Muqaddas Kitob


YUHANNONING

UCHINCHI MAKTUBI

Kirish

Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi Yuhannodir. Yuhanno bu maktubini

imonlilar jamoatining yetakchisi Gayusga yo‘llagan.

Mazkur maktubda muallif imonli birodarlarini bir–birlariga nisbatan mehr–oqibatli bo‘lishga undaydi. Yuhanno Gayusning jamoatidan olgan xabarga ko‘ra, Diotrefes ismli betavfiq bir odam jamoat boshqaruvini o‘z zimmasiga olib, Yuhanno yuborgan muallimlarni qabul qilmagan ekan. Ularga mehmondo‘stlik ko‘rsatgan birodarlarni esa jamoatdan quvib chiqargan ekan. Yuhanno Diotrefesning bu qilmishlarini qoralaydi, Gayusni esa maqtab, safardagi muallimlarga ko‘rsatgan mehmondo‘stligi uchun unga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Yuhannoning uchinchi maktubi juda qisqa bo‘lgani uchun boblarga bo‘linmagan.


1–BOB

Duoyi salom

1 Chin ko‘ngildan yaxshi ko‘radigan aziz birodarim Gayusga men — oqsoqoldan* salom!

2 Aziz do‘stim, hamma ishlaringga Xudodan rivoj tilayman. Tanang, ruhing singari, sog‘–salomat bo‘lsin.

Gayusning maqtovga loyiq mehmondo‘stligi

3 Har safar birodarlarimiz kelib, sening haqiqatga sodiq qolganingni va haqiqat bo‘yicha yashayotganingni aytishganda, men g‘oyat xursand bo‘laman. 4 Men uchun farzandlarimning* haqiqat bo‘yicha yashayotganlarini eshitishdan kattaroq xursandchilik yo‘q.

5 Aziz do‘stim, sen birodarlarimizga, hatto o‘zing tanimaganlarga ham, doim sadoqat bilan yordam berib kelyapsan. 6 Ular sening mehribonliging to‘g‘risida imonlilar jamoatiga aytib yurishibdi. Bu ishingni davom ettiraver, Xudoga munosib tarzda safardagi birodarlarga yordam ber. 7 Axir, ular Masih nomi uchun yo‘lga chiqqanlar.

Imonsizlardan* hech qanday yordam olmaslikka qaror qilganlar. 8 Biz bunday odamlarni qo‘llab–quvvatlashimiz kerak, shunda haqiqatni e’lon qilishda ularga hamkor bo‘lamiz.

Diotrefes va Demitrus

9 Men imonlilar jamoatiga* bir maktub yozgan edim. Ammo ularning oralarida o‘zini katta tutayotgan Diotrefes gaplarimizga e’tibor bermayapti. 10 Agar borsam, uning qilmishlarini fosh etaman. U biz haqimizda yomon gaplar tarqatib, tuhmat qilib yuribdi. Bu bilan ham kifoyalanmay, birodarlarni qabul qilmayapti, qabul qilmoqchi bo‘lganlarga to‘sqinlik qilib, ularni hatto jamoatdan quvib chiqaryapti.

11 Aziz birodarim, sen yomonlikka emas, yaxshilikka taqlid qil. Yaxshilik qiluvchi odam Xudodandir. Yomonlik qiluvchi esa Xudoni ko‘rmagan.

12 Demitrus* haqida esa hamma yaxshi gapirmoqda, uning hayotida va ta’limotida

aks etgan haqiqatning o‘zi ham u tomondadir. Biz ham u haqda yaxshi fikrdamiz, gapimiz to‘g‘ri ekanligini o‘zing bilasan.

Xayrlashuv

13 Senga aytadigan gapim ko‘p, ammo ularni siyoh bilan qog‘ozga yozishni istamadim. 14 Undan ko‘ra, yaqin orada o‘zing bilan yuzma–yuz ko‘rishib gaplashaman degan umiddaman. 15 Tinch–omon bo‘lgin. Do‘stlarimiz senga salom yo‘llayaptilar. U yerdagi do‘stlarimga ham nomma–nom salom aytib qo‘y.

IZOHLAR

1:1 oqsoqol — ya’ni havoriy Yuhanno.

1:4 farzandlarim — Yuhannoning o‘z farzandlari emas. Yuhanno ularning ruhiy yo‘lboshchisi bo‘lib, aziz imonlilarga shunday murojaat qilgan.

1:7 Imonsizlar — ulardan Xushxabarni eshitadigan odamlar.

1:9 imonlilar jamoati — Gayus va Diotrefes a’zo bo‘lgan jamoat nazarda tutilgan bo‘lishi

mumkin.

1:12 Demitrus — Xushxabarni yoyish maqsadida safarga chiqqan, ushbu maktubni

Gayusga olib borayotgan odam bo‘lishi mumkin.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru