Muqaddas Kitob


YUNUS

PAYG‘AMBARNING

KITOBI

Kirish

Mazkur kitob Yunus payg‘ambarning nomi bilan atalgan. Yunus payg‘ambar Amos va Xo‘sheya payg‘ambarlarning zamondoshi bo‘lib, taxminan miloddan oldingi 800-750 yillarda — Isroil xalqi Ossuriyaga surgun qilinishidan oldin faoliyat ko‘rsatgan.

Yunus kitobi boshqa payg‘ambarlarning kitoblaridan farq qiladi. Farqi shundaki, kitobda Yunus payg‘ambarning Xudodan qochib yurgani bayon qilinadi. Xudo Yunusni yo‘q qilinishga mahkum etilgan Naynavo shahriga* aholisini tavbaga chaqirish uchun yuboradi. Ammo Yunus u yerga borishdan bosh tortib, Xudoga itoatsizlik qiladi. Yunus hatto shaharning vayron bo‘lishini istaydi. Chunki Naynavo Isroilning ashaddiy dushmani Ossuriyaning poytaxti edi. Lekin Xudo Yunusni to‘g‘ri yo‘lga soladi. Shundan keyin Yunus Naynavoga borib, Egamizning amrini bajaradi.

Ko‘pchilik Yunus kitobini o‘qiganda, e’tiborini asosan bahaybat baliq Yunusni yutib yuborganiga qaratadi. Lekin bu kitobning vazifasi Egamiz hamma xalqlarga shafqatli va mehribon ekanini ko‘rsatishdan iborat.


1–BOB

Yunus Egamizga itoat etmadi

1 Bir kuni Amitay o‘g‘li Yunusga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi: 2 “Qani, bo‘l, qudratli Naynavo shahriga* bor. Jar solib, u yerdagilarni ogohlantir, chunki shahar ahli qilgan qabihliklar Menga yetib keldi.”

3 Yunus yo‘lga tushdi, lekin Egamizdan qochib boshqa tomonga ketmoqchi bo‘ldi. U Yaffaga* kelib, u yerda Tarshishga* boradigan kemani topdi. Yo‘l haqini to‘ladi–da, Egamizdan qochib Tarshishga suzib ketgani kemachilar bilan kemaga chiqdi.

4 Ammo Egamiz shunday kuchli shamol qo‘zg‘atdiki, dengizda dahshatli bo‘ron boshlandi. Bo‘ron kemani parchalab yuboray derdi. 5 Bundan kemachilar vahimaga tushib, har biri o‘z xudosiga yolvordi. Keyin, kema yengillashsin deb, u yerdagi yuklarni dengizga uloqtira boshladilar. Yunus esa kemaning ichkarisiga kirib, qattiq uyquga ketgan edi. 6 Bir payt kema darg‘asi Yunusning yoniga kelib: “Nega sen uxlab yotibsan? Tur, xudoyingga yolvor! Balki u bizlarni eslasa, halok bo‘lmasmiz”, dedi.

7 Kemadagilar esa bir–birlariga: “Kelinglar, qur’a tashlaylik*, shunda bu falokat kim sababli boshimizga kelganini bilamiz”, dedilar. Qur’a tashlagan edilar, qur’a Yunusga tushdi.

8 Keyin Yunusdan so‘radilar: “Bizga ayt–chi, nima sababdan boshimizga bu falokat tushdi? Sen kimsan? Qayerdan kelyapsan? Qaysi yurtdansan? Qanaqa xalqdansan?”

9 Yunus ularga shunday javob berdi: “Men ibroniyman, dengiz va quruqlikni

yaratgan Samoviy Xudo — Egamga sig‘inaman.”

10 Ular Yunusning Egamizdan qochib ketayotganini bilardilar. Chunki Yunusning o‘zi

bu haqda ularga aytgan edi. Ular bu gapni eshitib, yana ham qattiqroq dahshatga


tushdilar va unga: “Nega bunday qilding–a?!” dedilar.

11 Kemadagilar Yunusga: “Dengiz tinchlanishi uchun seni nima qilsak ekan–a?” deb so‘radilar. Chunki dengiz yanada vahima bilan to‘lqinlanardi.

12 Shunda Yunus kemadagilarga dedi: “Meni olib, dengizga uloqtirsangizlar, dengiz tinchlanadi. Bilaman, bu kuchli bo‘ron men tufayli boshlaringizga kelgan.”

13 Kemadagilar esa kemani quruqlikka olib bormoqchi bo‘lib rosa eshkak eshdilar, ammo bunga muvaffaq bo‘la olmadilar, chunki dengiz ularga qarshi battar quturayotgan edi. 14 Shunda ular Egamizga yolvordilar: “Ey Egamiz! Sen O‘zingga ma’qul bo‘lganini qilib, bizni shu ahvolga solding. Ey Egamiz! Senga iltijo qilamiz: shu odamning joni uchun bizlarni halok qilma, begunoh odamning o‘limiga bizlarni javobgar qilma.”

15 Shundan keyin Yunusni olib dengizga uloqtirgan edilar, dengiz tinchlanib qoldi.

16 Bu voqeani odamlar ko‘rgach, Egamizdan qattiq qo‘rqdilar. Unga qurbonlik qilib, nazr atadilar.


2–BOB

Yunus baliq qornida ibodat qiladi

1 Yunusni yutsin deb, Egamiz nahang baliqni yubordi. Yunus uch kechayu uch kunduz baliq qornida qoldi.

2 Yunus baliqning qornida ekan, o‘zining Egasi Xudoga shunday deb ibodat qildi:


3 “Ey Egam, qayg‘uli damlarimda

Senga qildim iltijo, Iltijolarimni Sen eshitding.

O‘liklar diyorining* qa’ridan faryod ko‘tardim,

Sen eshitding ovozlarimni.

4 Meni otganding tubsiz chuqurga,

Dengiz bag‘riga,

Meni qurshab olgandi suvning girdobi.

Sening to‘lqinlaring O‘tgandilar ustimdan bosib. 5 Sening huzuringdan

Quvilganman, dedim o‘shanda, Lekin muqaddas Ma’badingni Yana ko‘raman!

6 Suvlar meni bo‘g‘zimgacha ko‘mgandi, Tubsiz dengiz atrofimni o‘radi.

Dengiz o‘tlari boshimga o‘ralib qoldi.

7 Tog‘larning tubiga* cho‘kkandim —

Zanjirlari bilan to abad menga to‘siq qo‘ygan joyga*. Sen esa, ey Egam Xudo,

Jonimni o‘sha joydan qutqarding!

8 Ey Egam, hayotim onlari tugay deganda, Men Seni esladim.

Iltijolarim Sengacha,

Muqaddas Ma’badinggacha yetib bordi.

9 Soxta, bema’ni butlarga sig‘inadiganlar Senga bo‘lgan sadoqatidan voz kechdilar! 10 Men esa shukrona aytib,

Senga qurbonlik keltiraman. Atagan nazrlarimni ado etaman. Ey Egam, najot faqat Sendandir!”


11 Egamiz shundan keyin nahang baliqqa amr bergan edi, nahang baliq Yunusni

quruqlikka chiqarib qo‘ydi.


3–BOB

Yunus Naynavo aholisini tavbaga chaqiradi

1 Yunusga Egamiz ikkinchi marta shu so‘zlarni ayon qildi: 2 “Qani, bo‘l, qudratli

Naynavo shahriga* borib, Mening so‘zlarimni jar solib u yerdagilarga e’lon qil.”

3 Yunus Egamizning amriga bo‘ysunib, Naynavo tomonga ketdi. Naynavo juda katta shahar bo‘lib, uch kunda aylanib chiqsa bo‘lardi. 4 Yunus shahar bo‘ylab bir kun yo‘l yurib o‘tdi. U aylanib yurib: “Yana qirq kundan keyin Naynavo xarob bo‘ladi”, deb jar soldi.

5 Naynavoliklar Xudoga ishonib, ro‘za tutamiz, deb e’lon qildilar. Shahardagi kattayu kichik tavba qilib qanorga o‘randi*.

6 Bu xabar Naynavo shohiga ham yetib bordi. U taxtdan tushib, shohona liboslarini yechdi, qanorga o‘ranib, kulga o‘tirdi. 7 O‘zi va amaldorlari nomidan butun Naynavo bo‘ylab quyidagi farmonni e’lon qildi: “Na insonlar, na hayvonlar — mol–qo‘ylar hech narsa yemasin, suv ichmasin. 8 Insonlar ham, hayvonlar ham qanorga o‘ransin. Har kim Xudoga yalinib iltijo qilsin, yovuz qilmishidan qaytsin, zulm qilmasin. 9 Kim biladi, balki Xudo rahm qilib, bizga bo‘lgan g‘azabini qaytarar, biz halok bo‘lmasmiz.”

10 Xudo ularning qilgan ishlarini, yovuz qilmishlaridan qaytganini ko‘rib, rahm qildi va ularning ustiga “yuboraman”, deb aytgan ofatni yubormadi.


4–BOB

Yunusning g‘azabi va Xudoning shafqati

1 Bu voqeadan Yunus qattiq xafa bo‘lib g‘azablandi. 2 U Egamizga ibodat qilib dedi: “Ey Egam! Shunaqa qilishingni o‘z yurtimda ekanimdayoq aytmaganmidim?! Shuning uchun men Tarshishga qochgan edim–da. Sen inoyatli, rahmdil, jahli tez chiqmaydigan, sodiq sevgisi mo‘l, g‘azabidan tushib kechiradigan Xudo ekanligingni bilgan edim. 3 Endi, iltijo qilaman, Egam, jonimni olib qo‘ya qol. Yashaganimdan ko‘ra, o‘lganim yaxshiroq.”

4 Egamiz esa: “Nahotki shundan sen xafa bo‘lding?!” dedi.

5 Yunus shahardan chiqib, shaharning sharq tomoniga borib o‘tirdi. Shu yerda chayla yasab, endi shaharga nima bo‘larkin, deb chaylaning soyasida kutib o‘tirdi.

6 Bir payt, Yunusning boshiga soya bo‘lsin, qayg‘usi barham topsin deb, Parvardigor Egamiz bir o‘simlik o‘stirdi. O‘simlik Yunusning tepasida ko‘tarildi. Yunus bu o‘simlik o‘sganidan juda xursand bo‘ldi. 7 Keyingi kuni esa tong paytida Xudo bir qurtni yuborgan

edi, qurt o‘simlikni kemirib quritdi. 8 Quyosh yuqoriga ko‘tarilganda, Xudo sharqdan garmsel* yubordi. Quyosh Yunusning boshini shunday qizdirdiki, u holdan keta boshladi. Yunus: “Bunaqa yashaganimdan, o‘lganim yaxshiroq”, deb o‘ziga o‘lim tiladi*.

9 Xudo Yunusga:

IZOHLAR

Naynavo shahri — Nineviya nomi bilan ham ma’lum.

1:2 Naynavo shahri — Ossuriya shohligining poytaxti bo‘lib, Dajla daryosining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan edi. Bu shahar Nineviya nomi bilan ham ma’lum. Ossuriya Isroilga ashaddiy dushman edi.

1:3 Yaffa — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bo‘lib, Quddus uchun bandargoh vazifasini o‘tagan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BANDARGOH so‘ziga qarang.

1:3 Tarshish — hozirgi Ispaniyaning hududida joylashgan bandargoh shahar bo‘lib,

Naynavodan juda uzoqda, tamomila teskari tomonda edi.

1:7 …qur’a tashlaylik… — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligi aniqlangan. Bu vaziyatda qur’a orqali aybdor kim ekanligi ma’lum bo‘lgan.

2:3 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. Qadimda Isroil xalqi Sheo‘lni yer ostidagi

tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorong‘i joy deb tushunardi.

2:7 Tog‘larning tubiga… — qadimda odamlar, tog‘larning poydevori yer ostidagi ulkan

dengiz tubiga tayanadi, degan tasavvurga ega edi.

2:7 …Zanjirlari bilan to abad menga to‘siq qo‘ygan joyga Sheo‘l, ya’ni o‘liklar diyori

nazarda tutilgan. Shu bobning 3–oyati izohiga qarang.

3:2 Naynavo shahri — 1:2 izohiga qarang.

3:5 …qanorga o‘randi — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanorga o‘ranib olish va kulga o‘tirish (shu bobning 6–oyatiga qarang) umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

4:8 garmsel — issiq shamol.

4:8 …o‘ziga o‘lim tiladi — yoki …Xudodan o‘lim so‘radi.

4:11 Naynavo shahri — 1:2 izohiga qarang.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru