat yoki kiyim–kechakdan, yo xotini sifatida u bilan yotishdan mahrum qilmasin. 11 Agar o‘sha odam ana shu uch yo‘lni cho‘riga qilmasa, cho‘ri qarz bo‘lmasdan, pul to‘lamay ketaversin.

Zo‘ravonlik to‘g‘risida qonun–qoidalar

12 Birortasi boshqasini urib o‘ldirib qo‘ysa, urgan odamning jazosi o‘limdir. 13 Lekin birortasi qasddan qilmay, Men, Xudoyingiz, shunga yo‘l qo‘ygan bo‘lsam, u qochib boradigan joyni Men tayinlayman. 14 Bordi–yu, birortasi boshqa bir odamni hiyla bilan qasddan o‘ldirsa, jonini saqlash uchun Menga atalgan qurbongohga qochib borsa*, uni qurbongohdan olib chiqib o‘limga hukm qilish lozim.

15 O‘z otasi yoki onasiga qo‘l ko‘targanning jazosi o‘limdir.

16 Kimki birortasini o‘g‘irlab, o‘g‘irlagan odamni sotib yuborsa, yoki hali ham ushlab turgan bo‘lsa, o‘shaning jazosi o‘limdir.

17 Kimki otasini yoki onasini xo‘rlasa, o‘sha odamning jazosi o‘limdir.

18 Ikki kishi janjallashib, biri ikkinchisini tosh yoki musht bilan ursa–yu, u o‘lmay, to‘shakka yotib qolsa, 19 lekin o‘rnidan turib, tayoq bilan uydan chiqa olsa, urgan odam javobgar bo‘lmasin. Faqat jarohatlangan odamga yo‘qotgan vaqti, davolanishi uchun pul to‘lasin.

20 Birortasi o‘z qulini yoki cho‘risini tayoq bilan urib o‘ldirib qo‘ysa, kaltaklangan odam uning qo‘lidan o‘lsa, urgan odam jazolanishi lozim. 21 Lekin xo‘jayin qul yoki cho‘rini ursa–yu, u bir–ikki kundan keyin o‘lib qolsa, xo‘jayin jazolanmasin. O‘z mulkidan ayrilgani unga yetarli jazodir.

22 Urishayotgan odamlar homilador ayolni turtib yuborsalar, ayol chala tug‘ib qo‘ysa–yu*, unga boshqa ziyon yetmasa, ziyon yetkazgan odam o‘sha ayolning eri talab qilgan va hakamlar belgilagan miqdordagi zararni to‘lashi lozim. 23 Agar boshqa zarar yetgan bo‘lsa, jon evaziga jon, 24 ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish, qo‘l evaziga qo‘l, oyoq evaziga oyoq, 25 kuyuk evaziga kuyuk, yara evaziga yara, lat yeyish evaziga lat yetkazish bilan javob bersin*.

26 Kimki qul yoki cho‘risining ko‘ziga urib ko‘r qilib qo‘ysa, ko‘zi evaziga uni ozodlikka chiqarsin. 27 Quli yoki cho‘risining tishini sindirsa ham, uni tishi evaziga ozodlikka chiqarsin.

Egalarning mas’uliyati to‘g‘risida qonun–qoidalar

28 Agar erkak yoki ayolni buqa suzib o‘ldirsa, buqa toshbo‘ron qilib o‘ldirilsin. Go‘shti esa tanovul qilinmasin. Lekin buqaning egasi aybdor hisoblanmasin. 29 Biroq buqa ilgari ham suzong‘ich bo‘lsa–yu, egasi buni bila turib, buqasini nazorat qilmagan bo‘lsa, buqa biror erkak yoki ayolni suzib o‘ldirsa, buqa toshbo‘ron qilib o‘ldirilsin. Buqaning egasiga ham jazo o‘limdir. 30 Ammo buqa egasiga o‘z hayotini saqlab qolishi uchun pul to‘lagani ijozat berilsa, u talab qilingan mablag‘ni to‘lashi lozim. 31 O‘g‘il bolani suzsa ham, qiz bolani suzsa ham, shu qonun amal qilsin. 32 Agar buqa qul yoki cho‘rini suzsa, uning xo‘jayiniga buqa egasi o‘ttiz bo‘lak kumush* to‘lasin. Buqa esa toshbo‘ron qilinsin.

33 Birortasi chuqur* kovlab, ustini yopib qo‘ymasa yoki yopiq chuqurning ustini ochib qo‘ysa–yu, o‘sha chuqurga mol yoki eshak tushib ketsa, 34 chuqurning egasi o‘lgan hayvonning egasiga tovon to‘lasin. Hayvonning jasadi esa chuqur egasiniki bo‘lsin.

35 Agar birortasining buqasi boshqasining buqasini suzib o‘ldirib qo‘ysa, tirik buqani sotib, pulini teng bo‘lishsin. O‘lgan buqani ham teng bo‘lishsin. 36 Ammo buqa ilgari ham suzong‘ich bo‘lsa–yu, egasi buni bila turib, buqasini nazorat qilmagan bo‘lsa, buqa evaziga buqa bilan tovon to‘lashi kerak. O‘lgan buqani esa o‘ziga olsin.

22–BOB

Mulkni himoya qilish to‘g‘risida qonun–qoidalar

1 Birortasi mol yoki qo‘yni o‘g‘irlab, so‘ysa yoki sotsa, molning evaziga o‘g‘ri beshta mol, qo‘yning evaziga to‘rtta qo‘y to‘lasin. 2-4 O‘g‘irlangan hayvonni o‘g‘ri qaytarishi kerak bo‘lsa–yu, lekin tovon to‘lay olmasa, u o‘g‘irlagan hayvon evaziga qul qilib sotilsin. O‘g‘irlangan hayvon tiriklayin o‘g‘rining qo‘lida topilsa, topilgan hayvon mol bo‘ladimi yo eshak yoki qo‘y bo‘ladimi, ikki baravar qilib tovon to‘lasin.

Birortasi kechasi devor teshayotgan o‘g‘rini ko‘rib qolib, o‘g‘rini urib o‘ldirib qo‘ysa, o‘g‘rini o‘ldirgan odam aybdor emas. Agar o‘g‘rilik kunduzi sodir bo‘lsa, qon to‘kkan odam aybdor bo‘ladi.

5 Agar birortasi birovning dalasiga yoki uzumzoriga chorvasini o‘tlatgani qo‘yib yuborsa, chorva ekinzorni yoki uzumzorni payhon qilsa, chorva egasi o‘zining dalasidan yoki uzumzoridan yaxshi hosilini dalaning egasiga qaytarib berishi lozim.

6 Agar birortasi olov yoqsa, olov changalzor bo‘ylab birovning dalasiga o‘tib, o‘sayotgan donni yoki o‘rib, bog‘lab qo‘yilgan g‘allani yondirib yuborsa, olov yoqqan odam hamma zararni qoplashi lozim.

7 Birortasi pulini yoki buyumini qo‘shnisiga saqlash uchun bersa, ammo shular qo‘shnisining uyidan o‘g‘irlanib, o‘g‘ri topilsa, o‘g‘ri ikki baravar qilib to‘lashi kerak. 8 O‘g‘ri topilmasa, uy egasi hakamlar huzuriga* kelib:

— Qo‘shnimning mulkiga qo‘limni tekkizmaganman, — deb qasam ichsin.

9 Kimdir yo‘qotib qo‘ygan biror buyumi, moli, eshagi, qo‘yi, kiyimi to‘g‘risida qo‘shnisi bilan janjallashib qolsa, bu meniki, deb da’vo qilsa, ikkovi ham, ajrim qilamiz deb, hakamlar huzuriga borsin. Hakamlar* aybdor deb topgan odam buyum egasiga ikki baravar tovon to‘lashi kerak.

10 Birortasi qo‘shnisiga eshagini yo molini yoki qo‘yini yoxud boshqa hayvonini qarab turgani bersa–yu, o‘sha hayvon o‘lib qolsa, yoki shikastlansa, yoki o‘g‘irlab olib ketilgan bo‘lsa, lekin guvoh bo‘lmasa*, 11 olgan odam hayvon egasiga: «Xudo haqi, aybim yo‘q», deb qasam ichsin. Hayvon egasi qasamga ishonsin, qo‘shnisi tovon to‘lamasin.

12 Bordi–yu, o‘sha hayvon qo‘shnisining aybi bilan o‘g‘irlangan bo‘lsa, qo‘shnisi hayvon egasiga tovon to‘lasin. 13 Agarda hayvonni biror yirtqich tilka–pora qilgan bo‘lsa, dalil qilib burdalarini ko‘rsatsin. Burdalangan bo‘laklari uchun u tovon to‘lamaydi.

14 Birortasi boshqasining hayvonini so‘rab olgan bo‘lsa–yu, hayvon shikastlansa yoki o‘lsa, lekin o‘sha paytda egasi hayvonning oldida bo‘lmasa, so‘rab olgan odam hayvon uchun tovon to‘lasin. 15 Agar o‘shanda egasi o‘z hayvoni yonida bo‘lsa, tovon to‘lamasin. Agar hayvon yollab olingan bo‘lsa, yollangan bahosi to‘lansin.

Axloq va din to‘g‘risida qonun–qoidalar

16 Kimki voyaga yetgan va unashtirilmagan qizni zo‘rlab, u bilan yotsa, o‘sha odam u qiz uchun qalin bersin, o‘sha qizga uylansin. 17 Agar otasi qizni o‘sha odamga berishga rozi bo‘lmasa, o‘sha odam voyaga yetgan qizlarga beriladigan miqdordagi pulni qizning oilasiga to‘lasin.

18 Jodugarlarni tirik qoldirmanglar.

19 Hayvon bilan jinsiy aloqa qilgan odamning jazosi o‘limdir.

20 Faqat Men, Egangizgagina qurbonlik keltiringlar. Mendan boshqa xudolarga

qurbonlik keltirgan odamni o‘limga hukm qilinglar.

21 Musofirni ezib, unga zulm o‘tkazmanglar. O‘zlaringiz ham Misrda musofir bo‘lgan

edingizlar.

22 Bevalarga va yetimlarga jabr qilmanglar. 23 Agar shunday qilsangiz, ular Menga yolvoradilar. Men ularning nolalarini eshitaman. 24 Men qattiq g‘azablanib, erkaklaringizga qirg‘in keltiraman. Oqibatda xotinlaringiz beva, bolalaringiz yetim bo‘lib qoladi.

25 Mening xalqimdan birorta kambag‘alga qarz bersangiz, qarz beruvchi sifatida uni siquvga olmanglar, undan foiz talab qilmanglar. 26 Agar qo‘shningizning to‘nini garovga olgan bo‘lsangiz, kun botmasdan oldin to‘nini qaytarib bering. 27 O‘sha to‘n qo‘shningizning bittayu bitta yopinchig‘idir. Bo‘lmasa, qo‘shningiz nimani yopinib uxlaydi?! U Menga yolvorganda, eshitaman. Men rahmdilman.

28 Men, Xudoyingizni* xo‘rlamanglar, oqsoqollaringizdan birontasini ham qarg‘amanglar.

29 Xirmoningizning hosilidan, zaytun moyi va sharobdan Menga nazr qilishni kechiktirmanglar.

To‘ng‘ich o‘g‘illaringizni Menga bag‘ishlanglar*. 30 Mol va qo‘y–echkilaringizning birinchi erkak bolasini ham Menga bag‘ishlanglar. Ular yetti kun onasi bilan bo‘lsin, sakkizinchi kuni esa ularni Menga nazr qilinglar.

31 Sizlar Mening muqaddas xalqim bo‘linglar. Dalada yirtqich tilka–pora qilgan

hayvonning go‘shtini o‘zlaringiz yemanglar, itlarga beringlar.


23–BOB

Adolatli hukm to‘g‘risida qonun–qoidalar

1 Yolg‘on xabarlar tarqatmanglar. Yolg‘on guvohlik berish orqali fosiq odamlarga qo‘shilmanglar. 2 Ko‘pchilik noto‘g‘ri ish qilganda yoki adolatdan chetga chiqib guvohlik berganda, ularga ergashmanglar. 3 Kambag‘alni hukm qilayotganda ham, kambag‘al, deb uning tarafini olmang.

4 Agar dushmaningizning yo‘qolib qolgan ho‘kizini yoki eshagini topib olsangiz, egasiga olib borib bering. 5 Dushmaningizning eshagi yuk og‘irligidan yiqilib qolsa, siz uni ko‘rgan bo‘lsangiz, dushmaningizni tashlab ketmang. Unga yordam bering.

6 Hukmda kambag‘alga qarshi adolatdan ko‘z yummang. 7 Tuhmatchilardan uzoq turinglar, aybsiz, to‘g‘ri odamni o‘limga hukm qilmanglar. Men bunday ish qilgan aybdorlarni hukmda oqlamayman. 8 Pora olmanglar. Pora tufayli ko‘zi ochiqlarning ko‘zini yog‘ bosadi. Pora har doim to‘g‘ri odamlarning ishiga zarar yetkazadi.

9 Musofirga zulm qilmanglar. O‘zlaringiz Misrda musofir bo‘lgan edingizlar, shu bois

musofirning ahvolini bilasizlar.

Yettinchi yil va yettinchi kun to‘g‘risida qonun–qoidalar

10 Olti yil dalangizga urug‘ sepib, hosilini yig‘ishtirib oling. 11 Yettinchi yili* esa yeringizni bo‘sh qoldiring, dam bering. Xalqingiz orasidagi kambag‘allar yeringizdan o‘sib chiqadigan hosildan biron yegulik topib yesin. Ulardan qolganini esa dasht hayvonlari yesin. Uzumzoringizni va zaytunzoringizni ham shunday qilinglar.

12 Olti kun ish qilinglar, yettinchi kuni esa ishlamanglar, toki ho‘kizlaringiz,

eshaklaringiz ham ishdan tinsin, qullaringiz, musofirlar ham orom olsin.

13 Men sizlarga bergan amrlarimga rioya qilinglar. Boshqa xudolarga iltijo qilmanglar. Ularning nomlarini hatto tilga ham olmanglar.

Yilda qilinadigan bayramlar to‘g‘risida qonun–qoidalar

14 Menga atab yilda uch marta bayram qilinglar:


15 Abib oyining* belgilangan vaqtida xamirturushsiz non bayramini nishonlanglar. Sizlar o‘sha oyda Misrdan chiqqansizlar. Men sizlarga amr etganimday*, yetti kun xamirturushsiz non yenglar. Har kim Mening huzurimga munosib nazrlar olib kelishi lozim.

16 Bug‘doy o‘rimini yig‘ishtirishni boshlaganingizda, dalangizga ekkan urug‘ning ilk hosilidan nazr qilinglar. Shu orqali Hosil bayramini nishonlanglar.

Kuzda daladagi hamma hosilingizni yig‘ishtirib bo‘lganingizda, Chayla

bayramini* nishonlanglar.


17 Hamma erkaklar har yili shu uchala bayramda Men, Egangiz Rabbiyning huzuriga kelib sajda qilsin.

18 Menga qilingan qurbonlikning qonini xamirturush qo‘shilgan non bilan birga nazr qilmanglar. Qilingan qurbonlikning yog‘ini ertalabga qoldirmay kuydiringlar.

19 Yeringizdan olgan ilk hosilning eng yaxshisini Men, Egangiz Xudoning uyiga olib kelinglar.

Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar*.

Va’da va ogohlantirishlar

20 Sizlarni yo‘lda muhofaza etsin, sizlarni Men tayyorlagan yerga olib borsin deb, oldingizda farishtani yuboryapman. 21 Mening nomimdan keladigan qudratu hokimiyat unga berilgan. Shuning uchun unga o‘jarlik qilmanglar, aks holda, u o‘jarligingizni kechirmaydi. 22 Agar farishtamning aytganlariga diqqat bilan quloq solsangiz, Mening amrlarimga itoat etsangiz, dushmanlaringizga dushman, raqibingizga raqib bo‘laman. 23 Farishtam oldingizda borib, sizlarni Amor, Xet, Pariz, Kan’on, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga boshlab boradi. Men o‘sha xalqlarni yo‘q qilaman. 24 Ularning xudolariga sajda qilmanglar, xizmat qilmanglar. Bu xalqlarning odatlariga taqlid qilmanglar. Ularning xudolarini yo‘q qilinglar, butsimon toshlarini sindirib tashlanglar.

25 Faqat Men, Egangiz Xudogagina xizmat qilinglar. Shunda Men osh–suvingizni barakali qilaman, orangizdan xastaliklarni yo‘q qilaman. 26 Yurtingizda homilasi tushib qolgan yoki befarzand ayol bo‘lmaydi. Men umringizni uzoq qilaman.

27 Sizlarga qarshi bo‘lgan xalqlarni Mendan qo‘rqadigan qilaman. Sizlarga qarshi jang qiladigan xalqlarni sarosimaga solaman. Dushmanlaringizning hammasini oldingizdan qochiraman. 28 Men Xiv, Kan’on va Xet xalqlarini vahimaga solaman–da, oldingizdan quvib yuboraman*. 29 Lekin Men bir yil ichidayoq ularni oldingizdan haydab yubormayman. Agar bir yilning ichida ularni haydasam, o‘sha yurt bo‘m–bo‘sh bo‘lib qoladi, dasht hayvonlari ko‘payib, sizga xavf soladi. 30 Shuning uchun sizlar ko‘payib, o‘sha yurtni butunlay egallab olmaguningizcha, u yerning xalqlarini oz–ozdan oldingizdan haydayman. 31 Chegaralaringizni Qizil dengizdan* O‘rta yer dengizigacha*, sahrodan Furot daryosigacha* kengaytiraman. Shu yurtning xalqlarini qo‘llaringizga beraman. Sizlar ularni oldingizdan quvasizlar. 32 Ularning o‘zlari bilan ham, xudolari

bilan ham ahd qilmanglar. 33 U xalqlar sizning yurtingizda yashamasin. Bo‘lmasa ular sizni o‘zlarining xudolariga sajda qildirib, Menga qarshi gunohga boshlaydi. Bu yo‘l bilan sizlarni tuzog‘iga ilintirib oladi.”


24–BOB

Xalq Xudoga itoat etishga rozi

1 Shundan keyin Egamiz Musoga dedi:

Horun bilan Xur sizlarning yoningizda qoladi. Kimning ishi bo‘lsa, ularga murojaat etsin.

15 Muso toqqa chiqqanda, tog‘ni bulut qopladi. 16 Egamiz ulug‘vorligini zohir qilib, Sinay tog‘iga tushdi. Olti kun davomida bulut tog‘ni qoplab turdi. Yettinchi kuni Egamiz bulut orasidan Musoni chaqirdi. 17 Egamizning ulug‘vorligi tog‘ cho‘qqisida lovullayotgan alanga kabi, Isroil xalqi ko‘zi o‘ngida zohir bo‘lib turardi. 18 Muso bulut orasida yurib, tog‘ cho‘qqisiga chiqdi. Muso tog‘da qirq kechayu qirq kunduz qoldi.


25–BOB

Muqaddas chodir uchun nazrlar

1 Egamiz Sinay tog‘ida Musoga dedi: 2 “Isroil xalqiga, Egamizga nazr keltiringlar, deb

ayt. Menga chin ko‘ngildan nazr qilmoqchi bo‘lgan odamning nazrini qabul qil. 3 Sen ulardan qabul qilib oladigan nazrlar quyidagilardir: oltin, kumush, bronza, 4 shuningdek, ko‘k, safsar va qirmizi rangli iplar, mayin zig‘ir matosi, echki juni, 5 qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisi, yumshoq teri*, akas yog‘ochi*, 6 moychiroqlar uchun zaytun moyi, muqaddas qiladigan moy* uchun ziravorlar, xushbo‘y tutatqi uchun ziravorlar, 7 efod va ko‘krakpechga taqiladigan aqiq hamda boshqa qimmatbaho toshlar. 8 Isroil xalqi Men uchun muqaddas maskan barpo qilishsin, toki Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilayin. 9 Bu Muqaddas chodirni va uning hamma jihozlarini Men senga ko‘rsatadigan namunaga muvofiq yasat.

Ahd sandig‘i va uning qopqog‘iga oid ko‘rsatmalar

10 Akas yog‘ochidan Sandiq* yasat. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak* bo‘lsin. 11 Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplat. Aylanasiga oltin gulchambar qildir. 12 Sandiq uchun eritilgan oltindan to‘rtta halqa yasatib, to‘rtala oyog‘iga mahkamlat: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida bo‘lsin. 13 Keyin akas yog‘ochidan xodalar yasatib, xodalarni oltin bilan qoplat. 14 Xodalarni Sandiqning ikkala tomonidagi halqadan o‘tkaz, toki xodalar yordamida Sandiqni ko‘tarib yurishsin. 15 Xodalar Sandiqning halqalaridan ayirib olinmasin, doimo tursin. 16 Men senga beradigan ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani* Sandiqqa solib qo‘y.

17 Toza oltindan Sandiqning qopqog‘ini yasat. Qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak* bo‘lsin. 18-19 Shu bilan birga, oltindan zarb urib ikkita karub* yasat*. Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida bo‘lib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qilsin. 20 Karublarning tepaga ko‘tarilgan qanotlari qopqoqni berkitib tursin. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan bo‘lsin. 21 Qopqoqni Sandiqning ustiga qo‘y. Men senga beradigan ikkita tosh lavhani* Sandiqqa sol. 22 Men sen bilan Ahd sandig‘i* oldida uchrashaman. Karublar o‘rtasidagi gunohdan poklash joyi tepasidan Men senga gapirib, Isroil xalqi uchun hamma amrlarimni senga beraman.

Muqaddas nonlar qo‘yiladigan xontaxtaga oid ko‘rsatmalar

23-24 Akas yog‘ochidan xontaxta* yasat. Uni toza oltin bilan qoplat. Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak* bo‘lsin. Xontaxtaning chetlariga aylantirib oltin gulchambar qildir. 25 Yana xontaxtaning aylanasi bo‘ylab to‘rt enli rom o‘rnat. Bu romni naqshli hoshiya qilib bezat. Uni xontaxtaning oyoqlariga mahkamlat. 26- 28 Yana to‘rtta oltin halqa yasatib, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — to‘rtala burchagidagi to‘rtala oyog‘iga o‘rnashtir. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat. Bu yog‘ochlarni halqalardan o‘tkazib, xontaxtani ko‘tarib yurish uchun foydalan. 29 Xontaxtaga qo‘yiladigan lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun ko‘za va kosalar yasat. Bu buyumlarni toza oltindan yasat. 30 Mening huzurimdagi xontaxtada doim muqaddas nonlar* tursin.

Chiroqpoyaga oid ko‘rsatmalar

31 Sof oltindan zarb urib chiroqpoya* yasat. Butun chiroqpoya va uning bezaklari bir butun qilib yasalsin. Chiroqpoyaning tagligi, poyasi va kurtakli gulga o‘xshash shakldagi piyolalari bo‘lsin. 32 Yana chiroqpoyaning poyasidan oltita shoxcha chiqarilsin: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarilsin. 33 Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom guliga o‘xshash

shakldagi uchta piyola bo‘lsin. 34 Chiroqpoyaning poyasida kurtakli bodom guliga o‘xshash shakldagi to‘rtta piyola bo‘lsin. 35 Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib tursin.

36 Chiroqpoya, shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib, toza oltinning yaxlit bo‘lagidan zarb urib yasalishi lozim. 37 Chiroqpoya uchun yettita moychiroq yasat. Moychiroqlarni chiroqpoyaga shunday o‘rnashtirginki, chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan bo‘lsin. 38 Moychiroqlarga qarab turish uchun toza oltindan qisqichlar va patnislar yasat.

39 Chiroqpoyani va bu buyumlarni ikki pud* toza oltindan yasashsin. 40 Ehtiyot bo‘l, o‘sha hamma buyumlarni Men senga shu yerda — tog‘da ko‘rsatgan namunaga muvofiq yasat.


26–BOB

Muqaddas chodirga oid ko‘rsatmalar

Chodirning ichki qavati

1 Endi Muqaddas chodirning* o‘ziga kelsak, uning ichki qavatini qildir. U mayin zig‘ir matosidan tikilgan o‘nta choyshabdan iborat bo‘lsin. Mohir ustalar bu choyshablarni bezatib, ularga ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini solishsin. 2 Har bir choyshabning bo‘yi yigirma sakkiz tirsak, eni to‘rt tirsak* bo‘lsin. Hamma choyshablarning o‘lchovi bir xil bo‘lsin. 3 Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir–biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan beshtasini ham shunday qildir. 4-5 Hosil bo‘lgan ikki uzun bo‘lak choyshabning bo‘yiga ko‘k matodan elliktadan halqa tiktir. Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir–biriga ro‘parama–ro‘para bo‘lsin. 6 Keyin oltindan ellikta ilgak yasattir, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda Chodirning ichki qavati bir butun bo‘ladi*.

Chodirning tashqi qoplamalari

7 Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan o‘n bitta choyshab tiktir. 8 Har bir choyshabning bo‘yi o‘ttiz tirsak, eni to‘rt tirsak* bo‘lsin. O‘n bitta choyshabning hammasi bir o‘lchovda bo‘lsin. 9-11 Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir–biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan oltitasini ham shunday qildir. Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bo‘yiga elliktadan halqa tiktir. Keyin bronzadan ellikta ilgak yasat, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda Chodirning qoplamasi bir butun bo‘ladi*. Chodir ustiga qoplamani tashlaganlaringizda, Chodirga kiraverishning yuqorisida oltinchisini uzunasi bo‘ylab ikki bukla. 12 Qoplamaning bo‘yidan qolgan ikki tirsagi* Chodirning orqasida yerga yoyilib turadi*. 13 Qoplamaning eni oxiridagi qo‘shimcha bir tirsak Chodirning ikki yonboshida yerga osilib turadi va Chodirni butunlay qoplaydi*. 14 Bu qoplama ustiga qo‘yish uchun qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisidan qoplama, so‘ng yumshoq teridan* tashqi qoplama qildir.

Chodirni tutib turadigan rom

15 Akas yog‘ochidan* Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar* yasat. 16 Har bir romning bo‘yi o‘n tirsak, eni bir yarim tirsak* bo‘lsin. 17 Har bir romning ostida bir– biriga parallel bo‘lgan ikkita tirgak yasat. 18 Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasat. 19 Bu romlar ostiga qo‘yish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildir, toki har bir tirgak ostida bitta taglik bo‘lsin.

20 Chodirning shimol tomonidagi devori uchun yigirmata rom yasat. 21 Har bir rom

ostiga qo‘yish uchun ikkitadan, jami qirqta kumush taglik yasat. 22 Chodirning orqadagi

— g‘arb tomonidagi devor uchun oltita rom, 23 Chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasat. 24 Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtir. Bitta burchak hosil qilish uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtir. Bu har ikkala burchak shu yo‘l bilan hosil qilinadi. 25 Shunday qilib, har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan — o‘n oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor yasaladi.

26 Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yog‘ochidan beshta tamba, 27 shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — g‘arb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasat. 28 Romlarning yarmigacha o‘rnashtirilgan o‘rtadagi tambalar Chodirning boshidan oxirigacha cho‘ziladi. 29 Romlarni oltin bilan qoplat, tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtir*, tambalarni ham oltin bilan qoplat.

30 Chodirni Men senga shu yerda — tog‘da ko‘rsatgan namuna bo‘yicha o‘rnashtir.

Chodirning ichki pardasi

31 Mayin zig‘ir matosidan ichki pardani tiktir. Mohir ustalar bu pardani bezatib, unga ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini solishsin. 32 Akas yog‘ochidan to‘rtta ustun yasat. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Kumush taglikka ustunlarni bittadan o‘rnashtir va ichki pardani ustundagi ilgaklarga osdir.

33 Ichki parda Chodir shipidagi ilgaklar* ostida osilib tursin. Ahd sandig‘i* ichki pardaning orqasiga olib kirilsin. Ichki parda Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan ajratib turadi. 34 Sandiqning qopqog‘i Eng muqaddas xonaga olib kirilsin, uni Ahd sandig‘i ustiga qo‘ydir. 35 Xontaxtani Chodirning shimol tomoniga — ichki pardaning tashqarisiga qo‘ydir. Chiroqpoyani esa Chodirning janub tomoniga — ichki pardaning tashqarisidagi xontaxtaning ro‘parasiga o‘rnat.

Chodirning kirishidagi parda

36 Chodirga kirish joyi uchun mayin zig‘ir matosidan pardani tiktir. Parda ustiga ko‘k, safsar va qirmizi iplardan nafis naqsh soldir. 37 Akas yog‘ochidan beshta ustun yasat, toki pardani ushlab tursin. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Eritilgan bronzadan ustunlar ostiga qo‘yish uchun beshta taglik yasat.


27–BOB

Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga oid ko‘rsatmalar

1 Akas yog‘ochidan* to‘rtburchak qilib qurbongoh* yasat. Qurbongohning uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, bo‘yi uch tirsak* bo‘lsin. 2 Qurbongohning to‘rtala burchagiga o‘zidan yo‘nib chiqarilgan bittadan shox yasat. Qurbongoh va uning shoxlarini bronza bilan qoplat. 3 Qurbongohdagi kulni to‘kkani qozonlar, kuraklar, tog‘orachalar, sanchqilar, olovkuraklar yasat. Hamma buyumlarni bronzadan qildir.

4 Qurbongohga bronzadan panjara yasat. Panjaraning to‘rtala burchagiga to‘rtta bronza halqa yasat. 5 Panjarani qurbongohning ichiga — to‘rt tomoniga o‘rnatilgan tokchaning ostida o‘rnat, yarmigacha yetib borsin. 6 Yana qurbongoh uchun akas yog‘ochidan

xodalar yasatib, xodalarni bronza bilan qoplat. 7 Qurbongohni ko‘tarib yurish uchun qurbongohning ikkala yonidagi halqalardan xodalarni o‘tkaz. 8 Qurbongohning chetlariga taxta qoqtirib, ichini bo‘sh qoldir. Qurbongohni Men senga shu yerda — tog‘da ko‘rsatganimday qilib yasattir.

Muqaddas chodir hovlisi atrofidagi to‘siqqa oid ko‘rsatmalar

9 So‘ngra Muqaddas chodirning hovlisini o‘rab tursin deb, pardadan to‘siq qildir: to‘sib turadigan pardalarni mayin zig‘ir matosidan tiktir. Hovlining janub tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi yuz tirsak* bo‘lsin. 10 O‘sha to‘siqda bronzadan qilingan yigirmata taglikka o‘rnatilgan yigirmata ustun bo‘lsin. Shu yerdagi pardalarni osish uchun ustunlarga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamlat.

11 Hovlining shimol tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi ham yuz tirsakni tashkil qilsin, uning yigirmata ustuni va bronzadan qilingan tagliklari ham bo‘lsin.

Pardalarini osish uchun ustunlariga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamlat. 12 Hovlining g‘arb tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi ellik tirsak*, uning o‘nta ustuni va tagligi bo‘lsin. 13 Hovlining sharq tomoni ellik tirsak kenglikda bo‘lsin. 14-15 Hovliga kirish joyi shu yer bo‘ladi. Kirishning o‘ng va chap tomonidagi pardadan qilingan to‘siqlarning uzunligi o‘n besh tirsakdan* bo‘lsin, har ikki tomonga uchtadan ustun va tagliklar o‘rnatilsin. 16 Hovliga kirish joyiga uzunligi yigirma tirsak* bo‘lgan parda qildir. Uni mayin zig‘ir matosidan tiktir, ustiga ko‘k, safsar va qirmizi iplardan nafis naqsh soldir. Bu pardani to‘rtta taglikka o‘rnatilgan to‘rtta ustun ushlab turadi. 17 Hovlining atrofidagi hamma ustunlarning kumushdan qilingan ilgaklari va halqalari, bronzadan qilingan tagliklari bo‘lsin. 18 Hovlining uzunligi yuz tirsak, eni ellik tirsak* bo‘lsin. To‘sib turadigan pardalar mayin zig‘ir matosidan tiktirilib, bo‘yi besh tirsak* bo‘lsin. Tagliklar bronzadan bo‘lsin. 19 Muqaddas chodirning boshqa barcha zarur ashyolari ham, Chodirni va pardadan qilingan to‘siqni ushlab turadigan qoziqlar ham bronzadan yasalsin.

Moychiroqlar uchun zaytun moyiga oid ko‘rsatmalar

20 Sen Isroil xalqiga buyruq ber: chiroqpoyadagi moychiroqlar uchun toza zaytun moyini ular senga olib kelib turishsin, toki moychiroqlar har doim tun bo‘yi yonib tursin. 21 Chiroqpoya Uchrashuv chodiriga, Ahd sandig‘ini* to‘sib turgan ichki parda oldiga o‘rnatilgan bo‘lsin. Horun va uning o‘g‘illari, har kuni oqshomdan ertalabgacha Egamizning huzurida moychiroqlar yonib tursin deb, moychiroqlardan xabar olib turishsin. Bu qonun–qoidaga Isroil xalqi avlodlar osha doimo amal qilsin.


28–BOB

Ruhoniylik liboslariga oid ko‘rsatmalar

1 Isroil xalqi orasidan akang Horunni va u bilan birga uning o‘g‘illarini yoningga chaqir. Horun ham, uning o‘g‘illari Nadov, Abihu, Elazar, Itamar ham ruhoniy bo‘lib Menga xizmat qilishsin. 2 Akang Horunni salobatli va ko‘rkam qilish uchun unga muqaddas ruhoniylik liboslarini* tiktir. 3-4 Men qobiliyat ato qilgan hamma mohir ustalarga ayt. Ular Horunga quyidagi ruhoniylik liboslarini tikishsin: ko‘krakpech, efod, rido, naqshli ko‘ylak, salla va belbog‘. Horun Menga xizmat qilganda, bu liboslar uni muqaddas qilib boshqalardan ajratib turadi. Horun o‘g‘illari kiyishlari uchun ularga

muqaddas liboslar tiktir, toki ular ruhoniy bo‘lib Menga xizmat qilganlarida, bu liboslarni kiyishsin. 5 Ular bu liboslarni mayin zig‘ir matosidan tikib, ko‘k, safsar, qirmizi va zar iplar bilan bezatishsin.

Oliy ruhoniy uchun efod

6 Efodni* mayin zig‘ir matosidan yasatib, ustiga ko‘k, safsar, qirmizi va zar iplardan nafis naqsh soldir. 7 U bir–biriga ikkita yelka bog‘ichi bilan bog‘langan old va orqa qismlardan iborat bo‘lsin. 8 Kamar yasatib, uni efodga bog‘lat. Kamarni ham mayin zig‘ir matosidan qildir. Unga ko‘k, safsar, qirmizi va zar iplardan nafis naqsh soldir. 9-11 Keyin ikkita aqiq tosh olib, usta qimmatbaho toshga muhr o‘yadiganday, bu toshlarga Isroil o‘g‘illarining ismini o‘yib yozdir. Bitta toshga Isroil o‘g‘illaridan oltitasining ismini, ikkinchi toshga qolgan oltitasining ismini yoshi bo‘yicha yozdir. Yozilgan toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalar ichiga qo‘ydirib, 12 efodning yelka bog‘ichlariga o‘rnashtir. Horun Men, Egangizning huzuriga kirganda, Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turish uchun ikkala yelkasida bu toshlarni olib yuradi. 13 Yana ikkita naqshli, oltin uya va 14 toza oltindan ipga o‘xshatib eshilgan ikkita zanjir yasat. Bu ikkala zanjirning bir uchi uyaga mahkamlanadi*.

Oliy ruhoniy uchun ko‘krakpech

15 Oliy ruhoniy uchun ko‘krakpech* yasat. U hukm qilayotganda, Xudoning xohishini bilish uchun mana shu ko‘krakpechdan foydalanadi*. Ko‘krakpechni, efod singari, mayin zig‘ir matosidan yasatib, ustiga ko‘k, safsar, qirmizi va zar iplardan nafis naqsh soldir.

16 Ko‘krakpechni to‘rtburchak xalta shaklida, ikki buklangan, bo‘yi bir qarich, eniga ham bir qarich qilib yasat. 17 Ko‘krakpechga to‘rt qator toshni* to‘g‘ri qilib terdir: qizil yoqut, xrizolit va zumrad toshlarni birinchi qatorga terdir. 18 Ikkinchi qatorga firuza, zangori yoqut va olmosni terdir. 19 Uchinchi qatorga lojuvard, agat va ametist toshlarni terdir.

20 To‘rtinchi qatorga topaz, aqiq va yashma toshlarni terdir. Hamma toshlar oltindan qilingan naqshli uyalarga o‘rnashtirilsin. 21 Bu o‘n ikki tosh Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turadi. Muhr o‘yganday qilib, Isroilning o‘n ikki o‘g‘lidan har birining ismini bu toshlarning har biriga o‘yib yozdir.

22-23 Ikkita oltin halqa yasatib, ko‘krakpechning ikkala ustki burchaklariga mahkamlat. Toza oltindan ipga o‘xshatib eshilgan ikkita zanjirni ol*. 24 Ikkala zanjirning bir uchini ko‘krakpechdagi halqalarga bog‘lat, 25 ikkinchi uchini naqshli oltin uyalarga mahkamlat*. Uyalarni efodning old tomonidagi yelka bog‘ichlariga o‘rnashtir. 26-27 Yana oltindan to‘rtta halqa yasat. Ikkitasini ko‘krakpechning ostki burchaklariga — efodga yaqin bo‘lgan ichki qirg‘og‘iga mahkamlat. Ikkitasini efodning old tomoniga, ikkala yelka bog‘ichining pastiga — naqshli kamar ustidagi joyga mahkamlat. 28 Ko‘krakpech efodning naqshli kamari ustida bo‘lsin, efoddan osilib turmasligi uchun ko‘krakpech halqalari yordamida efodning halqalariga ko‘k bog‘ich bilan mahkamlanadi.

29 Horun har safar Muqaddas xonaga kirganda ko‘krakpechdagi* o‘n ikki Isroil qabilasining ismi uning yuragi tepasida bo‘ladi. Shunday qilib, Horun Men, Egangizning huzurida bo‘lganda, ko‘krakpech doimo Menga Isroil qabilalarini eslatib turadi. 30 Urim va Tummimni ko‘krakpech xaltasining ichiga sol, toki Horun Mening huzurimga kirganda, xalqim uchun Mening xohishimni bilgani foydalaniladigan o‘sha narsalarni doimo yuragi tepasida ko‘tarib yursin.

Boshqa ruhoniylik liboslari

31 Efodning ridosini* ko‘k ipdan to‘qilgan matodan tiktir. 32 Ridoning o‘rtasidan bosh sig‘adigan teshik qildir. Rido yirtilib ketmasligi uchun teshikning chetini to‘qit. 33-34 Rido etagining uchiga aylanasi bo‘ylab anor* shaklini va qo‘ng‘iroqchalarni birin–ketin qilib bittama–bitta ostirib chiq. Anor shaklini ko‘k, safsar va qirmizi iplardan qildir. Oltin qo‘ng‘iroqchalarni anor shakli oralariga ostir. 35 Men, Egangizning huzurida Horun oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilganda, shu ridoni kiyishi kerak. U Muqaddas xonaga kirganda va u yerda bo‘lganda, ridoning qo‘ng‘iroqchalari chalinadi, shunda Horun xavf–xatardan yiroq bo‘lib, o‘lmaydi.

36 Keyin toza oltindan lavha yasat. Lavhaning yuzasiga muhr o‘yganday qilib,

«Egamizga bag‘ishlangan», deb o‘yib yozdir. 37 Lavhani ko‘k bog‘ich bilan sallaning old tomoniga mahkamlat. 38 Isroil xalqining ehsonlari Menga qabul bo‘lishi uchun Horun doimo o‘z ruhoniylik vazifasini bajarganda, lavhani peshanasida olib yursin. Isroil xalqi nazr qilganda, Horunning nazrlarga oid gunohni yuvish vazifasining ramzi shu lavha bo‘ladi.

39 Horunning ko‘ylagini va sallasini mayin zig‘ir matosidan qildir, ko‘ylagiga naqsh soldir. Yana belbog‘ini qildir, uni ham naqsh bilan bezat. 40 Horunning o‘g‘illarini salobatli va ko‘rkam qilish uchun ularga ko‘ylaklar, belbog‘lar, peshanabog‘lar tiktir. 41 Akang Horun va uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib Menga xizmat qilishlari uchun ularni bag‘ishla: bu liboslarni ularga kiygizib, moy surt, ularni ruhoniy qilib tayinla.

42 Tananing ochiq joylari ko‘rinib qolmasin* deb, yana ularga zig‘ir matosidan ishtonlar tiktir. Kiyimlar ularning belidan sonigacha yopib tursin. 43 Horun va uning o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kirganlarida yoki Muqaddas xonada xizmat qilish uchun qurbongohga yaqinlashganlarida, shu ichki kiyimlarni kiyib olsin. Shunda Horun va uning o‘g‘illari ochiq joylarini berkitmagani uchun aybdor bo‘lib o‘ldirilmaydi. Horun va uning nasliga doimiy qonun–qoida ana shudir.


29–BOB

Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniy qilib bag‘ishlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar

1 Horun bilan uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib Menga xizmat qiladilar. Shuning uchun ularni Menga bag‘ishlab, quyidagicha marosim o‘tkaz. Nuqsonsiz bitta buqani va ikkita qo‘chqorni ol. 2 Sifatli bug‘doy unidan qilingan xamirturushsiz nonlarni, zaytun moyi qo‘shilgan xamirturushsiz nonlarni va zaytun moyi surtilgan xamirturushsiz chalpaklarni ham pishirtir. 3 Shundan keyin nonlarni savatga solib, buqa va ikkala qo‘chqor bilan birga Menga nazr qilib olib kel. 4 Horun bilan o‘g‘illarini Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kel. Hammalarini yuvintir. 5 So‘ngra ruhoniylik liboslarini ol. Horunga ko‘ylakni va ridoni, efodni, ko‘krakpechni kiygiz*. Beliga efodning nafis naqshinkor kamarini bog‘la. 6 Keyin Horunning boshiga sallani kiygizib, sallaning ustiga oltin lavhani — uni boshqalardan ajratib turadigan muqaddaslik ramzini o‘rnashtir.

7 So‘ngra muqaddas qiladigan moyni* olib, uning boshiga surt va uni Mening xizmatimga bag‘ishla. 8 Horunning o‘g‘illarini olib kelib, ularga ko‘ylakni kiygizib, 9 boshlariga peshanabog‘ bog‘la. Horun bilan o‘g‘illariga yana belbog‘ bog‘la. Doimiy qonun–qoida bo‘yicha ruhoniylik ularniki bo‘ladi.

So‘ng Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylik xizmatiga tayinla. 10 Buqani Uchrashuv

chodiri oldiga olib kel. Horun bilan o‘g‘illari esa buqaning boshiga qo‘llarini qo‘yishgach,

11 Uchrashuv chodiriga kiraverishda Men, Egangizning huzurida buqani so‘y.

12 Buqaning qonidan olib, barmog‘ing bilan qurbongohning shoxlariga* qonni surt. Ortgan qonning hammasini esa qurbongohning yoniga to‘k. 13 Ichak–chovoqlarini qoplab turgan hamma yog‘larini, jigarning a’lo qismini*, ikkala buyragini va buyrak atrofidagi yog‘larini olib, qurbongohda kuydir. 14 Buqaning go‘shtini, terisini, chiqindilarini qarorgohdan tashqariga olib chiqib kuydir. Bu gunoh qurbonligidir*.

15 So‘ngra qo‘chqorning bittasini olib kel. Horun bilan o‘g‘illari qo‘chqorning boshiga qo‘llarini qo‘yishgach, 16 qo‘chqorni so‘yib, qonidan olgin–da, qurbongohning to‘rtala yon tomoniga sep. 17 Qo‘chqorning tanasini bo‘laklab, ichak–chovoqlarini, oyoqlarini yuv. Qo‘chqorning bu a’zolarini bo‘laklangan tanasi va kallasi ustiga qo‘yib, 18 qo‘chqorni qurbongohda kuydir. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Men, Egangizga yoqimli hid keladi.

19 Keyin ikkinchi qo‘chqorni olib kel. Horun bilan o‘g‘illari qo‘llarini qo‘chqorning boshiga qo‘ygach, 20 qo‘chqorni so‘yib, qonini ol. So‘ngra Horun bilan o‘g‘illarining o‘ng qulog‘i solinchagiga*, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘iga, o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘iga qon surt. So‘ngra qurbongohning to‘rtala yon tomoniga qon sep. 21 Keyin qurbongohdagi qondan, muqaddas qiladigan moydan olib, Horun bilan o‘g‘illariga, hammalarining ruhoniylik liboslariga sachrat. Shunday qilib, Horun bilan o‘g‘illari, hammalarining liboslari muqaddas bo‘ladi.

22 Bu qo‘chqor Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylikka tayinlash marosimida foydalaniladi. Shuning uchun qo‘chqorning o‘ng sonini, ichak–chovoqlarini qoplab turgan hamma yog‘larini, jigarning a’lo qismini, ikkala buyragini va buyrak atrofidagi yog‘larni ol. 23 Yana Men, Egangizning huzuridagi savatdan sifatli bug‘doy unidan qilingan xamirturushsiz nondan bittasini, zaytun moyi qo‘shilgan xamirturushsiz nondan bittasini va zaytun moyi surtilgan xamirturushsiz chalpakdan bittasini ol.

24 Bularning hammasini Horun va o‘g‘illarining qo‘llariga qo‘y. Bularni ular Men, Egangizga bag‘ishlaganlarini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tarishsin. 25 So‘ngra bu hamma nazrlarni ularning qo‘llaridan olib, qurbongohda birinchi kuydiriladigan qo‘chqor bilan kuydir. Olovda kuydirilgan bu nazrlardan ham Men, Egangizga yoqimli hid keladi.

26 So‘ngra ruhoniylikka tayinlash marosimida foydalaniladigan o‘sha ikkinchi qo‘chqorning to‘shini olib, Men, Egangizga bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tar. Bunisi sening ulushing bo‘ladi.

27 Horun va uning o‘g‘illari Mening huzurimda ruhoniylikka tayinlanish marosimida qo‘chqorning yuqoriga ko‘tariladigan qismlari — to‘shi va soni muqaddas deb qaraladi. 28 Kelgusida Isroil xalqi Men, Egangizga tinchlik qurbonliklari qilganlarida, bu qismlar Horun va uning o‘g‘illariga doimiy ulush qilib berilsin.

29 Horunning muqaddas ruhoniylik liboslari o‘zidan keyin uning nasllariniki bo‘lsin. Horunning nasllariga shu liboslarda moy surtilib, shu liboslarda ular oliy ruhoniylikka tayinlanadilar. 30 Horunning o‘rniga oliy ruhoniy bo‘lib Muqaddas xonada xizmat qilish uchun Uchrashuv chodiriga kiradigan o‘g‘li bu liboslarni yetti kun kiyib yursin.

31 Endi ruhoniylikka tayinlanish marosimida qurbonlik qilingan qo‘chqorning go‘shtini olib, muqaddas joyda qaynat. 32 Horun bilan o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kiraverishda qo‘chqor go‘shtidan va savatdagi nonlardan* tanovul qilishsin. 33 Faqat ular

bu go‘shtdan va nondan tanovul qila oladilar. Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylikka tayinlash va bag‘ishlash marosimida ularni gunohdan poklash uchun o‘sha non va go‘shtdan foydalaniladi. Bu go‘sht va non muqaddas bo‘lgani uchun ruhoniy bo‘lmagan odamlar bulardan tanovul qila olmaydi. 34 Agar ruhoniylikka tayinlanish marosimida qurbonlik qilingan hayvon go‘shtidan va nonlar nazridan ertalabgacha qolsa, qolganlarini olovda kuydir. Bular muqaddas bo‘lgani uchun tanovul qilish mumkin emas.

35 Men senga amr etganimday, yetti kun davomida har kuni Horun va uning o‘g‘illari uchun ruhoniylikka tayinlanish marosimini takrorla. 36 Ularni gunohlaridan poklash uchun har kuni buqani qurbonlik qil. Qurbongohni poklash uchun marosim o‘tkaz.

Qurbongohga moydan surtib, muqaddas qil. 37 Yetti kun davomida har kuni shunday qil. Ana shunda qurbongoh g‘oyat muqaddas bo‘ladi. Birontasi yoki biron narsa qurbongohga tegib ketsa ham, u muqaddas bo‘ladi.

Kundalik nazrlar to‘g‘risida ko‘rsatmalar

38 Har kuni ikkita bir yoshli qo‘zini qurbongohda qurbonlik qilib kuydir. 39 Bitta qo‘zini ertalab, ikkinchisini kechqurun qurbonlik qil. 40-41 Har bir qo‘ziga qo‘shib, ikki kosa* toza zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa* sifatli unni don nazri qilib keltir. Shu bilan birga, ikki kosa sharob nazrini ham keltir. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Men, Egangizga yoqimli hid keladi. 42 Kuydiriladigan bu ikki qurbonlik Men, Egangizning huzurida Uchrashuv chodiriga kiraverishda avlodlar osha qilinsin.

O‘sha yerda Men sen bilan uchrashib, gaplashaman.

43 Uchrashuv chodirida Men zohir bo‘lib, Isroil xalqi bilan uchrashaman, ulug‘vorligimdan bu joy muqaddas bo‘ladi. 44 Men Uchrashuv chodirini va qurbongohni muqaddas qilaman. Horun bilan o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib Menga xizmat qilishlari uchun ularni ham muqaddas qilaman. 45 Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilaman, ularning Xudosi bo‘laman. 46 Shunda ular Egasi Xudo Men ekanligimni bilib oladilar. Axir, Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilay deb, ularni Misr yurtidan olib chiqqanman. Men ularning Egasi Xudoman.


30–BOB

Tutatqi qurbongohiga oid ko‘rsatmalar

1 Tutatqi tutatish uchun akas yog‘ochidan* qurbongoh* yasat. 2 Qurbongoh to‘rtburchak, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, bo‘yi esa ikki tirsak* bo‘lsin. Qurbongohning to‘rtala burchagiga o‘zidan yo‘nib chiqarilgan bittadan shox yasat.

3 Qurbongohning ustini, yon–atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qoplat, aylanasi bo‘ylab oltindan gulchambar yasat. 4-5 Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa o‘rnashtir. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat. Bu xodalarni halqalardan o‘tkazib, qurbongohni ko‘tarib yurishda foydalan.

6 Tutatqi qurbongohini Ahd sandig‘ining* qopqog‘i oldida osilib turadigan ichki pardaning tashqarisiga qo‘ydir. Bu joy — sen bilan Men uchrashadigan joyning tashqarisida.

7 Horun har kuni ertalab moychiroqlardan xabar olganda bu qurbongohda xushbo‘y tutatqi tutatsin. 8 U kechqurun moychiroqlardan xabar olganda ham tutatqi tutatsin. Bu tutatqi nazrlari sizlarning avlodlaringiz osha Men, Egangizning huzurida har kuni

tutatilishi lozim. 9 Bu qurbongohda faqat muqaddas tutatqini* tutatinglar. Tutatqi qurbongohida kuydiriladigan qurbonlik keltirmanglar, don nazri yoki sharob nazri ham qilmanglar. 10 Horun bir yilda bir marta* qurbongohni poklash marosimini o‘tkazsin.

Buning uchun gunoh qurbonligining qonidan qurbongohning to‘rtala shoxiga surtib, qurbongohni poklasin. Bu marosim har yili avlodlar osha qilinishi lozim. Bu qurbongoh Men, Egangizga bag‘ishlangan g‘oyat muqaddas qurbongohdir.”

Muqaddas chodir uchun to‘lovlar

11 So‘ngra Egamiz Musoga yana gapirdi: 12 “Isroilda erkaklarni ro‘yxatga olganingda, ularning har biri Men, Egangizga himoya qiladigan to‘lov* to‘lasin. Shunda sen ularni sanaganingda, ularga kulfat keltirmayman. 13-14 Ro‘yxatga kiritiladigan yigirma va undan yuqori yoshdagi har bir odam 1,25 misqol kumushdan* Men, Egangizga nazr qilishi lozim. 15 Ular o‘zlarini Mening hukmimdan himoya qiladigan nazrni* berganlarida, boy odam o‘shandan ko‘p bermasin, kambag‘al ham o‘shandan oz bermasin. 16 Bag‘ishlangan bu kumushni Uchrashuv chodirini yasash uchun sarf qil. Men, Egangizning huzurida bu kumush Isroil xalqiga hukmimdan himoya qiladigan nazr berilganini eslatib turadi.”

Bronza qo‘lyuvgichga oid ko‘rsatmalar

17 Egamiz Musoga yana gapirdi: 18 “Yuvinish uchun bronzadan qo‘lyuvgich yasat.

Qo‘lyuvgichning tagligi ham bronzadan bo‘lsin. Qo‘lyuvgichni Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga o‘rnatib, unga suv quy. 19-20 Horun bilan uning o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kirayotganlarida, qo‘lyuvgichdagi suv bilan qo‘llarini va oyoqlarini yuvishsin. Shunda ular nobud bo‘lmaydi. Qurbongohda kuydirgani nazrlar olib kelib Men, Egangizga xizmat qilganlarida ham, 21 albatta qo‘l–oyoqlarini yuvishsin. Shunda ular nobud bo‘lmaydi. Bu Horun va uning nasllari uchun avlodlari osha doimiy qonun bo‘lsin.”

Muqaddas qiladigan moyga oid ko‘rsatmalar

22 Egamiz Musoga yana aytdi: 23 “Quyidagi eng yaxshi xushbo‘y ziravorlardan ol: 1250 misqol* suyuq mirra*, 625 misqol* dolchin, 625 misqol qamish 24 va 1250 misqol kassiya*. Sakkiz kosa* zaytun moyi olib, 25 usta odam xushbo‘y moy tayyorlash uchun ziravorlarni moy bilan aralashtirsin. Bu muqaddas qiladigan moydir. 26 Bu moyni Uchrashuv chodiriga, Ahd sandig‘iga, 27 xontaxtaga va xontaxtaning hamma buyumlariga, chiroqpoyaga va uning hamma buyumlariga, tutatqi qurbongohiga,

28 qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga va uning hamma buyumlariga, qo‘lyuvgichga va uning tagligiga surt. 29 Shu tariqa bu narsalarni Menga bag‘ishla. Shunda ular g‘oyat muqaddas bo‘ladi. Birontasi yoki biron narsa ularga tekkanda, muqaddas bo‘ladi.

30 So‘ng Horun bilan o‘g‘illariga bu moydan surtib, ularni bag‘ishla, toki ular ruhoniy bo‘lib Menga xizmat qilishsin. 31 Isroil xalqiga esa Mening shu gapimni yetkaz:

— Muqaddas qiladigan moy sizlarning butun avlodlaringiz osha Menga bag‘ishlansin. 32 Bu moy ruhoniy bo‘lmagan odamning tanasiga surtilmasligi kerak. Shu tarkibdagi moy aralashmasini sizlar tayyorlamanglar. Chunki bu moy muqaddasdir, sizlar bunga muqaddas deb qarashingiz lozim. 33 Kimki bunga o‘xshash hidli moyni tayyorlasa yoki bu moydan ruhoniy bo‘lmagan odam ustiga surtsa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.”

Xushbo‘y hidli tutatqiga oid ko‘rsatmalar

34-35 Egamiz yana Musoga gapirdi: “Quyidagi xushbo‘y ziravorlarni olib, ularni aralashtir: yelimdan qilingan ziravor, moluska qobig‘idan qilingan ziravor, xilvon. So‘ngra usta odam toza xushbo‘y tutatqidan, xushbo‘y aralashmadan bir o‘lchovda olsin. Ularni tuz bilan aralashtirib, toza, muqaddas bo‘ladigan tutatqi qilsin. 36 Bu tutatqidan bir qismini olib, mayda qilib tuygin va Men sen bilan uchrashadigan Uchrashuv chodiridagi Ahd sandig‘i* oldiga qo‘y. Bu tutatqini sizlar g‘oyat muqaddas deb

bilishingiz lozim. 37 O‘sha tarkibdagi tutatqi aralashmasini o‘zlaringiz uchun qilmanglar. Buni Men, Egangizga bag‘ishlangan muqaddas tutatqi deb biling. 38 Kimki tutatgani o‘zicha shunga o‘xshagan tutatqi qilsa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.”


31–BOB

Egamiz Muqaddas chodirni yasash uchun mohir ustalarni tanlaydi

1 Egamiz Musoga yana gapirdi: 2 “Ana, Men Yahudo qabilasidan Urining o‘g‘li, Xurning nabirasi Bazalilni tanladim. 3 Men uni Ruhim bilan to‘ldirib, hunarmandchilikning hamma turi bo‘yicha mohir va idrokli qildim, qobiliyat ato etdim. 4 U ajoyib badiiy bezaklar qilishga, bezaklarga oltin, kumush va bronza bilan ishlov berishga, 5 qimmatbaho toshlarni o‘yishga, ularga ishlov berib jihozlashga, yog‘och

o‘ymakorligiga, badiiy hunarmandchilikka layoqatlidir. 6 Dan qabilasidan Oxisamax o‘g‘li Oxoliyovni unga yordamchi qilib tanladim. Men hamma hunarmandlarga lozim darajada qobiliyat ato qilganman. Men senga amr bergan quyidagi ashyolarni ular yasaydilar va tikadilar:


7 Uchrashuv chodirini,

Ahd sandig‘i* va Sandiqning qopqog‘ini,

Chodirning boshqa hamma jihozlari 8 — xontaxta, xontaxtaning buyumlari, toza oltindan chiroqpoya va chiroqpoyaning hamma buyumlarini, tutatqi qurbongohini, 9 qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh va qurbongohning hamma buyumlarini, qo‘lyuvgich va qo‘lyuvgichning tagligini,

10 ruhoniy Horun uchun ajoyib qilib tikilgan muqaddas liboslarni, uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib xizmat qilganlarida kiyadigan liboslarni,

11 muqaddas qiladigan moy* va Muqaddas xona uchun xushbo‘y tutatqini.


Men senga qanday amr etgan bo‘lsam, ular xuddi shunday qilib bajarishsin.”

Shabbat kuni to‘g‘risidagi amr

12 So‘ngra Egamiz Musoga aytdi:

13 — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Menga bag‘ishlangan Shabbat kuniga rioya qilib yuringlar. Avlodlaringiz osha Shabbat kuni Men bilan sizlarning orangizda alomat bo‘lib xizmat qiladi. Shu orqali Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Sizlarni Men muqaddas qilib boshqalardan ajrataman. 14 Shabbat kuniga rioya qilib yuringlar, bu kunni muqaddas deb bilinglar. Kimki bu kunni izzat qilmasa, o‘sha odamning jazosi o‘limdir. Kimki o‘sha kuni ishlasa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi. 15 Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun — Shabbat kuni esa hamma ishlardan tinib, Men, Egangizga atab ajratilgan kundir. Kim Shabbat kuni ishlasa,

o‘shaning jazosi o‘limdir. 16 Isroil xalqi avlodlar osha Shabbat qonun–qoidalariga itoat etish orqali bu kunga rioya qilib yurishlari lozim. 17 Bu sen bilan Mening o‘rtamizdagi ahdning doimiy alomatidir, Men, Egangiz, olti kun davomida yer va osmonni yaratib, yettinchi kuni tinib, orom olganimni doimo eslatib turadi.”

18 Shunday qilib, Xudo Sinay tog‘ida Muso bilan gapini tugatib*, unga ikkita tosh lavhani berdi. Lavhalarga bitilgan ahdning* amr va qonunlarini Xudoning O‘zi yozgan edi.


32–BOB

Oltin buqa

1 Muso tog‘da uzoq qolib ketdi*. Xalq Musoning tog‘dan qaytib tushavermaganini ko‘rgach, Horunning yoniga yig‘ilishib, unga aytishdi:

35 Shunday qilib, Egamiz ularning boshiga kulfat yubordi, chunki Isroil xalqi Horunga, bizga buqa yasab ber, deb talab qilgan edilar. Horun ularning talabini

bajargandi.


33–BOB


Egamiz Isroil xalqiga, Sinayni tark etinglar, deb amr beradi

1 Keyin Egamiz Musoga aytdi:

— Qani, sen ham, Misrdan o‘zing olib chiqqan xalqing ham bu joydan ketinglar. Ota– bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga Men: “Sizlarning naslingizga beraman”, deb qasam ichgan yurtga boringlar. 2 Sendan oldinda farishtani yuborib, Kan’on, Amor, Xet, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarini haydayman. 3 Sut va asal oqib yotgan o‘sha yurtga* ketinglar. Ammo Men sizlar bilan bormayman, chunki sizlar o‘jar xalqsiz. Sizlar bilan borsam, sizlarni yo‘lda halok qilib tashlashim mumkin. 4-5 Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Sizlar o‘jar xalqsiz. Agar Men bir lahza sizlar bilan borsam, sizlarni qirib tashlashim mumkin. Endi zeb–ziynatlaringizni yechib qo‘yinglar. Men sizlarni nima qilishim to‘g‘risida bir qarorga kelaman.”

Xalq bu vahimali gapni eshitgach, dod solib yig‘ladi. Hech kim zeb–ziynatlarini taqmadi. 6 Shunday qilib, Isroil xalqi Sinay tog‘ida* zeb–ziynatlarini yechib qo‘ydi. O‘shandan keyin ular zeb–ziynatlarini boshqa taqmadilar.

Qarorgohning tashqarisidagi chodir

7 Muso bir chodirni qarorgohning tashqarisiga — qarorgohdan uzoqroqqa olib borib o‘rnatdi. Bu chodirga u Uchrashuv chodiri* deb nom berdi. Egamizdan maslahat so‘ramoqchi bo‘lgan har bir odam o‘sha yerga kelardi. 8 Muso Uchrashuv chodiriga borganda, butun xalq turib, o‘z chodirining kiraverishida chiqib turardi. Muso chodirga kirib ketguncha, hamma tik turganicha uning orqasidan qarab turardi. 9 Muso chodirga kirib, Egamiz Muso bilan gaplashganda, ustun shaklidagi bulut pastga tushib, chodirning kiraverishida turardi. 10 Butun xalq buni ko‘rganda, o‘z chodirlari kiraverishida muk tushib ta’zim qilardi. 11 Birortasi do‘sti bilan gaplashganday, Egamiz ham Muso bilan yuzma–yuz* gaplashardi. Keyin Muso qarorgohga qaytib kelar, uning yosh yordamchisi Nun o‘g‘li Yoshua esa chodirni tark etmasdi.

Egamiz O‘z xalqi bilan birga bo‘lishga va’da beradi

12 Shundan keyin Muso Egamizga aytdi:

topgansan. Men seni tanladim.

18 — Iltijo qilaman: menga ulug‘vorligingni zohir qilgin, — dedi Muso.

19 — Men O‘zimni senga ma’lum qilaman*. Men sening oldingdan o‘tib, butun ezguligimni senga zohir qilaman, — dedi Egamiz Musoga. — Marhamat qiladiganimga marhamat qilaman, shafqat qiladiganimga shafqat qilaman. 20 Lekin Mening yuzimni* ko‘ra olmaysan. Meni ko‘rgan odam tirik qolmaydi. 21 Menga yaqin joyda qoya bor. O‘sha qoyaning ustida tur! 22 Men o‘tayotib ulug‘vorligimni zohir qilganimda, seni qoyaning yoriq joyiga qo‘yaman. O‘tib ketgunimcha seni qo‘lim bilan to‘sib turaman. 23 Keyin qo‘limni olaman. Sen Meni orqamdan ko‘rasan. Yuzimni esa ko‘rmaysan.


34–BOB

Egamiz xalq bilan tuzgan ahdni tasdiqlaydi

1 Egamiz Musoga amr berdi:

Sen biz bilan borgin. Bu xalq o‘jar bo‘lsa ham, fosiqligimizni va gunohlarimizni kechirgin, bizni O‘zingning xalqing qilib qabul et.

10 Egamiz aytdi: “Men endi Isroil xalqi bilan ahd tuzaman. Butun xalqing ko‘zi oldida ajoyibotlar ko‘rsataman. Bunaqa ajoyibotlar yer yuzida yoki bironta xalq orasida bo‘lmagan. Men, Egangiz, sizlarga ko‘rsatadigan o‘sha dahshatli ishni sen bilan birga bo‘lgan butun xalq ko‘radi. 11 Men sizlarga bugun beradigan amrlarga itoat qilinglar.

Men sizlarning oldingizdan Amor, Kan’on, Xet, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarini quvaman. 12 Ehtiyot bo‘linglar, sizlar kiradigan yurtning aholisi bilan sulh tuzmanglar. Bo‘lmasa, sizlarni tuzog‘iga ilintirib oladi. 13 Sizlar ularning qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini maydalab tashlanglar, Asheraga* atalgan ustunlarni kesib tashlanglar.

14 Boshqa xudolarga sajda qilmanglar. Men, Egangizning nomi Rashkchidir: Men sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman. 15 O‘sha yurtning aholisi bilan sulh tuzmanglar. Ular o‘z xudolari ortidan hirs bilan ergashadilar. Ular bilan sulh tuzsangiz, o‘z xudolariga qurbonliklar keltirayotganlarida sizlarni ham

o‘zlariga qo‘shilishga taklif qiladilar. Sizlar ular bilan borib, qurbonliklaridan tanovul qilasiz. 16 Keyin ularning qizlarini o‘g‘illaringizga olib berasizlar. Ular o‘z xudolariga hirs bilan sajda qilganda, o‘g‘illaringizni ham o‘sha xudolarga hirs qo‘yishga boshlaydilar.

17 O‘zlaringizga xudolar tasvirlarini* yasamanglar.

18 Xamirturushsiz non bayramini har yili nishonlanglar. Men sizlarga amr etganimday, Abib oyining* belgilangan vaqtida* yetti kun xamirturushsiz non yenglar, chunki sizlar Abib oyida Misrdan chiqqansizlar.

19 To‘ng‘ich o‘g‘illaringiz, hamma chorvangizning — mol–qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan erkak bolasi Meniki. 20 Eshakning* tug‘ilgan birinchi erkak bolasini Egamizdan bir qo‘zi yoki uloqcha evaziga sotib olinglar. Agar eshakni qaytarib sotib olmaslikka qaror qilsangiz, eshakning bo‘ynini sindirib o‘ldirishingiz kerak. Sizlar Egamizdan hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarni ham qaytarib sotib olishingiz lozim*.

Har kim Mening huzurimga munosib nazrlar olib kelishi lozim*.

21 Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa ish qilmanglar. Hatto ekin–tikin paytida ham, o‘rim–yig‘im paytida ham dam olinglar.

22 Har yili bug‘doy o‘rimini yig‘ishtirishni boshlaganingizda, dalangizga ekkan urug‘ning ilk hosilidan nazr qilinglar. Shu orqali Hosil bayramini* nishonlanglar. Kuzda Chayla bayramini* nishonlanglar.

23 Hamma erkaklaringiz har yili uchala bayramda* Isroil xalqining Xudosi, Men, Egangiz Rabbiyning huzuriga kelib sajda qilsin. 24 Sizlarning yeringizdan xalqlarni quvaman, chegaralaringizni kengaytiraman. Har yili uch marta* Men, Egangiz Xudoga sajda qilishga kelganingizda, sizlarning mulkingiz bo‘lgan yerni hech kim bosib olmaydi.

25 Menga qilingan qurbonlikning qonini xamirturush qo‘shilgan non bilan birga nazr qilmanglar. Fisih ziyofatining qurbonlik go‘shtini ertalabgacha qoldirmanglar.

26 Yeringizdan olgan ilk hosilning eng yaxshisini Men, Egangiz Xudoning uyiga olib kelinglar.

Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar*.”

27 Keyin Egamiz Musoga:

— Bu so‘zlarni yozib ol! — deb amr qildi. — Shu so‘zlarga binoan Men sen bilan hamda Isroil xalqi bilan ahd tuzaman.

28 Muso o‘sha yerda Egamizning huzurida yemay–ichmay, qirq kechayu qirq kunduz

bo‘ldi. Egamiz ikkita tosh lavhaga ahd so‘zlarini — o‘nta amrni yozdi.

Musoning yuzidan nur yog‘iladi

29 Muso qo‘liga ikkita lavhani* olib, tog‘dan tushdi. U Xudo bilan gaplashgani uchun yuzidan nur sochilar edi. Musoning o‘zi esa buni bilmasdi. 30 Horun ham, jamiki Isroil xalqi ham Musoni ko‘rib, uning yuzidan nur yog‘ilib turgani uchun birortasi unga yaqin kelishga qo‘rqardi. 31 Muso Horunni va barcha jamoa oqsoqollarini chaqirdi, ular Musoning oldiga kelishdi. Muso ular bilan gaplashgandan keyin, 32 jamiki Isroil xalqi unga yaqinroq keldi. Muso Sinay tog‘ida Egamiz bergan amrlarni bajarishni xalqqa buyurdi. 33 Muso ular bilan gaplashib bo‘lgandan keyin, yuziga yopinchiq yopib oldi.

34 Muso Egamizga gapirish uchun Uning huzuriga borganda, yuzidagi yopinchiqni olib tashlar edi. U chiqib, Egamiz, ayt, deb buyurgan hamma amrni Isroil xalqiga yetkazardi. Shunda Isroil xalqi 35 Musoning yuzi hamon nur sochib turganini ko‘rardi. So‘ngra Muso keyingi safar Egamiz bilan gaplashish uchun borguniga qadar yuzini yopib

olardi.


35–BOB


Shabbat kuni to‘g‘risidagi amr

1 So‘ngra Muso Isroil xalqining butun jamoasini to‘plab, ularga gapirdi:

8 moychiroqlar uchun zaytun moyi, muqaddas qiladigan moy* uchun ziravorlar, xushbo‘y tutatqi uchun ziravorlar, 9 efod va ko‘krakpechga taqiladigan aqiq hamda boshqa qimmatbaho toshlar. 10 Oralaringizdan mohir ustalar kelib, Men, Egangiz, amr qilgan Muqaddas chodirni yasashsin. Chodir quyidagi ashyolardan iborat bo‘lsin:


11 Chodirning ichki qavati, uning yopinchiqlari, ilgaklari, romlari, tambalari, ustunlari va tagliklari,

12 Sandiq, uning xodalari, qopqog‘i va Sandiqni to‘sib turadigan ichki parda,

13 xontaxta, uning xodalari, hamma buyumlari va unga qo‘yiladigan muqaddas

nonlar*,

14 yorug‘ bo‘lishi uchun chiroqpoya, uning buyumlari, moychiroqlari va

moychiroqlar uchun zaytun moyi,

15 tutatqi qurbongohi va uning xodalari, muqaddas qiladigan moy va xushbo‘y tutatqi, Muqaddas chodirga kiraverishdagi parda,

16 qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh, uning bronza panjarasi, xodalari va hamma buyumlari,

qo‘lyuvgich va uning tagligi,

17 hovlini to‘sib turadigan pardalar, pardalarni ushlab turadigan ustunlar,

ustunlarning tagliklari va hovliga kiraverishdagi parda,

18 Muqaddas chodir bilan hovli uchun qoziqlar va arqonlar,

19 Ruhoniy Horun va uning o‘g‘illari Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyadigan, ajoyib qilib tikilgan muqaddas liboslar.”

Xalq Muqaddas chodir uchun nazrlar olib keladi

20 Shunday qilib, Isroil xalqining butun jamoasi Musoning yonidan qaytib ketdi.

21 Yuragi zavqqa to‘lgan har bir odam borib, Uchrashuv chodirini va Chodirda doimiy xizmatlarda foydalaniladigan ashyolarni qilish uchun, muqaddas ruhoniylik liboslarini tikish uchun Egamizga nazrlar olib kelishdi. 22 Shunday qilib, yuragi zavq–shavqqa

to‘lgan barcha erkagu ayollar turli xil oltin taqinchoqlarni — jig‘a, sirg‘a, uzuk, marjonlarni olib kelishdi. Bularni Egamizga bag‘ishlaganlarini ko‘rsatish uchun ular oltin taqinchoqlarini yuqoriga ko‘tardilar. 23 Kimda ko‘k, safsar va qirmizi ip, mayin zig‘ir matosi, echki juni, qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisi, yumshoq teri* bo‘lsa, olib keldi. 24 Kim kumush yoki bronzani Egamizga nazr qilishga qodir bo‘lsa, uni olib kelib, Egamizga nazr qildi. Kimda akas yog‘ochi bo‘lsa, Chodirni va uning ashyolarini tayyorlashda foydalangani olib keldi. 25 Ip yigirishga mohir ayollar o‘z qo‘llari bilan yigirgan ko‘k, safsar va qirmizi ipni hamda mayin zig‘irdan yigirilgan ipni nazr qilib olib kelishdi. 26 Echki junidan ip yigirishga mohir ayollar yuragi zavqqa to‘lib, echki junidan ip yigirib olib keldilar. 27 Oqsoqollar efod va ko‘krakpechga taqish uchun aqiq va boshqa qimmatbaho toshlar, 28 shuningdek, moychiroqlar, muqaddas qiladigan moy uchun ziravorlar, xushbo‘y tutatqi uchun ziravorlar va zaytun moyi olib kelishdi. 29 Yuragi zavq–shavqqa to‘lgan Isroil xalqining erkagu ayollari Muso orqali Egamiz amr etgan hamma ishni bajargani Egamizga ko‘ngildan chiqarib nazrlar olib kelishdi.

Muqaddas chodirni yasaydigan mohir ustalar

30 Keyin Muso Isroil xalqiga aytdi*: “Ana, Egamiz Yahudo qabilasidan Urining o‘g‘li, Xurning nabirasi Bazalilni tanladi. 31 Egamiz uni O‘z Ruhi bilan to‘ldirib, hunarmandchilikning hamma turi bo‘yicha mohir va idrokli qildi, qobiliyat ato etdi. 32 U ajoyib badiiy bezaklar qilishga va bularga oltin, kumush va bronza bilan ishlov berishga, 33 qimmatbaho toshlarni o‘yishga, ularga ishlov berib jihozlashga, yog‘och o‘ymakorligiga, badiiy hunarmandchilikka layoqatli qildi. 34 Egamiz Bazalilga va Dan qabilasidan Oxisamaxning o‘g‘li Oxoliyovga o‘z mahoratini boshqalarga o‘rgatish iqtidorini ato qildi. 35 Bu odamlar har qanday ishni bajara olsin deb, Egamiz ularga mahorat ato qildi. Ular har qanday ashyodan har turli buyumlar qilishga qodirdir. Ular ijod qilib, buyumlar yasay oladilar, to‘qishni biladilar, ko‘k, safsar, qirmizi iplardan foydalanib, mayin zig‘ir matosiga naqsh solishni biladilar. Ular har turli ishlarni bajarishga mohir hunarmanddirlar.


36–BOB

1 Bazalil, Oxoliyov va boshqa hamma iqtidorli ustalar Egamiz amr etgan hamma ishlarni bajarsinlar. Muqaddas chodir yasashda talab qilingan har qanday xizmatni bajarishlari uchun Egamiz ularga mahorat va qobiliyat ato qilgan.”

2 Muso Bazalilni, Oxoliyovni va Egamiz qobiliyat ato qilgan hamma iqtidorli

ustalarni, yuragi zavqqa to‘lgan odamlarni chaqirdi.

3 Muqaddas chodirni yasash uchun Isroil xalqi olib kelgan hamma nazrlarni Muso ustalarga berdi. Bulardan tashqari, xalq har kuni ertalab Musoga ko‘ngildan chiqarib nazrlar olib kelishardi. 4 Ishlarni bajarayotgan hamma ustalar yumushlarini tashlab, 5 Musoning oldiga kelib aytishdi:

— Egamiz bizga amr etgan ishlar uchun xalq keragidan ortiq olib kelyapti.

6 Shunda Muso: “Bironta erkak, ayol endi Muqaddas chodir uchun nazr olib kelmasin”, deb buyruq berdi. Uning buyrug‘i qarorgoh bo‘ylab e’lon qilindi. Shundan keyin xalq nazr olib kelishni to‘xtatdi. 7 Xalqning olib kelgan nazrlari ishning hammasini bajarishga yetib, hatto ortib ham qolar edi.

Muqaddas chodir yasaladi

8 Ishlayotganlar orasidagi eng mohir odamlar Muqaddas chodirni* yasadilar:

Chodirning ichki qavati

Mohir tikuvchilar Bazalilning ko‘rsatmasi bilan Chodirning ichki qavatini qildilar. U mayin zig‘ir matosidan tikilgan o‘nta choyshabdan iborat bo‘ldi. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan solib, bu choyshablarni bezatdilar. 9 Har bir choyshabning bo‘yi yigirma sakkiz tirsak, eni to‘rt tirsak* edi. Hamma choyshablarning o‘lchovi bir xil edi. 10 Ular choyshablardan beshtasining bo‘yini bir–biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan beshtasini ham shunday qildilar. 11-12 Hosil bo‘lgan ikki uzun bo‘lak choyshabning bo‘yiga ko‘k matodan elliktadan halqa tikdilar. Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir–biriga ro‘parama–ro‘para edi. 13 Keyin oltindan ellikta ilgak yasadilar, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga uladilar. Shunda Chodirning ichki qavati bir butun bo‘ldi*.

Chodirning tashqi qoplamalari

14 Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan o‘n bitta choyshab tikdilar. 15 Har bitta choyshabning bo‘yi o‘ttiz tirsak, eni to‘rt tirsak* edi. O‘n bitta choyshabning hammasi bir o‘lchovda edi. 16 Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir– biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan oltitasini ham shunday qildilar. 17 Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bir bo‘yiga elliktadan halqa tikdilar. 18 Keyin, Chodirning qoplamasi bir butun bo‘lsin* deb, ikkala choyshabni birlashtirish uchun bronzadan ellikta ilgak yasadilar. 19 Bu qoplama ustiga qo‘yish uchun qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisidan qoplama, so‘ng yumshoq teridan* tashqi qoplama qildilar.

Chodirni tutib turadigan rom

20 Akas yog‘ochidan* Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar* yasadilar. 21 Har bir romning bo‘yi o‘n tirsak, eni bir yarim tirsak* edi. 22 Har bir romning ostida bir–biriga parallel bo‘lgan ikkita tirgak yasadilar. 23 Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasadilar. 24 Bu romlar ostiga qo‘yish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildilar, har bir tirgak ostida bitta taglik bo‘ldi.

25 Chodirning shimol tomonidagi devori uchun yigirmata rom yasadilar. 26 Har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan, jami qirqta kumush taglik yasadilar. 27 Chodirning orqadagi — g‘arb tomonidagi devor uchun oltita rom, 28 Chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasadilar. 29 Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtirdilar. Bitta burchak hosil qilishi uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtirdilar. Har ikkala burchak shu yo‘l bilan hosil qilindi. 30 Shunday qilib, o‘n oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor qilindi, har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan taglik

yasaldi.

31 Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yog‘ochidan beshta tamba, 32 shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — g‘arb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasadilar. 33 Romlarning yarmigacha o‘rnashtirilgan o‘rtadagi tambalar Chodirning boshidan oxirigacha cho‘zildi. 34 Romlarni oltin bilan qopladilar, tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtirdilar*, tambalarni ham oltin bilan qopladilar.

Chodirning ichki pardasi

35 Mayin zig‘ir matosidan ichki pardani* tikdilar. Pardaga ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan solib, uni bezatdilar. 36 Ichki parda ushlab turilishi uchun akas yog‘ochidan to‘rtta ustun yasadilar. Ustunlarga oltin qoplab, ularga oltin ilgaklarni mahkamladilar. Ustunlar uchun eritilgan kumushdan to‘rtta taglik yasadilar.

Chodirning kirishidagi parda

37 Chodirga kirish joyi uchun mayin zig‘ir matosidan pardani tikdilar. Parda ustiga ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan naqsh soldilar. 38 Bu parda ushlab turilishi uchun beshta ustun yasadilar. Ustunlarning tepasini va halqalarini oltin bilan qopladilar. Ustunlarning beshta tagligini esa bronzadan qildilar.


37–BOB

Ahd sandig‘i va uning qopqog‘i yasaladi

1 Bazalilning ko‘rsatmasi bilan akas yog‘ochidan* Sandiq* yasadilar. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak* edi. 2 Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplab, aylanasi bo‘ylab oltin gulchambar qildilar. 3 Sandiq uchun eritilgan oltindan to‘rtta halqa yasab, to‘rtala oyog‘iga mahkamladilar: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida edi. 4 Keyin akas yog‘ochidan xodalar yasab, xodalarni oltin bilan qopladilar. 5 Sandiqning ikkala tomonidagi halqadan Sandiqni ko‘tarib yurish uchun xodalarni o‘tkazdilar. 6 Toza oltindan Sandiqning qopqog‘ini yasadilar. Qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak* edi. 7- 8 Shu bilan birga, oltindan zarb urib ikkita karub yasadilar*. Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida bo‘lib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qildi. 9 Karublarning tepaga ko‘tarilgan qanotlari qopqoqni berkitib turardi. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan edi.

Muqaddas nonlar uchun xontaxta yasaladi

10-11 Akas yog‘ochidan xontaxta* yasadilar. Uni toza oltin bilan qopladilar.

Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak* edi. Xontaxtaning chetlariga aylantirib oltin gulchambar qildilar. 12 Yana xontaxtaning aylanasi bo‘ylab to‘rt enli rom o‘rnatdilar. Bu romni naqshli hoshiya qilib bezatdilar. Uni xontaxtaning oyoqlariga mahkamladilar. 13-15 Yana eritilgan oltindan to‘rtta halqa yasab, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — to‘rtala burchagidagi to‘rtala oyog‘iga o‘rnashtirdilar. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan o‘tkazib, xontaxtani ko‘tarib yurish uchun foydalanilar edi.

16 Xontaxtaga qo‘yiladigan buyumlarni — lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun kosa

va ko‘zalarni toza oltindan yasadilar.

Chiroqpoya yasaladi

17 Sof oltindan zarb urib chiroqpoya* yasadilar. Butun chiroqpoyani va uning bezaklarini bir butun qilib yasadilar. Chiroqpoyaning tagligi, poyasi va kurtakli gulga o‘xshash shakldagi piyolalari bor edi. 18 Yana chiroqpoyaning poyasidan oltita shoxcha chiqarildi: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarildi.

19 Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom

guliga o‘xshash shakldagi uchta piyola bor edi. 20 Chiroqpoyaning poyasida kurtakli

bodom guliga o‘xshash shakldagi to‘rtta piyola bor edi. 21 Chiroqpoyaning poyasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib turardi. 22 Chiroqpoyani shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib, toza oltinning yaxlit bo‘lagidan zarb urib yasadilar. 23 Chiroqpoya uchun yettita moychiroq yasadilar.

Moychiroqlarga qarab turishda foydalangani toza oltindan qisqichlar va patnislar yasadilar. 24 Chiroqpoya bilan uning hamma buyumlarini ikki pud* toza oltindan yasadilar.

Tutatqi qurbongohi yasaladi

25 Akas yog‘ochidan tutatqi qurbongohi* yasadilar. Qurbongoh to‘rtburchak bo‘lib, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, bo‘yi esa ikki tirsak* edi. Qurbongohning to‘rtala burchagiga o‘zidan yo‘nib chiqarilgan bittadan shox yasadilar. 26 Qurbongohning ustini, yon–atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qopladilar, aylanasi bo‘ylab oltindan gulchambar yasadilar. 27-28 Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa o‘rnashtirdilar. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan o‘tkazib, qurbongohni ko‘tarib yurish uchun foydalanilar edi.

Muqaddas qiladigan moy va xushbo‘y tutatqi tayyorlanadi

29 Usta odam muqaddas qiladigan moy* va toza, xushbo‘y tutatqi tayyorladi.


38–BOB

Kuydiriladigan qurbonlik uchun qurbongoh yasaladi

1 Akas yog‘ochidan* to‘rtburchak qilib kuydiriladigan qurbonlik uchun qurbongoh* yasadilar. Qurbongohning uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, bo‘yi uch tirsak* edi. 2 Qurbongohning to‘rtala burchagiga o‘zidan yo‘nib chiqarilgan bittadan shox yasadilar. Qurbongoh va uning shoxlarini bronza bilan qopladilar. 3 Qurbongohning hamma buyumlari — qozonlarni, kuraklarni, tog‘orachalarni, sanchqilarni va olovkuraklarni bronzadan yasadilar. 4 Qurbongohga bronzadan panjara yasadilar. Panjarani qurbongohning ichiga — to‘rt tomoniga o‘rnatilgan tokchaning ostida o‘rnatdilar, yarmigacha yetib bordi. 5 Bronza panjaraning to‘rtala burchagiga xodalarni o‘tkazish uchun eritilgan bronzadan to‘rtta halqa yasadilar. 6 Akas yog‘ochidan xodalar yasab, xodalarni bronza bilan qopladilar. 7 Qurbongohni xodalar yordamida ko‘tarib yurish uchun qurbongoh yonlaridagi halqalarga xodalarni o‘tkazib qo‘ydilar. Qurbongohning chetlariga taxta qoqib, ichini bo‘sh qoldirdilar.

Bronza qo‘lyuvgich yasaladi

8 Uchrashuv chodiriga kiraverishda xizmat qilgan ayollar* hadya qilgan bronza

ko‘zgulardan* ular bronza qo‘lyuvgichni va uning tagligini yasadilar.

Muqaddas chodir hovlisi atrofidagi to‘siq yasaladi

9 So‘ngra Muqaddas chodirning hovlisini o‘rab tursin deb, pardadan to‘siq qildilar: to‘sib turadigan pardalarni mayin zig‘ir matosidan tikdilar. Hovlining janub tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi yuz tirsak* edi. 10 O‘sha to‘siqda yigirmata bronzadan qilingan taglikka yigirmata ustun o‘rnatilgan edi. Shu yerdagi pardalarni osish uchun ustunlarga kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamladilar.

11 Hovlining shimol tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi ham yuz tirsakni

tashkil qilib, uning yigirmata ustuni va bronzadan qilingan tagliklari bor edi. Uning pardalarini osish uchun ustunlariga ham kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamladilar. 12 Hovlining g‘arb tomonidagi pardadan qilingan to‘siqning uzunligi ellik tirsak*, uning o‘nta ustuni va tagligi bor edi. Uning pardalarini osish uchun ustunlariga ham kumushdan qilingan ilgaklar va halqalarni mahkamladilar. 13 Hovlining sharq tomoni ellik tirsak kenglikda edi. 14-15 Hovlining kirish joyi shu yer edi. Kirishning o‘ng va chap tomonidagi pardadan qilingan to‘siqlarning uzunligi o‘n besh tirsakdan* edi, har ikki tomonda uchtadan ustun va tagliklar bor edi. 16 Hovlining hamma tomonidagi to‘sib turadigan pardalarni mayin zig‘ir matosidan qildilar, 17 ustunlarning tagligini bronzadan, ilgaklari va halqalarini kumushdan qildilar. Ustunlarning tepasini kumush bilan qopladilar. Hovlining hamma ustunlarida kumush halqalar bor edi.

18 Hovliga kirish joyi uchun parda qildilar. Uni mayin zig‘ir matosidan tikdilar, ustiga ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan naqsh soldilar. Bu pardaning eni yigirma tirsak*, bo‘yi hovlining to‘sib turadigan pardalari kabi, besh tirsak* edi. 19 Bu pardani to‘rtta taglikka o‘rnatilgan to‘rtta ustun ushlab turdi. Ustunlarning tagligini bronzadan, ilgaklari va halqalarini kumushdan qildilar. Ustunlarning tepasini kumush bilan qopladilar. 20 Muqaddas chodirni va pardadan qilingan to‘siqni ushlab turadigan barcha qoziqlarni ham bronzadan yasadilar.

Muqaddas chodirda foydalanilgan oltin, kumush va bronza

21-23 Egamizning Musoga bergan amriga ko‘ra, Yahudo qabilasidan Urining o‘g‘li, Xurning nabirasi Bazalil hamma ishlarni bajarib bo‘ldi. Dan qabilasidan bo‘lgan Oxisamax o‘g‘li Oxoliyov uning yonida bo‘ldi. U hunarmand bo‘lib, ijod qilar, buyumlar yasay olardi, ko‘k, safsar, qirmizi iplardan foydalanib, mayin zig‘ir matosiga naqsh solishni bilardi.

Musoning ixtiyoridagi ruhoniy Horunning o‘g‘li Itamar nazorati ostida Levi qabilasi sarf qilingan oltin, kumush va bronzaning hisobini olib borgan edi. Muqaddas ahd chodirini* yasashda ishlatilgan oltin, kumush va bronza hisobi quyidagicha edi:

Oltin

24 Chodir yasalishiga sarf qilingan oltinning jami 62,5 pud* edi. Xalq Egamizga nazr qilgan oltinning hisobi shuncha edi.

Kumush

25 Sanab chiqilgan xalqdan yig‘ilgan kumushning* jami hisoblab chiqilganda, 214 pud* bo‘ldi. 26 Bu miqdor hisoblab chiqilgan yigirma va undan yuqori yoshdagi 603.550 odamning har biriga 1,25 misqoldan* to‘g‘ri kelardi. 27 213 pud kumush eritilib, Chodirning romlari va ichki pardani ushlab turadigan ustunlar uchun 100 ta taglik qilishga ishlatildi, har bir taglik uchun 2 puddan ortiq* kumush sarf qilindi. 28 Qolgan 1 pud* kumush hovli atrofidagi ustunlar uchun ilgaklar va halqalar yasashga, ustunlarning tepasini qoplashga ishlatildi.

Bronza

29 Xalq Egamizga nazr qilgan bronzaning miqdori 151 pud* edi. 30 Quyidagi

ashyolarni yasashda o‘sha bronza ishlatildi:


Uchrashuv chodiriga kiraverishdagi ustunlar uchun tagliklarni,

bronza qurbongoh bilan uning bronza panjarasini, uning hamma buyumlarini,

31 hovlining atrofidagi pardalarni ushlab turadigan ustunlar uchun tagliklarni, hovliga kiraverishdagi parda uchun tagliklarni,

Muqaddas chodir bilan atrofdagi pardadan qilingan to‘siqni ushlab turadigan

barcha qoziqni.


39–BOB

Ruhoniylik liboslari tikiladi

1 Ular ko‘k, safsar va qirmizi iplardan Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyish uchun ruhoniylarga liboslarni ajoyib qilib tikdilar. Horunga muqaddas ruhoniylik liboslari tikishdi. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.

Oliy ruhoniy uchun efod

2 Ular efodni* mayin zig‘ir matosidan tikib, ustiga ko‘k, safsar, qirmizi va zar iplardan naqsh soldilar. 3 Oltinni yupqa qilib yoyib, ingichka–ingichka qilib kesib, zar ip qilishdi. Ular o‘z mahoratlarini ishga solib ko‘k, safsar, qirmizi iplardan naqsh solingan mayin zig‘ir matosini bu zar ip bilan bezatdilar. 4 Efodning old va orqa qismlarini bir–biriga bog‘lash uchun ikkita yelka bog‘ichini qilib, ularni old va orqa qismlarining ustki chetiga tikdilar. 5 Kamar yasab, uni efodga bog‘ladilar. Kamarni ham mayin zig‘ir matosidan qildilar. Unga ko‘k, safsar, qirmizi va zar iplardan mahorat bilan naqsh soldilar.

Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.

6 Keyin muhr o‘yganday qilib, Isroil o‘g‘illarining ismini ikkita aqiq toshga o‘yib yozdilar. Yozilgan toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalar ichiga qo‘yib, 7 Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turish uchun efodning yelka bog‘ichlariga o‘rnashtirdilar.

Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.

Oliy ruhoniy uchun ko‘krakpech

8 Ular ko‘krakpechni* yasadilar. Ko‘krakpechni, efod singari, mayin zig‘ir matosidan qilib, ko‘k, safsar, qirmizi va zar iplardan unga mahorat bilan naqsh soldilar.

9 Ko‘krakpechni to‘rtburchak xalta shaklida, ikki buklangan, bo‘yi bir qarich, eniga ham bir qarich qilib yasadilar. 10 Ko‘krakpechga to‘rt qator toshni* to‘g‘ri qilib terdilar: qizil yoqut, xrizolit va zumrad toshlarni birinchi qatorga terdilar. 11 Ikkinchi qatorga firuza, zangori yoqut va olmosni terdilar. 12 Uchinchi qatorga lojuvard, agat va ametist toshlarni terdilar. 13 To‘rtinchi qatorga topaz, aqiq va yashma toshlarni terdilar. Hamma toshlarni oltindan qilingan naqshli uyalarga o‘rnashtirdilar. 14 Bu o‘n ikki tosh Isroilning o‘n ikki qabilasini eslatib turardi. Muhr o‘yganday qilib, Isroilning o‘n ikki o‘g‘lidan har birining ismini bu toshlarning har biriga o‘yib yozdilar.

15 Ular ko‘krakpechni efodga bog‘lash uchun toza oltindan ipga o‘xshatib eshilgan ikkita zanjir yasadilar. 16 Yana naqshli ikkita oltin uya va ikkita oltin halqa yasab, ikkala halqani ko‘krakpechning ustki burchaklariga mahkamladilar. 17 Ikkala oltin zanjirning bir uchini ko‘krakpechdagi halqalarga bog‘lab, 18 ikkinchi uchini naqshli oltin uyalarga mahkamladilar. Uyalarni efodning old tomonidagi yelka bog‘ichlariga o‘rnashtirdilar. 19- 20 Yana oltindan to‘rtta halqa yasadilar. Ikkitasini ko‘krakpechning ostki burchaklariga

— efodga yaqin bo‘lgan ichki qirg‘og‘iga mahkamladilar. Ikkitasini efodning old tomoniga, ikkala yelka bog‘ichining pastiga — naqshli kamardan yuqoriga mahkamladilar. 21 Ko‘krakpech efodning naqshli kamaridan yuqorida bo‘lsin, efoddan

osilib turmasligi uchun ko‘krakpechni halqalari yordamida efodning halqalariga ko‘k bog‘ich bilan mahkamladilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.

Boshqa ruhoniylik liboslari

22 Efodning ridosini* ko‘k iplardan to‘qilgan matodan tikdilar. 23 Ridoning o‘rtasidan bosh sig‘adigan teshik qildilar. Rido yirtilib ketmasligi uchun teshikning chetini to‘qidilar. 24-26 Rido etagining uchiga aylanasi bo‘ylab anor* shaklini va qo‘ng‘iroqchalarni birin–ketin qilib bittama–bitta osib chiqdilar. Anor shakli yigirilgan ko‘k, safsar va qirmizi iplardan qilingan edi. Qo‘ng‘iroqchalar toza oltindan qilingan bo‘lib, anor shakli oralariga osilgan edi. Horun oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilganda, u shu ridoni kiyishi kerak edi. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.

27 Horun bilan uning o‘g‘illariga mayin zig‘ir matosidan ko‘ylaklarni, 28 sallani, peshanabog‘larni va ishtonlarni qildilar. 29 Belbog‘ini mayin zig‘ir matosidan to‘qib, ustiga ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan naqsh soldilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.

30 Toza oltindan lavhani — muqaddaslik ramzini yasadilar. Lavhaning yuzasiga muhr o‘yganday, “Egamizga bag‘ishlangan” deb o‘yib yozdilar. 31 Lavhani sallaga mahkamlash uchun ko‘k bog‘ichni lavhaga bog‘lab qo‘ydilar. Hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar.

Ish nihoyasiga yetadi

32 Shunday qilib, Uchrashuv chodiri — Muqaddas chodir yasalishiga oid hamma ishlar nihoyasiga yetdi. Isroil xalqi hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar. 33 Keyin Musoning oldiga quyidagilardan iborat Muqaddas chodirni olib keldilar:


Chodirning ichki qavatini va uning hamma qismlarini — ilgaklarini, romlarini tambalarini, ustunlari va tagliklarini,

34 qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisidan yopinchiqni, yumshoq teridan* yopinchiq

va Eng muqaddas xonani to‘sib turadigan ichki pardani,

35 Ahd sandig‘ini*, uning xodalari va qopqog‘ini,

36 xontaxtani, uning hamma buyumlarini va unga qo‘yiladigan muqaddas

nonlarni*,

37 toza oltindan qilingan chiroqpoya, unga o‘rnatilgan moychiroqlarni, uning

hamma buyumlarini va moychiroqlar uchun zaytun moyini,

38 oltin tutatqi qurbongohini,

muqaddas qiladigan moy* va xushbo‘y tutatqini,

Chodirga kiraverishdagi pardani,

39 bronza qurbongohni, uning bronza panjarasini, xodalari va hamma buyumlarini,

qo‘lyuvgichni va uning tagligini,

40 hovlini to‘sib turadigan pardalarni, pardalarni ushlab turadigan ustunlarni,

ustunlarning tagliklarini va hovliga kiraverishdagi pardani, Chodir va hovli uchun arqonlarni, qoziqlarni,

Muqaddas chodir — Uchrashuv chodirida foydalanadigan hamma ashyolarni,

41 Ruhoniy Horun va uning o‘g‘illari Muqaddas xonada xizmat qilganda kiyadigan,

ajoyib qilib tikilgan muqaddas liboslarni.

42 Xullas, Isroil xalqi hammasini Egamiz Musoga amr etganday qildilar. 43 Muso qilingan hamma ishlarni ko‘zdan kechirdi, Isroil xalqi bu ishlarni Egamizning amri bo‘yicha qilganlarini ko‘rib, Muso ularni duo qildi.


40–BOB

Muqaddas chodir o‘rnatilib, bag‘ishlanadi

1 Egamiz Musoga aytdi: 2 “Birinchi oyning* birinchi kuni Uchrashuv chodirini — Muqaddas chodirni o‘rnattir. 3 So‘ng Ahd sandig‘i* chodirga olib kirilsin, Sandiqni ichki parda* bilan to‘sdir. 4 Keyin xontaxta olib kirilsin. Xontaxtaga tegishli ashyolarni uning ustiga joylashtir. Chiroqpoya ham olib kirilsin*, chiroqpoyaga moychiroqlarni o‘rnashtir. 5 Oltin tutatqi qurbongohini Ahd sandig‘i oldiga qo‘ydir*. Muqaddas chodirga kiraverishda pardani osdir. 6 Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohni Uchrashuv chodiriga — Muqaddas chodirga kiraverishda o‘rnashtir. 7 Qo‘lyuvgichni Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga o‘rnashtirib, ichiga suv quydir. 8 Chodir va qurbongohning atrofiga pardadan qilingan to‘siqni o‘rnashtirib, hovliga kiraverishdagi pardani osdir.

9 Keyin muqaddas qiladigan moyni* olib, Chodirga va uning hamma ashyolariga surtib chiqib, Menga bag‘ishla. Shunda Chodir muqaddas bo‘ladi. 10 Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga va uning hamma buyumlariga ham moy surtib, Menga bag‘ishla. Shunda qurbongoh g‘oyat muqaddas bo‘ladi. 11 Qo‘lyuvgichga va uning tagligiga ham moy surtib, Menga bag‘ishla.

12 Horun bilan o‘g‘illarini Uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelib, hammalarini yuvintir. 13 So‘ng Horun ruhoniy bo‘lib xizmat qilishi uchun uni Menga bag‘ishla: unga muqaddas ruhoniylik liboslarini kiydirib, moy surt. 14 Shundan keyin Horunning o‘g‘illarini ham olib kelib, ularga ko‘ylak kiygiz. 15 Otasiga moy surtganingday, ularga ham moy surt, toki ular ruhoniy bo‘lib Menga xizmat qilishsin. Horun va uning o‘g‘illariga moy surtish bilan ularning o‘zlari ham, nasllari ham avlodlar osha Menga ruhoniy bo‘lib xizmat qilishlari uchun sen ularga ijozat bergan bo‘lasan.”

16 Muso Egamiz amr etgan hamma ishlarni bajarib bo‘ldi. 17-18 Ikkinchi yilning birinchi oyida*, oyning birinchi kuni Muso Muqaddas chodirni o‘rnattirdi: u hamma tagliklarni joyiga qo‘ydirdi, romlarni o‘rnashtirib, tambalarni joylashtirdi, ustunlarni o‘rnashtirdi. 19 So‘ngra Chodirni tutib turadigan romlar ustiga choyshablar va qoplamalarni tashlatdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.

20 Keyin ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani* olib, Sandiqqa solib qo‘ydi. Xodalarni Sandiq halqasidan o‘tkazgach, Sandiqning qopqog‘ini Sandiq ustiga o‘rnashtirdi. 21 Sandiqni Muqaddas chodirga olib kirdi. Ichki pardani osib, Ahd sandig‘ini to‘sdirib qo‘ydi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.

22 Uchrashuv chodiriga — chodirning shimol tomoniga, ichki pardaning tashqarisiga xontaxtani qo‘ydirdi. 23 Xontaxta ustiga — Egamizning huzuriga muqaddas nonlarni* qo‘ydi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.

24 Uchrashuv chodiriga — xontaxtaning ro‘parasiga, Chodirning janub tomoniga chiroqpoyani qo‘ydirdi. 25 Egamizning huzuriga — chiroqpoyaga moychiroqlarni o‘rnashtirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.

26 Uchrashuv chodiridagi ichki pardaning tashqarisiga oltin tutatqi qurbongohini

qo‘ydirdi. 27 Qurbongohda xushbo‘y tutatqi tutattirdi. Egamiz amr etganlarning

hammasini Muso bajardi.

28 Muqaddas chodirga kiraverishda pardani osdirdi. 29 Uchrashuv chodiriga — Muqaddas chodirga kiraverishda qurbonlik kuydiriladigan qurbongohni o‘rnashtirdi. So‘ng qurbonlik bilan don nazri* keltirib, qurbongohda kuydirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.

30 Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga qo‘lyuvgichni o‘rnashtirib, yuvinish uchun ichiga suv quydirdi. 31-32 Muso, Horun va Horunning o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kirganlarida yoki qurbongohda nazrlarni kuydirganlarida, qo‘lyuvgichdagi suv bilan oyoq–qo‘llarini yuvishar edi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.

33 So‘ngra Muso Chodir bilan qurbongohning atrofiga pardadan qilingan to‘siqni o‘rnashtirib, hovliga kiraverishda pardani osdirdi. Shunday qilib, Muso ishini tugatdi.

Bulut va Egamizning ulug‘vorligi

34-35 Keyin Uchrashuv chodirini — Muqaddas chodirni bulut qopladi, Egamiz ulug‘vorligi bilan zohir bo‘lib Chodirni to‘ldirdi. Shuning uchun Muso Chodirga kira olmadi. 36 Chodirdan bulut ko‘tarilganda, Isroil xalqi har bir to‘xtagan joyidan yo‘lga chiqib sayohatini davom ettirardi. 37 Bulut ko‘tarilmasdan, to bulut ko‘tariladigan kun kelmaguncha, ular yo‘lga chiqishmasdi. 38 Shunday qilib, Isroil xalqi butun sayohatlari davomida kunduzi Muqaddas chodir ustida Egamiz zohir bo‘ladigan bulutni, kechasi Chodir tepasidagi bulut ichida yonayotgan alangani ko‘rar edilar.

IZOHLAR

1:1-4 Isroil — Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

1:5 yetmish — Ibtido 46:8-27 oyatlarga va Ibtido 46:27 izohiga qarang.

1:8 yangi fir’avn — taxtga o‘tirgan yangi shoh sulolasi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

1:11 …Pitom va Ramzes…shaharlar… — Pitom shahri Muqaddas Kitobda faqat bir marta tilga olingan. Bu shaharning aynan qayerda joylashgani ma’lum emas, biroq u Misr shimolidagi Nil deltasining yerlarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Ramzes shahri keyinchalik o‘sha joyda yashagan fir’avn Ramzes II nomi bilan atalgan mashhur shaharga ishora. Bu shahar ham Nil deltasining yerlarida joylashgan edi, lekin uning aynan qayerda joylashgani ma’lum emas.

2:4 opa — ya’ni Maryam (Sahroda 26:59 ga qarang).

2:10 Muso — misrcha ism bo‘lib, tug‘ilgan degan ma’noni anglatadi. Bu ism ibroniychadagi chiqarib olmoq so‘ziga ohangdosh. Musoga qo‘yilgan bu ism Xudoning Isroil xalqini Muso orqali Misrdan chiqarib olishi va Qizil dengizdan olib o‘tishi haqidagi ilohiy rejasini ayon qiladi (13:17-14:31 ga va Ishayo 63:11-12 ga qarang). Haqiqatdan, Muso Xudo tomonidan tanlangan xaloskor edi.

2:15 Midiyon yurti — Misrdan sharqda joylashgan. Bu oyatda tilga olingan Midiyon yurtining aynan qayerda joylashgani ma’lum emas. Bu yurt Sinay yarim orolida yo O‘lik dengizning janubidagi yerlarda yoki hozirgi Aqaba qo‘ltig‘ining sharq tomonida joylashgan bo‘lsa kerak.

2:18 Yatro — ibroniycha matnda Ruvel, Yatroning yana bir ismi (3:1 ga qarang).

2:22 Gershom — bu ism ibroniychadagi u yerda musofir so‘ziga ohangdosh.

2:24 Ibrohim, Is’hoq, Yoqub bilan ahd qilib bergan va’dasi… — Ibtido 12:1-3, 26:2-5, 28:13-15 ga qarang.

3:1 Sinay — ibroniycha matnda Xorev, Sinay tog‘ining yana bir nomi.

3:8 sut va asal oqib yotgan yurt — nihoyatda hosildor yerni bildiruvchi ibora. Mo‘l–ko‘l sut — mol uchun ko‘m–ko‘k yaylovlarning ko‘pligini bildiradi. Asal — xurmodan olinadigan quyuq, shirin murabboga ishora bo‘lishi mumkin. Murabboning mo‘lligi yaxshi hosil beradigan yerni bildiradi.

3:13 “Kim U?” — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi “Uning ismi nima?” Yahudiylarning tasavvuriga ko‘ra odamning ismi uning xarakteri va xulq–atvorini ifodalaydi. Bu oyatdagi savol faqatgina Xudoning ismini bilish uchun emas, balki Isroil xalqi va Muso o‘z ota–bobolarining Xudosini yanada yaxshiroq bilishlari uchundir. Muso o‘ziga berilgan kuch va hokimiyatga uncha ishonmay: “Men kim bo‘libman…?!” deb so‘ragan (shu bobning 11–oyatiga qarang). Isroil xalqi ham Musodan “Ota– bobolarimizning Xudosi Kim?” deb so‘rashini Muso bilardi. Yana shu bobning 14–oyati izohiga qarang.

3:14 Men har doim bor bo‘lgan Xudoman… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Men bor bo‘lgan Menman…. Musoning savoliga javob sifatida Xudo O‘zini barcha hodisalar ustidan cheksiz kuch va hokimiyatga ega bo‘lgan — har doim bor bo‘lgan

Xudo sifatida ayon qildi (yana shu bobning 15–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga

qarang).

3:15 Egangiz — ibroniycha matnda YHVH (Yahveh deb talaffuz qilingan bo‘lishi mumkin), Xudoning ismi. YHVH ibroniychadagi men borman fe’liga ohangdosh, bu fe’l shu bobning 14–oyatida uch marta ishlatilgan. Ko‘pchilik olimlar YHVH ibroniycha bor bo‘lmoq fe’lining ilk shakli bo‘lishi mumkin, deb tushunadilar. Ushbu tarjimada YHVH so‘zi Egam, Egamiz, Egang, Egangiz, Egasi deb tarjima qilingan (to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan EGAM, EGAMIZ… so‘ziga qarang).

4:6 …yara toshib… — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan so‘zning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi.

4:20 Xudo, ol, deb tayinlagan tayoq — yoki Xudoning qudratiga ega bo‘lgan tayoq.

4:24 …Musoning oldiga… — yoki …Musoning o‘g‘li oldiga…. Ibroniycha matnda …uning oldiga…, bu o‘rinda Muso yoki uning o‘g‘li nazarda tutilgan (yana shu bobning 25– oyatiga va o‘sha oyatning oxirgi izohiga qarang).

4:24 …sal bo‘lmasa uni o‘ldiray dedi — u birdaniga Xudo tomonidan yuborilgan jiddiy

xastalikka yo‘liqqan bo‘lishi mumkin.

4:25 xotini Zippura — 2:16-21 ga qarang.

4:25 tosh pichoq — bu pichoq qoyatoshdan yasalgan edi. Qoyatoshni yo‘nib, uning uchini o‘tkir qilish mumkin.

4:25 …Musoning oyoqlariga… — yoki …o‘g‘lining oyoqlariga…. Ibroniycha matnda

…uning oyoqlariga…. Bu o‘rinda Musoning oyoqlari yoki o‘g‘lining oyoqlari nazarda tutilgan. Bu oyatdagi oyoq so‘zi ko‘chma ma’noda ishlatilgan bo‘lib, jinsiy a’zoni bildirishi mumkin. Olimlar bu oyatda va mazkur bobning 24–oyatida Muso yoki uning o‘g‘li

haqida gap ketayotgani to‘g‘risida bir fikrga kela olmaydilar. Agar Muso haqida gap ketayotgan bo‘lsa, demak, Muso o‘g‘lini sunnat qilmagani uchun Xudoning qahriga uchraganini Zippura tushunib, Musoni xalos qilish uchun o‘g‘lini sunnat qilgan. Bu hodisa Xudoning o‘z xalqi bilan tuzgan ahdining belgisi bo‘lgan sunnatning qanchalik muhimligini ko‘rsatadi (yana Ibtido 17:9-14 ga qarang).

4:27 Xudoning muqaddas tog‘i — Sinay tog‘iga ishora.

5:5 qarollar — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi yerli xalq, ibroniy qarollariga ishora.

5:9 …behuda gaplarga quloq solishmasin — ya’ni Muso va Horun Isroil xalqiga aytgan

gaplarga (4:29-31 ga qarang).

6:3 Ibrohimga, Is’hoqqa va Yoqubga Men Qodir Xudo bo‘lib O‘zimni zohir qildim — Ibtido 17:1-8, 28:1-5, 35:11-13 ga qarang.

6:3 Ammo ularga Men, ularning Egasi deb tanilmagan edim — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Ammo YHVH ismim bilan ularga tanilmagan edim (3:15 izohiga qarang). Yahudiylarning tasavvuriga ko‘ra odamning ismi uning xarakteri va xulq– atvorini ifodalaydi. Ibrohim, Is’hoq va Yoqub Xudoning YHVH ismini bilgan bo‘lsalar

ham, Xudoning xarakteri va fazilatlari haqidagi ularning bilimi o‘zlarining hayotiy tajribasi bilan cheklangan edi. Xudo O‘zini Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga zohir qilganday, endi O‘zini Isroil xalqiga ham tanitmoqchi, lekin bu safar U O‘z xalqiga xarakteri va fazilatlarining boshqa tomonlarini ayon qilmoqchi (shu bobning 1–oyatiga qarang).

Ularning ota–bobolari bilan tuzgan ahdini amalga oshiradigan Xudo ekanligini bildirib, O‘zining buyuk sadoqatini ko‘rsatmoqchi (shu bobning 4-5–oyatlariga qarang). Xudo Isroil xalqini Misrdagi qullikdan ozod qilib, ularni Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga ont ichib, va’da qilgan yurtga olib boradi (shu bobning 6-8–oyatlariga qarang).

6:4 …ular bilan ahd qildim — Ibtido 12:1-3, 26:2-5, 28:13-15 ga qarang.

6:14 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

8:21 so‘nalar — bu o‘rindagi ibroniycha so‘z oddiy pashsha yoki pashshasimon

chaqadigan hasharotni bildirishi mumkin.

8:22 Go‘shen yerlari — Nil deltasining sharqidagi hosildor yerlar (Ibtido 45:10, 47:6 ga qarang).

8:23 Men O‘z xalqim bilan sening xalqingni ayirib qo‘yaman — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan (yana 9:4 ga qarang). Ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi O‘z xalqim va sening xalqing orasiga najot qo‘yaman. Bu gapni Men O‘zimning xalqimni xalos etaman–u, sening xalqingni esa xalos qilmayman deb tarjima qilsa ham bo‘ladi.

8:26 Egamiz Xudoga hayvonlarni qurbonlik qilsak…bizni toshbo‘ron qilmaydilarmi?! — Misrliklar ba’zi hayvonlarni muqaddas deb bilganlar va o‘sha hayvonlarning tasvirlariga sig‘inganlar. Bordi–yu, Misrliklar Isroil xalqining o‘sha hayvonlarni Xudoga qurbonlik qilganini ko‘rsalar, nihoyatda g‘azablangan bo‘lar edilar. Muso buni bilar edi.

9:32 …bug‘doy kechki bo‘lgani uchun… — ibroniycha matnda ikki xil bug‘doy haqida so‘z yuritilgan. Bu kechki bug‘doyning o‘rimi arpa va zig‘irpoyaning o‘rimidan taxminan 1 oy keyin — mart oyining oxirida yoki aprel oyining boshida boshlanar edi (shu bobning 31–oyatiga qarang).

10:4 chigirtkalar — ba’zan to‘da–to‘da bo‘lib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar

yetkazadigan hasharot.

10:19 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Suets qo‘ltig‘iga (ya’ni Qizil dengizning shimoli–g‘arbidagi qo‘ltiqqa) ishora qiladi.

11:1 Egamiz Musoga aytgandi… — 3:20-22, 4:21-23 ga qarang.

12:2 Bu oy…yilning birinchi oyi bo‘ladi — ibroniy kalendarining Abib oyi nazarda tutilgan (Abib oyi Nison oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi.

12:7 kesaki — eshik o‘rnatilgan chorcho‘p.

12:14 Bu kun — birinchi oyning o‘n beshinchi kuniga ishora. Shu kuni Xamirturushsiz non bayrami boshlanar edi. Bu bayram o‘sha oyning o‘n to‘rtinchi kunida o‘tkaziladigan Fisih ziyofatidan keyin alohida nishonlanardi (Levilar 23:5-6, Ezra 6:19-22, Hizqiyol 45:21 ga qarang).

12:18 Birinchi oy — 12:2 izohiga qarang.

12:21 …qo‘zi yoki uloqcha tanlab olib, Fisih ziyofatiga qurbonlik qilinglar — shu bobning 3-6, 8-11–oyatlarida batafsil berilgan ko‘rsatmalarga qarang.

12:22 issop o‘ti — bu o‘rindagi ibroniycha so‘z mayda ko‘k gulli, barglari muattar hidli o‘simlikni bildiradi. Bu o‘simlikning barglari mayda tuk bilan qoplangani uchun uni cho‘tka sifatida ishlatsa ham bo‘lar edi.

12:37 Suxot — Ramzesdan qariyb 50 kilometr janubi–sharqda joylashgan.

13:3-4 Abib oyi — ibroniy kalendarining birinchi oyi (Abib oyi Nison oyi deb ham

ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi.

13:5 sut va asal oqib yotgan o‘sha yurt — 3:8 izohiga qarang.

13:13 eshak — asosiy transport vositasi bo‘lib xizmat qilgani uchun muhim bir hayvon edi. Eshak harom hisoblangani bois (Levilar 11:1-8 ga qarang), uni Xudoga qurbonlik qilib bo‘lmas edi, shuning uchun eshakning tug‘ilgan birinchi erkak bolasini qaytarib sotib olish kerak edi. “Halol” hayvonlarning to‘ng‘ich erkak bolasi esa qurbonlik qilinar edi (Sahroda 18:15-17 ga qarang).

13:13 …hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarni ham qaytarib sotib olishingiz lozim — bu amr

ruhoniylarga kumush to‘lash orqali amalga oshirilardi (Sahroda 18:15-16 ga qarang).

13:17 Filist xalqining yurti orqali o‘tadigan yo‘l — Nil deltasidan Kan’on yurtiga boradigan eng qisqa yo‘l. Bu yo‘l O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i bo‘ylab borar edi.

13:18 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom ostida hozirgi Suets qo‘ltig‘i (ya’ni Qizil dengizning shimoli–g‘arbidagi qo‘ltiq) yoki Suets qo‘ltig‘i va O‘rta yer dengizi oralig‘ida joylashgan ko‘llardan biri nazarda tutilgan. 14:10-31 dagi hodisalarning tafsilotiga ko‘ra, bu dengiz kattaligidan Isroil xalqiga to‘siq bo‘lgan, chuqurligidan Misr lashkari cho‘kib ketgan.

13:19 Yusuf…degan edi — Ibtido 50:24-25 ga qarang.

14:2 Qizil dengiz — ibroniycha matnda dengiz. 13:18 izohiga qarang.

14:25 …g‘ildiraklari botib qoldi — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …g‘ildiraklarini chiqarib yubordi.

15:2 …kuch–qudratimdir — yoki …qudratim, shukrona qo‘shig‘imdir.

15:3 …U jangchidir, U Egamizdir — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …YHVH jangchidir, YHVH Uning ismidir. Endi Isroil xalqi o‘z ko‘zi bilan Xudoning qilgan ishlarini ko‘rib, Uning kimligini to‘liqroq tushunadigan bo‘ldi. Xudo O‘z xalqi Isroil uchun kurashadigan kuchli jangchidir (14:14, 25 ga qarang). Yana 3:13, 14, 15 izohlariga va 6:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

15:4 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi (shu bobning 22–oyatida ham bor). 13:18 izohiga qarang.

15:13 Muqaddas makoning — Kan’on yurtida joylashgan Quddusdagi Sion tog‘i nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (yana shu bobning 17–oyatiga qarang). O‘sha yerda keyinchalik Ma’bad qurilgan edi. Ma’bad yana “Xudoning uyi” deb atalar edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

15:17 …O‘z tog‘ingga…muqaddas maskaningga… — shu bobning 13–oyati izohiga qarang.

15:23 Maro — ibroniychadagi ma’nosi taxir.

16:1 …bir oy o‘tgach… — ibroniycha matnda …ikkinchi oyning o‘n beshinchi kuni…, ibroniy kalendarining Ziv oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan aprelning o‘rtasidan boshlanadi. Isroil xalqi bundan bir oy oldin, ibroniy kalendarining birinchi oyi o‘n to‘rtinchi kuni Misrdan chiqqan edi (12:2-13 oyatlarga va 12:2 izohiga qarang).

16:1 Sin sahrosi — Sinay yarim orolidagi bu sahroning aynan qayerda joylashgani

ma’lum emas.

16:4 Non — ibroniychada non so‘zi umuman yegulikka nisbatan ham ishlatiladi. Xudo Isroil xalqiga osmondan go‘sht va keyinchalik “manna” deb nomlangan yegulik yetkazib beradi (shu bobning 6-8, 13-15, 31–oyatlariga qarang).

16:5 oltinchi kuni — Isroil xalqi dam oladigan Shabbat kunidan oldingi juma kuni nazarda tutilgan (shu bobning 29-30–oyatlariga qarang). Shabbat dam olish kuni sifatida keyinchalik Muso orqali berilgan qonunlar majmuasiga kiritilgan edi (20:8-11, 31:12-17 ga qarang).

16:16 bir omir — narsalarni o‘lchash uchun ishlatilgan kichkina bir idish. Bu idishning hajmi taxminan 2 litr edi (shu bobning 36–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Shu bobning 18, 22, 32, 33–oyatlarida ham bor.

16:23 …Muso ularga aytdi… — oltinchi kuni odamlar har kungidan ikki barobar ko‘proq manna yig‘ishlari kerakligidan oqsoqollar xabardor edilar (shu bobning 5–oyatiga qarang). Endi Muso ularga nima uchun bunday qilishlari kerakligini tushuntirib beryapti.

16:31 manna — bu nom ibroniychadagi Bu nima? so‘ziga ohangdosh (shu bobning 15–

oyatiga qarang).

16:33 …Egamizning huzuriga qo‘y… — Muqaddas chodirning Eng muqaddas xonasidagi Ahd sandig‘iga ishora (shu bobning 34–oyatiga qarang). Bu kelajakda bajarilishi kerak bo‘lgan amrdir, chunki o‘sha paytda Muqaddas chodir hali yasalmagan edi (25:10-22, 26:1-37 ga qarang).

16:34 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik, Ahd sandig‘ining yana bir nomi. Ibroniycha matndagi guvohlik so‘zi o‘nta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Ikkala tosh lavha Sandiqning ichida saqlanib, Xudo va Uning xalqi o‘rtasida tuzilgan ahdning dalili, ya’ni toshga bitilgan guvohlik bo‘lib xizmat qilardi.

16:35 Isroil xalqi keyingi qirq yil davomida…manna tanovul qildilar — Yoshua 5:12 ga qarang.

16:36 to‘rt kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan bir qismi, taxminan 2 litrga to‘g‘ri

keladi.

17:1 …bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurib… — Sahroda 33:12-14 ga qarang.

17:1 Sin sahrosi — 16:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

17:1 Rafidim — Isroil xalqi Sinay tog‘iga yetib borishidan oldin oxirgi to‘xtagan joyi.

Rafidimning qayerda joylashgani aniq ma’lum emas.

17:6 Sinay tog‘i — ibroniycha matnda Xorev tog‘i, Sinay tog‘ining yana bir nomi.

17:7 …Massax…Mariva… — ibroniychada Massax nomining ma’nosi — sinov, Mariva

nomining ma’nosi — janjal.

17:9 Xudo, ol, deb tayinlagan tayoq — yoki Xudoning qudratiga ega bo‘lgan tayoq.

17:15 “Egam bayrog‘imdir” — bu yerdagi “bayroq” so‘zi ostida urush vaqtida jangchilarni ruhlantirgan lashkar ramzi nazarda tutilgan. Muso qurbongohga “Egam bayrog‘imdir” degan nom qo‘yib, shu orqali Isroil xalqiga jang qilish uchun kuchni va g‘alabani yolg‘iz Egamiz bera olishini eslatmoqchi. Muso “bayroq”, deb jang davomida ko‘tarib turgan hassasini nazarda tutgan bo‘lishi mumkin (shu bobning 9–oyatiga qarang). Musoning hassasi Xudoning qudrati va Isroil xalqiga bergan yordamining ramzi bo‘lib xizmat qilardi.

17:16 “Omoleklar…Egamiz doimo ularga qarshi urush qiladi”… — yoki “Egamizning bayrog‘ini baland tutinglar! Egamiz Omolek xalqiga qarshi to abad urushni davom ettiradi”….

18:2 Muso xotinini otasi yoniga jo‘natib yuborganda… — bu hodisa kitobda yozilmagan, biroq 4:18-26 oyatlardagi hodisalardan keyin yuz bergan bo‘lsa kerak. Demak, shu bobning 3-4–oyatlari o‘sha hodisadan oldingi paytga — Muso ikki o‘g‘liga ism qo‘ygan vaqtga ishora qilyapti (2:22 ga qarang).

18:3 Gershom — 2:22 izohiga qarang.

18:4 …meni fir’avnning qilichidan qutqardi — 2:1-15 ga qarang. 18:4 Eliazar — ibroniychadagi ma’nosi Xudoyim madadkorimdir. 18:5 Xudoning muqaddas tog‘i — Sinay tog‘iga ishora.

19:1-2 Rafidim — 17:1 ning oxirgi izohiga qarang.

19:1-2 uchinchi oy — ibroniy kalendarining Shavon oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan mayning o‘rtasidan boshlanadi. Isroil xalqi Misrdan chiqqaniga olti hafta bo‘lib, yettinchi hafta boshlangan edi (Sahroda 33:3 ga qarang).

19:10 …xalq poklansin… — diniy xizmatni lozim darajada bajarishga monelik qiladigan nopoklikdan tozalanish marosimi nazarda tutilgan.

19:22 ruhoniylar — bu o‘rinda oqsoqollar (3:18, 12:21, 18:12 ga qarang) yoki maxsus tanlangan yigitlar — to‘ng‘ich farzandlar (24:5 va Sahroda 3:11-13 ga qarang) nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Horunning nasli ruhoniylikka keyinroq tayinlangan edi (28- 29–boblarga qarang).

20:5 O‘sha xudolar yoki butlarga… — ibroniycha matnda Ularga…, shu bobning 3, 4– oyatlarida aytib o‘tilgan xudolar va butlarga ishora.

20:6 …ming–ming avlodlariga… — yoki …minginchi avlodiga… yoxud …minglariga….

20:7 …ismini suiiste’mol qilmang — bunga Xudoning nomi bilan biror ishni qilaman, haqiqatni aytaman, deb qasam ichgandan keyin, o‘sha va’dani buzish, ontdan qaytish yoxud Xudoning nomi bilan la’natlash yoki Xudo aytganimni qilsin, deb qilingan har xil ishlar kiradi (misol uchun, Xudoning nomi bilan fol ochish yoki sehr–jodu qilish).

20:26 …zinapoyadan chiqayotganingizda, ochiq joylaringiz ko‘rinib qoladi — qadimgi Isroilda erkaklar kiyimining belidan pastki qismi keng edi. Isroil xalqi bilan munosabatda bo‘lgan boshqa xalqlarning ruhoniylari sajda marosimida noma’qul kiyimlar kiyishar edi. Isroil xalqining ruhoniylari esa kiygan kiyimiga alohida e’tibor berib, qurbongohda ularning yalang‘och joylari ko‘rinmasligi kerak edi (yana 28:42- 43 ga qarang).

21:2 Agar ibroniy erkak sizlarga qul bo‘lib sotilsa… — qadimgi Isroilda odamlar qarzini to‘lash uchun ba’zan o‘zlarini qullikka sotishgan yoki oila a’zolari tomonidan qul qilib sotilganlar.

21:6 …hakamlar huzuriga… — yoki …Mening huzurimga…, ya’ni Xudo huzuriga. Bu o‘rindagi ibroniycha so‘z Xudoga, ilohiy zotlarga yoki insoniy hukmdoru hakamlarga ishora qilgan bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda Xudoning hokimiyati bilan ish yuritgan hakamlar nazarda tutilgan.

21:6 kesaki — eshik o‘rnatilgan chorcho‘p.

21:14 …Menga atalgan qurbongohga qochib borsa… — qurbongoh muqaddas hisoblangani uchun, qurbongohga qochib borgan odam aybi isbotlanguncha o‘lim jazosidan holi hisoblanar edi. Bu oyatdagi vaziyatda qotil odamni qasddan o‘ldirgani ma’lum bo‘lgani uchun, hatto qurbongoh ham uni haqqoniy jazodan qutqara olmasdi.

21:22 …ayol chala tug‘ib qo‘ysa–yu… — yoki …ayolning homilasi tushib qolsa–yu….

21:23-25 …jon evaziga jon, 24 ko‘z evaziga ko‘z…25…lat yeyish evaziga lat yetkazish bilan javob bersin — bu gap qonuniy asosni tashkil qilib, keltirilgan har qanday zarar uchun odil jazo berilishi kerakligini bildiradi. Demak, bu qonunni so‘zma–so‘z tushunish kerak emas. Misol uchun, matnning boshqa joylarida odamning o‘lganiga aybdor bo‘lgan kishi o‘ldirilishi yoki o‘z joni evaziga pul to‘lashi kerakligi haqida yozilgan (shu bobning 29- 32–oyatlariga qarang). Shuningdek, qulining ko‘ziga urib, uni ko‘r qilib qo‘ygan yoki uning tishini sindirgan odamga jazo sifatida jismoniy jarohat yetkazilmas edi. Aksincha, o‘sha odam quliga yetkazgan jarohati uchun qulini ozodlikka chiqarishi kerak edi (shu bobning 26-27–oyatlariga qarang).

21:32 o‘ttiz bo‘lak kumush — ibroniycha matnda o‘ttiz shaqal kumush, taxminan 330 grammga to‘g‘ri keladi. Qadimgi paytlarda ma’lum vazndagi kumush bo‘laklari odatda pul birligi sifatida ishlatilgan.

21:33 chuqur — sardoba nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Sardoba — yomg‘ir suvini

saqlash uchun foydalanilgan chuqurlik.

22:8 …hakamlar huzuriga… — yoki …Mening huzurimga…. 21:6 ning birinchi izohiga qarang.

22:9 …hakamlar huzuriga…Hakamlar… — yoki …Mening huzurimga…Men…. 21:6 ning birinchi izohiga qarang.

22:10 …o‘g‘irlab olib ketilgan bo‘lsa, lekin guvoh bo‘lmasa… — bu o‘rinda mol yaylovda o‘tlab yurgan paytda bosqinchilar tomonidan olib ketilgani nazarda tutilgan. Molning o‘g‘irlab ketilganiga guvoh bo‘lmasa, molga qaragan odam o‘zining aybsizligi haqida ont ichsin, bu jinoyatda u aybdor hisoblanmaydi.

22:28 Men, Xudoyingizni… — yoki Hakamlaringizni…. Bu o‘rindagi ibroniycha so‘z

Xudoga, ilohiy zotlarga yoki insoniy hukmdoru hakamlarga ishora qilgan bo‘lishi

mumkin.

22:29 To‘ng‘ich o‘g‘illaringizni Menga bag‘ishlanglar — 13:2, 11-16 va Sahroda 18:15-

16 ga qarang.

23:11 Yettinchi yili — Levilar 25:1-7 ga qarang.

23:15 Abib oyi — ibroniy kalendarining birinchi oyi (Abib oyi Nison oyi deb ham

ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi.

23:15 Abib oyining belgilangan vaqtida…Men sizlarga amr etganimday… — 12:14-20 ga qarang.

23:16 Chayla bayrami — ibroniycha matnda Yig‘ish bayrami, Chayla bayramining yana bir nomi.

23:19 Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar — Kan’ondagi xalqlar bayram marosimida bunday taomni tayyorlab, o‘z xudolaridan yaxshi hosil berishini so‘rar edilar. Shu sababdan Isroil xalqiga bunday taomni tayyorlash man etilgan bo‘lishi mumkin. Xudo Isroil xalqiga Kan’on xalqlarining odatlariga ergashishni qat’iyan taqiqlagan edi (shu bobning 32-33–oyatlariga va 34:11-16 ga qarang).

23:28 Men Xiv, Kan’on va Xet xalqlarini…quvib yuboraman — yoki Men Xiv, Kan’on va Xet

xalqlarini quvish uchun sizlardan oldin qovoq arilarni yuboraman.

23:31 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Aqaba qo‘ltig‘iga (ya’ni Qizil dengizning shimoli–sharqidagi qo‘ltig‘iga) ishora qiladi. Aqaba qo‘ltig‘i Isroil yurtining janubi–sharqiy chegarasini tashkil qilar edi.

23:31 O‘rta yer dengizi — ibroniycha matnda Filist xalqining dengizi. O‘rta yer dengizi Isroil yurtining g‘arbiy chegarasini tashkil qilar edi.

23:31 …sahrodan Furot daryosigacha… — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi bu sahro Isroil yurtining janubiy chegarasini, Furot daryosi esa shimoli–sharqiy chegarasini tashkil qilar edi.

24:1 Sen Horunni…Mening huzurimga olib kel — Xudoning bu oyatda aytgan amri shu bobning 9–oyatida amalga oshadi.

24:7 Ahd kitobi — Muso yozgan amrlar va qonun–qoidalar nazarda tutilgan (shu bobning 4–oyatiga qarang). 20-23–boblarda Xudo Musoga bergan amrlar va qonun– qoidalar o‘sha kitob tarkibiga kirgan.

24:12 Toqqa…chiqib… — shu bobning 9-11–oyatlarida yuz bergan hodisalardan keyin Muso va yonidagi odamlar tog‘dan tushgan edilar. Shu bois, bu oyatda Xudo Musoga qaytadan toqqa chiqish haqida amr bergan edi.

25:5 yumshoq teri — yuqori sifatli, oshlangan teri nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

25:5 akas yog‘ochi — quruq joylarda o‘sadigan akas daraxtining yog‘ochi qattiq, chidamli va yengil bo‘ladi.

25:6 muqaddas qiladigan moy — zaytun moyi va ziravorlarning maxsus aralashmasidan tayyorlanib, faqat ruhoniylar tomonidan diniy marosimlarni ado etish uchun ishlatilgan (30:22-33 ga qarang).

25:10 Sandiq — lug‘atdagi AHD SANDIG‘I iborasiga ishlangan rasmga qarang.

25:10 …uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak… — uzunligi

taxminan 110 santimetrga, eni va bo‘yi taxminan 70 santimetrga to‘g‘ri keladi.

25:16 ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavha — ibroniycha matnda guvohlik, ikkita tosh lavhaga ishora. O‘sha tosh lavhalar Xudo va Uning xalqi o‘rtasida tuzilgan ahdning dalili, ya’ni toshga bitilgan guvohlik bo‘lib xizmat qilardi (24:12 ga qarang).

25:17 …uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak… — shu bobning 10–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.

25:18-19 ikkita karub — qanotli samoviy mavjudotlarning haykallari. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

25:18-19 …oltindan zarb urib ikkita karub yasat — 37:7-8 izohiga qarang.

25:21 ikkita tosh lavha — ibroniycha matnda guvohlik. Shu bobning 16–oyati izohiga qarang.

25:22 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i, Ahd sandig‘ining yana bir

nomi. 16:34 izohiga qarang.

25:23-24 xontaxta — lug‘atdagi OLTIN XONTAXTA iborasiga ishlangan rasmga qarang.

25:23-24 …uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak… — uzunligi taxminan 90 santimetrga, eni taxminan 45 santimetrga, bo‘yi taxminan 70 santimetrga to‘g‘ri keladi.

25:30 muqaddas nonlar — bu nonlar Egamizning Muqaddas chodirda zohir bo‘lishini aks ettiruvchi timsol bo‘lib, Xudo Isroil xalqining qudrati va ta’minlovchisi ekanligidan darak berib turgan. Nonlar Chodirdagi maxsus xontaxtaga qo‘yilib, har Shabbat kuni yangi pishirilgan nonlar bilan almashtirib turilgan (Levilar 24:5-9 ga qarang).

25:31 chiroqpoya — lug‘atdagi CHIROQPOYA so‘ziga ishlangan rasmga qarang.

25:39 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga to‘g‘ri keladi.

26:1 Muqaddas chodir — Muqaddas chodirning rasmi lug‘atdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” bo‘limida berilgan.

26:2 …bo‘yi yigirma sakkiz tirsak, eni to‘rt tirsak… — bo‘yi taxminan 12,6 metrga, eni taxminan 1,8 metrga to‘g‘ri keladi.

26:6 …Chodirning ichki qavati bir butun bo‘ladi — Chodirni tutib turadigan romlar ustiga ichki qavatni tashkil qilgan ikkita choyshab tashlanadi (40:17-19 ga qarang). Chodirni tutib turadigan romlarning butun uzunligi 30 tirsak (taxminan 13,5 metr), eni 10 tirsak (taxminan 4,5 metr), bo‘yi 10 tirsak bo‘ladi (shu bobning 15-29–oyatlariga qarang). Ichki qavat choyshablari halqa va ilgaklar yordamida birlashtirilgandan keyin, ichki qavatning eni 28 tirsakni (taxminan 12,6 metr), uzunligi 40 tirsakni (taxminan 18 metr) tashkil qiladi. Ichki qavat choyshablari Chodirni tutib turadigan romlar ustiga tashlanganda, Chodirning ikki yonboshini yopib, chetlari yerdan bir tirsak (taxminan 45 santimetr) tepada osilib turadi. Choyshablar Chodirning orqa tomonini butunligicha qoplab, yerga tegib turadi. Choyshablar Chodirga kiraverishni yopib turmaydi.

26:8 …bo‘yi o‘ttiz tirsak, eni to‘rt tirsak… — bo‘yi taxminan 13,5 metrga, eni taxminan

1,8 metrga to‘g‘ri keladi.

26:9-11 …Chodirning qoplamasi bir butun bo‘ladi — Chodirni tutib turadigan romlar ustiga ichki qavatning sirtidan qoplama tashlanadi (40:17-19 ga qarang). Chodirni tutib turadigan romlarning butun uzunligi 30 tirsak (taxminan 13,5 metr), eni 10 tirsak (taxminan 4,5 metr), bo‘yi 10 tirsak bo‘ladi (shu bobning 15-29–oyatlariga qarang).

Qoplamaning ikki bo‘lagi halqa va ilgaklar yordamida birlashtirilgandan keyin, qoplamaning eni 30 tirsakni (taxminan 13,5 metr), uzunligi 44 tirsakni (taxminan 19,8 metr) tashkil qiladi. Qoplamani tashkil qilgan choyshablar Chodirni tutib turadigan romlar ustiga tashlanganda, Chodirning ikki yonboshini butunligicha yopib, chetlari yerga tegib turadi (shu bobning 13–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Qoplama Chodirning orqa tomonini ham butunligicha qoplab, Chodirning orqa tomonidan yerga ikki tirsak (taxminan 90 santimetr) yoyilib turadi (shu bobning 12–oyatiga qarang).

Qoplama Chodirga kiraverishni yopib turmaydi, qoplamaning ikki tirsagi yuqorisidan uzunasi bo‘ylab ikki buklanadigan bo‘ladi (shu bobning 9-11–oyatlarining oxirgi gapiga qarang).

26:12 ikki tirsak — taxminan 90 santimetrga to‘g‘ri keladi.

26:12 …ikki tirsak…yerga yoyilib turadi — shu bobning 9-11–oyatlari izohiga qarang.

26:13 Qoplamaning eni oxiridagi qo‘shimcha bir tirsak…Chodirni butunlay qoplaydi — bir tirsak taxminan 45 santimetrga to‘g‘ri keladi. Qoplama ichki qavatdan ikki tirsak enliroq bo‘lgani uchun Chodirning ikki yonboshidan yergacha osilib turar edi (shu bobning 6, 9-11–oyatlariga berilgan izohlarga qarang). Qoplama Chodirning tomini, ikki yonboshini va orqa tomonini to‘liq qoplab turgani uchun, Chodirning ichki qavati tashqaridan umuman ko‘rinmas edi.

26:14 yumshoq teri — 25:5 ning birinchi izohiga qarang.

26:15 Akas yog‘ochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

26:15 romlar — lug‘atdagi ROMLAR so‘ziga ishlangan rasmga qarang.

26:16 …bo‘yi o‘n tirsak, eni bir yarim tirsak… — bo‘yi taxminan 4,5 metrga, eni taxminan 70 santimetrga to‘g‘ri keladi.

26:29 …tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtir… — romlar bir–biriga tambalar yordamida birlashtirilar edi. Tambalar romlardagi halqalardan o‘tkazilar edi. Tambalar qay tarzda o‘rnashtirilgani matnda aniq yozilmagan. Har devordagi to‘rtta tamba devorning yarim uzunligida bo‘lib, romlardagi yuqori va pastki halqalardan o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. Romlarning o‘rtasidan o‘tkazilgan tamba esa Chodirning uzunligida bo‘lib, barcha romlarni birlashtirar edi (shu bobning 28–oyatiga qarang).

26:33 Chodir shipidagi ilgaklar — bu ilgaklar yordamida Chodirning ichki qavatini tashkil qilgan ikki choyshab bir–biriga birlashtiriladi (shu bobning 4-6–oyatlariga qarang). Bu ichki qavat Chodirni tutib turadigan romlar ustiga tashlanadi (40:17-19 ga qarang). Mana shu ichki qavatni birlashtirgan ilgaklar bir qator bo‘lib, Chodirning butun eni bo‘ylab cho‘ziladi. Ilgaklar qatori Chodirga kiraverishdan 20 tirsak (taxminan 9 metr) masofada joylashadi (shu bobning 6–oyati izohiga qarang). Shuning uchun Chodirning Eng muqaddas xonasi kub shaklida bo‘lib, har bir devorning eni, bo‘yi va

uzunligi 10 tirsakni (taxminan 4,5 metr) tashkil qiladi.

26:33 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i, Ahd sandig‘ining yana bir

nomi (shu bobning 34–oyatida ham bor). 16:34 izohiga qarang.

27:1 Akas yog‘ochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

27:1 qurbongoh — lug‘atdagi QURBONGOH so‘zi ostida berilgan BRONZA QURBONGOH

iborasiga ishlangan rasmga qarang.

27:1 …uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, bo‘yi uch tirsak… — uzunligi va eni

taxminan 2,3 metrga, bo‘yi taxminan 1,4 metrga to‘g‘ri keladi.

27:9 yuz tirsak — taxminan 45 metrga to‘g‘ri keladi (shu bobning 11–oyatida ham bor).

27:12 ellik tirsak — taxminan 22,5 metrga to‘g‘ri keladi (shu bobning 13–oyatida ham bor).

27:14-15 o‘n besh tirsak — taxminan 6,8 metrga to‘g‘ri keladi.

27:16 yigirma tirsak — taxminan 9 metrga to‘g‘ri keladi.

27:18 …uzunligi yuz tirsak, eni ellik tirsak… — uzunligi taxminan 45 metrga, eni

taxminan 22,5 metrga to‘g‘ri keladi.

27:18 besh tirsak — taxminan 2,3 metrga to‘g‘ri keladi.

27:21 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik, Ahd sandig‘ining yana bir nomi.

16:34 izohiga qarang.

28:2 ruhoniylik liboslari — lug‘atdagi RUHONIY so‘zi ostida berilgan OLIY RUHONIY

iborasiga ishlangan rasmlarga qarang.

28:6 Efod — lug‘atdagi RUHONIY so‘zi ostida berilgan OLIY RUHONIY iborasiga ishlangan rasmlarga qarang.

28:14 Bu ikkala zanjirning bir uchi uyaga mahkamlanadi — ushbu oltin zanjirlar va uyalar yordamida ko‘krakpech efodning yelka bog‘ichlariga bog‘lanadi (shu bobning 22- 25–oyatlariga qarang). Bu oyatdagi uyalar shu bobning 9-11–oyatlaridagi uyalardan boshqa.

28:15 ko‘krakpech — lug‘atdagi KO‘KRAKPECH so‘ziga ishlangan rasmga qarang.

28:15 …ko‘krakpech yasat. U hukm qilayotganda, Xudoning xohishini bilish uchun mana shu ko‘krakpechdan foydalanadi — ibroniycha matnda …hukm ko‘krakpechi yasat.

Ko‘krakpechning xaltasida Urim va Tummim degan muqaddas narsalar saqlangan. Ayrim hollarda ruhoniylar Xudoning xohishini bilish uchun Urim va Tummimdan foydalanishgan (Sahroda 27:21, 1 Shohlar 14:41, 28:6, Ezra 2:63, Naximiyo 7:65 ga qarang). Taxminlarga ko‘ra, bular qur’a tashlashda ishlatilgan bo‘lib, biri “ha”, ikkinchisi “yo‘q”ni bildirardi. Shu sababdan ko‘krakpech “hukm ko‘krakpechi” deb nomlangan edi (shu bobning 30–oyatiga qarang).

28:17 to‘rt qator tosh — ibroniycha matnda aytib o‘tilgan ba’zi qimmatbaho toshlarning

turi bahsli.

28:22-23 …ikkita zanjirni ol — shu bobning 14–oyatida aytib o‘tilgan ikkita zanjirga

ishora.

28:25 …ikkinchi uchini naqshli oltin uyalarga mahkamlat — bu gap shu bobning 14–

oyatida berilgan ko‘rsatmaning takroridir.

28:29 ko‘krakpech — ibroniycha matnda hukm ko‘krakpechi (shu bobning 30–oyatida ham bor). Shu bobning 15–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.

28:31 Efodning ridosi — uzun, yengsiz bir kiyim bo‘lishi mumkin. Rido efodning

tagidan, naqshli ko‘ylakning ustidan kiyilar edi (29:5 ga va Levilar 8:7 ga qarang).

28:33-34 anor — qadimgi paytlarda hayot ramzi edi.

28:42 Tananing ochiq joylari ko‘rinib qolmasin… — 20:26 izohiga qarang.

29:5 Horunga…kiygiz — oliy ruhoniy Horun ko‘ylagi ustidan belbog‘ bog‘lagan, lekin bu belbog‘ rido va efodning tagida bo‘lgan (Levilar 8:7 ga qarang). Bu haqda keyinroq, shu bobning 9–oyatida aytib o‘tiladi (yana 28:2-4 ga qarang).

29:7 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang.

29:12 qurbongohning shoxlari — 27:2 ga qarang.

29:13 jigarning a’lo qismi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi jigarning turtib chiqqan joyi (shu bobning 22–oyatida ham bor). Bu o‘rinda nima uchun jigarning aynan shu qismi haqida so‘z ketgani aniq emas. Ba’zi olimlarning fikri bo‘yicha, jigarning bu qismi eng a’lo qism hisoblanib, Egamizga atab kuydirishga loyiq edi. Boshqalarning aytishicha esa, butparast xalqlar jigarning bu qismini fol ochishda ishlatganlari uchun, uni kuydirib yo‘q qilish kerak edi. Boshqa olimlar esa bu o‘rindagi ibroniycha so‘zni “jigarni qoplab turgan parda” deb talqin qilishadi.

29:14 gunoh qurbonligi — birortasi bilmay qilgan gunohi uchun Xudodan kechirim so‘rab keltirgan qurbonligi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi QURBONLIK so‘zi ostida berilgan GUNOH QURBONLIGI iborasiga qarang.

29:20 solinchak — quloqning pastki yumshoq qismi.

29:32 savatdagi nonlar — shu bobning 2-3, 23–oyatlariga qarang.

29:40-41 ikki kosa — ibroniycha matnda chorak xin, taxminan 1 litrga to‘g‘ri keladi (shu

oyatda ikki marta ishlatilgan).

29:40-41 to‘rt kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan bir qismi, taxminan 2 litrga

to‘g‘ri keladi.

30:1 akas yog‘ochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

30:1 qurbongoh — lug‘atdagi QURBONGOH so‘zi ostida berilgan TUTATQI

QURBONGOHI iborasiga ishlangan rasmga qarang.

30:2 …uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, bo‘yi esa ikki tirsak… — uzunligi va eni

taxminan 45 santimetrga, bo‘yi taxminan 90 santimetrga to‘g‘ri keladi.

30:6 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i, Ahd sandig‘ining yana bir

nomi (shu bobning 26–oyatida ham bor). 16:34 izohiga qarang.

30:9 muqaddas tutatqi — ziravorlarning maxsus aralashmasidan hosil bo‘lgan bu tutatqining turi faqat tutatqi qurbongohi ustida kuydirilishi mumkin edi (shu bobning 34-38–oyatlariga qarang).

30:10 bir yilda bir marta — Poklanish kuniga ishora (Levilar 16:18-19 ga qarang). Poklanish kuni ibroniy kalendarining yettinchi oyi — Tishri oyining o‘ninchi kunida

nishonlangan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan sentabrning o‘rtasidan boshlanadi.

30:12 himoya qiladigan to‘lov — shu bobning 15–oyati izohiga qarang.

30:13-14 …1,25 misqol kumushdan… — ibroniycha matnda …yarim shaqaldan ol. Har bir shaqalning og‘irligi Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalning og‘irligiga teng kelib,

20 gera bo‘lsin…. 20 gera taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, har bir odam bergan kumush taxminan 6 grammga to‘g‘ri keladi.

30:15 …o‘zlarini Mening hukmimdan himoya qiladigan nazrni… — qadimgi Isroilda odamlarni sanash xavfli hisoblanar edi (1 Shohlar 24–bobga qarang), chunki butun odamzod Xudoga tegishli, deb hisoblangan hamda sanash egalik ma’nosini bildirgan. Bundan tashqari, odamlarni sanash Xudoga ishonmaslikni ham bildirishi mumkin.

Odamlarni sanash lashkarning soniga inonish va soxta xavfsizlik hissini vujudga keltirishi mumkin edi. Odamlarni sanash hukmga olib kelishi mumkin bo‘lgani uchun, mana shu parchada Xudo, sanalgan odamlar Menga nazr keltirsinlar, deb amr bergan. Shu yo‘l bilan sanalgan odamlar o‘zlarining Xudoga bo‘lgan qo‘rquvlarini namoyon etib, o‘zlarini himoya qilar edilar.

30:23 1250 misqol — ibroniycha matnda 500 shaqal, taxminan 6 kiloga to‘g‘ri keladi.

30:23 suyuq mirra — ma’lum bir daraxtlar yelimidan tayyorlangan xushbo‘y moy.

30:23 625 misqol — ibroniycha matnda 250 shaqal, taxminan 3 kiloga to‘g‘ri keladi (shu

oyatda ikki marta ishlatilgan).

30:24 …1250 misqol kassiya — ibroniycha matnda …500 shaqal kassiya, har biri Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga ko‘ra o‘lchangan. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, 500 shaqal kassiya taxminan 5,5 kiloga to‘g‘ri keladi.

30:24 Sakkiz kosa — ibroniycha matnda bir xin, taxminan 4 litrga to‘g‘ri keladi.

30:36 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik, Ahd sandig‘ining yana bir nomi.

16:34 izohiga qarang.

31:7 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i, Ahd sandig‘ining yana bir

nomi. 16:34 izohiga qarang.

31:11 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang.

31:18 …Xudo Sinay tog‘ida Muso bilan gapini tugatib… — Egamiz tog‘da Musoga bergan barcha ko‘rsatmalar 25:1-31:17 da qayd etilgan (24:18 ga qarang).

31:18 ahd — ibroniycha matnda guvohlik. 25:16 izohiga qarang.

32:1 Muso tog‘da uzoq qolib ketdi — 24:18 ga qarang.

32:4 …buqa yasadi…buqani oltin bilan qopladi — qadimgi paytlarda ko‘pincha butlarni yog‘ochdan yasab, ustini oltin bilan qoplashar edi. Shu singari, bu parchada aytib o‘tilgan buqa ham butunlay oltindan yasalmagan bo‘lishi mumkin (yana shu bobning 20–oyatiga qarang, o‘sha oyatda Muso buqani olovda yoqqani, so‘ng uni ezib, kukun qilgani yozilgan).

32:13 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

32:15 ahd — ibroniycha matnda guvohlik. 25:16 izohiga qarang.

32:20 suvga sochdi — Qonunlar 9:21 ga qarang.

32:27 …birodaringizni, qo‘shningizni va yaqin qarindoshingizni o‘ldiring — bu amr, isyonning yo‘lboshchilarini o‘ldiring, degan ma’noni bildirishi mumkin. O‘sha yo‘lboshchilar aka–uka, qo‘shni yoki yaqin qarindoshdan bo‘lsa ham, o‘ldirilishi kerak edi. Butun xalqni qirg‘indan asrab qolish uchun aybdor odamlar o‘ldirilishi shart edi.

33:3 Sut va asal oqib yotgan o‘sha yurt — 3:8 izohiga qarang.

33:6 Sinay tog‘i — ibroniycha matnda Xorev tog‘i, Sinay tog‘ining yana bir nomi.

33:7 Uchrashuv chodiri — shu bobning 7-11–oyatlarida aytib o‘tilgan chodir Muqaddas chodir emas (Muqaddas chodir yana Uchrashuv chodiri deb ham aytiladi). O‘sha paytda Muqaddas chodir hali yasalmagan edi (25:10-22, 26:1-37 ga qarang).

33:11 yuzma–yuz — boshqa bir odam yoki mavjudot orqali emas, balki to‘g‘ridan– to‘g‘ri, bevosita, shaxsan degan ma’noda kelgan.

33:19 Men O‘zimni senga ma’lum qilaman — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Men YHVH ismimni sizlarga e’lon qilaman (3:15 izohiga qarang). Yahudiylarning tasavvuriga ko‘ra odamning ismi uning xarakteri va xulq–atvorini ifodalaydi. Musoning iltijosiga javoban Xudo O‘zini Musoga zohir etib, O‘zining xarakteri va fazilatlarini ma’lum qiladi (34:5-7 ga qarang).

33:20 …yuzimni… — bu oyatda Xudoning ulug‘vorligi to‘liq namoyon bo‘lishi nazarda

tutilgan.

34:5 …O‘zini Musoga ma’lum qildi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …YHVH ismini e’lon qildi. 3:15, 33:19 ning izohlariga qarang.

34:6 Men Egangman! Men Egangman! — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi

YHVH! YHVH! 3:15 izohiga qarang.

34:7 Ming–ming avlodlarga… — yoki Minginchi avlodga… yoxud Minglab odamlarga….

34:13 Ashera — Kan’ondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi bo‘lib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan. Uning erkak jufti Baal edi. Asheraning tasvirlari baland ustun shaklida bo‘lib, yog‘ochdan yasalgan edi.

34:17 xudolar tasvirlari — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi quyma xudolar, qadimgi paytlarda keng tarqalgan butlarning turiga ishora. Bu o‘rinda “quyma xudolar” termini turli xil butlarning turiga nisbatan ishlatilgan (yana 20:3-4 ga qarang).

34:18 Abib oyi — ibroniy kalendarining birinchi oyi (Abib oyi Nison oyi deb ham

ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi.

34:18 Men sizlarga amr etganimday, Abib oyining belgilangan vaqtida… — 12:14-20 ga qarang.

34:20 eshak — 13:13 ning birinchi izohiga qarang.

34:20 …hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarni ham qaytarib sotib olishingiz lozim — Sahroda 18:15-16 ga qarang.

34:20 Har kim…nazrlar olib kelishi lozim — bu ko‘rsatma shu bobning 18–oyatida aytib

o‘tilgan Xamirturushsiz non bayrami bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (23:15 ga qarang).

34:22 Hosil bayrami — ibroniycha matnda Haftalar bayrami, Hosil bayramining yana bir nomi.

34:22 Chayla bayrami — ibroniycha matnda Yig‘ish bayrami, Chayla bayramining yana bir nomi.

34:23 uchala bayram — shu bobning 18, 22–oyatlarida aytib o‘tilgan uchta bayram

(yana 23:14-17 ga qarang).

34:24 uch marta — shu bobning 23–oyati izohiga qarang.

34:26 Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar — 23:19 izohiga qarang.

34:29 ikkita lavha — ibroniycha matnda guvohlikning ikkita lavhasi. 25:16 izohiga qarang.

35:7 yumshoq teri — 25:5 ning birinchi izohiga qarang. 35:7 akas yog‘ochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang. 35:8 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang.

35:13 muqaddas nonlar — 25:30 izohiga qarang.

35:23 yumshoq teri — 25:5 ning birinchi izohiga qarang.

35:30 …Muso Isroil xalqiga aytdi… — 35:30-36:1 da Muso Isroil xalqiga Xudoning 31:1- 6 aytgan gaplarini yetkazib bermoqda.

36:8 Muqaddas chodir — Muqaddas chodirning rasmi lug‘atdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” bo‘limida berilgan.

36:9 …bo‘yi yigirma sakkiz tirsak, eni to‘rt tirsak… — bo‘yi taxminan 12,6 metrga, eni taxminan 1,8 metrga to‘g‘ri keladi.

36:13 …Chodirning ichki qavati bir butun bo‘ldi — 26:6 izohiga qarang.

36:15 …bo‘yi o‘ttiz tirsak, eni to‘rt tirsak… — bo‘yi taxminan 13,5 metrga, eni taxminan 1,8 metrga to‘g‘ri keladi.

36:18 …Chodirning qoplamasi bir butun bo‘lsin… — 26:9-11 izohiga qarang.

36:19 yumshoq teri — 25:5 ning birinchi izohiga qarang.

36:20 Akas yog‘ochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

36:20 romlar — lug‘atdagi ROMLAR so‘ziga ishlangan rasmga qarang.

36:21 …bo‘yi o‘n tirsak, eni bir yarim tirsak… — bo‘yi taxminan 4,5 metrga, eni taxminan

70 santimetrga to‘g‘ri keladi.

36:34 …tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtirdilar… — 26:29 izohiga qarang.

36:35 ichki parda — Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan ajratib turar edi (26:31- 33 ga qarang).

37:1 akas yog‘ochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

37:1 Sandiq — lug‘atdagi AHD SANDIG‘I iborasiga ishlangan rasmga qarang.

37:1 …uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak… — uzunligi

taxminan 110 santimetrga, eni va bo‘yi taxminan 70 santimetrga to‘g‘ri keladi.

37:6 …uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak… — shu bobning 1–oyatiga berilgan oxirgi izohga qarang.

37:7-8 …oltindan zarb urib ikkita karub yasadilar — oltin karublar ichi bo‘sh qilib yasalgan bo‘lishi mumkin, ammo butunlay oltindan yasalgani ham ehtimoldan xoli emas.

37:10-11 xontaxta — lug‘atdagi OLTIN XONTAXTA iborasiga ishlangan rasmga qarang.

37:10-11 …uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak… — uzunligi taxminan 90 santimetrga, eni taxminan 45 santimetrga, bo‘yi taxminan 70 santimetrga to‘g‘ri keladi.

37:17 chiroqpoya — lug‘atdagi CHIROQPOYA so‘ziga ishlangan rasmga qarang. 37:24 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga to‘g‘ri keladi. 37:25 tutatqi qurbongohi — lug‘atdagi QURBONGOH so‘zi ostida berilgan TUTATQI

QURBONGOHI iborasiga ishlangan rasmga qarang.

37:25 …uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, bo‘yi esa ikki tirsak… — uzunligi va eni

taxminan 45 santimetrga, bo‘yi taxminan 90 santimetrga to‘g‘ri keladi.

37:29 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang.

38:1 Akas yog‘ochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

38:1 qurbongoh — lug‘atdagi QURBONGOH so‘zi ostida berilgan BRONZA QURBONGOH

iborasiga ishlangan rasmga qarang.

38:1 …uzunligi besh tirsak, eni ham besh tirsak, bo‘yi uch tirsak… — uzunligi va eni

taxminan 2,3 metrga, bo‘yi taxminan 1,4 metrga to‘g‘ri keladi.

38:8 Uchrashuv chodiriga kiraverishda xizmat qilgan ayollar… — bu ayollar guruhi haqida hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan. Ular Muqaddas Kitobning yana bir joyida — 1 Shohlar 2:22 da tilga olingan. Ehtimol, bu ayollar alohida bir va’da bo‘yicha o‘zlarini Xudoga nazr sifatida bag‘ishlab, Unga xizmat qilganlar (Sahroda 6:1-2 ga qarang).

38:8 bronza ko‘zgular — qadimgi paytlarda ayollar ishlatadigan kichkina ko‘zgular

yaxshi silliqlangan dumaloq shakldagi metalldan tayyorlanar edi.

38:9 yuz tirsak — taxminan 45 metrga to‘g‘ri keladi (shu bobning 11–oyatida ham bor).

38:12 ellik tirsak — taxminan 22,5 metrga to‘g‘ri keladi (shu bobning 13–oyatida ham bor).

38:14-15 o‘n besh tirsak — taxminan 6,8 metrga to‘g‘ri keladi.

38:18 yigirma tirsak — taxminan 9 metrga to‘g‘ri keladi.

38:18 besh tirsak — taxminan 2,3 metrga to‘g‘ri keladi.

38:21-23 Muqaddas ahd chodiri — ibroniycha matnda Chodir — Guvohlik chodiri. Muqaddas chodirning yana bir nomi. Ibroniycha matndagi iboraning guvohlik so‘zi o‘nta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Bu tosh lavhalar Xudo va Uning xalqi o‘rtasida tuzilgan ahdning dalili, ya’ni toshga bitilgan guvohlik bo‘lib xizmat qilardi. Bu ikki tosh lavha Muqaddas chodirdagi Ahd sandig‘ining ichida saqlanardi (40:20 ga qarang).

38:24 62,5 pud — ibroniycha matnda 29 talantu 730 shaqal edi, bular Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga ko‘ra o‘lchangan. Oltinning og‘irligi taxminan 1 tonnaga to‘g‘ri keladi.

38:25 Sanab chiqilgan xalqdan yig‘ilgan kumush — 30:11-16 ga qarang.

38:25 214 pud — ibroniycha matnda 100 talantu 1775 shaqal edi, bular Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga ko‘ra o‘lchangan. Kumushning og‘irligi taxminan 3,42 tonnaga to‘g‘ri keladi.

38:26 1,25 misqol — ibroniycha matnda bir biqo, ya’ni yarim shaqal, Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga ko‘ra o‘lchangan. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, biqo taxminan 6 grammga to‘g‘ri keladi.

38:27 213 pud…2 puddan ortiq… — ibroniycha matnda 100 talant…1 talant…. 100 talant

— taxminan 3,4 tonnaga to‘g‘ri keladi, 1 talant — taxminan 34 kiloga to‘g‘ri keladi.

38:28 1 pud — ibroniycha matnda 1775 shaqal, taxminan 20 kiloga to‘g‘ri keladi.

38:29 151 pud — ibroniycha matnda 70 talant, 2400 shaqal, taxminan 2,4 tonnaga

to‘g‘ri keladi.

39:2 efod — lug‘atdagi RUHONIY so‘zi ostida berilgan OLIY RUHONIY iborasiga

ishlangan rasmlarga qarang.

39:8 ko‘krakpech — lug‘atdagi KO‘KRAKPECH so‘ziga ishlangan rasmga qarang.

39:10 to‘rt qator tosh — ibroniycha matnda aytib o‘tilgan ba’zi qimmatbaho toshlarning

turi bahsli.

39:22 Efodning ridosi — 28:31 izohiga qarang.

39:24-26 anor — qadimgi paytlarda hayot ramzi edi.

39:34 yumshoq teri — 25:5 ning birinchi izohiga qarang.

39:35 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i, Ahd sandig‘ining yana bir

nomi. 16:34 izohiga qarang.

39:36 muqaddas nonlar — 25:30 izohiga qarang. 39:38 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang. 40:2 Birinchi oy — 12:2 izohiga qarang.

40:3 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i, Ahd sandig‘ining yana bir

nomi (shu bobning 5, 21–oyatlarida ham bor). 16:34 izohiga qarang.

40:3 ichki parda — Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan ajratib turar edi (26:31- 33 ga qarang).

40:4 …xontaxta olib kirilsin…Chiroqpoya ham olib kirilsin… — bu jihozlar Muqaddas xonaga, ichki pardaning oldiga qo‘yilgan edi (26:35 ga va shu bobning 22-23–oyatlariga qarang).

40:5 …Ahd sandig‘i oldiga qo‘ydir — oltin tutatqi qurbongohi Muqaddas xonaga, ichki

pardaning oldiga qo‘yilgan edi (30:6 ga va shu bobning 26–oyatiga qarang).

40:9 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang.

40:17-18 Ikkinchi yilning birinchi oyi — Isroil xalqi Misrdan chiqqaniga bir yil bo‘lib,

ikkinchi yil boshlangan (12:2 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang) va Sinay tog‘iga yetib borganiga taxminan to‘qqiz oy bo‘lgan edi (19:1-2 ga qarang).

40:20 …ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani… — ibroniycha matnda

…guvohlikni…. 25:16 izohiga qarang.

40:23 muqaddas nonlar — 25:30 izohiga qarang.

40:29 qurbonlik bilan don nazri — kundalik nazrlarga ishora (29:38-41 ga qarang).


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru