Muqaddas Kitob


AMOS

PAYG‘AMBARNING

KITOBI

Kirish

Amos payg‘ambar Yahudo* yurtidan bo‘lib, u yerda chorvachilik bilan shug‘ullanar edi. U payg‘ambar bo‘lish uchun hech qanday tahsil olmagan (7:14-15 ga qarang).

Shunga qaramay, Xudo uni Isroil yurtiga yuboradi va u yerdagi xalqqa bashorat qilishni buyuradi. Amos Yahudo yurtidagi o‘zi yashayotgan Taxuva qishlog‘ini tark etib, Isroil yurtidagi Baytil shahriga boradi. O‘sha davrlarda Baytil Isroildagi butparastlikning eng ashaddiy o‘chog‘i bo‘lgan.

Ushbu kitobning boshlanishida Amos payg‘ambar Isroil atrofidagi xalqlar to‘g‘risida bashorat qiladi. So‘ng Isroil xalqining, ayniqsa, boy–badavlat odamlarning achchiq qismatini e’lon qiladi. Negaki, ular kambag‘al yurtdoshlarini shilib, qul qilib olishardi.

O‘sha davrda Isroil xalqining aksariyat qismi Xudoning yo‘lidan og‘ib, butlarga sig‘ina boshlagan edi. Shunga qaramay, ular Xudodan najot kutishardi. Amos esa xalqni ogohlantirib, Xudo ularni jazolashini aytadi.

Kitob umidbaxsh so‘zlar bilan yakunlanadi. Xudo O‘z xalqini jazolab bo‘lgandan so‘ng, ularni asirlikdan o‘z yurtiga qaytarib olib keladi, Isroil shohligini qayta tiklaydi.


1–BOB

1 Ushbu kitobda Taxuvada* chorvador bo‘lgan Amosning so‘zlari bayon etilgan.

Isroil* to‘g‘risidagi bu so‘zlar Amosga zilziladan* ikki yil avval vahiy orqali ayon bo‘lgan edi. O‘sha davrda Yahudo yurtida shoh Uzziyo, Isroil yurtida esa Yoho‘sh* o‘g‘li shoh Yorubom* hukmronlik qilayotgan edilar.

2 Amos shunday dedi:


“Egamiz Quddusdan turib hayqiradi, Siondan* gulduros ovozi yangraydi! Cho‘ponlarning yaylovlari qurib qoladi*, Karmil* cho‘qqisidagi o‘tlar xazon bo‘ladi.”

Isroil atrofidagi xalqlar hukm qilinadi

Oram

3 Egamiz shunday demoqda:

“Damashq* aholisi gunoh ustiga gunoh qildi! Men ularni jazosiz qoldirmayman,

Axir, ular Gilad aholisini temir tishli xo‘ptir bilan yanchdi*.

4 Shunday ekan, Men shoh Xazayilning saroyiga olov yog‘diraman,

Olov Banhadadning* qal’alarini yondirib yuboradi.

5 Men Damashq darvozalarining tambalarini sindiraman.

«Qabihlik* vodiysi»ning hukmdorini yo‘q qilaman,

Bayt–Edenda* saltanat hassasini* tutgan zotni halok qilaman.


Oram xalqi asirlikka tushadi, Xir yurtiga* olib ketiladi.”

Egamizning kalomi shudir.


6 Egamiz shunday demoqda:

Filistiya

“G‘azo* aholisi gunoh ustiga gunoh qildi! Men ularni jazosiz qoldirmayman,

Axir, ular xalqimning qishloqlaridagi aholisini Asirlikka olib, Edom xalqiga qul qilib sotdilar.

7 Shunday ekan, Men G‘azo devoriga olov yog‘diraman, Olov G‘azo qal’alarini kuydirib tashlaydi.

8 Men Ashdod shahrining hukmdorini* yo‘q qilaman, Ashqalonda saltanat hassasini tutgan zotni halok qilaman. Exron shahriga qarshi qo‘l ko‘taraman,

Omon qolgan Filistlarni qirib tashlayman!”

Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.


9 Egamiz shunday demoqda:

Tir

“Tir* aholisi gunoh ustiga gunoh qildi! Men ularni jazosiz qoldirmayman.

Axir, ular birodarlik ittifoqini unutib, Xalqimning qishloqlaridagi aholisini Edomliklarga qul qilib sotdilar.

10 Shunday ekan, Men Tir devoriga olov yog‘diraman, Olov Tir qal’alarini kuydirib tashlaydi.”

Edom

11 Egamiz shunday demoqda:

“Edom* aholisi gunoh ustiga gunoh qildi! Men ularni jazosiz qoldirmayman.

Axir, ular qardoshi Isroil xalqiga* rahm qilmadilar.

Ularni qilich bilan ta’qib qilib*, Qahrini cheksiz sochdilar, G‘azabidan hech tushmadilar.

12 Shunday ekan, Men Temon shahriga olov yog‘diraman,

Bozrax* qal’alarini olov kuydirib tashlaydi.”

Ommon

13 Egamiz shunday demoqda:

“Ommon* xalqi gunoh ustiga gunoh qildi, Men ularni jazosiz qoldirmayman.

Axir, ular hududini kengaytirish uchun Giladga hujum qildilar,

O‘shanda homilador ayollarning qorinlarini yordilar.

14 Shunday ekan, Men Rabba shahrining* devoriga o‘t qo‘yaman, Olov Rabba qal’alarini kuydirib tashlaydi.

O‘sha kuni jangdagi hayqiriqlar falakni tutadi, Jang bo‘ron kabi avj oladi.

15 Ommon shohi surgun qilinadi,

U bilan birga mulozimlar ham olib ketiladi.”

Egamizning kalomi shudir.


2–BOB



1 Egamiz shunday demoqda:

Mo‘ab

“Mo‘ab* xalqi gunoh ustiga gunoh qildi! Men ularni jazosiz qoldirmayman.

Axir, ular Edom shohining qabrini bulg‘adilar,

Suyaklarini kuydirib ohak qildilar.

2 Shunday ekan, Men Mo‘ab ustiga olov yog‘diraman, Olov Xariyo‘t* qal’alarini kuydirib tashlaydi.

Shovqin–suron ostida, bosqinchilarning hayqiriqlariyu

Burg‘u sadolari ostida Mo‘ab xalqi halok bo‘ladi.

3 Men Mo‘ab hukmdorini yo‘q qilaman,

U bilan birga mulozimlarini qirib tashlayman.”

Egamizning kalomi shudir.


4 Egamiz shunday demoqda:

Yahudo

“Yahudo xalqi gunoh ustiga gunoh qildi!

Men ularni jazosiz qoldirmayman,

Axir, ular qonunlarimdan yuz o‘girdilar.

Qoidalarimni bajarmadilar.

Ota–bobolari singari, soxta xudolarga sig‘inib, Haq yo‘ldan ozdilar.

5 Shunday ekan, Men Yahudo yurtiga olov yog‘diraman, Olov Quddus qal’alarini kuydirib tashlaydi.”

Isroil xalqi hukm qilinadi

6 Egamiz shunday demoqda:

“Isroil xalqi gunoh ustiga gunoh qildi! Men ularni jazosiz qoldirmayman, Axir, ular aybsizlarni pulga sotyaptilar.

Kambag‘allarni bir juft choriqqa almashtiryaptilar.

7 Yo‘qsilning boshini tuproqqa qorib, oyoq osti qilyaptilar, Mazlumni yo‘ldan chetga itarib chiqaryaptilar.

Ota va o‘g‘il bitta juvon bilan yotib*, Meni badnom qilyaptilar.

8 Ular har bir qurbongoh oldida

O‘zlari garovga olgan liboslar ustida yotibdilar*.

O‘z Xudosining uyida,

Jarima evaziga olgan sharobni ichyaptilar.


9 Ey Isroil xalqi, Men sizni deb,

Amor xalqlarini* yo‘q qilgan edim.

Ularning bo‘y–basti sadr daraxtiday baland, Eman daraxtiday baquvvat bo‘lgan bo‘lsa–da, Men ularning mevasini qovjiratgan edim, Ildizini quritgan edim.

10 Amor xalqining yurtini sizlarga mulk qilib beraman deb, Sizlarni Misr yurtidan olib chiqqandim.

Qirq yil sahroda sizlarga yo‘l ko‘rsatib yurgandim.

11 Farzandlaringizdan payg‘ambarlar tayinladim,

Ba’zi yigitlaringizni, Menga bag‘ishlaninglar*, deb chorladim. Shunday emasmi, ey Isroil xalqi?!

— deb aytmoqda Egamiz. —

12 Sizlar esa Menga bag‘ishlanganlarga sharob ichirdingiz*, Payg‘ambarlarimga: «Bashorat qilmanglar!» deb buyurdingiz.


13 Mana endi sizlarni shu qadar ezamanki,

Sizlar og‘ir yuk ostida g‘irchillagan aravaday bo‘lasiz. 14 O‘shanda chaqqonlar ham qochib qutulolmaydi, Pahlavonlar ham kuchdan qoladi,

Hatto jangchilar ham jonini saqlay olmaydi.

15 Kamonkash dosh berolmaydi, Choparlar qutqara olmaydi o‘zini, Otliqlar saqlay olmaydi jonini.

16 O‘sha kuni jasurlarning eng dovuragi ham Qurol–aslahalarini tashlab qochadi.” Egamizning kalomi shudir.


3–BOB

1 Ey Isroil xalqi, Egamizning so‘zlariga quloq soling. U Misrdan olib chiqqan butun

xalqingizga shunday deb aytmoqda:


2 “Yer yuzidagi barcha xalqlar orasidan Yolg‘iz sizlarni tanlab olgan edim.

Shu sababdan ham gunohlaringizga toqat qila olmayman,

Qilgan hamma gunohlaringiz uchun sizlarni jazolayman.”

Payg‘ambar Xudoning jarchisidir

3 Ikki kishi kelishib olgandan keyingina birga yo‘lga tushadi. 4 Sher qurbonini ko‘zlab qo‘ysagina, o‘rmonda o‘kiradi, Yirtqich sher o‘ljasini ushlasagina, uyasida irillaydi.

5 Tuzoqqa yemish qo‘yilsagina, qush sirtmoqqa tushadi,

Tuzoqqa hech narsa ilinmasa, sirtmoq tortilmaydi.

6 Xo‘sh, shaharda burg‘u chalinsa, kim sarosimaga tushmaydi?!

Egamizning irodasisiz hech bir kulfat shaharga kelmaydi.


7 Darhaqiqat, Egamiz Rabbiy O‘z sirini payg‘ambarlariga ayon qiladi,

Sirini o‘sha xizmatkorlariga ayon qilmay turib, U hech narsa qilmaydi.


8 Ana, sher o‘kirdi! Kim qo‘rqmaydi?!

Ana, Egamiz Rabbiy gapirdi! Kim bashorat qilmaydi?!

Samariyaning qismati

9 Ashdod* qal’alarida e’lon qiling,

Misr qal’alarida shunday deb jar soling: “Samariya* atrofidagi qirlarda to‘planing,

U yerdagi avjiga chiqqan g‘alayonni bir ko‘ring, Zo‘ravonlikning guvohi bo‘ling.”

10 Egamiz shunday demoqda:

“Samariyaliklar qal’alarini harom boylikka to‘ldirdilar, To‘g‘rilik nimaligini ular bilmaydilar.”

11 Shu sababdan Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Dushman* Samariyani qurshovga oladi, Istehkomlarini vayron qiladi,

Samariya qal’alari talon–taroj bo‘ladi.”


12 Egamiz shunday demoqda: “Arslonning og‘zidan qo‘zichoqni tortib olmoqchi bo‘lgan cho‘pon, qo‘zichoqning ikki tuyog‘ini yoki qulog‘ining bir parchasini tortib oladi, xolos. Samariya aholisi ham shu ahvolga tushadi. U yer–bu yerlarda supayu kursi parchalari qoladi, xolos*.”


13 Parvardigori Olam — Egamiz Rabbiy demoqda: “Gapimni eshiting! Yoqub nasliga* qarshi guvohlik bering! 14 Men Isroil xalqini qilgan gunohi uchun jazolayman, O‘sha kuni Baytil* qurbongohlarini vayron qilaman.

Qurbongohning shoxlari kesilib, yerga tushib yotadi*.

15 Men qishki va yozgi saroylarni buzib tashlayman,

Fil suyagi bilan bezatilgan koshonalarni vayron qilaman, Barcha hashamatli uylarni yo‘q qilaman.”

Egamizning kalomi shudir.


4–BOB

1 Ey Samariya* ayollari, eshiting!

Sizlar Bashandagi* sigirlarday semirib ketgansiz*, Kambag‘allarga jabr qilasiz, yo‘qsilni ezasiz, Erlaringizdan ichkilik talab qilasiz.

2 Egamiz Rabbiy O‘z muqaddas nomi haqi ont ichib demoqda:

“Shunday kunlar keladiki,

Sizlarni ilmoqlar bilan sudrab ketishadi,

Har biringizni qarmoqlar bilan tortib ketishadi.

3 Har biringizni devordagi teshiklar orasidan sudrab olib chiqishadi. Itarib–itarib sizlarni Xermon tomon* olib ketishadi*,

— deb aytmoqda Egamiz. —

4 Qani, endi Baytilga* borib gunoh qilavering! Gilgalda gunohlaringizni ko‘paytiring!* Saharda* qurbonliklar keltiring,

Ertasiga ushrlar* olib keling!

5 Xamirturushli nonlarni Menga shukrona nazri qiling,

Ko‘ngildan chiqarib bergan qurbonligingiz haqida

Jar solib hammaga ayting,

Axir, bunday qilishni xo‘p yaxshi ko‘rasiz, ey Isroil xalqi!


7 Ekinzorlaringizga suv kerak bo‘lganda, Men yomg‘ir yog‘dirmadim.

Bir shaharga yomg‘ir yog‘dirib, Boshqasiga yog‘dirmas edim.

Bir dalani yomg‘ir suviga to‘ydirardim, Boshqasiga yomg‘ir yog‘dirmay, quritar edim. 8 Shunda ikki–uch shahar aholisi suv ichgani Boshqa shaharga oyog‘ini sudrab borardi.

Lekin sizlar suvga to‘ymadingizlar.

Shunda ham Menga qaytmadingizlar,


11 Sado‘m va G‘amo‘rani* yo‘q qilganim kabi,

Men ko‘plaringizni yo‘q qildim.

Ba’zilaringizni esa olov ichidan qutqarganday qutqargandim.

Shunda ham Menga qaytmadingizlar,

— deb aytmoqda Egamiz. —


12 Shunday ekan, ey Isroil, Men seni jazolayman.

Xudoning oldida hisob berishga tayyorlangin!”


13 Zero, Xudo tog‘larga shakl berdi,

Shamolni yuzaga keltirdi.

U rejalarini insonlarga ayon qiladi,

Tonggi shafaq nurini zulmatga aylantiradi,

Tog‘ cho‘qqilari uzra yuradi.

Parvardigori Olam — Egamizdir Uning nomi!


5–BOB

Tavba–tazarruga da’vat

1 Ey Isroil xalqi, men sen haqingda aytayotgan marsiyamga quloq solgin:


2 Bokira qiz Isroil talafot ko‘rdi,

Endi u hech qachon o‘zini o‘nglab olmaydi! Tashlab ketilgan, u o‘z yurtida ag‘nab yotadi, Unga turish uchun hech kim yordam bermaydi.


3 Egamiz Rabbiy shunday demoqda:

“Bir shahringdan jangga chiqqan mingta jangchidan Yuztasi omon qoladi.

Boshqa shahringdan jangga chiqqan yuzta jangchidan

O‘ntasi omon qoladi.”


4 Isroil xalqiga Egamiz shunday demoqda:

“Menga intilinglar, shunda yashaysizlar.

5 Baytilga* esa bormanglar, Gilgalga* oyoq bosmanglar,

Bersheba* tomonga o‘tib yurmanglar. Axir, Gilgal aholisi surgun qilinadi, Baytil butkul vayron bo‘ladi.”


6 Egamizga intiling, shunda yashaysiz. Aks holda, ey Yusuf xonadoni*,

Sizga Xudo olovday yopiriladi, Olov Baytilni yamlab yutadi.

Yong‘inni o‘chiradigan odam bo‘lmaydi. 7 Ey adolatni zahar o‘tga aylantirganlar, Haqiqatni yerga uloqtirganlar,

Sizning holingizga voy!

8 Parvin* va Hulkar* yulduzlarini yaratgan Egamizdir, U zulmatni tonggi nurga aylantiradi,

Kunduzni qorong‘ilikka cho‘ktirib, tun qiladi, Dengiz suvlarini yig‘ib, yer yuziga sochib yuboradi. Egamizdir Uning nomi.

9 U kuchlilar ustiga kulfat yog‘diradi, Qal’alarni kulfatga giriftor qiladi.


10 Sizlar esa adolatli qozilardan nafratlanasizlar, Haqiqatni gapiruvchilardan hazar qilasizlar.

11 Kambag‘alning bug‘doyidan katta soliq olib, bechorani ezasizlar. Shunday ekan, yo‘nilgan toshdan qurgan uylaringizda yashamaysizlar. Barpo qilgan go‘zal uzumzorlaringiz mahsulidan sharob ichmaysizlar. 12 Men bilaman sizlar gunohga botib ketganingizni,

Ko‘plab jinoyatlarga qo‘l urganingizni.

Sizlar aybsiz kishini ezib, pora yeysizlar, Mahkamalarda faqirni adolatdan mahrum qilasizlar.

13 Shuning uchun farosatli odam bunday zamonda sukut saqlaydi, Axir, bu yovuz zamondir.


14 Yomonlikning emas, Yaxshilikning payida bo‘linglar, Shunda yashaysizlar.

Parvardigori Olam — Egamiz ham,

O‘zlaringiz aytganingizday sizlar bilan birga bo‘ladi. 15 Yomonlikdan nafratlanib, yaxshilikni seving, Mahkamalarda* adolat o‘rnating.

Balki shunda, ey Yusuf naslidan* omon qolganlar, Parvardigori Olam — Egamiz sizga iltifot qilar.


16 Ey Isroil xalqi, gunohlaringiz tufayli

Rabbiy, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda:

“Hamma shahar maydonlarida odamlar dod–faryod ko‘tarishadi, Hamma ko‘chalarda «Voy jonim! Voy jonim!» deya yig‘i–sig‘i qilishadi. Dehkonlarni aza tutish uchun chaqirishadi,

Marsiya aytadigan yig‘ichi ayollar yollanadi*.

17 Har bir uzumzordan fig‘on eshitiladi,

Axir, Men orangizdan o‘tib, sizlarni jazolayman.”

Egamizning kalomi shudir.

Egamizning kuni — zulmat kuni

18 Egamizning kunini* intizorlik bilan kutganlarning holiga voy! Nega Egamizning kunini kutyapsizlar?

Bu kun yorug‘lik emas, zulmat olib keladi–ku! 19 O‘sha kuni sizlar go‘yo arslondan qochib, Ayiqqa duch kelgan odamday bo‘lasizlar.

O‘sha odam ayiqdan ham qochib, uyiga keladi, Qo‘li bilan devorga suyanganda uni ilon chaqadi. 20 Nahot tushunmasangiz?!

Egamizning kuni yorug‘lik emas, Qorong‘ilik olib keladi–ku!

O‘sha kun nursiz, zulmat kuni bo‘ladi!


21 Egamiz shunday deydi:

“Ey Isroil xalqi!

Men marosimlaringizdan nafratlanaman, Ulardan hazar qilaman.

Muqaddas yig‘inlaringizni xush ko‘rmayman. 22 Menga qurbonliklar kuydirsangiz ham, Don nazrlarini atasangiz ham,

Men ularni qabul qilmayman.

Semiz hayvonlaringizni so‘yib,

Tinchlik qurbonliklarini keltirsangiz ham,

Men ulardan rozi bo‘lmayman.

23 Bo‘ldi, bas qiling sershovqin ashulalaringizni,

Men eshitmayman toringizning navolarini. 24 Undan ko‘ra, suvday oqsin adolat, To‘xtovsiz daryoday oqsin haqiqat.


25 Ey Isroil xalqi, sizlar juda ko‘p qurbonliklar keltirasizlar! Men ota–bobolaringizni qirq yil sahroda olib yurganimda, ulardan shu qadar ko‘p qurbonligu nazrlarni talab qilmadim! 26-27 Sizlar o‘zingiz uchun yasagan ilohiy shohingiz Sikkut va yulduz xudosi Kivunning* tasvirlariga topinib yuribsizlar. Shuning uchun Men sizlarni Damashq ortidagi yurtga* surgun qilaman. Qani endi turinglar! Xudolaringizni ko‘tarib olib ketinglar.” Egamizning kalomi shudir. Parvardigori Olamdir Uning nomi.


6–BOB

1 Ey Quddusda* rohat–farog‘atda yashaganlar, holingizga voy!

Ey Samariya tog‘ida* bexatar bo‘lganlar, holingizga voy!

Sizlar o‘zlaringizni eng sara xalqning obro‘li odamlari deb bilasizlar, Bizga bosh bo‘linglar, deb Isroil xalqi sizning oldingizga keladi.

2 Kalney shahriga borib, uning ahvolini ko‘ringlar.

U yerdan buyuk Xomat shahriga o‘tib, holini bilinglar.

Filist xalqining Gat* shahriga ham borib ko‘ringlar. Sizlarning bu shohliklardan afzalroq joyingiz bormidi?! Yoki yeringiz ularnikidan kattaroqmidi?!*

3 Kulfat kuni kelishiga sizlar ishonmayapsizlar,

Zo‘ravonlik hukmron bo‘lishiga sababchi bo‘lyapsizlar!


4 Sizlar fil suyagidan yasalgan supalarda cho‘zilib yotasizlar,

Kursilarda* yonboshlab o‘tirasizlar,

Qo‘zichoqlarning go‘shtidan lazzatlanasizlar, Semirtirilgan buzoqlarning go‘shtidan taom yeysizlar, 5 O‘zlaringizcha Dovud kabi kuylar bastalaysiz, Arfaning yangragan navolariga ashulalar aytasiz.

6 Qadahlab sharob ichasiz,

Xushbo‘y moyning eng a’losini badaningizga surtasiz. Xalqingiz — Yusuf naslining* kulfati uchun esa qayg‘urmaysiz! 7 Shunday ekan, sizlar birinchi bo‘lib surgun qilinasiz, Yonboshlab o‘tkazgan ziyofatlaringiz tugaydi.


8 Egamiz Rabbiy O‘z nomini o‘rtaga qo‘yib ont ichdi,

Ha, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda: “Men Yoqub naslining* takabburligidan nafratlanaman, Ularning qal’alaridan hazar qilaman.

Samariya shahrini va u yerdagi hamma narsani Men dushmanning* qo‘liga beraman.”


9 Agar bir uyda o‘nta odam qolgan bo‘lsa, ularning hammasi o‘ladi. 10 Ularning yaqin qarindoshi va go‘rkov marhumlarni dafn qilmoqchi bo‘lib kelishadi. Yaqin qarindoshi jasadlarni olib chiqqanda go‘rkovdan: “Yana jasadlar bormi?” deb so‘raydi. Go‘rkov: “Yo‘q”, deb javob beradi. Keyin esa: “Jim!* Egamizning nomini tilga olmaylik!” deb aytadi.


11 Ana, Egamiz amr bermoqda: Koshonalar buzib tashlanadi, Kulbalar yakson bo‘ladi.


12 Otlar qoyalar ustida chopa olmaydi–ku!

Dengizni* ho‘kizlar bilan shudgor qilib bo‘lmaydi–ku! Qoyil–e, sizlar esa adolatni zaharga aylantirdingiz, Solihlikning shirin mevasini achchiq qildingiz.

13 Sizlar: “Lo‘davor shahrini*

Qo‘lga kiritdik”, deb maqtanib yuribsizlar. “Karnayim shahrini*

O‘z kuchimiz bilan yengdik”, deb aytyapsizlar.

14 Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda:

“Ey Isroil xalqi, qaranglar!

Men sizlarga qarshi bir xalqni qo‘zg‘atdim.

Ular Levo–Xomatdan* to Arabadagi soylikkacha* sizlarni ezadilar.”


7–BOB

Chigirtkalar haqidagi vahiy

1 Egamiz Rabbiy menga shunday vahiy ko‘rsatdi: dehqonlar shoh saroyi uchun bug‘doy o‘rib olganlaridan keyin, ikkinchi ekinlar unib chiqa boshlabdi*. Shu paytda Egamiz gala–gala chigirtkalarni* paydo qildi. 2 Chigirtkalar yer yuzida ko‘karib turgan

hamma narsani yeb bitirishibdi. Shunda men yolvordim:


“Ey Egam Rabbiy, iltijo qilaman, gunohimizdan o‘tgin!

Yoqub nasli* bunga bardosh bera olarmikin?!

O‘zi kichkina bir xalq bo‘lsa!”

3 Shunda Egamiz shaxtidan qaytdi:

“Bunday qilmayman”, deb menga aytdi.

Olov haqidagi vahiy

4 Egamiz menga yana bir vahiy ko‘rsatdi: Egamiz Rabbiy xalqini olov bilan* jazolamoqchi bo‘libdi. Olov buyuk dengizni* yamlabdi, keyin yurtni yondira boshlabdi. 5 Shunda men yolvordim:


“Ey Egam Rabbiy, o‘tinaman, bas qilgin! Yoqub nasli bunga bardosh bera olarmikin?! O‘zi kichkina bir xalq bo‘lsa!”

6 Shunda Egamiz shaxtidan qaytdi.

Egamiz Rabbiy: “Xo‘p, bunday ham qilmayman”, deb menga aytdi.

Shoqul haqidagi vahiy

7 Men yana bir vahiy ko‘rdim: shoqul* yordamida qurilgan devorning oldida Rabbiy

turgan ekan. U devorning to‘g‘ri yoki qiyshiqligini shoqul bilan tekshirayotgan edi.

8 Egamiz mendan:


“Qara, Men shoqul yordamida Xalqim Isroilni tekshiraman. Endi ularga shafqat qilmayman.

9 Is’hoq naslining* sajdagohlari* vayron bo‘ladi, Ha, Isroilning qadamjolari yo‘q qilinadi,

Men shoh Yorubom* xonadoniga qilich bilan hujum qilaman*.”

Amos va ruhoniy Emoziyo

10 Baytildagi* ruhoniy Emoziyo Isroil shohi Yorubomga xabar yuborib, shunday dedi:

Sen menga: “Isroil haqida bashorat qilma, Is’hoq xonadoniga* qarshi gap gapirma”, deb

aytyapsan. 17 Shu sababdan Egamiz shunday demoqda:


“Sening xotining shaharda fohishalik qiladi,

O‘g‘il–qizlaring qilichdan halok bo‘ladi. Yering boshqalarga bo‘lib beriladi.

O‘zing esa harom bir yurtda o‘lasan.

Isroil xalqi o‘z yurtidan albatta surgun qilinadi.”


8–BOB

Yetilib pishgan mevalar haqidagi vahiy

1 Egamiz Rabbiy menga yana vahiy ko‘rsatdi: bir savat yetilib pishgan mevalar bor

ekan. 2 Egamiz mendan:

shunday dedi:


“Xalqim Isroil ham jazo uchun yetilib turibdi.

Endi Men ularga shafqat qilmayman.

3 O‘sha kuni Ma’baddagi ashulalar marsiyaga aylanadi,

— deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —

Hamma joyda jasadlar yotadi.

Sukunat bosgan!”


4 Ey yo‘qsillarni ezadiganlar, quloq solinglar!

Ey yurtdagi kambag‘allarni yo‘q qilganlar, eshitinglar!

5 Sizlar shunday aytasizlar:

“Yangi oy shodiyonasi tezroq tamom bo‘la qolsa–yu, Donni sotsak.

Shabbat kuni* tezroq o‘tsa–yu, Bug‘doyni bozorga olib chiqsak. Shunda biz og‘irligini kamaytirib, Narxini oshiramiz,

Tarozidan urib, odamlarni aldaymiz.

6 Bug‘doy chiqitlarini ham sotib yuboramiz. Yo‘qsilni bir juft choriqqa sotib olamiz, Kambag‘alni kumushga xarid qilamiz.”


7 Yoqub naslining takabburligini ko‘rib, Egamiz shunday deb ont ichdi*: “Ularning qilmishlarini Men hech qachon unutmayman,

Ularni albatta jazolayman.

8 Shu sababdan yer titraydi!

Yer yuzida yashovchi har bir mavjudot aza tutadi! Butun yer yuzi daryo to‘lqinlariday larzaga keladi, Ha, Nil suvlariday ko‘tarilib, pastga tushadi*.”

9 Egamiz Rabbiy demoqda:

“Ey Isroil xalqi,

O‘sha kuni shunday qilamanki, Quyosh tush paytida botadi,

Kuppa–kunduzi yer yuzini qorong‘ilik qoplaydi.

10 Bayramlaringiz motamga aylanadi,

Hamma ashulalaringiz marsiya bo‘ladi.

Sizlar hammalaringiz qayg‘udan qanorga o‘ranasiz,

Aza tutganingizdan sochingizni qirdirasiz*.

Yolg‘iz o‘g‘lidan judo bo‘lgan ota–onaga o‘xshab qolasiz. O‘sha kun oxiriga qadar achchiq kulfatday bo‘ladi.”


11 Egamiz Rabbiy demoqda:

“Shunday kunlar keladiki,

Men yurtga ocharchilik yuboraman. Odamlar non bilan suvni emas,

Men, Egangizning so‘zini qo‘msab, och qolishadi.

12 Ular Mening so‘zimni eshitmoqchi bo‘lib,

Bir dengizdan boshqa dengizgacha oyog‘ini sudrab borishadi, Shimoldan sharqqa yo‘l olishadi.

U yoqdan–bu yoqqa yurib, sarson bo‘lishadi–yu, Ammo Men, Egangizning so‘zini eshita olishmaydi. 13 O‘sha kuni go‘zal qizlaru baquvvat yigitlar Tashnalikdan hushidan ketadilar.

14 Axir, ular Samariyaning sharmanda ma’budasi* nomi bilan Qasam ichib yuribdilar,

«Ey Dan shahri*, xudoying shohid», deb aytib yuribdilar,

«Bershebaga* olib boradigan ziyorat yo‘li haqi», deb yuribdilar. Ammo ular yiqilib tushadilar, qaytib turmaydilar.”


9–BOB

Hukm haqidagi vahiy

1 Men qurbongohning* oldida turgan Rabbiyni ko‘rdim, U shunday dedi:


“Sajdagoh ustunqoshlariga shunday zarba beringlarki,

Poydevorlari larzaga kelsin.

Ustunqoshlar odamlar ustiga o‘pirilib tushsin. Omon qolganlarni Men qilichdan o‘tkazaman, Ulardan birontasi ham qochib ketolmaydi.

Hech qaysisi qutulib qolmaydi.


2 Ular yer qazib, o‘liklar diyoriga* kirishsa ham,

Men qo‘limni uzatib, ularni chiqarib olaman. Osmonga chiqib olishsa ham,

U yerdan tortib tushiraman.

3 Karmil cho‘qqisida yashirinib olishsa ham, Ularni ovlab, qo‘lga tushiraman.

Mendan qochib, dengiz tubiga bekinib olishsa ham, Dengiz iloniga amr berib chaqtiraman.

4 Dushmanlar ularni asirlikka olib ketishsa ham, Qilichga amr berib, hammasini qirib tashlayman.

Ularga yaxshilik emas, yomonlik keltirishga qaror qildim.”


5 Sarvari Olam — Rabbiy

Yerga qo‘l tekkizsa, yer o‘pirilib ketadi,

Butun yer yuzi Nil suvlariday

Baland ko‘tarilib, pastga tushadi*.

Yerda yashovchi har bir mavjudot aza tutadi.

6 Egamiz osmonda O‘ziga maskan qurdi,

Yer uzra osmon gumbazini* o‘rnatdi. Dengiz suvlarini yig‘ib,

Yer yuziga sochib yuboradigan O‘shadir.

Egamizdir Uning nomi.


7 Egamiz shunday demoqda:

“Ey Isroil xalqi,

Sizning Habashistonliklardan* ortiq joyingiz bormidi?!

Men Isroilni Misrdan qanday olib chiqqan bo‘lsam,

Filist xalqini ham xuddi shunday Xafto‘rdan* olib chiqqanman, Oram xalqini ham Xirdan* olib chiqqanman.

8 Men, Egangiz Rabbiy,

Gunohkor Isroil shohligini kuzatib turibman. Uni yer yuzidan supurib tashlayman,

Yoqub naslini* esa batamom yo‘q qilmayman,

— deb aytmoqda Egamiz. —


9 Men amr beraman,

Shunda barcha xalqlar orasida,

Bug‘doy elaganday Isroilni g‘alvirdan o‘tkazaman.

Yaxshi donning birontasi yerga tushmaydi.

10 Xalqim orasidagi hamma gunohkorlar esa qilichdan halok bo‘ladi,

Axir, bunday odamlar shunday aytishadi:

«Ko‘rmaymiz biz yomonlik, Boshimizga tushmas biror ko‘rgilik.»”

Isroil shohligi kelajakda qayta tiklanadi

11-12 Egamiz shunday demoqda:

“O‘sha kuni Men Dovud shohligini qayta tiklayman. Hozir u qiyshayib ketgan kulbaday bo‘lsa–da, Devorlaridagi yoriq joylarini tuzataman,

Buzilgan joylarini ko‘taraman.

Uni qayta qurib, ilgarigi holatga qaytaraman. Shunda Isroil xalqi egalik qiladi Edomliklarning omon qolganlariga,

Qo‘lim ostidagi hamma xalqlarga.”

Egamiz aytganlarini bajo qiladi.


13 Egamiz shunday demoqda:

“Shunday vaqtlar keladiki,

Dehqon hosilni yig‘ib ulgurmasdan,

Yerni shudgor qilish vaqti keladi. Sharobni tayyorlab ulgurmasdan, Uzumning yangi hosili pishadi.

Tog‘lardan shirin sharob tomadi,

Hamma qirlardan pastga oqib tushadi.

14 Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman*.

Ular vayron bo‘lgan shaharlarni qayta qurib, U yerda o‘rnashib oladilar.

Uzumzorlar barpo qilib, sharobini ichadilar.

Bog‘lar yaratib, mevalarini yeydilar.

15 Men ularni o‘z yurtida ko‘kartiraman.

Men bergan yurtdan

Ularni hech kim sug‘urib tashlamaydi.”


Egangiz Xudoning kalomi shudir.

IZOHLAR

Yahudo — mazkur kitobda shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi ISROIL va YAHUDO so‘zlariga qarang.

1:1 Taxuva — Yahudo yurtidagi shahar bo‘lib, Quddusdan qariyb 16 kilometr janubda

joylashgan.

1:1 Isroil — mazkur kitobda shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi ISROIL va YAHUDO so‘zlariga qarang.

1:1 zilzila — Yahudo shohi Uzziyo davrida (ya’ni miloddan oldingi 781-740 yillarda) qattiq zilzila bo‘lgani tarixdan ma’lum. Bu zilzila haqida Zakariyo 14:5 da ham aytib o‘tilgan.

1:1 Yoho‘sh — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yo‘sh.

1:1 …Uzziyo…Yorubom… — Uzziyo miloddan oldingi 781-740 yillarda, Yorubom miloddan oldingi 783-743 yillarda hukmronlik qilgan.

1:2 Sion — Quddusdagi Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb atalgan. Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

1:2 qurib qoladi — yoki motam tutadi.

1:2 Karmil — Isroilning shimolida, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan tog‘. Karmil tog‘i unumdorligi va go‘zal tabiati bilan mashhur edi.

1:3 Damashq — Oram yurtining poytaxti.

1:3 …ular Gilad aholisini temir tishli xo‘ptir bilan yanchdi — donni boshoqdan ajratish jarayoni yanchish deyiladi. Qadimgi Yaqin Sharqda bu ish don boshoqlari ustidan xo‘ptir yurgizish orqali bajarilgan (xo‘ptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan og‘ir taxta). Yanchish so‘zi ko‘pincha Eski Ahdda hukmga yoki urushda halokatga duchor bo‘lishga nisbatan ko‘chma ma’noda ishlatilgan. Bu oyatda Damashq aholisi Gilad aholisini “temir tishli xo‘ptir bilan yanchigani”, ya’ni nihoyatda qattiq kulfatlarga duchor qilgani uchun Xudo Damashqliklarni jazolamoqchi ekani bayon qilingan. Gilad Isroilning shimoli–sharqida joylashgan bo‘lib, Oram yurti bilan chegaradosh hudud edi. Oramning poytaxti Damashq edi. O‘sha davrda Oram xalqi Isroilning ashaddiy dushmanlaridan biri bo‘lib, ularga o‘taketgan vahshiyliklar qilgan edi (4 Shohlar 8:11-12, 10:32-33, 13:3,

22 ga qarang).

1:4 …Xazayil…Banhadad… — Oramning ikki shohi. Oramning bir nechta shohi Banhadad ismi bilan atalgan edi. Bu oyatdagi Banhadad shoh Xazayilning o‘g‘li bo‘lishi mumkin

(4 Shohlar 8:14-15, 13:3 ga qarang).

1:5 Qabihlik — ibroniycha matnda Obun, ma’nosi qabihlik. Bu so‘z Damashq shahri va Oram yurtiga nisbatan ishlatilgan haqoratomuz nom bo‘lishi mumkin.

1:5 Bayt–Eden — ibroniychadagi ma’nosi rohat uyi. Furot daryosi bo‘yida joylashgan

Oram yurtidagi bir shaharning nomi bo‘lsa kerak. Ammo bu o‘rinda Damashq shahriga nisbatan kinoya sifatida ishlatilgan nom bo‘lishi mumkin.

1:5 saltanat hassasi — bu maxsus hassa bo‘lib, shoh va hukmdorlarning hokimiyatini

bildiruvchi ramz edi.

1:5 Xir yurti — Oram xalqi kelib chiqqan yurt (9:7 ga qarang). Bu yurt qayerda joylashgani aniq ma’lum emas. Xudo Oram xalqini erishgan har bir yutuqlaridan mahrum qiladi, ular yana oldingiday zulm ostida qoladilar, zaif xalq bo‘ladilar.

1:6 G‘azo — Filist xalqi quyidagi beshta shahar–davlatni barpo qilgan edi: G‘azo, Ashdod, Ashqalon, Exron va Gat. Bu shaharlar Filistiyada, O‘rta yer dengizi yaqinida joylashgan edi.

1:8 hukmdori — yoki aholisi.

1:9 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi.

1:11 Edom — bu yurt O‘lik dengizning janubida joylashgan edi.

1:11 qardoshi Isroil xalqi — Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi.

1:11 Ularni qilich bilan ta’qib qilib… — Muso yashagan davrdan boshlab, Edom xalqi Isroilga dushmanlik qilardi (Sahroda 20:14-21 ga qarang).

1:12 …Temon…Bozrax… — Edomga qarashli ikki shahar.

1:13 Ommon — bu yurt Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi.

1:14 Rabba shahri — Ommon yurtining poytaxti.

2:1 Mo‘ab — bu yurt O‘lik dengizning sharqida joylashgan edi.

2:2 Xariyo‘t — Mo‘ab yurtidagi shahar. Bu shahar Mo‘ab xalqining xudosi Xamo‘shga sajda qilish o‘chog‘i bo‘lgan.

2:7 Ota va o‘g‘il bitta juvon bilan yotib… — Tavrot qonuniga ko‘ra, bu qat’iy man qilingan (Levilar 20:11-12, Qonunlar 22:30, 27:20 ga qarang). Bu o‘rinda ota va o‘g‘il o‘zlarining uyida yashayotgan cho‘ri qizning ojizligidan foydalanib, uni zo‘rlashganiga ishora bo‘lishi mumkin.

2:8 …O‘zlari garovga olgan liboslar ustida yotibdilar — bunday xatti–harakat kambag‘allarning ehtiyojini va Tavrot ta’limotini pisand qilmaslikni ko‘rsatadi (Qonunlar 24:12-13, 17 ga qarang).

2:9 Amor xalqlari — bu o‘rinda umumiy nom bo‘lib, bu nom ostida Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan jamiki xalqlar nazarda tutilgan.

2:11 Menga bag‘ishlaninglar — ibroniycha matnda alohida bir so‘z ishlatilgan bo‘lib, bu so‘z Xudoga xizmat qilish uchun maxsus va’da bergan odamni bildiradi. Ba’zi insonlar maxsus va’da berib, o‘zlarini birmuncha vaqt Xudoning xizmatiga bag‘ishlar edilar. Ba’zi birovlar esa tug‘ilgan paytlaridanoq shunday va’da orqali Xudoga bag‘ishlanganlar.

Tavrot qonuniga ko‘ra, o‘zini Xudoga butunlay bag‘ishlab nazr qilgan odam sharob yoki o‘tkir ichimlik ichmasligi, sochini oldirmasligi, murdaga tegmasligi kerak edi (Sahroda

6:1-8, 21 ga qarang). Ibroniycha matnda shu ma’nodagi so‘z mazkur bobning 12–

oyatida ham bor.

2:12 …Menga bag‘ishlanganlarga sharob ichirdingiz… — Tavrotga ko‘ra, o‘zini Xudoga nazr sifatida bag‘ishlagan odam sharob yoki o‘tkir ichimlik ichishi mumkin emasdi (shu bobning 11–oyati izohiga qarang).

3:9 Ashdod — 1:6 izohiga qarang.

3:9 Samariya — Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning poytaxti.

3:11 Dushman — ibroniycha matnda Buyuk shoh. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya shohi Shalmanasar Isroilga, ya’ni shimoliy shohlikka hujum qilib, poytaxti Samariyani zabt etdi. So‘ng Isroil xalqining aksariyat qismini Ossuriyaga surgun qildi (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang). Shunday qilib, shimoliy shohlik tag–tomiri bilan yo‘q bo‘lib ketdi.

3:12 Arslonning og‘zidan…qoladi, xolos — qo‘yni birorta yirtqich hayvon bo‘g‘izlab ketganda, buning haqiqatligini isbotlash uchun cho‘pon qo‘y murdasining qolgan– qutganini qo‘yning egasiga ko‘rsatar edi (Ibtido 31:39, Chiqish 22:10-13 ga qarang). Bu oyatda Samariya shahri bo‘g‘izlangan qo‘zichoqqa o‘xshatilgan. Samariya bosqinchilar hujumidan vayron bo‘ladi. Matnda aytib o‘tilgan tashlandiq supalar, kursi parchalari oldin Samariyada rohat–farog‘atda yashagan boylarni Xudo gunohlari uchun hukm qilganining dalilidir (shu bobning 6-8–oyatlariga va 6:4-6 ga qarang).

3:13 Yoqub nasli — Xudo Yoqubning ismini Isroil deb o‘zgartirgan (Ibtido 32:27-28 ga qarang), shuning uchun ko‘pincha Yoqub nasli deganda Isroil, ya’ni shimoliy shohlik aholisi nazarda tutiladi.

3:14 Baytil — ibroniychadagi ma’nosi Xudoning uyi. Ammo Isroil xalqi Baytilni

butparastlik o‘chog‘iga aylantirgan edi (7:13 ga va 3 Shohlar 12:28-33, 4 Shohlar

10:29 ga qarang).

3:14 Qurbongohning shoxlari kesilib, yerga tushib yotadi — Baytildagi qurbongoh Quddusdagi qurbongohga o‘xshatib yasalgan bo‘lib, uning to‘rtta burchagi hayvon shoxining shaklida edi. Qurbongohning shoxlari kuch va madad ramzi bo‘lgan.

4:1 Samariya — Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning poytaxti.

4:1 Bashan — Jalila ko‘lining shimoli–sharqida joylashgan bo‘lib, o‘zining ko‘m–ko‘k yaylovlari va nasldor, sog‘lom chorvasi bilan mashhur edi.

4:1 Sizlar…semirib ketgansiz… — Qonunlar 32:15 ga qarang.

4:3 Xermon tomon — ibroniycha matnda Xarmon tomon. Xarmon degan joy haqida hech

qanday ma’lumot yo‘q. Xarmon Xermon tog‘ining boshqa bir nomi bo‘lishi mumkin. Xermon tog‘i Samariya shahrining shimoli–sharqida, Ossuriya yurti tomonda bo‘lgan.

4:3 Itarib–itarib sizlarni Xermon tomon olib ketishadi… — ibroniycha matnda Sizlarni Xermon tomon uloqtirishadi…. Samariya xalqining to‘satdan, zo‘ravonlik bilan olib ketilishiga ishora.

4:4 Baytil — 3:14 ning birinchi izohiga qarang.

4:4 Gilgalda gunohlaringizni ko‘paytiring! — Isroil xalqi Gilgalda butlarga sajda qilish

uchun sajdagoh qurgan edi (Xo‘sheya 4:15, 9:15 ga qarang).

4:4 Saharda… — yoki Har kuni tongda…. Bu holatda kinoyali ohangda bo‘rttirib gapirish

anglashiladi. Ehtimol, ziyoratchilar sajdagohga kelganlaridan keyin, ertasi kuni tongda qurbonlik keltirganlar, uchinchi kuni esa ushrlarini berganlar.

4:4 ushr — har qanday daromadning o‘ndan bir qismi.

4:9 Chigirtkalar — ba’zan to‘da–to‘da bo‘lib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar

yetkazadigan hasharot.

4:10 falokat — Chiqish 12:29-30 ga qarang.

4:11 Sado‘m va G‘amo‘ra — aholisining o‘ta buzuqligi oqibatida Egamiz vayron qilgan

ikkita shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang). 5:5 Baytil — 3:14 ning birinchi izohiga qarang. 5:5 Gilgal — 4:4 ning ikkinchi izohiga qarang.

5:5 Bersheba — bu shahar Yahudoda, ya’ni janubiy shohlikda joylashgan. Bershebada bir sajdagoh bor edi. Isroil, ya’ni shimoliy shohlik aholisi ham ziyorat qilgani shu sajdagohga kelardi (8:14 ga va 4 Shohlar 23:8 ga qarang).

5:6 Yusuf xonadoni — Isroil, ya’ni shimoliy shohlik nazarda tutilgan. Shimoliy shohlikning ikkita asosiy qabilasi — Efrayim va Manashe qabilalari Yusufdan kelib chiqqan edilar.

5:8 Parvin — kichkina, yorqin burj. Parvin “Yetti opa–singil” degan nom bilan ham tanilgan (yunon mifologiyasiga ko‘ra, bular Atlasning yetti qizi bo‘lgan).

5:8 Hulkar — katta burj bo‘lib, burjdagi yulduzlarning joylashuvi ovchi shaklini hosil qiladi. Hulkar Orion nomi bilan ham tanilgan. Yunon mifologiyasiga ko‘ra, Orion ovchi bo‘lgan.

5:15 Mahkamalar — ibroniycha matnda Darvoza. Qadimgi paytlarda sud kengashi

ko‘pincha shahar, saroy yoki ma’bad darvozasi oldidagi ochiq maydonda o‘tkazilardi.

5:15 Yusuf nasli — shu bobning 6–oyati izohiga qarang.

5:16 …Marsiya aytadigan yig‘ichi ayollar yollanadi — qadimgi Isroilda ba’zan dafn

marosimlari paytida dod–faryod qilib, aytib yig‘lash uchun yig‘ichilar yollanardi.

5:18 Egamizning kuni — Eski Ahddagi payg‘ambarlar bitiklarida bir necha marta uchraydigan ibora. Ko‘pincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. O‘sha kuni Xudo O‘z dushmanlari ustidan g‘alaba qozonadi va ularni jazolaydi, O‘ziga sodiq qolganlarga esa orom bag‘ishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi.

5:26-27 …Sikkut…Kivun… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada

…Mo‘lax…Rayfon…. Sikkut va Kivun Ossuriya xalqi sajda qilgan xudolar bo‘lgan.

5:26-27 Damashq ortidagi yurt — 3:11 izohiga qarang.

6:1 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:2 ning birinchi izohiga qarang.

6:1 Samariya tog‘i — Isroil, ya’ni shimoliy shohlikning poytaxti Samariya nazarda tutilgan. Bu shahar ham, qadimdagi ko‘p shaharlar singari, dushmanlar hujumiga qarshi tura olishi uchun tepalik ustida qurilgan.

6:2 Kalney…Xomat…Gat… — Isroil yurtining shimol va g‘arb tomonida joylashgan kuchli

shahar–davlatlar.

6:2 Sizlarning…kattaroqmidi?! — yoki Bu shohliklarning Isroil va Yahudodan afzalroq joyi bormidi?! Yoki ularning yeri sizlarnikidan kattaroqmidi?! Bu holatda mazkur oyatdagi so‘zlar Isroil va Yahudo yo‘lboshchilari tomonidan o‘z xalqiga takabburlik bilan aytgan so‘zlar bo‘ladi. Ammo bu o‘rindagi so‘zlar shunday ma’noda ishlatilgani ehtimoldan uzoq.

6:4 …fil suyagidan yasalgan supalar…Kursilar… — qadimiy Isroilda bunday jihozlar

faqatgina boy odamlarda bo‘lgan.

6:6 Yusuf nasli — 5:6 izohiga qarang. 6:8 Yoqub nasli — 3:13 izohiga qarang. 6:8 dushman — 3:11 izohiga qarang.

6:10 Jim! — mazkur parchada tasvirlangan dahshatli jazodan keyin odamlar Xudoning nomini hatto tilga olishga ham qo‘rqadigan bo‘lib qoladilar. Xudoning nomini tilga olsak, boshimizga yanada ko‘proq jazo keladi, degan fikr o‘sha qo‘rquvning sababi bo‘lishi mumkin. Yana Zafaniyo 1:7 ga qarang.

6:12 Dengiz — yoki O‘sha yer.

6:13 Lo‘davor shahri — ibroniychadagi hech narsa so‘ziga ohangdosh. Bu shahar Iordan

daryosining sharq tomonida joylashgan.

6:13 Karnayim shahri — ibroniychadagi ma’nosi ikki shox. Buqaning shoxlari harbiy kuchning ramzi edi. Karnayim shahri Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.

6:14 Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni.

6:14 Arabadagi soylikkacha — Araba umumiy geografik nom bo‘lib, bu oyatda O‘lik dengizning janub tomoniga nisbatan ishlatilgan. Bu o‘rinda tilga olingan soylik O‘lik dengizning janubiy qirg‘og‘idagi Zarad soyligi bo‘lsa kerak. O‘sha paytda bu soylik O‘lik dengizning sharq tomonidagi Isroilning eng janubiy chegarasi bo‘lgan.

7:1 …ikkinchi ekinlar unib chiqa boshlabdi — ikkinchi hosil bahorgi yomg‘irlardan keyin unib chiqardi. Shundan keyin qurg‘oqchilik boshlanib, hech narsa o‘smas edi. Ikkinchi ekinlarni chigirtkalar nobud qilishi oqibatida og‘ir qahatchilik yuz berishi muqarrar edi.

7:1 chigirtkalar — 4:9 izohiga qarang.

7:2 Yoqub nasli — 3:13 izohiga qarang.

7:4 …olov bilan… — Qonunlar 32:22 ga qarang.

7:4 buyuk dengiz — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, yer tep–tekis bo‘lib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida o‘rnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi (Zabur 17:16 ga qarang).

7:7 shoqul — binokorlikda devor, ustun va shu kabilarning vertikal holatini aniqlash

uchun ishlatiladigan, bir uchiga og‘irlik bog‘langan ipdan iborat asbob.

7:9 Is’hoq nasli — Isroil, ya’ni shimoliy shohlik aholisi nazarda tutilgan. Xudo Is’hoq o‘g‘li Yoqubning ismini o‘zgartirib, unga Isroil deb nom bergan edi.

7:9 sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, ya’ni “tepalik”. Kan’on xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan bo‘lib, u yerda Kan’on xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh

bo‘lardi.

7:9 Yorubom — 1:1 ga va o‘sha oyatning oxirgi izohiga qarang.

7:9 …Yorubom xonadoniga qilich bilan hujum qilaman — Yorubomning o‘g‘li Zakariyo o‘ldirilganiga ishora (4 Shohlar 15:8-10 ga qarang).

7:10 Baytil — 3:14 ning birinchi izohiga qarang.

7:14 shikamora–anjir daraxtlari — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yong‘oq daraxtiday, barglari esa tut barglariga o‘xshash bo‘lib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt.

7:16 Is’hoq xonadoni — shu bobning 9–oyatiga qarang.

8:5 …Yangi oy shodiyonasi…Shabbat kuni… — Xudoga bag‘ishlangan alohida bir kunlar. Tavrotga ko‘ra, bu kunlarda ishlash man etilgan. Ular mana shu diniy kunlarga chiqarilgan qoidalarga rioya qilardilar, ammo ishlashga ruxsat beriladigan kunlarda esa odamlarni aldab, firibgarlik qilardilar. Shunday qilib ularning ikkiyuzlamachiligi aniq ko‘rinib turardi.

8:7 Yoqub naslining takabburligini ko‘rib, Egamiz shunday deb ont ichdi… — ibroniycha

matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Yoqubning faxri haqi Egamiz shunday deb ont ichdi…. Qadimgi Isroilda odamlar ont ichganlarida qadrli yoki o‘zgarmas narsalar nomini o‘rtaga qo‘yib qasam ichardilar. Bu o‘rinda Yoqubning faxri iborasi Xudoning unvoni bo‘lib, Xudo shu unvonni o‘rtaga qo‘yib qasam ichyapti, deb tushunsa bo‘ladi. Yoki bu ibora Isroil yurtini bildirib, Xudo Isroil yurtini o‘rtaga qo‘yib qasam ichyapti, deb tushunsa ham bo‘ladi, chunki bu yurt Isroil xalqining qadrli mulki edi. Ammo bu o‘rinda Amos kinoya qilib, Xudo Isroilning o‘zgarmas takabburligi bilan qasam ichyapti, deb aytayotganining ehtimoli ko‘proq (6:1-8 ga qarang).

8:8 …Nil suvlariday ko‘tarilib, pastga tushadi — har yilgi yomg‘ir mavsumida Nil daryosi suvlari ba’zan 8 metrgacha ko‘tarilgan. Buning oqibatida Misrning daryo bo‘yidagi joylarini suv bosgan. Amos oldini olib bo‘lmaydigan bu tabiiy hodisani majoziy ma’noda ishlatib, Xudo Isroil xalqining boshiga keltiradigan jazoga ishora qilgan (yana 9:5-6 ga qarang).

8:10 …qayg‘udan qanorga o‘ranasiz, Aza tutganingizdan sochingizni qirdirasiz — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanorga o‘ranib olish va sochni qirish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi.

8:14 Samariyaning sharmanda ma’budasi — Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning

poytaxti Samariyada odamlar sajda qilgan butlar — Baal va Ashera nazarda tutilgan.

8:14 Dan shahri — Isroilning shimolida joylashgan bo‘lib, butparastlik o‘chog‘i edi

(3 Shohlar 12:28-33, 4 Shohlar 10:29 ga qarang).

8:14 Bersheba — 5:5 ning oxirgi izohiga qarang.

9:1 qurbongoh — Baytil sajdagohidagi qurbongoh nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin

(7:13 ga qarang).

9:2 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. Qadimda Isroil xalqi Sheo‘lni yer ostidagi

tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorong‘i joy deb tushunardi.

9:5 …Nil suvlariday Baland ko‘tarilib, pastga tushadi — 8:8 izohiga qarang.

9:6 osmon gumbazi — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, osmon gumbazga o‘xshaydi va yer ostidagi tubsizlikning poydevoriga o‘rnatilgan ulkan ustunlarga tayanadi.

9:7 Habashistonliklar — ibroniycha matnda Kushliklar. Kush degan joy Misrdan janubda bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi. Bu joylar Quddusdan uzoqda bo‘lgani bois, Isroil xalqi ularni Xudo uchun ahamiyatsiz deb bilgan.

9:7 Xafto‘r — Krit nomi bilan ham ma’lum. Filist xalqining ajdodlari Krit orolidan kelgan

edilar. Filist xalqi Isroilning dushmani bo‘lib, g‘arbda istiqomat qilgan.

9:7 Xir — qayerda joylashgani aniq ma’lum emas. Oram xalqi Isroilning dushmani bo‘lib, shimoli–sharq tomonda istiqomat qilgan.

9:8 Yoqub nasli — 3:13 izohiga qarang.

9:14 Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman — yoki Men xalqimni asirlikdan ozod qilib, ona yurtiga qaytarib olib kelaman.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru